BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA NUTQIY ETIKETNI SHAKLLANTIRISH USULLARI
Abstract
Mazkur maqolada integrativ yondashuvning mazmun-mohiyati va uning tamoyillari yoritilgan. Bundan tashqari, ta’lim jarayonida integratsiyani amalda bajarish nazariyasi taraqqiyoti va ilmiy pedagogik tushunchalar qayd etilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 226 BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA NUTQIY ETIKETNI SHAKLLANTIRISH USULLARI To‘ymurodova Nilufar Ismoil qizi Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17564199 Annotatsiya. Mazkur maqolada integrativ yondashuvning mazmun-mohiyati va uning tamoyillari yoritilgan. Bundan tashqari, ta’lim jarayonida integratsiyani amalda bajarish nazariyasi taraqqiyoti va ilmiy pedagogik tushunchalar qayd etilgan. Kalit so‘zlar: integrativ yondashuv, integratsiya, ona tili va o‘qish savodxonligi, matn,nutqiy etiketni rivojlantirish, shakllantirish metodikasi. Insoniyat ma'lum bir jamiyatda yashar ekan, atrofdagilari bilan muloqotga doim ehtiyoj sezadi. Jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlar, avvalo, nutqda murojaat shakllarida o‘z aksini topadi. Tilshunoslikda “nutq etikasi” atamasi xususida fikr yuritilar ekan,avvalo, “etika” tushunchasiga ta’rif berib o‘tishimiz lozimdir. Sababi nutq etikasi umumetiketning asosini tashkil etuvchi qismdir. Etika – kishilarning o‘zaro munosabati, jamiyat va insoniyat taraqqiyoti uchun xizmat qiluvchi muhim omildir. Jamiyatning asosini inson boshqalar bilan munosabatga kirish jarayonida o‘zini qanday tutishi, kim bilan qanday muloqotda bo‘lishini belgilab beruvchi axloqiy me’yorlar tashkil etadi. Dastlab, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dagi “Etiket” atamasining izohiga e’tiborimizni qaratib o‘tsak. Etiket – fr. etiquette – odob-axloq; marosim tartibi. Biror jamiyatda, ijtimoiy guruh va sh.k. da qabul qilingan oʻzaro muomala, odob-axloq; marosim tartibi, qoidalari. Yuqoridagi ta’rifdan kelib chiqib, etiket fransuzcha so‘z bo‘lib, u o‘zini tutish uslubini anglatadi. U jamiyatda qabul qilingan xushmuomalalik va odob-axloq qoidalarini o‘z ichiga oladi. Etiket odob-axloq jamlanmasi, insonlarning o‘zaro munosabatlarida yaqqol namoyon bo‘ladigan,ularning tashqi va ichki madaniyatini ochib beruvchi axloqiy me'yor,deb atasak bo‘ladi. Tilshunoslikda etika muloqot jarayonining muhim tarkibiy qismi,shuningdek, samarali muloqot tashkil etishning asosiy nazoratchisi sifatida qaraladi. Bizningcha ham, etiket xulqatvor, odob-axloq qoidalarining majmuasi bo‘lib, atrofdagilar bilan muloqotda, jamoat joylarida o‘zini tuta bilish, gap so‘zi, muomala va kiyinish madaniyati kabilarni o‘z ichiga oladi. Bir so‘z bilan aytganda, etiket-insonning qanday ekanligini ko‘rsatib beruvchi oynadir. Turon zaminda ham qadimdan etiket qoidalari mavjud bo‘lgan. Bu o‘z navbatida, qadimiy pandnomalarda o‘z askini topgan. Chunki, Abu Ali ibn Sino bobomiz: “G‘arb ko‘proq real hayotni ko‘rsatish orqali, sharq esa pand nasuhat orqali jamiyatni tarbiyalaydi”. Faylasuf Abdulla Sher etiketning mohiyatini quyidagicha izohlaydi: “Etiket – takallufning mayda-chuyda jihatlarigacha ishlab chiqilgan odob qoidalari sifatida ijobiy, kishining ko‘zini quvontiradigan muomala hodisasi”. Insoniyat ma'lum bir hududda istiqomat qilar ekan, atrofdagilari bilan suhbatga doim ehtiyoj sezadi. Atrof-muhitda bo‘layotgan o‘zgarishlar,birinchidan, muloqatda, suhbatlarda o‘z
