KOXLEAR IMPLANTLI BOLALARNI OMMAVIY MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLASHDA OLIB BORILADIGAN KORREKSION ISH YO'NALISHLARI
Abstract
Ushbu maqolada koxlear implantatsiyadan o‘tgan eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ommaviy maktab sharoitiga moslashtirishda olib boriladigan korreksion ishlar mazmuni, ayniqsa, eshitish qobiliyatini rivojlantirish, nutqni shakllantirish, psixologik-pedagogik tayyorgarlik hamda ijtimoiy moslashuvni ta’minlash yo‘nalishlaridagi ishlarga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, o‘qituvchilar va ota-onalarning hamkorligi, maxsus pedagog va logopedlar ishtirokida olib boriladigan integratsion yondashuvlar tahlil qilingan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 244 KOXLEAR IMPLANTLI BOLALARNI OMMAVIY MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHDA OLIB BORILADIGAN KORREKSION ISH YO‘NALISHLARI Abdullayeva Umida Qahramonovna Buxoro innovatsiyalar universiteti pedagogika, psixologiya va sport kafedrasi o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17564243 Annotatsiya. Ushbu maqolada koxlear implantatsiyadan o‘tgan eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ommaviy maktab sharoitiga moslashtirishda olib boriladigan korreksion ishlar mazmuni, ayniqsa, eshitish qobiliyatini rivojlantirish, nutqni shakllantirish, psixologikpedagogik tayyorgarlik hamda ijtimoiy moslashuvni ta’minlash yo‘nalishlaridagi ishlarga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, o‘qituvchilar va ota-onalarning hamkorligi, maxsus pedagog va logopedlar ishtirokida olib boriladigan integratsion yondashuvlar tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Koxlear implant, eshitish nuqsoni, korreksion ish, ommaviy maktab, inklyuziv ta’lim, nutq rivojlanishi, surdotarbiya. Abstract. This article reveals the content of corrective work carried out to adapt children with hearing impairments who have undergone cochlear implantation to the conditions of mainstream schools. Particular attention is given to the areas of developing auditory skills, forming speech, ensuring psychological-pedagogical readiness, and promoting social adaptation. The article also emphasizes the collaboration between teachers and parents, as well as integrative approaches implemented with the participation of special educators and speech therapists. Keywords: Cochlear implant, hearing impairment, correctional work, public school, inclusive education, speech development, surdopedagogy. Kirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, PF-60-son 2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoni, “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.10. 2021 yil “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.01.2022 yildagi 25-son xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarori mazmunida ta‘lim tizimi o‘quvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol insonlar qilib tarbiyalash masalasi qo‘yilgan. Hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan yoshlarning iqtidorini shakllantirishni va ularni yuksak insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar qilib tarbiyalashda og‘zaki nutq, eshitish idroki, talaffuz holati muhim ahamiyat kasb etadi. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining asosiy vazifalari alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning umumiy o‘rta ta’lim olishda va ularni bilish imkoniyatlariga muvofiq ta’lim-tarbiya berish ularning jamiyatga moslashuvi va integratsiyalashuvida ko‘maklashishda yordam
