O'QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHNING MILLIY VA XORIJIY TA'LIM MODELLARI
Abstract
Ushbu maqolada ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari, rivojlanish usullari haqida ma’lumot berilgan. O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishda samarador bo‘lgan xorijiy va milliy modellarning imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Bir qator mahalliy va xorijiy olimlar tadqiqotlarning tahlili, asarlarda ilgari surilgan tanqidiy fikrlashga oid g‘oyalari haqida ma’lumotlar bayon qilingan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 275 O‘QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHNING MILLIY VA XORIJIY TA’LIM MODELLARI Masharipova Nasiba Ro‘zmatovna Qori Niyoziy nomida Tarbiya pedagogikasi milliy instituti “Milliy tarbiya, mutafakkirlar va jadidlarning pedagogik ta’limotlari” ilmiy-tadqiqot bo‘limi katta ilmiy xodimi, PhD, doktorant https://doi.org/10.5281/zenodo.17564307 Annotatsiya. Ushbu maqolada ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari, rivojlanish usullari haqida ma’lumot berilgan. O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishda samarador bo‘lgan xorijiy va milliy modellarning imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Bir qator mahalliy va xorijiy olimlar tadqiqotlarning tahlili, asarlarda ilgari surilgan tanqidiy fikrlashga oid g‘oyalari haqida ma’lumotlar bayon qilingan. Kalit so’zlar: o‘quvchi, ta’lim va tarbiya, tanqidiy fikrlash, tadqiqot, xorijiy, milliy, ta’lim modellari, olimlar, muammoga asoslangan ta’lim, 4K modeli. Jahonning ta'lim-tarbiya tizimi rivojlangan mamlakatlarida shaxsning fikrlash faoliyati, shu jumladan tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish modeli amal qiladi. Umumyevropa ta’lim kompetensiyalari tarkibida hamda Turkiya, Malaziya, Singapur, AQSh, Angliya, Germaniya ta'lim tizimida “4K” kompetensiyalari muvaffaqiyatli qoʻllanilmoqda. Ushbu modelning muhim tarkibiy qismlaridan biri oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishdan iborat. Oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish sohasida jahon miqyosda koʻplab modellar mavjud. Jumladan, “Muammoga asoslangan ta'lim” (PBL), “Savol-javobga asoslangan ta'lim” (IBL), 4K modellari. Ushbu modellarning barchasida oʻquvchilarda tanqidiy fikrlash faoliyatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilgan. Oʻzbekiston Respublikasida ham jahonning rivojlangan mamlakatlari olimlari hamda Sharq mutafakkirlari va jadid ma'rifatparvarlarining ta'limotlari, gʻoyalariga tayangan holda oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash, tanqidiy tafakkur yuritish koʻnikmalarini rivojlantirish sohasida soʻngi yillarda salmoqli tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ushbu tadqiqotlarda oʻquvchilarning kognitiv sohalarini rivojlantirish, tanqidiy tafakkurini faollashtirish, tanqidiy fikrlash imkoniyatlarini kengaytirish “4K” ta'lim modelini amaliyotga tatbiq etish kabi dolzarb muammolar tadqiq qilingan. Oʻzbekiston Respublikasi 2022-2026 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish boʻyicha milliy dasturda “4K” kompetensiyalarini ta'lim amaliyotiga joriy etish ustuvor maqsad qilib qoʻyilgan. Oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar Qori Niyoziy nomidagi TPMI, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, Buxoro Davlat pedagogika institutlarida amalga oshirilib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasida O‘zbekiston Respublikasining xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishda quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish nazarda tutiladi: ➢ STEAM fanlarni va tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish kompetensiyalari va malakalarining rivojlanishiga alohida urg‘u berishni hisobga olgan holda,
