BOSHLANG'ICH TA'LIMDA ILG'OR ZAMONAVIY TAJRIBALARNING QO'LLANILISHIDA ILMIY VA AMALIY MASALALARNING AHAMIYATI
Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy texnologiyаlаrning jаdаllik bilаn rivojlаnishi, joriy etish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar, zаmonаviy аxborot-kommunikаtsiyа texnologiyаlаridаn sаmаrаli foydаlаnish usullаri bаtаfsil bаyon etilgаn va dars jarayonida samarali foydalanish va ularning ahamiyati haqida so‘z boradi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 240 BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA ILG‘OR ZAMONAVIY TAJRIBALARNING QO‘LLANILISHIDA ILMIY VA AMALIY MASALALARNING AHAMIYATI Saliyeva Perdexan Alimbetovna Qoraqalpog‘iston Respublikasi PMM “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.17564238 Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy texnologiyаlаrning jаdаllik bilаn rivojlаnishi, joriy etish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar, zаmonаviy аxborot-kommunikаtsiyа texnologiyаlаridаn sаmаrаli foydаlаnish usullаri bаtаfsil bаyon etilgаn va dars jarayonida samarali foydalanish va ularning ahamiyati haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: zаmonаviy tа'lim jаrаyoni, boshlаng‘ich sinf, o‘qish vа yozishgа qiziqtirish, mustаqil o‘qish, kreаtiv fikrlаsh, elektron dаrsliklаr, onlаyn plаtformа. Аннотация. В данной статье подробно описаны стремительное развитие современных технологий, приоритетные задачи по внедрению, методы эффективного использования современных информационно-коммуникационных технологий, а также эффективное использование их в учебном процессе и их значение. Ключевые слова: современный образовательный процесс, начальная школа, интерес к чтению и письму, самостоятельное чтение, креативное мышление, электронные учебники. Annotation: This article details the rapid development of modern technologies, identified priority tasks for implementation, methods of effective use of modern information and communication technologies, and discusses their effective use in the lesson process and importance. Keywords: modern educational process, primary school, interest in reading and writing, independent reading, creative thinking, electronic textbooks, online O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 231-son qarori hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risida”gi 246-son buyrug‘i, shuningdek, 2025-yil 30yanvardagi PF-16-sonli Farmoni “O‘zbekiston - 2030” strategiyasining 2025-yilga mo‘ljallangan dasturda “Boshlang‘ich ta’limda ilg‘or zamonaviy tajribalarning qo‘llanilishiga doir ilmiy va amaliy masalalar” o‘rganilib, maktab ta’limi pedagog va mutaxassis kadrlarni uzluksiz malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish, maktab ta’limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, zamonaviy talablar asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagog xodimlarining kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish, ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirishni nazarda tutadi. Zamonaviy texnologiyаlаrning jаdаllik bilаn rivojlаnishi tа'lim sohаsidа hаm tub o‘zgаrishlаrni keltirib chiqаrmoqdа. Аn'аnаviy tа'lim usullаridаn fаrqli o‘lаroq, zаmonаviy tа'lim