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 245 ko‘rsatishdan iborat. Jahon ta’lim tizimida eshitish buzilishiga ega bolalarni reabilitatsiya qilishda innovatsion texnologiyalar va multidissiplinar yondashuvlarning ilg‘or usullari keng qo‘llanilmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 466 million kishi eshitish buzilishidan aziyat chekadi, shulardan 34 million nafari bolalar bo‘lib, bu butun dunyo bolalarining taxminan 5% ini tashkil etadi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda maxsus ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli, eshitishda nuqsoni bor bolalarni ta’limga jalb etish va ularda nutqni shakllantirishga oid ilmiy izlanishlar (L.R.Muminova, D.A.Nazarova, U.Y.Fayziyeva, U.K.Abdullayeva va boshqalar) faollashgan bo‘lsada, koxlear implantga ega bolalarda idrok va talaffuzni vizual vositalar asosida shakllantirish masalasi to‘liq o‘rganilmagan. Mamlakatimizda KI o‘rnatish amaliyotidan keyingi reabilitatsiya ishlari Toshkent va barcha viloyat markazlarida, jumladan, Buxoroda ham amalga oshirilmoqda. Meditsina va ta’lim sohalaridagi innovatsiyalar tufayli KI bilan ta’minlangan bolalar har tomonlama rivojlanib, jamiyatda faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. KI o‘rnatilgani bilan bola darhol eshituvchi bolalar kabi atrofga to‘g‘ri munosabat bildirmaydi. Haqiqiy rivojlanish faqat uzoq, tizimli va multidissiplinar reabilitatsiyadan keyin amalga oshadi. Bugungi kunda eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ijtimoiylashtirish va to‘laqonli ta’lim jarayoniga jalb qilish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, koxlear implantatsiya orqali eshitish qobiliyatini tiklagan bolalarni ommaviy maktabga tayyorlashda kompleks yondashuvni talab qiladigan korreksion-pedagogik ishlar muhim o‘rin tutadi. Respublikamizda yiliga 50-70 ga yaqin bola koxlear implant bilan ta’minlanmoqda, ammo ularning post-implantatsion reabilitatsiyasida zamonaviy yondashuvlar va metodikalar yetarli darajada qo‘llanilmayapti. Xususan, rasmi-ramziy kommunikatsiya tizimlarini qo‘llash orqali tovush idrokini shakllantirish va nutq talaffuzini rivojlantirishning ilmiy asoslangan metodologiyasi mavjud emas. Bu esa bolalarning implantdan maksimal foyda olish imkoniyatlarini cheklab qoymoqda va ijtimoiy moslashuvini sekinlashtirmoqda. KI bo‘lgan bolalar — bu surdopedagogikada butun tarixida ish olib borgan anʼanaviy bolalar emas. Ular kar ham emas, eshitmay qolgan ham emas. Bu eshitishda nuqsoni bo‘lgan yangi toifadagi bolalar - bu statusi o‘zgarayotgan bolalar. Ilk bor tibbiyot, surdopsixologiya, surdopedagogika va kar bolani tarbiyalayotgan oila o‘zgaruvchan statusga ega bola bilan ish olib bormoqda. Muvaffaqiyatli operatsiyadan keyin, nutqiy protsessor ulanguncha bola hali ham eshitishda og‘ir nuqsoni bo‘lgan deb hisoblanadi. U kar, qattiq eshitmaydigan, eshitishni yo‘qotgan (nutqni saqlagan yoki yo‘qotgan), qo‘shimcha nuqsonlar bilan bo‘lishi mumkin. Bu bosqichda surdopedagog anʼanaviy metodlar va psixologo-pedagogik klassifikatsiyalar yordamida ish olib boradi. Protsessor ulanganidan so‘ng bola «endi kar emas, ammo hali