scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'QUVCHILAR TARBIYASIDA OILA, MAHALLA, MAKTAB HAMKORLIGINI TARG'IB ETISH

Salimova Ozoda Yusupovna

Abstract

Ushbu maqolada milliy mafkuramiz va qadriyatlarimiz xalqimizning maqsad muddaolarni o‘sib kelayotgan avlodgan g‘amxo‘rligi ifodalangan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 273 O‘QUVCHILAR TARBIYASIDA OILA, MAHALLA, MAKTAB HAMKORLIGINI TARG‘IB ETISH Salimova Ozoda Yusupovna Kattaqo‘rg‘on sh. 11-IDUM direktori, TMPI mustaqil tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17564299 Annotatsiya. Ushbu maqolada milliy mafkuramiz va qadriyatlarimiz xalqimizning maqsad muddaolarni o‘sib kelayotgan avlodgan g‘amxo‘rligi ifodalangan. Kalit so‘zlar: Milliy mafkura, xalq, odob-ahloq, jamiyat, ahalla, ta’lim-tarbiya, jamoa, oila, orzu, maqsad, konsepsiya haqida so‘z boradi. Annotation: This article involves our national traditiong and ideologiy,the aim of the nation,as well as care sor rising generation. Keywords: National, ideologe, people, manners, societe, neighbourhood, education, team, family, dream, goal, concept. Аннотация. В этой статье наша национальная идеология и ценности выражают заботу нашего народа о целях подрастающего поколения Ключевые слова: Национальност, идеология, люди, мораль, общество, семья, мечта, цел, концепция. Milliy mafkuramiz va qadriyatlarimiz xalqimizning maqsad muddaolarni ifodalaydi, tarix sinovlaridan o‘tishda uning ruhini ko‘tarib, suyanch va tayanch bo‘ladi. Shu millat, shu jamiyat duch keladigan ko‘plab hayotiy muammolariga javob izlaydi. Bola oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini ko‘radi, jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoa orasida anglaydi. Milliy istiqbol mafkurasini yoshlar ongiga singdirishda ta’lim-tarbiya muasassalari va oilaning ro‘li ayniqsa muhimdir. Shu o‘rinda, buyuk mutafakkirimiz Abu Nasr Forobiy “ Inson kamolotga yolg`iz o`zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo`lish, ularning ko`maklashuvchi yoki munosabatlariga muhtoj bo`ladi” deb ta’kidlagan.Uning fikricha tarbiya jarayoni tajribali pedagog, o`qituvchilar tomonidan tashkil etilishi muhumdir. Chunki har bir odam ham baxtni va narsa hodisalarni o`zicha bila olmaydi. Unga buning uchun o`qituvchi lozim. Bunga Forobiy ta`lim-tarbiyani to`g`ri yo`lga qo`yish orqali erishish mumkin, deydi. Chunki maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta`lim – tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy jihatdan komolga еtkazadi, xususan, inson tabiat va jamiyat qonun-qoidalarini to`g`ri bilib oladi va hayotda to`g`ri yo`l tutadi, boshqalar bilan to`g`ri munosabatda bo`ladi, jamiyat tartib qoidalariga rioya etadi.Forobiy ta`lim va tarbiyaga birinchi marta ta`rif bergan olim sanaladi. Ta`lim – degan so`z insonga o`qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya – nazariy fazilatni, ma`lum xunarni egallash uchun zarur bo`lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o`rgatishdir, deydi olim. Demak, Forobiy ta`lim – tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan еtuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi. Komillikni orzu qilmagan, barkamol avlodni voyaga еtkazish haqida qayg‘urmagan halqning, millatning kelajagi yo‘q. Bunday halq, millat tanazuliga mahkum. Komilni ta’mal toshi sifatini biz tarbiyada ko‘ramiz. Tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida o‘sib kelayotgan avlodning INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 274 jamiyat hayotida, turmushi,ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyatiijodi va ma’naviyligida ishtirok etish murakkab qarama-qarshi ijtimoiy tarixiy jarayon hisiblanadi. Oila, mahalla, maktab hamkorligining asosiy omili oilada sog‘lom muhitni yaratish, milliy va va turmush tarzini hisobga olish, farzandlar