scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'QITUVCHILARNING KASBIY MA'NAVIY RIVOJLANISH JARAYONINI MODELLARI VA RIVOJLANTIRISH STRATEGIYALARI

Karaboyeva Mahliyo Qodirjonovna

Abstract

Ushbu maqolada o‘qituvchilar kasbiy ma’naviy rivojlanish zaruriyati, o‘qituvchilarning kasbiy ma’naviy rivojlanish jarayonlarini samarali tashkil etish va ularga mos modellar hamda rivojlantirish strategiyalarini aniqlash, o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanish jarayonining turli modellari ko‘rib chiqiladi hamda ularni rivojlantirish bo‘yicha samarali strategiyalar tahlil qilinadi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 355 O‘QITUVCHILARNING KASBIY MA’NAVIY RIVOJLANISH JARAYONINI MODELLARI VA RIVOJLANTIRISH STRATEGIYALARI Karaboyeva Mahliyo Qodirjonovna Qori Niyoziy nomidagi TPMI tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17564873 Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘qituvchilar kasbiy ma’naviy rivojlanish zaruriyati, o‘qituvchilarning kasbiy ma’naviy rivojlanish jarayonlarini samarali tashkil etish va ularga mos modellar hamda rivojlantirish strategiyalarini aniqlash, o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanish jarayonining turli modellari ko‘rib chiqiladi hamda ularni rivojlantirish bo‘yicha samarali strategiyalar tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: ta’lim, pedagogik jamoa, o‘qituvchi, rivojlanish, model, sog‘lom muhit, ma’naviy muhit, axloq normalari, empatiya. O‘qituvchilarning kasbiy va ma’naviy rivojlanishi ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy ta’lim jarayonida nafaqat o‘qituvchilarning malaka darajasini oshirish, balki ularning ma’naviy-axloqiy qobiliyatlarini shakllantirish ham talab etiladi. Shuning uchun o‘qituvchilarning kasbiy va ma’naviy rivojlanish jarayonlarini samarali tashkil etish, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun turli modellar va rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish zarurdir. O‘qituvchilarning kasbiy va ma’naviy rivojlanish tushunchasiga aniqlik kiritib o‘tamiz. Kasbiy va ma’naviy rivojlanish o‘qituvchining o‘z ish faoliyatida professional malakasini oshirishi, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashi bilan birga, o‘zining ma’naviy-axloqiy sifatlarini ham doimiy ravishda takomillashtirishi jarayonidir. O‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan bo‘lsa, ma’naviy rivojlanish ularning shaxs sifatidagi o‘sishi, pedagogik axloq qoidalarini chuqurroq anglashlari va o‘quvchilar bilan munosabatda bo‘lishda yuqori professional-etika standartlariga rioya qilishlarini ta’minlaydi. O‘qituvchilarning kasbiy va ma’naviy rivojlanganlik darajasini quyidagi xususiyatlarga ko‘ra belgilanadi: Doimiylik: kasbiy va ma’naviy rivojlanish jarayoni uzluksiz bo‘lib, o‘qituvchining butun faoliyati davomida davom etadi. Moslashuvchanlik: o‘qituvchilar yangi bilim va pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish bilan birga, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni yangilashga tayyor bo‘lishlari lozim. Shaxsiylashtirilganlik: har bir o‘qituvchining rivojlanish yo‘li individual bo‘lib, uning kasbiy va ma’naviy ehtiyojlari, shaxsiy xususiyatlari hisobga olinadi. Motivatsiya: ichki motivatsiya, o‘z kasbiga sadoqat va ma’naviy qadriyatlar rivojlanish jarayonining samaradorligini oshiradi. Integrallik: kasbiy va ma’naviy rivojlanish o‘zaro bog‘liq bo‘lib, o‘qituvchining professional kompetensiyalari va axloqiy fazilatlarini birgalikda rivojlantiradi. An’anaviy model: an’anaviy model o‘qituvchining kasbiy rivojlanishini asosan ma’lum bir vaqt oralig‘ida o‘tkaziladigan malaka oshirish kurslari, seminarlar va treninglar orqali tashkil etadi. Bu modelda ta’lim beruvchi passiv ishtirokchi bo‘lib, bilimlarni ko‘proq tayyor shaklda INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 