eshituvchi ham emas» statusiga o‘tadi. Endilikda u ovozlarni qabul qila oladi, ammo hali ham xayotda kar odam kabi harakat qiladi. Uning nutqni ko‘rish orqali qabul qilish, yozma nutq, daktil, ishorali nutq kabi usullarga suyangani qoladi. Koxlear implantga ega bo‘lgan bolalarda tovushni idrok etish va talaffuzni shakllantirish jarayonida rasmli ramzlardan foydalanish asosida pedagogik texnologiyani ishlab chiqish va uning samaradorligini aniqlashni tadqiqot maqsadi kilib tanladik. Ko‘plab Rossiya va O‘zbekiston mutaxassislari (Ye.L. Goncharova, V.Ye. Kuzovkov, I.V. Korolyeva, G.A. Tavartkiladze, Shmatko, N.D., Pelыmskaya T.V., Krasilnikova, O.A., Lyukina, A.S. i dr respublikamizda L.R. Muminova, D.A. Nazarova, U. Abdullayeva, U.Yu. Fayziyeva va boshqalar)ning fikriga ko‘ra, KI o‘rnatishdan asosiy maqsad bolaning hayot sifatini yaxshilash, og‘zaki nutqni qabul qilishga shart-sharoit yaratish, atrof-olamni anglash va muloqot
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 246 qilish qobiliyatini shakllantirishdan iborat. Biroq, operatsiya muvaffaqiyatning faqat 10–20 foizini tashkil etadi. Qolgan 80 foiz — logoped, surdopedagog va albatta, ota-onalarning tinimsiz korreksion-logopedik ishiga bog‘liq. Abilitatsiya jarayonida psixologik va pedagogik yordamga ehtiyoj yuqori. I.V. Korolyova taʼkidlaganidek, KI qo‘yilgandan keyingi reabilitatsiya davomiyligi 2–5 yil va undan ortiqni tashkil qilishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, KI eshitishni deyarli to‘liq tiklaydi. Bola eshitish hissiyotlarini rivojlantirib, nutq elementlarini taqlid orqali o‘zlashtira boshlaydi. Ammo bu barcha vaziyatlarda axborotni to‘g‘ri tushunishni taʼminlay olmaydi[4]. O.V. Zontova [3] anʼanaviy nutqni shakllantirish usullari KI o‘rnatilgan bolalar uchun har doim ham to‘g‘ri kelmasligini taʼkidlashadi. Ular reabilitatsiyada individual yondashuvni va maxsus mashg‘ulotlardan foydalanishni taklif qilishadi. Masalan, O.V. Zontova bolalarda shartli-harakatli reaksiya shakllantirish bo‘yicha maxsus pedagogik mashg‘ulotlar o‘tkazadi: piramidkaga halqalar taqish, kubiklarni mashina yukiga joylash, tugmalarni qutiga tashlash va h.k.; nutqsiz va nutqli signallarni eshitish qobiliyatini rivojlantirish; eshitish-nutqiy eʼtiborni shakllantirish; nutq uchun fiziologik asoslarni tayyorlash (artikulyatsiya, nafas olish); Nutqni rivojlantirish (tushunish, ovozli reaksiyalar); markaziy eshitish mexanizmlarini shakllantirish: tovushni aniqlash,manbaini lokalizatsiya qilish, vokalizatsiyani faollashtirish; eshitish sifatini baholash,nutqsiz tovushlarni va nutq signallarini tanish. Reabilitatsiya — bu tibbiy, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va kasbiy tadbirlarni kompleks usullarni qo‘llash orqali insonni maksimal funksional qobiliyatga ega qilish jarayoni. V.S. Dmitriyev [] reabilitatsiyani biopsixosotsial jarayon sifatida taʼriflaydi. N.P. Vayzman shaxsni jamiyatda to‘g‘rilash jarayoni deb qaraydi. L.S. Vыgotskiy esa: "Kun kelib, insoniyat ko‘rlik, karlik va aqliy zaiflikni yengadi. Lekin ularni avval tibbiy va biologik emas, balki ijtimoiy va pedagogik yo‘l bilan yengadi", — deb taʼkidlagan. Nazariy yondoshuv va izoh shundan iboratki, yuqori texnologiyali tibbiyot yordamida birinchi darajali nuqson (eshitish) deyarli to‘liq bartaraf etiladi, ammo bola kar holda tug‘ilgan va hayotining