MARGINAL MADANIYATNI BARTARAF ETISH VA MILLIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISHDAGI DOLZARB MUAMMOLAR VA PEDAGOG-KADRLARNING ROLI
Abstract
Maqolada zamonaviy jamiyatda yoshlar orasida kuzatilayotgan marginal madaniyat tahdidi, uning paydo bo‘lish sabablari va oqibatlari tahlil qilinadi. Pedagog-kadrlarning bu jarayonda tutgan o‘rni, ularning ma'naviy-ma'rifiy ishlar orqali yosh avlodni bu hodisadan asrashdagi roli haqida so‘z boradi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 360 MARGINAL MADANIYATNI BARTARAF ETISH VA MILLIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISHDAGI DOLZARB MUAMMOLAR VA PEDAGOG-KADRLARNING ROLI Namozova Madina Toyir qizi Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti 2bosqich doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17564905 Annotatsiya. Maqolada zamonaviy jamiyatda yoshlar orasida kuzatilayotgan marginal madaniyat tahdidi, uning paydo bo‘lish sabablari va oqibatlari tahlil qilinadi. Pedagogkadrlarning bu jarayonda tutgan o‘rni, ularning ma'naviy-ma'rifiy ishlar orqali yosh avlodni bu hodisadan asrashdagi roli haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: Marginal madaniyat, pedagog-kadr, milliy qadriyatlar, milliy immunitet, yoshlar tarbiyasi, g‘oyaviy tahdidlar, madaniy qadriyatlar, globallashuv. Marginal madaniyatning ildizlari, asosan, globallashuv bilan bog‘liq bo‘lib, bu jarayonlar nafaqat iqtisodiy va siyosiy sohalarga, balki madaniy hayotga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy madaniyat orqali yoshlar ongiga singayotgan g‘arbona qadriyatlar ularni milliy o‘zlikdan begonalashtirish xavfini kuchaytirmoqda. Bunday sharoitda ta’lim muassasalari va ularda faoliyat yuritayotgan pedagoglarning mas’uliyati yanada oshadi. Globallashuv jarayonlari natijasida dunyodagi madaniy, ijtimoiy va axborot maydoni tobora ochiq tus olmoqda. Bunda axborot oqimining kuchayishi, ayniqsa yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan g‘oya va madaniy hodisalarning tarqalishiga sabab bo‘lmoqda va shu bilan birgalikda “marginal madaniyat” atamasi dolzarb bo‘lib bormoqda. Marginal madaniyat – bu jamiyatning asosiy qadriyatlariga zid, uning tarixiy-madaniy ildizlarini inkor qiluvchi, asosan tashqi ta’sirlar bilan shakllangan g‘oyaviy-madaniy oqimdir. Marginal madaniyat o‘z mohiyatiga ko‘ra, mavjud ijtimoiy tartib, qadriyat va madaniyatga qarshi turgan, jamiyat hayotiga begona unsurlarni singdiruvchi jarayondir. U quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: • Vatanga nisbatan befarqlik; • milliy qadriyatlardan begonalashuv; • jamiyat hayotida passivlik va norozilik kayfiyati; • giyohvandlik, alkogolizm, ekstremizm va boshqa illatlarning kengayishi. Bugunki kunda zamonaviy pedagog nafaqat bilim beruvchi, balki ijtimoiy ong va madaniyat targ‘ibotchisi sifatida ham ko‘rilishi lozim. Pedagog – bu yoshlarning ma’naviy tarbiyasini shakllantiruvchi eng muhim shaxs. Ularning har bir harakati, nutqi, dunyoqarashi yoshlar uchun namuna bo‘lishi kerak. Zamonaviy pedagog nafaqat bilim beruvchi, balki ijtimoiy ong va madaniyat yetakchisidir. Pedagogik jarayon orqali yoshlarning vatanparvarligi, milliy qadriyatlarga hurmati, tanqidiy tafakkuri shakllanadi. Bunda innovatsion yondashuvlar, interfaol metodlar, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Pedagogning shaxsiy namunasi, uning nutqi, kiyinish madaniyati, muomalasi orqali o‘quvchilarga ta’siri beqiyosdir. Ular axloqiy tarbiyada faol bo‘lishi, yoshlar bilan ishonchli muloqot o‘rnatib, ularning ichki dunyosini anglash orqali marginal madaniyatga qarshi immunitet shakllantiradi. Pedagog – bu nafaqat bilim beruvchi, balki yosh avlodga ma’naviy
