ISHONCHLI AXBOROTLAR NEGIZIDA JAMOATCHILIK FIKRINI SHAKLLANTIRISHNING INSTITUTSIONAL MEXANIZMLARI
Abstract
Ushbu maqolada ishonchli axborot negizida jamoatchilik fikrini shakllantirishning institutsional mexanizmlari tahlil qilinadi. Muallif axborot oqimining tezlashuvi, raqamli kommunikatsiya vositalarining kengayishi va sun’iy intellekt texnologiyalarining ommalashuvi sharoitida jamoatchilik fikrining o‘zgaruvchanligi, shaffoflik va ishonch muammolarini yoritadi. Tadqiqotda davlat institutlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati va texnologik platformalar o‘rtasidagi hamkorlik jamoatchilik fikrini barqaror shakllantirishdagi muhim omil sifatida ko‘rsatilgan.
Full text
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 12 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 83 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17564830 ISHONCHLI AXBOROTLAR NEGIZIDA JAMOATCHILIK FIKRINI SHAKLLANTIRISHNING INSTITUTSIONAL MEXANIZMLARI Aisha Ro‘yiddinova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruv akademiyasi tayanch doktoranti ANNOTATSIYA Ushbu maqolada ishonchli axborot negizida jamoatchilik fikrini shakllantirishning institutsional mexanizmlari tahlil qilinadi. Muallif axborot oqimining tezlashuvi, raqamli kommunikatsiya vositalarining kengayishi va sun’iy intellekt texnologiyalarining ommalashuvi sharoitida jamoatchilik fikrining o‘zgaruvchanligi, shaffoflik va ishonch muammolarini yoritadi. Tadqiqotda davlat institutlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati va texnologik platformalar o‘rtasidagi hamkorlik jamoatchilik fikrini barqaror shakllantirishdagi muhim omil sifatida ko‘rsatilgan. Kalit so‘zlar: ishonchli axborot, jamoatchilik fikri, institutsional mexanizmlar, ishonch, raqamli kommunikatsiya, shaffoflik, media. АННОТАЦИЯ В статье рассматриваются институциональные механизмы формирования общественного мнения на основе достоверной информации. Автор анализирует влияние цифровой коммуникации, социальных сетей и алгоритмических технологий на процесс формирования общественного мнения. Особое внимание уделяется проблемам доверия, прозрачности и
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 12 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 84 ответственности институтов в условиях растущего информационного потока. В исследовании подчёркивается, что устойчивое общественное мнение возможно только при эффективном взаимодействии государственных структур, средств массовой информации, гражданского общества и технологических платформ. Ключевые слова: достоверная информация, общественное мнение, институциональные механизмы, доверие, цифровая коммуникация, прозрачность, медиа. ABSTRACT The article explores the institutional mechanisms of shaping public opinion based on reliable information. The author examines how digital communication, social networks, and algorithmic technologies influence the formation of public opinion. The study emphasizes the issues of institutional trust, transparency, and accountability in the context of rapidly growing information flows. It is concluded that sustainable public opinion can only be achieved through effective interaction between state institutions, mass media, civil society, and technological platforms. Keywords: reliable information, public opinion, institutional mechanisms, trust, digital communication, transparency, media. Kirish: Bugungi globallashuv va raqamli kommunikatsiya davrida axborot oqimi nihoyatda tez. Shu sababli jamoatchilik fikrini shakllantirishda axborotning ishonchliligi, manbalar obro‘si va institutsional ishtirok (davlat, OAV, ijtimoiy platformalar, ta’lim muassasalari) muhim o‘rin tutadi. Ishonchli axborot tizimi mavjud bo‘lmagan jamiyatlarda esa soxta yangiliklar, manipulyatsiyalar va ishonchsizlik kuchayadi. So‘nggi yillarda jamiyatda axborot oqimining keskin ortishi, raqamli kommunikatsiya vositalarining kengayishi va ijtimoiy tarmoqlarning kuchayib borishi natijasida axborot ishonchliligi muammosi global darajada dolzarb masalaga aylandi. Jamoatchilik fikri endilikda faqat an’anaviy
