DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIGI ASOSIDA SANOAT KORXONALARINI RIVOJLANTIRISHNING XORIJ TAJRIBALARI TAHLILI
Abstract
Ushbu tezisda davlat-xususiy sheriklik (DXSh) mexanizmining mohiyati, uning xalqaro amaliyotdagi samarali qo‘llanilishi hamda O‘zbekiston sanoatini modernizatsiya qilishdagi roli tahlil qilingan. Xorijiy mamlakatlar – Janubiy Koreya, Turkiya, Xitoy va Yevropa Ittifoqi – tajribalari asosida DXSh modeli orqali sanoat korxonalarini rivojlantirishning iqtisodiy va tashkiliy mexanizmlari yoritilgan. O‘zbekiston tajribasida DXSh mexanizmlarining kengayishi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarga – raqobatbardosh sanoatni yaratish, eksport salohiyatini oshirish, yashil texnologiyalarni joriy etish va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish – bilan uzviy bog‘langan.
Full text
10 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIGI ASOSIDA SANOAT KORXONALARINI RIVOJLANTIRISHNING XORIJ TAJRIBALARI TAHLILI Muallif: Sabirov Xasan Nusratovich 1 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik universiteti, Iqtisodiyot va biznesni boshqarish kafedrasi mudiri i.f.f.d.(PhD) dotsenti 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17564262 ANNOTATSIYA Ushbu tezisda davlat-xususiy sheriklik (DXSh) mexanizmining mohiyati, uning xalqaro amaliyotdagi samarali qo‘llanilishi hamda O‘zbekiston sanoatini modernizatsiya qilishdagi roli tahlil qilingan. Xorijiy mamlakatlar – Janubiy Koreya, Turkiya, Xitoy va Yevropa Ittifoqi – tajribalari asosida DXSh modeli orqali sanoat korxonalarini rivojlantirishning iqtisodiy va tashkiliy mexanizmlari yoritilgan. O‘zbekiston tajribasida DXSh mexanizmlarining kengayishi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarga – raqobatbardosh sanoatni yaratish, eksport salohiyatini oshirish, yashil texnologiyalarni joriy etish va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish – bilan uzviy bog‘langan. Kalit so‘zlar: davlat-xususiy sheriklik (DXSh), sanoat korxonalari, investitsiya, innovatsiya, infratuzilma, xususiy sektor, eksport salohiyati, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi, iqtisodiy o‘sish. KIRISH Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiy rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va yangi ish o‘rinlarini barpo etish masalalari har bir davlatning ustuvor strategik maqsadlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, sanoat tarmog‘ining barqaror yuksalishi milliy iqtisodiyotning asosiy bo‘g‘ini sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Shu asnoda, sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish, keng ko‘lamdagi investetsiya kiritish va ularning raqobatbardoshligini oshirish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish jarayonida davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlik – ya’ni davlat-xususiy sherikligi (DXS) mexanizmlaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Davlat-xususiy sherikligi mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoqlarida, xususan, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, energetika, infratuzilma va sanoat tarmoqlarida keng qo‘llanilib, davlat tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati va samaradorligini oshirishda tayanch vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu mexanizm orqali davlat o‘z zimmasidagi moliyaviy yukni kamaytirish bilan birga, xususiy sektorning innovatsion yondashuvlarini, ilg‘or texnologiyalarini va boshqaruv tajribasini iqtisodiyotga jalb etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bugungi globallashuv sharoitida xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, davlat-xususiy sherikligi asosida tashkil etilgan sanoat zonalari va korxonalari mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirishda, eksport salohiyatini kengaytirishda hamda texnologik yangilanishni ta’minlashda muhim o‘rin egallaydi. Masalan, Singapur va Xitoy hamkorligidagi Suzhou Industrial Park, Bolgariyadagi “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR”
