scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TA'LIM MUASSASASINI BOSHQARISH STRATEGIYALARI

Gauxar Kudiyarova

Abstract

Maqolada self-menejment maktab rahbarlarining shaxsiy va kasbiy o‘sishida yangi paradigma sifatida tahlil qilingan. Ta’lim jarayonida raqamli vositalardan samarali foydalanish, strategik kompetensiyalarni shakllantirish, refleksiya va kouching sikllari, shaxsiy portfolio yuritish orqali o‘z-o‘zini baholash kabi yo‘nalishlar ko‘rib chiqilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 229 TA’LIM MUASSASASINI BOSHQARISH STRATEGIYALARI Gauxar Kudiyarova Nukus shahar 44-maktab direktori Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filiali mustaqil izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17564206 Annotatsiya. Maqolada self-menejment maktab rahbarlarining shaxsiy va kasbiy o‘sishida yangi paradigma sifatida tahlil qilingan. Ta’lim jarayonida raqamli vositalardan samarali foydalanish, strategik kompetensiyalarni shakllantirish, refleksiya va kouching sikllari, shaxsiy portfolio yuritish orqali o‘z-o‘zini baholash kabi yo‘nalishlar ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: Self-menejment, strategik kompetensiyalar, raqamli vositalar, refleksiya, shaxsiy portfolio, innovatsion menejment, institutsional qiymat, barqaror rivojlanish. Ta’lim tizimida raqamli vositalarning keng joriy etilishi maktab rahbarlaridan boshqaruvga oid yangi ko‘nikmalar bo‘lishi talab qilmoqda. Maktab rahbarlarining boshqaruviga oid ko‘nikmalarini rivojlantirishda self-menejment yondashuvini yangi paradigma sifatida iofdalash mumkin. Self-menejment maktab rahbarlarining shaxsiy va kasbiy o‘sishi bo‘yicha barqaror rivojlanishni ta’minlaydi. Yangi paradigma sharoitida maktab boshqaruvida bir qator strategik kompetensiyalarni rivojlantirishni talab qiladi. Xususan, o‘zini o‘zi tartibga solish (maqsad qo‘yish, prioritetlash, vaqtni boshqarish), strategik fikrlash (tashqi muhit trendlarini monitoring qilish, ssenariyli rejalashtirish), innovatsion liderlik (eksperimental loyihalar, xatodan o‘rganish madaniyati), kommunikatsiya va hamkorlik (pedagoglar, ota-onalar, hamkor tashkilotlar bilan ochiq muloqot va ziddiyatlarni hal etish), ma’lumotga tayangan qaror qabul qilish (KPI va dalillar asosida rejalashtirish, natija-yo‘naltirilgan byudjetlash) kabi strategik kompetensiyalar majmuasi shakllantiriladi. Bular individual rivojlanish traektoriyalari, kouching va refleksiya sikllari, kasbiy jamoaviy refleksiya sessiyalari hamda strategik kunlar orqali ta’minlanadi. Self-menejment maktab rahbarlari uchun yangi paradigma sifatidagi ahamiyati quyidagilarda ko‘rinadi. Shaxsiy hayotidagi samaradorlik va ish faoliyatidagi barqarorlikni ta’minlovchi asosiy paradigma sifatida shakllanmoqda. U maktab rahbarining ichki va tashqi resurslaridan oqilona foydalanish, istiqbolli kompetensiyalarni rivojlantirish, zamon talablariga mos qarorlar qabul qilish, raqobatbardoshlik muhitiga xos boshqaruvni tatbiq etishga xizmat qiladi. Shaxsiy boshqaruv ko‘nikmalari orqali maktab rahbarlari ish faoliyatidagi murakkab vazifalarni izchil bajarishi hamda muammolarni tizimli bartaraf etadi. Maktabda self-menejment elementlarini joriy etishni rivojlantirish, kasbiy rivojlanishga oid ijobiy muhitni yaratishdan muhim hisoblanadi. Bu quyidagi yo‘llar orqali amalga oshiriladi: - maktab rahbarlarining zaruriy kompetensiyalarini muntazam rivojlantirib borish uchun