bir qismini kar sifatida o‘tkazgan bo‘ladi, demak u ikkinchi darajali rivojlanish nuqsonlarini ortiq qilib olgan. U atrofidagi insonlar bilan eshituvchi bola kabi emas, balki kar inson kabi muloqotga o‘rgangan, va atrofdagilar ham u bilan eshituvchi boladagidek emas, balki o‘zgacha muloqotga odatlangan. Bolada shakllangan dunyo bilan o‘zaro aloqa qilishning o‘ziga xos usullari uning xatti-harakatlarida mustahkam joy olgan, va ularni bartaraf etish tibbiyot emas, pedagoglarning vakolatiga kiradi, qanchalik tibbiyot yuqori texnologiyali bo‘lmasin. O‘zbekistonda eshitishida muammolari bo‘lgan bolalarga, jumladan, koxlear implantga ega bolalarga ham, maxsus taʼlim muassasalari, reabilitatsiya markazlari va inklyuziv maktablarda faoliyat olib borayotgan surdopedagog, va logopedlar tomonidan yordam ko‘rsatiladi. Surdopedagoglar — eshitishida nuqson bo‘lgan bolalar, jumladan, koxlear implantdan foydalanuvchi bolalar bilan ishlash metodikalari bo‘yicha tayyorlangan mutaxassislardir. Ular bolalarga eshitish qobiliyatini rivojlantirish, nutqni shakllantirish, o‘qish va yozishni o‘rgatish, hamda taʼlim muhitiga moslashishda yordam berishadi. Rossiyada tarixan ilk marta «eshitish-nutq reabilitatsiyasi» (I.V. Korolyeva, 2009) usuli qo‘llanilgan. Bu usul eshitish va nutqni rivojlantirishga qaratilgan. Unda xorijiy va mahalliy metodikalar keng qo‘llaniladi. Biroq keyinchalik Rossiya Federatsiyasi «Audiologiya va tinglash protezlash markazi» va «Korreksion pedagogika instituti» tomonidan butunlay boshqa yondashuv — bolani tabiiy rivojlanishga o‘tkazish g‘oyasi asosidagi yangi turdagi «3Preabilitatsiya» ishlab chiqildi. Uning reabilitatsiya maqsadi: bolani eshituvchi rivojlanish yo‘liga o‘tkazish bola va oila o‘rtasidagi munosabatlarni yangicha sensor asosida o‘zgartirish
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 247 Ilk bor surdopedagogika kar bolani eshituvchiga yaqinlashtirish emas, balki uni eshituvchi rivojlanish yo‘liga o‘tkazishni maqsad qilmoqda. Ilk bor surdopedagogika tabiiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi. Ilk bor surdopedagog ota-ona va bola bilan birgalikda ish olib boradi. Ilk bor u ota-ona bilan emotsional aloqani yangicha sensor asosida qayta qurish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Va bu har bir bola uchun, uning pasportidagi yoshi va implantatsiya vaqtidan qatʼi nazar amalga oshirilishi lozim. Sog‘lom bola eshitish orqali nutqni o‘zlashtiradi. Kar bolalarda bu kompensatsiya boshqa analizatorlar orqali amalga oshadi: ko‘rish, hid, taktil va kinestetik hislar. Nutq — eshitishda nuqsoni bor bolalar uchun bilim va muloqot vositasi bo‘lib, ijtimoylashuvning asosiy vositasi hisoblanadi. KIdan keyin nutq rivoji uchun bolaning individual eshitish-nutqiy xususiyatlarini hisobga olish juda muhim. KI orqali eshitish tiklangan bo‘lsa-da, to‘g‘ri tushunish har doim ham oson emas. Shu sababli taʼlim jarayonida modullar, mashg‘ulotlar va metodlar individual holatga moslashtirilishi zarur. Natija. Biz o‘z tadqiqotimiz doirasida 2014 yildan beri Buxoro viloyatida koxlear implant ko‘yilgan bolalar bilan koxlear implantli bolalarni ommaviy maktab ta’limiga tayyorlashda olib boriladigan korreksion ish natijalarini keltiramiz: 1. Qahhorov Raxmatullox Buxoro shahar 23-son IDUM 4-sinfda a’lo baholarga o ‘qiydi. Sog‘lom sindoshlari bilan bemalol muloqot qila oladi. O‘zbek, rus, tojik, ingliz tillarida bemalol gaplasha oladi. “Qur’on sadolari” konkursida 1-o‘rin g‘olibi bo‘lgan. 2. Tursunboyev Zafarbek 2015-yilda Koxlear implanti ulangan.Buxoro viloyati Olot tumani 28-son umumiy o‘rta talim maktabi 7-sinfida o‘qiydi.3 xil tilni biladi, rasm va matematika faniga qiziqadi va musobaqalarga fahrli o‘rinlarga ega bulgan. Atrofdagilar bilan bemalol muloqotga kirisha oladi. 