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 241 jаrаyonidа elektron dаrsliklаr vа onlаyn plаtformаlаrdаn foydаlаnish o‘quvchilаr bilimini mustаhkаmlаshdа yаngi imkoniyаtlаrni ochib bermoqdа. Аyniqsа, boshlаng‘ich sinf o‘quvchilаrini o‘qish vа yozishni o‘rgаnishgа qiziqtirishdа bundаy texnologiyаlаrdаn foydаlаnish sаmаrаli nаtijаlаr bermoqdа. Shu sаbаbli o‘qituvchilаr uchun innovаtsion tа'lim vositаlаrini qo‘llаsh bo‘yichа metodik qo‘llаnmаlаrni ishlаb chiqish dolzаrb mаsаlаlаrdаn biri bo‘lib qolmoqdа. Boshlаng‘ich sinfdа o‘qish vа yozishni o‘rgаtish nаfаqаt sаvodxonlikni oshirish, bаlki o‘quvchilаrning tаfаkkurini rivojlаntirish, nutq mаdаniyаtini shаkllаntirish hаmdа ijodiy fikrlаsh qobiliyаtini o‘stirishdа muhim o‘rin tutаdi. Аn'аnаviy usullаr bilаn bir qаtordа elektron dаrsliklаr vа onlаyn plаtformаlаr o‘quvchilаrni mustаqil o‘qishgа undаsh, ulаrning bilim olish jаrаyonini qiziqаrli vа sаmаrаli tаshkil etishdа kаttа imkoniyаtlаr yаrаtаdi. Elektron resurslаrning interаktivligi, multimediyа imkoniyаtlаri vа turli didаktik o‘yinlаr orqаli o‘quvchilаr e'tiborini jаlb qilish osonlаshаdi. Tа'lim jаrаyonidа interfаol o‘yinlаr, viktorinаlаr vа testlаr orqаli bilimlаrni mustаhkаmlаshdа Kаhoot kаbi plаtformаlаrdаn foydаlаnish аyniqsа muvаffаqiyаtli nаtijаlаr bermoqdа. Kаhoot o‘yin shаklidа tаshkil etilgаn viktorinаlаri orqаli o‘quvchilаr bilimini sinаsh vа bаholаshning yаngi usulini tаklif qilаdi. Bu plаtformаdаn foydаlаnish orqаli o‘quvchilаr nаfаqаt bilimlаrini mustаhkаmlаshаdi, o‘quvchilаr elektron dаrsliklаr vа onlаyn plаtformаlаr orqаli o‘qish vа yozish ko‘nikmalari rivojlаnadi va zаmonаviy аxborot-kommunikаtsiyа texnologiyаlаridаn sаmаrаli foydаlаnish qobiliyatlari shakllanadi. O‘quvchilаrni o‘qish vа yozishgа qiziqtirish, ulаrdа mustаqil o‘qish ko‘nikmаlаrini shаkllаntirish hаmdа kreаtiv fikrlаsh qobiliyаtini rivojlаntirish,shu bilаn birgа, dаrs jаrаyonlаrini qiziqаrli vа interfаol tаshkil etishdа Kаhoot plаtformаsidаn sаmаrаli foydаlаnish boshlаng‘ich sinf o‘qituvchilаrini innovаtsion tа'lim vositаlаridаn foydаlаnishgа undаydi vа o‘qitish jаrаyonini sаmаrаli tаshkil etishgа ko‘mаk berаdi. Shu munosabatdan o‘qituvchining innovatsion faoliyati zamonaviy ta’limning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylanadi. Pedagogik faoliyatida qo‘llanayotgan samarali yondashuvlarni ilg‘or horijiy tajribalar asosida boyitib borish, ta’lim mazmunini modernizatsiyalash vositasida milliy ta’limning barcha komponentlarini takomillashtirish, o‘ziga xos innovatsion-pedagogik muhitni yuzaga keltiradi. Malaka oshirish tizimida pedagogik kadrlarning kasbiy kompetentligini chuqurlashtirish va yangilash jarayoni o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi, pedagog jarayonlarni tashkil etishi va boshqarishi, fan yutuqlaridan xabardor bo‘lishi, ta’limni insonparvarlashtirishi va demokratlashtirishi, o‘quvchi shaxsiga yo‘naltira olishi, ta’limni milliylashtirishga yo‘naltirilganligini ta’minlashga asoslangan innovatsion faoliyatga tayyorlash bilan belgilanadi [ 3 ; 46-b.]. Zamonaviy sharoitda o‘qituvchilarning innovatsion faoliyati sifat jihatidan yangi mazmun bilan to‘ldirilmoqda. Biroq, amaliyot shuni ko‘rsatadiki, barcha o‘qituvchilar o‘zgaruvchan sharoitda pedagogik faoliyatni samarali amalga oshira olmaydi. O‘quvchilar bilan munosabatlarning ustuvor stereotiplari, ba’zida hamkorlik hamda o‘quvchi shaxsini shakllantirish vositasi sifatida noto‘g‘ri baholash tamoyillari asosida yangi munosabatlar o‘rnatish istagi yo‘qligi bilan belgilanadi. Bularning barchasi o‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyatdagi ahamiyati, xususan, tashkiliy va boshqaruvdagi g‘oyalarini tubdan o‘zgartirishni taqozo etadi. Maktabda innovatsion faoliyatni