ustoz-shogird dasturlarini joriy etish seminar-treninglarni tashkil etish; - o‘zining boshqaruvga oid harakatlarini refleksiv tahlil qilish va o‘zining harakatlaridagi yutuqlarini qayd etishga mo‘ljallangan shaxsiy portfolio yuritish orqali o‘z-o‘zini baholash amaliyotini yo‘lga qo‘yish; - raqamli vositalardan samarali foydalanish maktab rahbarlari uchun kundalik ish jarayonida muhim hisoblanadi. Onlayn kundaliklar yuritib shaxsiy va ish faoliyatiga oid ishlarni INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 230 aniq rejalashtirish, olib borilgan ishlarning o‘zgarishlarini kuzatish hamda maktabdagi o‘qituvchilar orasida mas’uliyatni oshirish imkoni yaratish; - self-menejment madaniyatini institutsional qiymat sifatida maktab strategiyasiga kiritish barqaror rivojlanishning asosiy yo‘nalishidan biri hisoblanadi. Bu orqali shaxsiy boshqaruv ko‘nikmalari faqat individual malaka sifatida emas, balki butun tashkilotning me’yoriy va madaniy tizimida mustahkam o‘rin egallaydi. Self-menejmentning maktab rahbaridagi qo‘llanilishini yanada samarali qilish uchun bir qator ilmiy va amaliy yo‘nalishlarni chuqurlashtirish zarur: - self-menejment asosida maktab rahbarlarida shakllanadigan va rivojlanadigan kompetensiyalarni milliy ta’lim standartlari va malaka talablari bilan uyg‘unlashtirish; - raqamli texnologiyalar va raqamli ta’lim vositalari, qurilmalari asosida maktab rahbarlarining individual rivojlanish traektoriyalarini shakllantirish, amalga oshirish hamda uni baholash usullari, mexanizmlarini ishlab chiqish; - maktab rahbarlarining shaxsiy xususiyatlari asosidagi boshqaruv ko‘nikmalariga oid psixologik jihatlari hamda rahbar kadrlarning emotsional intellekti bo‘yicha ham ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish; - self-menejment orqali maktab faoliyatida innovatsion menejment asosida yangicha uslubdagi boshqaruv madaniyatini rivojlantirish maqsadida ilmiy-amaliy tavsiyalar tayyorlash hamda amaliyotga joriy etish bo‘yicha takliflar berish. Umuman olganda, self-menejment maktab rahbarlari uchun shaxsiy xususiyatlarini inobatga olgan holda sifat va samaradorlikni oshirish va kasbiy faoliyatiga qo‘yilgan talablar asosida ishlarni olib borish orqali barqarorlikni ta’minlovchi yangi paradigma sifatida ifodalanadi. U maktab rahbarlarning ichki va tashqi resurslardan samarali hamda tejamkorlik, oqilona foydalanishi, zamon talablariga mos, istiqbolli xususiyatga ega qarorlarni qabul qilishi hamda o‘qituvchilar, maktablar orasida raqobatbardoshlik muhitiga xos boshqaruvni tatbiq etishiga xizmat qiladi. Maktablarda bu yondashuv istiqbolli yo‘nalish sifatida qayd etiladi hamda maktabda barqaror rivojlanish va zamonaviy menejmentning yangi bosqichiga qadam qo‘yish mumkin. Shu bois kelgusida self-menejment kompetensiyalarini milliy standartlar va malaka talablari mazmuniga kiritishga oid amaliy ishlarni bajarish zaruriyatini yuzaga chiqaradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Abduqodirov A.A. Ta’lim menejmenti: nazariya va amaliyot. – Toshkent: Fan, 2018. – 240 b. 2. Asqarov M.M. Zamonaviy boshqaruv va liderlik kompetensiyalari. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2020. – 198 b. 3. Тамбова М.А. Самоменеджмент в образовательной организatsiи: теория и практика. – Санкт-Петербург: Питер, 2021. – 214 с. 4. Xodjiev A.R. Pedagogik menejment va boshqaruv psixologiyasi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2017. – 190 b.