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 276 zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta’lim dasturlari va yangi davlat ta’lim standartlari joriy etiladi. Darhaqiqat 2030-yilga qadar Xalq ta'limini rivojlantirish konseptsiyasi birinchi bandida PISA xalqaro tadqiqot jarayonlarida O‘zbekistonning ishtirokini samarali ta'minlash va ta’lim sifatini xalqaro darajaga oshirish natijasida 2030-yilga borib jahondagi kuchli 30 talikka kirishga erishishni nazarda tutgan maqsadli yo‘nalish belgilangan. Yunon faylasufi Suqrot tomonidan ishlab chiqilgan “mayevtika” metodi savol-javob orqali insonning fikrlash jarayonini faollashtiradi, dalillar bilan asoslashni talab qiladi. Suqrotning "mayevtika" metodi bu savol-javob orqali insonning o‘z ichidagi bilimlarni kashf etishiga yordam beradigan usuldir. Ushbu usulda Suqrot suhbatdoshini bir qancha savollar berish orqali, uning o‘zi to‘g‘ri xulosaga kelishiga va haqiqatni anglashiga yo‘l ko‘rsatadi, go‘yo undagi bilimlar tug‘ilishiga, o‘zida mavjud fikrlarni bayon etishiga yordam beradi. "Mayevtika" so‘zi yunon tilidan olingan bo‘lib, "bachadon" ya’ni bola embrioni paydo bo‘ladigan va ona orqali oziqlangan embrion ulg‘ayadigan organizm. Suqrot insonda fikrni paydo bo‘lishi, shakllanishi, mohiyatan yuksalishini va vaqti soati kelib dunyo yuzini ko‘rishi lozimligini bachadondagi holatga qiyoslab o‘z uslubini “mayevtika” deb atagan. Bu metod Suqrotning falsafasining markazida turadi va uning ta'limotlarida muhim rol o‘ynaydi. “Mayevtika”metodi quyida bosqichlarda olib borildi: ✓ Savol berish. Suqrot savol beruvchi sifatida, suhbatdoshining fikrlarini aniqlash va ularni chuqurlashtirish uchun turli savollarni beradi. ✓ Noqisliklarni aniqlash. Suhbatdoshning javoblaridagi nomutanosibliklar, kontradiksiyalar yoki noxush g‘oyalar aniqlanadi. Javoblar tahlil qilinadi. ✓ Fikrni tozalash. Ushbu aniqlangan noqisliklar asosida suhbatdosh o‘z fikrlarini qayta ko‘rib chiqadi va ularni tozalashga harakat qiladi. Bu yerda fikrlar sintezi amalga oshiriladi va xato ketayotgan fikrlar tahlil qilinib to‘g‘ri fikrlaga yo‘naltiriladi va fikriy jarayon sintezlanadi. ✓ Haqiqatni kashf etish. Nihoyatda, bu jarayon natijasida suhbatdosh o‘z ichidagi haqiqiy bilimni yoki to‘g‘ri tushunchani kashf etadi. Buyuk Yunon faylasufi Arastu inson tafakkuri ya’ni fiklashini rivojlantirish borasida ham yetakchi qomisiy olim hisoblanadi. Arastu insoniyat tafakkurining eng buyuk namoyandalaridan biri bo‘lib, ko‘plab fanlarga asos solgan va ularga ulkan ijodiy ta’sir ko‘rsatgan. Uning ilmiy metodikasi quyidagilarga asoslanadi: ✓ Empirik kuzatuv – tajriba va amaliy kuzatuvlarga asoslangan bilim. ✓ Mantiqiy tahlil – xulosalash va sababiy bog‘liqliklarni aniqlash. ✓ Tasniflash – mavjudotlarni sinflarga ajratish va tartiblash. Sharqning buyuk ensiklopedist olimi sifatida Beruniy o‘zining har biri asarini turli sohaga oid qiziqarli va faktli ma’lumotlar bilan boyitib borgan. Har bir asarida xulosa va izoh sifatida keltirgan hikmatlari o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishda muhim didaktik vosita sifatida katta ahamityaga ega. Olim yoshlarga qalbni yomon illatlardan, inson o‘zi sezishi mumkin bo‘lmagan holatlardan, qotib qolgan yoxud insoniyatga zulm qilishi mumkin bo‘lgan urf-odatlardan, nafsu hirsdan, behuda raqobatdan, ochko‘zlikdan, shon-shuhratdan saqlanishi zarurligini uqtiradi. Inson bunday yuksalishga faqatgina mantiqiy va tanqidiy fikrlash vositasida erishishi mumkinligini ta’kidlaydi. Beruniy quyidagi qarashlari bilan tanqidiy fikrlashning komponentlarini ko‘rsatgan:
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 277 ❖ “Ilm dargohiga kirar ekansan, qalbing kishini ozdiruvchi illatlardan, odamni ko‘r qilib qo‘yadigan holatlardan, chunonchi, qotib qolgan urf-odatlardan, hirsdan, raqobatdan, ochko‘zlikning quli bo‘lishdan ozod bo‘lmog‘i darkor”. ❖ “Har bir olim o‘z muhokamasida amaliyotga asoslanishi, o‘z tadqiqotida aniq bo‘lishi, to‘xtovsiz mehnat qilishi, xatolarini qidirib tuzatishi, ilmda haqiqat uchun har xil uydirma, yuzakichilikka qarshi kurash olib borishi zarur”. ❖ “Bilimlilik orqali nodonlik ko‘tariladi, azob-uqubat bo‘lgan shak-shubha o‘rniga ilm natijasida aniqlik kiradi”. Inson qanday taffakur tarzini yuritmog‘i, farosat tarbiyasini mukammal egallamog‘i lozimligiga oid masalalar mutafakkir Alisher Navoiy asarlarining asosi hisoblanadi. Buyuk insonparvar Alisher Navoiy o‘rta asrdagi uyg‘onish davrining boshqa ulug‘ zotlari singari butun hayoti bilan haqiqiy inson qanday bo‘lishi lozimligini ko‘rsatdi. U o‘zining quyidagi misralarida inson avvalo o‘zini, maqsadlari anglashi, o‘z harakatlari, istaklari haqida fikr yuritishi va bularga erishishning asosi o‘zida ekanligini bilishi lozimligini uqtiradi: O‘z vujudingga tafakkur aylagil, Neki istarsen, o‘zingdan istagil! Alisher Navoiyning «Lison ut-tayr» dostondagi bosh g‘oya, bosh muammo insonning imon, e’tiqod va ma’naviyati, qanday tafakkur qilmog‘i masalalaridir. Alisher Navoiyning niyati oddiy insonlarga insoniylikning mohiyatini tushuntirib berish, ularni og‘ir sinovlardan o‘tkazib, komil inson darajasida ko‘tarilish yo‘llarini bayon etadi. Shoir asarda qushlar timsolida insonlarni tasvirlashga intilgan. Hudhud degan qush nomidan so‘ylangan yuzlarcha hikoyalar hammasi hayotiy, biri biridan qiziqarli bo‘lib, unda taffakur ya’ni fikrlash, aynan tanqidiy fikrlash vositasida muammolar o‘z yechimini topadi va xulosalar keltiriladi. Rus psixolog olimi Lev Vigotskiy yaratgan "Yaqin rivojlanish zonasi" konsepsiyasi (concept ZPD) o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda muhim yo‘nalishlarni ochib berishga xizmat qildi. Vigotskiy Bolaning yaqin rivojlanish zonasini vazifalarni hal qilishda kattalar yoki tajribali tengdoshlari yordamidan foydalanishdan to mustaqil bajara olishgacha bo‘lgan oraliq rivojlanish oralig‘i sifatida belgilagan []. ZDP (Zone of Proximal Development) konsepsiyasi o‘quvchilarda ta’lim va ruhiy rivojlanish o‘rtasidagi bog‘liqlikni samarali amalga oshirish vositasidir. Vigotskiy ZDP konsepsiyasining asosiy jihati shundaki qo‘llab-quvvatlash va bilimliroq inson bilan muloqot mavjud bo‘lgandagina bola vazifani bajara oladi. Ushbu konsepsiyasi o‘qituvchilar va ota-onalarga bolaning rivojlanishi uchun eng maqbul vazifalarni belgilashga, shuningdek, uning o‘sishiga ko‘maklashish uchun qanday va qanday hajmda yordam ko‘rsatish kerakligini tushunishga yordam beradi. Olim o‘z konsepsiyasida skaffolding metod va strategiyalariga