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 227 aksini topadi. Chunki til ijtimoiy hodisadir. Har bir millatning o‘ziga xos muloqot-murojaat shakllari mavjud. Genetik jihatdan integratsiya – uzviylik, predmetlararo aloqadorlik, o‘zaro aloqadorlik va nihoyat, o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi, kengaytiruvchi hamda chuqurlashtiruvchi, o‘quv predmetlari mazmunini eng kamida ta'lim standartlari darajasida sintezlab, mantiqan tugallangan mazmun shakli va oilaviy darajasidir. “Hamma gap nutqning quvvatida. Nutq paytida qonimizda qancha ko‘p adrenalin aylansa, nutqning quvvati shunchalik kuchli bo‘ladi.Nutq notiqning qalbidan chiqsa, uni o‘zini ham hayajonlantirsa, gaplari tinglovchilarning yuragigacha yetib borishini xoxlasa, aytayotgan gaplari o‘zining ham dil torlarini o‘ynatib chiqsa, hatta ko‘ziga yosh keladigan darajada bo‘lsa, bunday nutq hammani sehrlab qo‘yadi. Bunday nutqni hayajonsiz tinglab bo‘lmaydi.Bunday nutq,albatta, tinglovchilarning qalbigacha yetib boradi”. Nutqiy etiket rivojlanishi uchun quyidagi so‘z janggi usullatidan foydalanish kerak. “Bumerang” usuli Bu so‘z janggida nimada sizdan kamchilik qidirayotgan bo‘lsalar, o‘sha kamchiliklarni ularning o‘ziga qaytaramiz.Masalan: 1.“Korxonaning kompyuteridan ish vaqtida shaxsiy ishlaringni qilishga uyalmaysanmi?” Bu yerda loqayt va insofsiz kishiga aylantirishdi. Bumerang usulida javob: “O‘zingiz ish paytida ishingizni qilmasdan mening kompyterda nima ish qilayotganimni kuzatishga uyalmaysizmi?”. 2. “Hoy sen,agar menga do‘st bo‘lsang, kasal holimdan xabar olgan bo‘larding to‘g‘rimi?” Bumerang usulida javob: “Menga qara, agar menga do‘st bo‘lganishda sen menga bu ohangda gapirmagan bo‘larding”. 3. “ Bolalarga ham shunaqa ohangda qo‘pol munosabatda gapirasanmi, insofsiz?” Bumerang usulida javob: “Ha menga ham xuddi shunaqa muomala qilganiz uchun o‘rganib qolibman,uzr”. Yodingingizdan chiqarman, bu “Bumerang” usuli ancha qattiq usul sanaladi. SHuning uchun iloji boricha bu usuldan foydalanmaganiz afzal. “O‘zgacha” usuli. Bu usul yomonlovchining birinchi yoki ikkinchi jumlasida o‘zgacha usulda gapirish. Masalan: “Kattalar aytganidek, haqiqiy mutaxassis o‘z ishini yoqtirib, uni vijdonan bajaradigan. 10 yillik tajribaga ega bo‘lsa-yu, uni yaxshi ko‘rmasa……” “O‘zgacha” usulda bir insonlarga avvalgi fikr o‘rniga yangi tushuncha berib, ularning qaysi biri to‘g‘ri ekanligi haqida fikr yuritishga, bu qarorga boshqacha fikr bilan qarashga, unga yangicha baho berishga imkon beramiz. “Taqqoslash” usuli Bazi hollarda inson kishilarning kamchiliklarini bilib olib, uni ko‘pirtirib gapira boshlaydi. Shunda taqqoslash usulidan solishtirish usulidan foydalanish uning qarorlarini o‘zgartirishi mumkin. Masalan: 1. 60 kglik kishini semiz deb turgan kishing oldiga, 90kglik kishini keltirish. Va qaysi biri semiz ekanligini taqqoslash, keyin endi qaysi bir semiz ekanligini so‘rash. Shu orqali uning fikri noto‘g‘ri ekanligini so‘rash.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 228 2. Uyi kichikligidan shikoyat qilayotgan kishiga uysiz ko‘chada turgan yashayotgan kishini ko‘rsatish. 3. Oyog‘iga kiyishga kiyimi yoqligidan noliyotgan kishining oldiga oyog‘ yo‘q kishini keltirish. Rus tilshunos olimi N.I.Formanovskaya nutqiy etiketga quyidagicha ta’rif beradi. "Nutqiy etiket tushunchasi nutqiy xulqni tartibga soluvchi qoidalar, suhbatdoshlar o‘rtasida aloqa o‘rnatish, ko‘zlangan maqsadga aloqani saklab turish va uni to‘xtatish uchun jamiyat tomonidan qabul qilingan tizimidir. Rus tilshunos olimi N.I.Formanovskaya nutqiy etiketga quyidagicha taʼrif beradi. "Nutqiy etiket tushunchasi nutqiy xulqni tartibga soluvchi qoidalar, suhbatdoshlar oʻrtasida aloqa oʻrnatish, koʻzlangan maqsadda aloqani saklab turish va uni toʻxtatish uchun jamiyat tomonidan qabul qilingan tizimidir. Soʻzlashuv hayotning maʼlum andozalari bilan bogʻliq tarzda bir butun kolipdagi jumlalarni keltirib chikaradi. Ular hayotiy vaziyatlarga