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 12 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 85 OAV orqali emas, balki raqamli tarmoqlar, blogerlar va sun’iy intellekt asosidagi tizimlar orqali ham shakllanmoqda. Soxta yangiliklar (fake news), axborot manipulyatsiyasi va dezinformatsiya kampaniyalari kengayib borayotgani sababli, aholining ishonchini saqlash va to‘g‘ri fikr shakllanishini ta’minlash bugungi kunda davlatlar oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. O‘zbekiston Respublikasida ham bu jarayon institutsional darajada tartibga solinmoqda. Jumladan: Prezidentning PQ-4751-sonli qarori (2020-yil 15-iyun) orqali kiberxavfsizlikni ta’minlash tizimi takomillashtirildi; Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) faoliyati tugatilib, ishonchli axborot siyosatini yurituvchi milliy kontent ishlab chiqarish markazi tashkil qilindi. Ochiq ma’lumotlar portali va faktcheking tashabbuslari orqali axborot shaffofligi kuchaytirilmoqda. Bundan tashqari, raqamli muhitda jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi asosiy omillar – bu davlat institutlari, ommaviy axborot vositalari, ta’lim muassasalari, fuqarolik jamiyati va ijtimoiy tarmoqlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik darajasi bilan belgilanadi. Shunday ekan, ularning har biri institutsional mexanizm sifatida tahlil qilinishi zarur. Demak, ushbu mavzuning dolzarbligi quyidagi omillar bilan belgilanadi: 1. Axborot ishonchliligiga bo‘lgan global talabning oshishi; 2. Jamoatchilik fikrini shakllantirishda raqamli texnologiyalarning kuchayishi; 3. Axborot siyosatini institutsional asosda boshqarish ehtiyoji; 4. O‘zbekistonning axborot sohasidagi ochiqlik va ishonch siyosatini mustahkamlash zarurati; 5. Sun’iy intellekt, faktcheking va media savodxonlikning yangi mexanizmlar sifatida kirib kelayotgani.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 12 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 86 Shu sababli, “ishonchli axborotlar negizida jamoatchilik fikrini shakllantirishning institutsional mexanizmlari” mavzusi nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham dolzarb bo‘lib, O‘zbekiston axborot siyosati, fuqarolik jamiyati va media tizimining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Quyida ishonchli axborot negizida jamoatchilik fikrini shakllantirishga ma’sul institutlar, va ularning vazifalari keltirilgan: Institut turi Misollar Funktsiyasi Davlat Milliy kontent ishlab chiquvchi markaz, O‘zbekiston 24, O‘zA kabi davlat axborot agentliklari, Qonunlar, Prezident adminstratsiyasidagi axborot siyosatiga oid departamentlar Rasmiy axborot siyosatini ishlab chiqish va yuritish, ochiqlikni ta’minlash, OAV faoliyatini tartibga solish OAV Kun.uz, MY5, Sevimli, kabi xususiy tele va radiokanallar Faktcheking, tezkor va ishonchli xabarlar tarqatish Fuqarolik jamiyati Blogerlar, NNT, media monitoring markazlari Jamoatchilik nazorati, fikrlar xilma-xilligini ta’minlash Ta’lim muassasalari OAV fakultetlari, ilmiy markazlar, media savodxonlik dasturlari Axborot madaniyatini rivojlantirish, media savodxonlikni oshirish Texnologik va sun’iy intellekt institutlari AI monitoring, faktcheking algoritmlari, deepfake aniqlash texnologiyalari Soxta yangiliklarni aniqlash, axborot ishonchliligini avtomatik baholash, Ishonchlilik va shaffoflik yetishmasligi Jamoatchilik fikri shakllanishida ishonch muhim omil, fuqarolar axborotni kim berganini, nima maqsadda berganini va qanday kanallar orqali yetkazilganini bilishi kerak. Shu bilan birga, institutlar ochiqligini, javobgarligini namoyish etishi zarur. Agar axborot beruvchi institutlar (masalan davlat organlari, regulyatorlar, banklar) “qora quti” tarzida ishlasa — ya’ni qaror qabul qilish jarayonlari, axborot oqimi ochiq