11 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish Trakia Economic Zone, hamda Daniyadagi Kalundborg Eco-Industrial Park kabi loyihalar davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikning muvaffaqiyatli namunalari sifatida e’tirof etiladi. O‘zbekiston ham jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuv jarayonlarida faol ishtirok etar ekan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida sanoatni modernizatsiya qilish, eksport salohiyatini oshirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashni o‘zining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilagan. Mazkur strategiyada davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini rivojlantirishga, jumladan, yangi sanoat zonalari va klasterlar tashkil etishga, ishlab chiqarish infratuzilmasini yangilashga, hamda xususiy sarmoyalarni faol jalb etishga alohida e’tibor qaratilgan. Shu bilan birga, xorijiy tajribani chuqur o‘rganish va milliy sharoitga moslashtirish, sanoat korxonalarini DXSh asosida rivojlantirishning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish bugungi kunda dolzarb masala sifatida namoyon bo‘lmoqda. ASOSIY QISM Davlat-xususiy sheriklik (DXSh) iqtisodiyotda davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlik shakli bo‘lib, resurslar, risklar va foydaning adolatli taqsimlanishini nazarda tutadi. Jahon banki ta’rifiga ko‘ra, DXSh “infratuzilma va ijtimoiy xizmatlarda davlat va xususiy sektor o‘rtasida risklar va javobgarlikni taqsimlovchi strategik hamkorlik” sifatida e’tirof etiladi [1]. DXSh samaradorligini belgilovchi uch asosiy shartni ajratib ko‘rsatadilar[2]: 1. Davlatning aniq strategik maqsadlari mavjudligi; 2. Xususiy sektorning innovatsion salohiyatidan foydalanish; 3. Huquqiy va moliyaviy shaffoflikni ta’minlash. DXSh asosida davlat byudjeti yukini kamaytirish bilan birga, ishlab chiqarish infratuzilmasiga xususiy investitsiyalarni keng jalb etish imkoniyati yaratiladi. Shu bois, bu model barqaror iqtisodiy rivojlanishning muhim vositasi hisoblanadi[3]. Xalqaro tajriba esa DXSh mexanizmi sanoatni modernizatsiya qilish, keng investetsiya kiritish va innovatsion rivojlanishda muhim o‘rin tutishini o‘z amaliyotida isbotlab turibdi. Masalan, Janubiy Koreyada “Private Investment Infrastructure Act” doirasida DXSh loyihalari asosida sanoat infratuzilmasi, texnoparklar va eksport klasterlari barpo etilgan. Bu jarayon mamlakatda texnologik rivojlanish va eksport ulushining ortishiga olib kelgan[4]. Turkiya mamlakati tajribasida esa DXSh modeli energetika, transport va farmatsevtika sohalarida keng qo‘llanilgan. Shu orqali mamlakat sanoat ishlab chiqarish hajmini oshirib, raqobatbardosh eksportchi davlatlar qatoriga kirgan [5]. Xitoyda esa “PPP + Innovation” modeli asosida sanoat zonalariga davlat tomonidan yer va infratuzilma taqdim etilib, xususiy sektor ishlab chiqarish, logistika va texnologik yechimlarni joriy etgan. Bu natijada 2015–2022 yillar oralig‘ida xususiy investitsiyalar hajmini 40 % ga oshirishga olib kelgan[6]. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida esa DXSh modellari raqamli sanoat, qayta tiklanuvchi energiya va yashil texnologiyalar tarmoqlarida keng joriy etilmoqda [7]. Xorijiy amaliyotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki: DXSh modeli samaradorligini ta’minlovchi asosiy omillar mavjudligidir(1-rasm).