uchun ota-ona har tamonlama o‘rnak bo‘lishi,farzandlarning ota-onasiga vataniga muhabbat to‘g‘risidagi shakllantirish,o‘zaro g‘amxo‘r bo‘lishini, farzandlariga chuqur dunyoviy bilimlar asoslarini berish, ma’rifatli va ma’naviyatli kishilar bo‘lib еtishishlarini ta’minlash,bolalarning ma’naviy barkamol va jismonan sog‘lom bo‘lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.. “Bir bolaga еtti mahalla ota –ona” degan naqildan kelib chiqib kelajak avlodni tarbiyalsh va unga ta’lim-tarbiya berish jarayonini amalgam oshirish borasida kichik vatan bo‘lmish mahallaning oldida qator vazifalar turadi. Dastlab mahalla faollari tominidan tarbiya muassasalari bilan birgalikda ta’lim-tarbiya jarayonida amalgam oshirilishi kerak bo‘lgan masalalarni muhokama qilishda va ularni oqilona еchimlarini topishda faollik ko‘rsatish o‘z hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy oilalarni aniqlab ularni qo‘llabquvvatlab o‘sha oila farzandlarni bilim va tarbiya olishiga bosh-qosh bo‘ladi. Ayrim ota-onalarning bolalari ulg‘ayib borishi bilan tarbiyaviy faollikni susayttirib yuborishlari oqibatida bolalarning ota-onalardan uzoqlashuviga, nazoratni kuchli tarzda olibmasligidan, maktabga bo‘lgan qiziqishlarini so‘nishi, o‘zi istiqomat qilib turgan mahalladagi bo‘layotgan o‘zgarishlarga bo‘lgan qiziqishlari asta-sekin so‘nib boraveradi. Albatta bunday qo‘pol hatolarni kelib chiqishiga birinchi o‘rinda ota-onalar, undan keyin mahalla maskanlari, shuning borabarida maktab ma’muriyati ham ayibdor sanaladi. Mahalla guzarlarida mahalladagi yoshlarni bo‘sh vaqtlarini turli to‘garaklar bilan band etish qog‘ozda emas amalda bo‘lsa,yoshlar bilan dolzarb masalalar yuzasidan ularning fikrlarini bilash ham yoshlarimizni ruxlantirishning bir timsoli sanaladi. Ota-onalaining yеtarli darajada bilim va ko‘nikmalari yеtishmasligi bois oilaviy tarbiyada ko‘plab hatolar yuzaga keladi, bunday muommolar еchimini maktab ma’muriyati ota-onalar bilan ichchil ishlar amalga oshirilishi talab etiladi. Ota-onalar tarbiyaviy ta’sirini izchil emasligi onda-sonda farzandining tarbiya jarayonini nazorat qilish, biror nojo‘ya ish uchun jazolash va hakozalar bolaning emotsional holatiga kuchli ta’sir etadi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash halqimizning azaliy orzusi bo‘lib, ularni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda halqimizning milliy madaniy, tarixiy an’analariga, hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali zamonaviy shaxsni tarbiyalash otaonalar, maktab, mahallalarning oldida turgan ma’suliyatli vazifalaning eng asosiysi sanaladi. Ta’lim – tarbiya muassasalari oila va mahalla qo‘mitalari ijtimoiy institutlarning asosiy vazifasi milliy istiqlol g‘oyamizni yurtimizda yashayotgan barcha kishilarning dunyoqarashiga ma’naviy boyligini aylanishiga singdirishni ko‘maklashish, uning mohiyatini keng jamoatchilikka har tamonlama tushuntirishdan iborat. Ta’lim-tarbiya jarayoning asosiy maqsadi va vazifasi barkamol yеtuk shaxslarni tarbiyalabgina qolmasdan ya’ni komil insonni еtkazish-shakllantirishdan iboratdir. Shunday ekan biz ta’lim-tarbiya samaradorligini o‘quvchilarning qay darajada bilim, ko‘nikma malakaga ega ekanliklari tajriba yangilik darajalari,mustaqil bilim olishga, hayotda o‘z o‘rinlarini toppish uchun qanday tayyorgarligi bilan o‘lchashimiz, baho berishimiz lozimligini bilishimiz shart. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. I.Ibragimov, U.A.Yo‘ldashev, X.Bobomirzayev. Pedagogika psixologiya. Toshkent -2009. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 275 2. Mahalla fuqorolar o‘zini-o‘zi boshqarishning huquqiy asoslari (Mahallalar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari to‘plami) Toshkent-2003 3. Pedagogika nazariyasi va tarixi. R.Movlonova, N.Voxidova, N.Raxmonqulova. Toshkent2010.