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 12 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 87 bo‘lmasa — jamoatchilik fikri shakllanishida shubha va qarshilik tug‘ilishi ehtimoli yuqori. Masalan, ilmiy tadqiqotlarda aytilishicha: «mass opinion» (mavjud jamoatchilik fikri) ko‘pincha o‘zgaruvchan, noaniq va tobora “algoritmik” axborot maydonida shakllanadi. {1} Digital muhitda esa algoritmlar, sotsial tarmoqlardagi “filter bubble” va “echo chamber” (hamfikrlilar orasida yopiq axborot almashinuvi) kabi fenomenlar axborot oqimini cheklab, jamoatchilik fikrini toraytirishi mumkin. {2} Eli Pariser ushbu kitobida “filter bubble” tushunchasini ilmiy muomalaga kiritgan. U ijtimoiy tarmoqlar va qidiruv tizimlari foydalanuvchi xatti-harakatlariga qarab axborotni algoritmik tarzda saralashi natijasida, odamlar faqat o‘z fikrlariga o‘xshash kontentni ko‘rishini isbotlaydi. Bu hodisa axborot oqimini cheklaydi va jamoatchilik fikrining torayishiga olib keladi. Cass Sunstein asarida “echo chamber” (yopiq axborot makoni) hodisasini tahlil qiladi. Unga ko‘ra, raqamli platformalarda foydalanuvchilar faqat o‘z fikrlarini tasdiqlovchi manbalarga ulanadi va turli nuqtai nazarlar bilan muloqot kamayadi, bu esa jamiyatdagi polarizatsiyani kuchaytiradi. {3} Polarizatsiya nima? Polarizatsiya — bu jamiyat yoki guruh a’zolari fikrlarining keskin ikkiga (yoki bir necha qarama-qarshi qutblarga) bo‘linib ketishi holati. {4} Ya’ni, odamlar muayyan masalada o‘rtacha, neytral fikrda emas, balki qarama-qarshi pozitsiyalarda turadi. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarda biror mavzu muhokama qilinadi, deylik, “sun’iy intellekt foydalimi yoki xavflimi?” • Bir guruh odamlar: “Sun’iy intellekt — taraqqiyot uchun zarur!” deydi. • Ikkinchi guruh esa: “Bu inson ishini tortib oladi, xavfli texnologiya!” deydi. Endi ular faqat o‘z fikriga o‘xshash postlar va izohlarni ko‘radi (algoritm shunday tanlaydi). Natijada ularning qarashlari yanada keskinlashadi, o‘rtadagi “muvozanatli” fikr yo‘qoladi. Bu — axborot polarizatsiyasi. Axborot oqimi va mehnat strukturasi bilan mos emasligi Jamoatchilik fikri shakllanishi ko‘p jihatdan institutlararo koordinatsiya, axborot strategiyasi va monitoring mexanizmlariga bog‘liq. Biroq ko‘plab hollarda institutlar
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 12 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 88 (masalan davlat idoralari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati) birbiri bilan yetarli darajada integratsiyalashmagan. Tezkorlik va zamonaviy axborot texnologiyalari bilan mos emasligi Agar institutlar axborotni monitoring qilish, tahlil qilish va javob berishda tezkor mexanizmlarga ega bo‘lmasa, jamoatchilik fikri shakllanishi institutlarning nazoratidan chiqib ketishi mumkin — misol uchun soxta ma’lumotlar, manipulyatsiya, yoki emotsional to‘lqinlar. Fuqarolik jamiyati, media va platformalar bilan aloqaning yetishmasligi Jamoatchilik fikri shakllashida media, ijtimoiy tarmoqlar, hamda fuqarolik jamiyati muhim rol o‘ynaydi. Agar davlat institutlari (yoki korporativ institutlar) media va fuqarolar bilan samarali aloqaga ega bo‘lmasa, institutsional mexanizmlar ishlamay qolishi mumkin. Qonunchilik, institutsional rol va javobgarlik masalalari Jamoatchilik fikrini shakllantirishda institutlarning roli aniq bo‘lmasa yoki javobgarlik tizimi zaif bo‘lsa, natijada jamiyatda “legitimatsiya krizisi” (ya’ni institutlarga ishonchning pasayishi) yuzaga