va suxbat mavzulariga aloqador boʻladi. Maʼlumki, bunday jumlalarning barcha tiplari boshqasiga nisbatan muayyan farklanishda boʻladi, aks holda, ularning tiplari farqlanmaydi. Ammo nutq madaniyati ham nutqiy etiket kabi aloka-aralashuv jarayoni uchun xizmat qiladi, ularning oʻxshash jihati shundaki, ikkisi ham muloqotni belgilangan meʼyorda, kelishmovchiliklar va karshiliklarsiz, maqsadga muvofik tarzda olib borishga qaratilgandir. Nutqiy etiket tushunchasini nutq madaniyatidan farqlash zarur. Nutq madaniyatida oʻziga xos talab - meʼyor mavjud. Yaʼni yuqori nutq madaniyatiga ega boʻlish uchun nutk egasida bilim va malakalar yetarli boʻlishi bilan birga, oʻz fikrlarini til birliklari yordamida toʻgʻri, anik va ifodali yetkazib bera olish mahorati ham mavjud boʻlishi kerak. Bundan tashqari, nutq madaniyatiga ega boʻlish deganda, oʻz fikrini turk, ifodali va taʼsirchan xolda yetkazish maxorati nazarda tutilsa, nuchkiy etiket birliklarini oʻrinli qoʻllash uchun oʻzaro mulokot ishtirokchilarining maʼlum mahoratga ega boʻlishi emas, balki umumiy konda talablari koʻproq inobatga olinadi. Nutqiy etiket birliklarining vazifalari, ahamiyati, ularning ishlatilish oʻrinlarini toʻlaqonli tushunish uchun sotsiolingvistika, Paralingvistika, lingvopragmatika kabilarning nutqiy muomala etiketlari bilan bogʻliq nazariy xulosalaridan foydalanish zarur boʻladi. Maʼlumki, xar bir xalqning oʻziga xos madaniyati, urf-odatlari va shu katorda, jamoatchilik orasida muloqotga kirishishda maʼlum etiket meʼyorlari boʻladi. Etiket – axloqiy madaniyatda yaqqol koʻzga tashlanadigan munosabat koʻrinishlaridan biri. U koʻproq insonning tashqi madaniyati, oʻzgalar bilan boʻlgan munosabatlarda oʻzini tutish qonun-qoidalarining bajarilishini boshqaradi. Agar muomala jarayonida inson oʻz harakatlariga ijodiy yondashsa, yaʼni bir holatda bir necha xil muomala qilish imkoniga ega boʻlsa, etiket muayyan holat uchun qoidalashtirib qoʻyilgan xatti-harakatni taqozo etadi. Etiket keng qamrovli tushuncha lingvisticheskiy i metodologicheskiy u, maʼlum maʼnoda, umumbashariy miqyosda qabul qilingan muomala qonun qoidalarini oʻz ichiga oladi? Oʻzbek maʼrifatparvarlaridan biri Abdulla Avloniy “Millat tilini yoʻqotmaq millatning ruhini yoʻqotmaqdir”, prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ham “Endigi vazifamiz –ilmiy tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan samarali mexanizmlarni yaratish, ilm-fanni, ilmiy-innovatsion faoliyatni barqaror rivojlantirish” deganda aynan shunday tadqiqotlar zarurligini nazarda tutgan edilar. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. I jild. –Toshkent: O‘zbekiston, 2017. –168-174 b.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 229 2. M.M.Mirqosimova. Masofaviy ta'lim sharoitida o‘quv fanlarini integratsiyalash tamoyillari // Ta'lim va innovatsion tadqiqotlar (2020 yil No1). 69-80-b. 3. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. ”O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”. Davlat ilmiy nashriyoti.-T.:2007.-B 61 4. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. ”O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”. Davlat ilmiy nashriyoti.-T.:2007.-B 61 5. Formanovskaya N.I. Russkiy rechevoy etiket: lingvisticheskiy i metodologicheskiy aspektы. - M.: Russkiy yazыk, 1982. - S.7. 6. I.Qaxxorov. Notiqlik san’ati. Toshkent: «Turon zamin ziyo», 2015-70 b. 7. Mo‘minov S. O‘zbek muloqot xulqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari: Filol.fan. dokt.... dis.avtoreferati. –Toshkent, 2000. – 46 b. 8. Aydarova U.B. O‘qish savodxonligi: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2-sinf uchun darslik. – Toshkent: Novda Edutainment, 2023. - 45b.