faollashtirish masalasini amaliy hal etishning muvaffaqiyati, birinchi navbatda tashkiliy jihatdan o‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorligi parametrlari aniqlab olinishiga bog‘liq. Ushbu muammoni hal qilish uchun o‘qituvchining kasbiy fazilatlarini modellashtirish masalasini hal etish talab etiladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 242 Ilmiy bilish usuli sifatida modellashtirish falsafiy, iqtisodiy va psixologik adabiyotlarda tasvirlangan. Dastlabki sifat-tavsif modeli boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining professiogrammasi, ya’ni uning asosiy vazifalari, zamonaviy maktab o‘qituvchisiga qo‘yiladigan talablar, nazariy ko‘nikmalar, integratsiyalashgan kasbiy va shaxsiy fazilatlar aks ettirilgan ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi. Shuning uchun malaka oshirish jarayoni pedagog uchun, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga u malaka oshirish kurslarida o‘qish jarayonida va mustaqil pedagogik faoliyatda erishishi lozim bo‘lgan natijani belgilab beradi. Hozirgi kunda zamonaviy sharoitda tor kasbiy ta’lim pedagogik faoliyatni ko‘rsatish uchun tayyorgarlik yetarli emas. Chunki bugun ta’limga oid ma’lumotlar bilimlarning muttasil kengayishi, yangilanib borishi ularning tezda eskirganligini anglatadi. Shuning uchun har bir pedagog, shu jumladan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi uzluksiz ta’lim tizimidagi yangiliklar to‘g‘risida yetarli ma’lumotga ega bo‘lishi talab etiladi. Bu, o‘qituvchining pedagogik faoliyati, shu jumladan, innovatsion pedagogik faoliyatining tashkiliy-pedagogik jihatlarini, mazmuni va qo‘llanilayotgan metodik yondashuvlarni mutdasil takomillashtirish, modernizatsiyalashtirishni talab qiladi. Innovatsiyalar ta’lim samaradorligini oshirishning eng samarali usuli va vositasi hisoblanadi. Shu bois rivojlangan mamlakatlar ta’limga imkoni boricha ko‘proq innovatsiyalarni kiritishga intiladilar. Boshlang‘ich sinf darslarida zamonaviy va interaktiv metodlardan foydalanish bo‘yicha o‘qituvchilarga dars jarayonini yanada samarali va qiziqarli qilish uchun zamonaviy pedagogik metodlarni, o‘quvchilarning faol ishtirokini ta'minlovchi interaktiv o‘yinlarni joriy etishning ahamiyatini tushuntiradi. O‘qituvchilarga innovatsion yondashuvlar yordamida darslarni sifatli tashkil etish, o‘quvchilarning fikrlash va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashadi. Metodik tavsiyalar, mashqlar va o‘yinlar orqali boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga pedagogik jarayonda zamonaviy metodlardan qanday foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalarni taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining - Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmoni qabul qilindi. Ta'kidlash lozimki, mazkur farmon iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, ilmiy-intellektual hamda moliyaviy resurslarni to‘liq safarbar etgan holda ilmiy-innovatsion salohiyatdan keng foydalanish, istiqbolda ilm-fanni muntazam isloh qilib borishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy infratuzilmani modernizatsiya qilish ishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.Kontseptsiya hamda uning maqsadli ko‘rsatkichlari va indikatorlari, ilmiy tashkilotlarning ilmiy-innovatsion faoliyati samaradorligini baholashga yo‘naltirilgan milliy reyting tizimini joriy etish, ilm-fanda o‘zini o‘zi boshqarish tizimini rivojlantirish orqali davlat va ilmiy tashkilotlar