scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TALABALARNING MUSTAQIL BILIM OLISH MOTIVLARINI RIVOJLANTIRISHDA LOYIHA TA'LIM TEXNOLOGIYALARINING O'RNI VA AHAMIYATI

Kasimova (Mulladjanova) Nasiba Azimdjanovna

Abstract

Mazkur maqolada loyihalash metodi ta’lim jarayonida qo‘llanishi va uning talabalar mustaqil bilim olish motivatsiyasi hamda ko‘nikmalariga ta’siri tahlil qilinadi. Ilmiy manbalar asosida loyihaviy ta’limning nazariy asoslari, afzalliklari, amaliy jihatlari va muammolari yoritiladi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 312 TALABALARNING MUSTAQIL BILIM OLISH MOTIVLARINI RIVOJLANTIRISHDA LOYIHA TA'LIM TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI VA AHAMIYATI Kasimova (Mulladjanova) Nasiba Azimdjanovna Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti mustaqil izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17564692 Annotatsiya. Mazkur maqolada loyihalash metodi ta’lim jarayonida qo‘llanishi va uning talabalar mustaqil bilim olish motivatsiyasi hamda ko‘nikmalariga ta’siri tahlil qilinadi. Ilmiy manbalar asosida loyihaviy ta’limning nazariy asoslari, afzalliklari, amaliy jihatlari va muammolari yoritiladi. Kalit so‘zlar: mustaqil, ijodiy pedagogika, metod, talaba, muammo, loyihalash metodi. Bugungi kunda ta’lim jarayonining asosiy maqsadi — talabalarda mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Shu maqsadda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, xususan loyihalash metodi (project-based learning) o‘quv jarayonida keng qo‘llanilmoqda. Bu metod talabalarning faolligini oshiradi, o‘z fikrini asoslash, muammoni tahlil qilish va yechim topish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Loyihalash metodi — bu talabaning amaliy muammoni mustaqil hal etishga yo‘naltirilgan ijodiy faoliyatini tashkil etish metodidir. Unda o‘quvchi yoki talaba o‘z bilim va tajribasidan foydalanib, muayyan mavzu bo‘yicha loyiha ishlab chiqadi, uni tahlil qiladi va natijalarni taqdim etadi. Bu metod quyidagi bosqichlardan iborat: 1. Muammoni aniqlash va maqsad qo‘yish 2. Axborot to‘plash va tahlil qilish 3. Loyiha yechimlarini ishlab chiqish. 4. Natijalarni himoya qilish va tahlil etish. Loyihalash texnologiyasi ta’limda o‘qituvchi va talabani birdek ishlashga, talabada mustaqillikni yanada oshirishga xizmat qilar ekan, bu o‘rinda undan kutiladigan natijalar ham yangilik sifatida qaralishga munosib ishlar bo‘lishini nazarda tutadi. Loyihalash metodlari orqali o‘qitishda quyidagi natijadorliklar hosil bo‘ladi: - O‘qituvchining kuzatuvchi va yo‘l boshlovchi sifatidagi ishtiroki, talabalarning esa asosiy loyiha mualliflari, loyihani bajaruvchilari bo‘lib ishlashlari; - Har bir talabaning ma’lum dolzarb yoxud kichik muammoni aniqlab, uning uchun bajariladigan ishlar rejasi hamda yechimini topishiga alohida o‘qituvchi tomonidan e’tibor berilishi; - Birgina katta muammoga ham turlicha usullar orqali yondashuvni ta’minlash zamirida mukammal loyiha ishlarini yarata olish tajribalari paydo bo‘lishi; - Fikrlashi, qobiliyati, bilim darajasi bir-biriga yaqin talabalardan kichik guruhlarni tashkil etish. Va bu asosida lohiyalash jarayonidagina emas, balki boshqa jamoaviy ishlarda ham bir xil tipdagi talaba guruhi bilan ishlashni osonlashtirish. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 313 Loyihalash texnologiyasidan foydalanish shuningdek, talabalarga individual va differensial yondashish imkonini beradi. Metod amalga oshirilish jarayonida qamrab oladigan jihatlar, doimiy muhim hisoblanuvchi unsurlar ham bo‘lib, ular shulardan iborat: - Loyiha tuzilishi yaxshi ishlangan bo‘lishi; - Loyihada ishtirok etadigan qatnashchilar uchun tadqiqot predmeti, dolzarbligi, ijtimoiy ahamiyati, foydalaniladigan metodlar, tajribalar o‘tkazish; - Natijalarni rasmiylashtirish metodlari aniq bo‘lishi lozimligi. Talabalarga bu texnologiya nima beradi? Savolga javob esa juda oddiy. Bajariladigan ishi nima maqsadda amalga oshirilayotgani, unda qanday metodlarni qo‘llay olishni planlashtirish. Ishdan kutilayotgan natijani oldindan diagnostlashtirishni uddalay olish qobiliyatlarini shakllantirish singari ijobiy sifatlar rivojlantirib boriladi. Loyiha texnologiyalarining mustaqil bilim olishga ta’siri: Loyiha texnologiyasi afzalliklari Mustaqil bilim olishga ta’siri Real muammolar bilan ishlash imkoniyati Talabani faol izlanishga undaydi Jamoaviy va shaxsiy mas’uliyatni shakllantirish Mustaqil fikrlash va tashabbusni oshiradi O‘z-o‘zini baholash va taqdimot qilish Tanqidiy fikrlash va o‘zini rivojlantirishga motivatsiya beradi Ilmiy-ijodiy yondashuv Yangi bilimlarni mustaqil izlab topishga rag‘batlantiradi Ko‘p bosqichli, uzoq muddatli ishlar Rejalashtirish, vaqtni boshqarish va o‘z-o‘zini tashkil etishga yordam beradi Loyihalash metodining mustaqil bilim olishga ta’siri haqida to‘xtalib o‘tamiz. Talabalar uchun mustaqil bilim olish faqat ma’lumotlarni eslab qolish emas, balki: - Muammoga duch kelish; - Ma’lumotni izlab topish; - Uni tahlil qilish; - Yechim topish orqali o‘zlashtirish demakdir. Loyihalash metodining talabalar mustaqil bilim olishidagi o‘rni quyidagi jihatlarda namoyon bo‘ladi: 1. Ichki motivatsiyani shakllantiradi Talaba o‘z loyihasining yakuniy natijasi uchun javobgar bo‘lganligi sababli, bilim olishga ichki ehtiyoj sezadi. U berilgan vazifani bajarish uchun axborot izlaydi, resurslardan foydalanadi va o‘rganadi. 2. Axborot bilan mustaqil ishlashga o‘rgatadi Loyihalashda talabalar ko‘pincha darslikdan tashqaridagi manbalarni o‘rganadilar: internet, maqolalar, intervyular, amaliyot obyektlari, statistik ma’lumotlar. Bu esa ularni mustaqil tadqiqot olib borishga undaydi. 3. Tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantiradi Talabalar loyihaning har bir bosqichida tahlil, taqqoslash, baholash, yechim ishlab chiqish kabi faoliyatlar bilan shug‘ullanadilar. Bu jarayon tanqidiy fikrlashni rag‘batlantiradi. 4. O‘z-o‘zini baholash va refleksiya qilishni o‘rgatadi Loyiha yakunida talabalar o‘z faoliyatini tahlil qiladi, natijalarni baholaydi, xatolarni aniqlaydi va keyingi loyihalar uchun xulosa chiqaradi. 5. Jamoada ishlash va ijtimoiy faollikni oshiradi INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 314 Loyiha ko‘pincha guruhlarda amalga oshiriladi. Talabalar o‘z fikrlarini ifoda etadi, tinglaydi, bahs qiladi, kelishuvga erishadi. Bu ijtimoiy ko‘nikmalarni ham shakllantiradi. Loyihalash metodi zamonaviy ta’limning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, talabalarni mustaqil fikrlovchi, ijodiy yondashuvchi va bilimga chanqoq shaxs sifatida shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu metod orqali o‘quvchilar nafaqat tayyor bilimni qabul qiladi, balki uni izlab topadi, sinovdan o‘tkazadi va o‘z tajribasi orqali anglab yetadi. Shunday ekan, loyihalash metodini o‘quv jarayoniga keng joriy etish, uni metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etish, zarur resurslar bilan ta’minlash va o‘qituvchilarning malakasini oshirish orqali mustaqil bilim olishga tayyor yoshlarni tarbiyalash mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Davletshin M. “Pedagogik texnologiyalar nazariyasi va amaliyoti.” – Toshkent, 2022. 2. Karimova V. “Zamonaviy ta’lim metodlari.” – Toshkent, 2021. 3. Dewey J. Experience and Education. – New York, 1938. 4. Thomas J.W. “A Review of Research on Project-Based Learning.” – The Autodesk Foundation, 2000. 5. Ro‘zmetova G.Sh. O‘quvchilarda mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishning asoslari.