356 qabul qiladi. O‘qituvchilar asosiy pedagogik bilimlarni tizimli ravishda oladi. Maxsus tashkil etilgan kurslarda qatnashish orqali tashkiliy qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘ladi. Ushbu madel quyidagi cheklovlarga ega a’nanaviy rivojlanishga yetarlicha e’tibor berilmaydi. O‘qituvchi faol ishtirokchi emas, balki auditoriya roli bilan cheklanadi. O‘zlashtirish darajasi har doim yuqori bo‘lmasligi mumkin. Innovatsion model: innovatsion model o‘qituvchilarning yangi pedagogik texnologiyalar, raqamli vositalar va interaktiv metodikalarni o‘zlashtirishiga asoslanadi. Bu modelda o‘qituvchi yangiliklarni izlab, amaliyotga tatbiq etishga intiladi. Ushbu modelning afzalliklari zamonaviy texnologiyalar va kreativ yondashuvlar bilan ishlash imkonini beradi. O‘qituvchi faol ijodkor, o‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatida shakllanadi. Ma’naviy jihatdan o‘zini ifoda etish imkoniyati oshadi, ayniqsa axborot-kommunikatsiya vositalaridan ijtimoiy tarbiya maqsadida foydalanish orqali. Cheklovlari esa, har bir o‘qituvchi innovatsiyalarni tezda o‘zlashtira olmaydi. Texnik infratuzilma cheklovlari mavjud bo‘lishi mumkin. Kompetensiyalarga asoslangan model o‘qituvchining faqat bilim darajasini emas, balki kasbiy faoliyatdagi amaliy kompetensiyalarini, masalan, muloqot, muammoli vaziyatlarni hal etish, liderlik, jamoaviy ishlash, ma’naviy yetakchilik kabi ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu modelning afzalliklari: kasbiy va ma’naviy sifatlar birgalikda rivojlanadi; o‘qituvchi shaxs sifatida to‘laqonli shakllanadi; o‘z-o‘zini baholash va refleksiya qilish imkoniyatlari yaratiladi. Cheklovlari: kompetensiyalarni aniqlash va baholash murakkab; doimiy tahlil va individual yondashuvni talab qiladi; boshqa zamonaviy modellarning tahlili; mavjud yondashuvlarga asoslangan holda biz quyidagi yondoshuvni taklif qilamiz. “Integrallashgan kasbiy-ma’naviy rivojlanish va jamoaviy sog‘lom muhit modeli” bu o‘z-o‘zini rivojlantirish modeli bo‘lib o‘qituvchi o‘z ehtiyojlari, qiziqishlari va maqsadlariga asoslanib bilim oladi. Bu modelda ichki motivatsiya va ma’naviy intilish markazda turadi. Modelning maqsadi: pedagogik jamoa ichida ijobiy kasbiy va ma’naviy muhitni shakllantirish, o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va bir-birini qo‘llab-quvvatlovchi, sog‘lom hamkorlik tizimini yaratish; har bir o‘qituvchi uchun individual kasbiy va ma’naviy rivojlanish rejasini ishlab chiqish; o‘z-o‘zini tahlil qilish (refleksiya) asosida muntazam o‘sishni rag‘batlantirish; Shaxsiy qadriyatlar, mas’uliyat, etika va hayotiy pozitsiyani rivojlantirishdan iborat. 2. Jamoaviy rivojlanish yo‘nalishi: mentorlik va coaching asosida ustoz-shogird tizimini joriy etish; hamkorlikda o‘rganish: ochiq darslar, tajriba almashinuvi, muhokama klublari; jamoaviy mas’uliyat va axloqiy me’yorlarga asoslangan “etika kodeksi”ni ishlab chiqish 3. Psixologik-ma’naviy muhitni mustahkamlash: empatiya, ishonch va hurmatga asoslangan muloqot madaniyatini rivojlantirish; Stress va emotsional zo‘riqishni kamaytirish bo‘yicha treningla; ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar: ma’ruzalar, ruhiy salomatlik mashg‘ulotlari, madaniy uchrashuvlar; innovatsion va texnologik qo‘llab-quvvatlash; o‘qituvchilarni raqamli savodxonlik va pedagogik texnologiyalar bilan qurollantirish; o‘z-o‘zini rivojlantirish uchun raqamli platformalar va resurslarga kirishni ta’minlash 4. Baholash va rag‘batlantirish: kasbiy-ma’naviy rivojlanishdagi yutuqlarni muntazam baholab borish; rivojlangan o‘qituvchilarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish; o‘zgarishlarni ko‘rsatadigan indikatorlar (motivatsiya, ishtirok darajasi, jamoaviy muomala sifati) 5. Modelning afzalliklari: kasbiy va ma’naviy rivojlanishni integratsiyalashgan