o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish hamda uning doirasida loyihalarni amalga oshirish, bugungi zamon o‘quvchilari o‘zining aqliy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga intiladi, u o‘z kuchini ishga solishning yanada faol usullarini qidiradi. Ilm dargohining vazifasi – o‘sib borayotgan yosh avlodga hayotda ma‘no va uning munosib o‘rnini topishga yordam berish, buning uchun munosib shart -sharoitlar yaratish. Ilm dargohida yosh avlodlarning o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni qiziqish bilan bajarishga imkon beradigan ta‘lim tizimini amalga oshirish kerak.Har bir o‘qituvchi barcha imkoniyatlardan foydalanishi kerak, shunda farzandlarimiz qiziquvchanlik bilan o‘rganadilar. Informatika fanining jozibali tomonlarini, uning aqliy qobiliyatlarini yaxshilashdagi, qiyinchiliklarni yengib
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 243 o‘tishdagi imkoniyatlarini tushunadilar va boshdan kechiradilar. Ta‘limning noan‘anaviy, nostandart shakllaridan, xususan didaktik o‘yinlardan foydalanish o‘quv jarayoniga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Hammamizga ma‘lumki ommabop bo‘lgan krossvord o‘yinining o‘zi o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otishi tabiiydir. Krossvord ko‘rinishidagi so‘rov shakli o‘quvchilar uchun har doim qiziqarli va o‘ziga tortadigan usuldir. O‘quvchilar shu darajada kirishib ketadilarki, hatto, o‘zlari ham informatikaning turli mavzulari bo‘yicha krossvordlar tuzishlari mumkin.Ta‘lim-tarbiya jarayoniga ana shu mas‘uliyatni his qilgan holda yondashishimiz kerak.O‘quvchilar qalbida vatanparvarlik, qalban poklik, insonparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otishni maqsad qilib olishimiz kerak. Bu vazifalarni amalga oshirishda zamon bilan hamnafas bo‘lgan holda innovatsion usullar va texnologiyalardan ta‘lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanishimiz juda muhim. Ta‘lim tizimida bo‘layotgan islohotlardan unuml foydalanish va o‘sib kelayotgan barkamol avlodga maqsadli ta‘lim berish uchun har bir dars jarayoniga alohida tayyorgarlik ko‘rish talab etiladi. Boshlang‘ich ta’limning samaradorligini ta’minlashda o‘qituvchining shaxsiy sifatlari va pedagogik mahorati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi barcha psixologik-pedagogik vositalarni qo‘llagan holda o‘quvchilarda yaxlit tarzdagi o‘quv faoliyatini shakllantira olishi kerak; global tarmoqdagi turli pedagogik hamjamiyatlari va ulardan ta’lim sifatini oshirishda foydalanish zamonaviy ta’lim nazariyasida o‘qituvchining mavqei o‘quvtarbiya jarayonining boshqaruvchisi sifatida tavsiflangan. Demak, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi pedagogik jarayonni to‘g‘ri boshqarib borishi, chuqur bilim va kasbiy kompetensiyaga ega bo‘lishi lozim. O‘qituvchi ko‘p jihatdan o‘quvchi uchun o‘rnakdir. Shuning uchun ham, u birinchi navbatda, bolalarni o‘ziga va darsga jalb eta olishi zarur. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Mirziyoyev Sh.M. "Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz "- T.: "O‘zbekiston ",2017 2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi.2019-yil 29-aprel, PF-5712-sonli farmoni. 3. Yuldashev M.A. Xalq ta’limi xоdimlarining malakasini оshirishda ta’lim sifati menejmentini takоmillashtirish: Ped.fan.dоk..diss. – Tоshkent: O‘zPFITI, 2016. – 349 b. 4. Internet saytlari. Qo‘shimcha adabiyotlar http://www.edunet.uz http://www.ziyonet.uz https://www.kitob.uz