tayanadi. O‘qituvchi yoki ota-ona ta’lim oluvchiga berilgan vazifani bajarishga yordam berish uchun vaqtinchalik yordamini anglatadi. Ta’lim oluvchilar yanada malakali bo‘lib borgan sari, qo‘llab-quvvatlash asta-sekin to‘xtatiladi. Bu esa o‘quvchilarga yanada mustaqil bo‘lish imkonini beradi. ZDP konsepsiyasi doirasida scaffolding usuli o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish jarayonida quyidagi avzallilarni ta’minlaydi: ✓ ishonch uyg‘otadi: o‘quvchilar tegishli yordam bilan qiyin vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishlari natijasida o‘zlariga ishonch hosil qiladilar; ✓ muammolarni hal qilishni yaxshilaydi: o‘quvchilar murakkab muammolarga samaraliroq va mustaqil yondashishni o‘rganadilar.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 278 Shuningdek Richard Paul taniqli pedagog-psixolog Linda Eldar bilan hamkorlikda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish muammolari ustida ish olib borgan. Paul va Eldar o‘z tadqiqotlari natijalariga tayanib tanqidiy fikrlash konsepsiyasini ishlab chiqadilar. Unga ko‘ra tanqidiy fiklash 3 bosqichda amalga oshadi: - kuzatish (muammoga oid bilimlarni shakllantirish); - savol qo‘yish (muammoni tahlil qilish va baholash); - yechim topish (muammoga oid mulohaza va xulosalarni chiqarish). Bu uchta bosqichni olimlar 6 qismga taqsimlab amalga oshirish yo‘nalishini ko‘rsatadilar: - bilish (asosiy mavzu yoki muammoni aniqlash); - tushunish (mavzu yoki muammoni anglash); - ma’lumot to‘plash (mavzu yoki muammoga oid axborotlarni ko‘rib chiqish); - tahlil qilish (to‘plangan axborotlarni o‘rganish); - sintez qilish (mulohazalarni umumlashtirish va yechimga harakat qilish) - baholash(yechimni bayon qilish va sinab ko‘rish). Xulosa qilib aytganda tanqidiy fikrlash tushunchasi bugun ta’lim va tarbiya jarayonidagi muhim intellektual faoliyatga aylanmoqda. Tanqidiy fikrlash jarayoniga muammoga yechim izlash, to‘g‘ri munosabatni yuzaga chiqarish deb qarasak, buday inert faoliyatni amalga oshirish uchun o‘quvchilarda sabrlilik, mulohazalilik, insoniylik, boshqalaning fikrini hurmat qilish, madaniyatli muloqotni amalga oshirish ko‘nikmalariga tayaniladi. Bu sifatlar esa tarbiya vositasida shakllantiriladi. Demak, ta’lim va tarbiya muhitida o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishda yuqorida ta’kid qilingan milliy va xorijiy ta’lim modellari samarali qo‘llash o‘quv faoliyatida yuqori natijalarga zamin yaratadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni. 2. O‘zbekiston Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi “Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish to‘g‘risida” №PQ-232Qarori. 3. Навоий А. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. (Мас. муҳ. Муталибов С.) 6-том. Хазойин - ул маоний. Фавойид ул-кибор. -Т.: Фан, 1990. - 257 б. 4. Paul R. Critical thinking: what every person needs to survive in a Rapidly Changing World/ Sonoma State Uni. 1990 5. Safarova R.G va boshq. Milliy tarbiyamiz xazinasidan durdonalar (Mutafakkirlar va jadid maʼrifatparvarlarining tarbiyaga oid qarashlaridan pedagogik jarayonlarda foydalanishga oid tavsiyalar). Metodik qo‘llanma/ Toshkent: “Science and Innovation”, 2024. – 96 bet. 6. Safarova R.G. Jadidlarning pedagogik qarashlarida tarbiyaning ustuvor masalalari. “Turkiston tаrаqqiypаrvаrlаri merosi: tаrixiy tаjribа vа milliy o‘zlik” mаvzusidаgi xаlqаro ilmiy konferensiya to‘plami. Buxoro shahri, 2025-yil 12-mart.