12 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish 1-rasm. DXSh modelining samaradorligini ta’minlovchi asosiy omillar[5] O‘zbekiston so‘nggi yillarda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini faol rivojlantirmoqda. 2019-yilda qabul qilingan “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–537) ushbu sohada huquqiy asoslarni yaratdi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida esa mamlakat sanoatini “raqobatbardosh, texnologik va eksportga yo‘naltirilgan” tizimga aylantirish maqsadi belgilangan[8]. Strategiyada DXSh mexanizmlarini rivojlantirish quyidagi yo‘nalishlarda ko‘zda tutilgan: • yangi sanoat zonalari va klasterlarni barpo etish; • ishlab chiqarish infratuzilmasini modernizatsiya qilish; • yashil texnologiyalarni joriy etish; • xususiy sarmoyalarni jalb etish va investitsiya muhitini yaxshilash. Masalan, “Yangi O‘zbekiston sanoat zonalari” dasturi doirasida davlat tomonidan yer, kommunikatsiya va infratuzilma ta’minlanmoqda, xususiy investorlar esa ishlab chiqarish, texnologiya va boshqaruvni olib borishmoqda[9]. Amalga oshirilgan tahlillar shuni ifodaladiki: 1. DXSh modeli O‘zbekiston sanoatini modernizatsiya qilishda samarali mexanizm bo‘lib, u davlatning strategik maqsadlarini xususiy sektor resurslari bilan uyg‘unlashtiradi. 2. Xorij tajriba tahlili esa, DXSh modelidan muvaffaqiyatli foydalanish uchun huquqiy barqarorlik, risklarni adolatli taqsimlash va shaffof monitoring tizimi muhimligi[4,5]. 3. O‘zbekistonda DXSh modeli asosida sanoat zonalari, logistika markazlari va texnoparklar barpo etilishi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi maqsadlariga to‘liq mos keladi[8]. DXSh modeli sanoat korxonalarining energiyatejamkorlik, eksport salohiyati va ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi. Biroq DXSh modelining to‘liq samarasi uchun loyihalarni baholash tizimini va xususiy sarmoyadorlar uchun kafolatlar mexanizmini takomillashtirish hamda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish zarurdir. DXSh modeli O‘zbekistonda sanoatni raqamlashtirish, yashil texnologiyalarni joriy etish va innovatsion ishlab chiqarish klasterlarini shakllantirish jarayonlarida strategik ahamiyat kasb etadi[10]. Demak, davlat-xususiy sheriklik asosida sanoat korxonalarini rivojlantirish “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi maqsadlari — ya’ni raqobatbardosh, innovatsion va barqaror sanoat iqtisodiyotini shakllantirish — uchun asosiy drayverlardan biridir. Shu bois, O‘zbekistonda DXSh mexanizmlarini yanada takomillashtirish, huquqiy
13 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish asoslarini mustahkamlash va xorijiy tajribalarni chuqur o‘rganish milliy iqtisodiyot barqarorligiga xizmat qiladi. XULOSA Davlat-xususiy sheriklik (DXSh) modeli zamonaviy iqtisodiyotni rivojlantirishda, xususan, sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish va innovatsion ishlab chiqarishni kengaytirishda muhim mexanizm sifatida e’tirof etiladi. Jahon amaliyotida — xususan, Janubiy Koreya, Turkiya, Xitoy va Yevropa Ittifoqi tajribalarida — DXS modeli orqali infratuzilma va sanoat tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga erishilgan. O‘zbekiston sharoitida esa DXSh mexanizmlarining joriy etilishi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari — raqobatbardosh iqtisodiyot, barqaror sanoat, yashil texnologiyalar va xususiy sarmoyani keng jalb etish — bilan uzviy bog‘liqdir. Natijada, DXSh asosida amalga oshirilgan loyihalar mamlakatda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, energiyatejamkor texnologiyalarni joriy etish, eksport salohiyatini oshirish hamda hududiy iqtisodiy tenglikni ta’minlash imkonini bermoqda. Shunday qilib, DXSh modeli O‘zbekistonning sanoat siyosatini modernizatsiya qilish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash yo‘lida asosiy drayverlardan biri hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. World Bank. (2017). PPP Knowledge Lab: Public-Private Partnerships Explained. 2. Grimsey, R., & Lewis, M. (2002). Evaluating the Risks of Public Private Partnerships. Elsevier. 3. Spackman, P. (2004). Public Policy and Management Review. 4. Asian Development Bank (ADB). (2018). PPP Infrastructure Projects: Case Studies in the Republic of Korea. 5. OECD. (2020). Public-Private Partnerships in Turkey: Policy Review. 6. IMF Working Paper. (2022). PPP and Infrastructure Investment in China. 7. European Commission. (2021). Green PPP Framework Report. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2023). “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi. www.gov.uz 9. Eurasian Research Institute. (2023). Industrial Policy of Uzbekistan. 10. GreenUniversity.uz. (2024). Uzbekistan 2030 Strategy: A Step towards a Green Future.