3. Zaripov Jaxongir 2018-yilda Koxlear implanti ulangan. Buxoro shahar 23-son IDUM 3sinfida a’lo baholarda o‘qiydi. Tojik, o‘zbek tilida bemalol gaplasha oladi, ingliz va rus tillarini ham a’lo darajada o‘zlashtiryapti. 4. Abduxalimova Gulnigor 2018-yilda Koxlear implanti ulangan. Buxoro shahar 12-son IDUM 4-sinfida taxsil oladi. Bemalol atrofdagilar bilan muloqot qila oladi, fanlarni a’lo darajada o‘zlashtiryapti. Koxlear implantga ega bolalarni taʼlim muassasalariga joylashtirishda nafaqat tibbiy operatsiyaning o‘zi, balki keyingi reabilitatsiya jarayonining samaradorligi ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Implantatsiya qilingan bolalar uchun nutqni rivojlantirish, muloqotga kirishish qobiliyatini shakllantirish uzluksiz pedagogik va psixologik yordamni talab etadi. Shu bois, ushbu toifadagi bolalar bilan ishlashda davlat organlari, taʼlim muassasalari, otaonalar hamda jamoatchilik birgalikda harakat qilishi lozim. Farzandlarimiz – yurtimiz kelajagi. Ularga zarur muhit va imkoniyat yaratib berish – barchamizning burchimizdir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Выготский Л. С. Основы дефектологии.— Санкт-Петербург: Лань, 2003. — 656 с. 2. Международная классификация функционирования, ограничения жизнедеятельности и здоровья. — Всемирная организация здравоохранения, 2001. — 223 с. 3. Зонтова О.В. Коррекционно-педагогическая помощь детям после кохлеарной имплантации: Методические рекомендации. – СПб.: РГПУ им. А.И. Герцена, 2007. – 95 с.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 248 4. Королева, И.В. Прогноз эффективности слухоречевой реабилитации после кохлеарной имплантации у детей младшего возраста / И.В. Королева // Дефектология. – 2002. - № 4. - С.28-39. 5. Королева, И.В. Реабилитация глухих детей и взрослых после кохлеарной и стволомозговой имплантации. - Санкт-Петербург : КАРО, 2015. - с: 870 с. ил. 6. Красильникова, О.А., Люкина, А.С. Результаты исследования коммуникативных умений младших школьников с кохлеарным имплантами [Электронный ресурс] / А.С. Люкина, О.А. Красильникова // Письма в Эмиссия. Оффлайн (TheEmissia.OfflineLetters): электронный научный ресурс 7. Muminova L.R., Nazarova D.A. Birgalikda eshitamiz, gapiramiz, o‘ynaymiz va o‘rganamiz – Toshkent: BOOKMANY PRINT, 2022. – 94 b. 8. Muminova L.R va boshq.. Logopedik albom Toshkent, 2021 9. Шматко, Н.Д., Пелымская Т.В. Если малыш не слышит… [Текст] : пособие для учителя / Н.Д. Шматко, Т.В. Пелымская. – 2-е изд., перераб. – М.: Просвещение, 2003 – 204 с. - Библиогр.: с. 201-203. 10. Dowell R.C., Dawson P.W., Dettman S.J., et. al. 1991. Multichannel cochlear implantation in children. A summary of current work at the University of Melbourne. American Journal of Otology 12 (suppl): 137-143.Dowell R.C., Blamey P.J. and Clark G.M., 1997. 11. Allum DJ (ed.) Cochlear Implant Rehabilitation in Children and Adults. London: Whurr Publishers Ltd, 1996.