kelishi mumkin. {5} Habermas bu asarida davlat institutlari va siyosiy tizimlar jamoatchilik ishonchini yo‘qotganda, ularni “legitim” (ya’ni qonuniy, ishonchli, qabul qilingan) deb bilish darajasi pasayishini tahlil qiladi. U buni “legitimatsiya krizisi” deb ataydi — bu holatda fuqarolar hukumat yoki institutlarning axborot siyosatiga, qarorlariga ishonmay qo‘yadi. Xorijiy tajribalar Jamoatchilik fikrini shakllantirishda institutsional mexanizmlarga oid bir-necha xalqaro tajribalarni ajratib ko‘rish mumkin. • LiquidFeedback — fuqarolar tomonidan takliflar kiritish, muhokama qilish va deputat/vakilga ovoz berish mexanizmini taqdim etuvchi onlayn platforma. {6} Bu
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 12 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 89 mexanizm jamoatchilik fikri shakllanishida institut tashqarisidan — fuqarolar hamda ijtimoiy platformalar orqali — bevosita ishtirokni kuchaytirishga xizmat qiladi. • Hozirgi kunda jamoatchilik fikri faqat klassik ommaviy axborot vositalari orqali shakllanmaydi — ijtimoiy tarmoqlar, algoritmlar, onlayn muhokamalar asosida ham shakllanmoqda.{7} Bu esa institutlar uchun yangi muammo tug‘diradi: axborotni nazorat qilish yoki shakllantirish mexanizmlari avvalgiday oson emas, u yerda raqamli tarmoqlarning roli kuchli.Tajriba jihatidan: xavfsizlik, tezlik va interaktivlikni hisobga olgan holda, institutlar jamoatchilik bilan muloqot qilish formatlarini yangilamoqda — masalan interaktiv veb-platformalar, onlayn konsultatsiyalar, real-vaqtli monitoring. Xulosa Zamonaviy axborot makonida jamoatchilik fikrini shakllantirish jarayoni murakkablashib, u klassik ommaviy axborot vositalaridan raqamli va algoritmik tizimlarga ko‘chdi. Bu holat jamoatchilik fikrining o‘zgaruvchan, noaniq va ko‘p manbali tus olishiga olib keldi. Shu bois, jamoatchilik fikrini barqaror, ishonchli va maqsadli shakllantirishda institutsional mexanizmlarning samarali ishlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, institutlarning axborot siyosati aniq belgilanmagan yoki ularning javobgarlik tizimi zaif bo‘lgan holatlarda, jamiyatda “legitimatsiya krizisi” — ya’ni institutlarga bo‘lgan ishonchning pasayishi yuzaga keladi (Habermas, 1973). Shu sababli, institutlarning roli nafaqat axborot uzatish bilan, balki axborotning ishonchliligi, shaffofligi va tushunarliligini ta’minlash bilan ham belgilanadi. Xulosa qilib aytganda, ishonchli axborot asosida jamoatchilik fikrini shakllantirish — bu faqat kommunikatsiya masalasi emas, balki institutsional ishonch, ijtimoiy javobgarlik va raqamli madaniyatning uyg‘un tizimidir. Shu yo‘nalishda harakat qilgan davlat va ijtimoiy institutlar jamiyatda ochiqlik, ishonch va barqaror fikr muhitini yaratishga erishadi.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 12 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 90 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Jiang, L., & Sun, Q. (2024). Algorithmic public opinion: How digital platforms shape collective cognition.Journal of Communication Theory, 15(2), 87–104. SAGE Publications. DOI: 10.1177/29768640251323147 2. Pariser, E. (2011). The Filter Bubble: What the Internet Is Hiding from You. New York: Penguin Press. 3. Sunstein, C. R. Republic.com. – Princeton: Princeton University Press, 2001. 4. Sunstein, C. R. Republic.com. – Princeton: Princeton University Press, 2001. 5. Habermas, J. (1973). Legitimation Crisis. Boston: Beacon Press. (Original asar: “Legitimationsprobleme im Spätkapitalismus”, Suhrkamp Verlag, 1973) 6. Wikipedia 7. Bennett, W. L., & Livingston, S. (2018). The disinformation order: Disruptive communication and the decline of democratic institutions. European Journal of Communication, 33(2), 122–139. SAGE Publications. DOI: 10.1177/0267323118760317