holda olib boradi; o‘qituvchi shaxsini va jamoa ruhini birgalikda shakllantiradi; sog‘lom muhit orqali stress INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 357 darajasi kamayadi, ishonch va hurmat kuchayadi; har bir a’zo o‘zini jamoaning muhim qismi sifatida his qiladi 1. Modelni tadbiq qilish bosqichlari Modelni muvaffaqiyatli amaliyotga joriy etish 4 asosiy bosqichda amalga oshiriladi: 1. Tahlil va rejalashtirish bosqichi 2. Loyihalash va tayyorlov bosqichi 3. Amalga oshirish bosqichi 4. Tahlil, baholash va takomillashtirish bosqichi 2. Tahlil usullari (monitoring va baholash) T/ r Tahlil usuli Tavsifi 1 So‘rovnomalar O‘qituvchilar, rahbariyat va o‘quvchilar orasida anonim fikr olish 2 Refleksiya varaqalari Har oy/yil oxirida o‘qituvchi o‘z rivojlanishini yozma tarzda baholaydi 3 Intervyu va suhbatlar Individual va guruhiy fikr almashinuvi orqali ma’naviy muhitni tahlil qilish 4 Monitoring jadvali Harakatlar rejasining bajarilishi ustidan tizimli nazorat 5 Indikatorlar motivatsiya darajasi hamkorlik ko‘rsatkichlari, jamoaviy ishtirok faolligi Tashkiliy yo‘l xaritasi: 1-bosqich: 1–2-oy: tahlil va tayyorgarlik ko‘riladi, jamoaviy yig‘ilishda ichki muhit tahlil qilinadi (so‘rovnoma, intervyu) olinibgandan so‘ng individual rejalashtirish boshlanadi. 2-bosqich – 3–5-oy faol tadbiq bosqichi: treninglar, seminarlar, mentorluk joriy qilinadi; ichki “etika kodeksi” ishlab chiqiladi; reflektiv faoliyat boshlanadi. 3-bosqich – 6–9-oy: jamoaviy rivojlanish bosqichi: hamkorlikdagi tadbirlar (ma’naviy kechalar, tajriba almashuv) o‘tkaziladi; o‘zaro ishonch va qo‘llab-quvvatlash muhitini mustahkamlash ishlari davom ettiriladi; 4-bosqich – 10–12-oy baholash va takomillashtirish: yillik natijalar tahlili, samaradorlik darajasi aniqlanadi; yutuqlar nishonlanadi, rag‘batlantirish ishlari olib boriladi; kelgusi yil uchun rejalashtirish boshlanadi Yakuniy maqsad: pedagogik jamoaning har bir a’zosi o‘zini hurmat qilinadigan, tinglanadigan, qadrlanadigan, o‘sishga undaladigan sog‘lom ijtimoiy va ma’naviy muhitda his qiladi. O‘qituvchilarning kasbiy va ma’naviy rivojlanishi – ta’lim tizimining poydevorini tashkil etuvchi asosiy omillardan biridir. Bugungi kunda nafaqat kasbiy bilim va ko‘nikmalar, balki o‘qituvchining ichki madaniyati, axloqiy qadriyatlari, jamoaviy muomalasi va ma’naviy barqarorligi ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Maqolada tahlil qilingan rivojlanish modellari va strategiyalari shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchining kasbiy va ma’naviy salohiyatini birgalikda rivojlantirish – sog‘lom, intellektual, ma’rifiy va barqaror pedagogik muhitni shakllantirishga xizmat qiladi. Yangi taklif etilgan “Integrallashgan kasbiy-ma’naviy rivojlanish modeli” o‘qituvchining individual ehtiyojlari, jamoaviy hamkorlik, texnologik salohiyat, va axloqiy taraqqiyot kabi INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 358 jihatlarni uyg‘un holda ko‘zda tutadi. Ushbu modelni ta’lim muassasalarida bosqichma-bosqich joriy etish orqali sog‘lom ichki muhit, yuqori motivatsiya, hamkorlik va o‘zaro hurmat asosida ishlovchi kuchli pedagogik jamoalarni shakllantirish mumkin. Shu sababli, har bir ta’lim muassasasi o‘z sharoitidan kelib chiqib, kasbiy-ma’naviy rivojlanishga doir strategik yondashuvlarni ishlab chiqishi, ularni doimiy monitoring va baholash asosida takomillashtirib borishi zarur. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Ибраимов Х., Қуронов М., Ибрагимова Ф. Педагогика тарихи ва назарияси: Дарслик. – Т.: Шаффоф, 2023. – 392-б. 2. O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 1-fevraldagi O‘RQ-901-son “Pedogogning maqomi to‘g‘risida”gi qonuni: https://lex.uz 3. Ибраимов Х. ва бошқ. Ота-она – мураббий: Услубий кўлланма. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2024. – 220 б.