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 361 mezonlarni singdiruvchi shaxsdir. O‘qituvchi shaxsiyatining o‘zi katta tarbiyaviy qudratga ega. Pedagog-kadrlarning marginal madaniyatga qarshi kurashdagi roli quyidagicha tavsiflanadi: ▪ Ma'naviy yetakchi, ▪ axborot vositachisi, ▪ qadriyatlar targ‘ibotchisi. Yoshlarning madaniy immunitetini oshirishda ularning mustaqil fikrlashini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Bu uchun tanqidiy tafakkurni shakllantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar, ijtimoiy rollar orqali o‘yinlar, hayotiy vaziyatlarni tahlil qilish kabi interaktiv usullar qo‘llanilishi kerak. Shuningdek, milliy qadriyatlar asosida yaratilgan zamonaviy axborot resurslari orqali yoshlarning e’tiborini jalb etish mumkin. Shu bilan birgalikda, Pedagoglar uchun “ma’naviy kurator” lavozimini joriy etish orqali har bir sinfda doimiy ma’naviy yetakchilikni ta’minlash mumkin. Shuningdek, pedagoglarning faoliyatini monitoring qilishda yoshlar orasidagi axloqiy ko‘rsatkichlar asosiy mezon bo‘lishi kerak. Tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish uchun otaonalar bilan doimiy aloqada bo‘lish, oilaviy tarbiya bilan maktab tarbiyasi uyg‘unligini ta’minlash lozim. Marginal madaniyatga qarshi eng samarali usul – bu yosh avlodda madaniy immunitetni shakllantirishdir. Bu quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi: • Milliy o‘zlikni anglatish; • axborot savodxonligini oshirish; • ijodkorlikka yo‘naltirish; • ijobiy muhit yaratish. Bugungi globallashuv davrida jamiyatimiz oldida turgan yana bir asosiy vazifalardan biri – bu yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash, ularning g‘oyaviy immunitetini mustahkamlashdir. Milliy immunitet deganda, shaxsning o‘z milliy qadriyatlariga sodiqligi, ularni anglab yetishi va himoya qila olishi tushuniladi. Zamonaviy dunyoda axborot xurujlari, ma’naviy tahdidlar kuchayib borayotgan bir paytda bu immunitet ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtayi nazardan, ta’lim tizimi va pedagog-kadrlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi. Milliy immunitet – bu jamiyat a’zolarining tarixiy xotira, til, din, urf-odatlar, madaniyat, an’ana va qadriyatlarga nisbatan barqaror ijobiy munosabatda bo‘lishini anglatadi. Bu immunitet ijtimoiymadaniy muhit, oilaviy tarbiya, ta’lim tizimi orqali shakllanadi. Ayniqsa, yoshlik davrida bu jarayon faol kechadi. Milliy immunitetga ega bo‘lgan yoshlar begona g‘oyalarga berilmaydi, milliy manfaatlarni ilgari suradi va jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shadi. Hozirgi kunga kelib milliy immunitetni shakllantirish yo‘lida bir qator muammolar mavjud. Avvalo, internet va raqamli axborot oqimlari orqali kirib kelayotgan madaniy jarayonlari yoshlarning ongini egallamoqda. Bundan tashqari, oilaviy tarbiya bilan maktab tarbiyasi orasidagi uzilish, umumiy g‘oyaviy va tarbiyaviy yondashuvning yetishmasligi, ta’lim tizimidagi formallik bu muammoni yanada chuqurlashtirmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ma’naviyatsizlik targ‘ib qilinayotgan bir davrda yoshlar ongini to‘g‘ri shakllantirish dolzarb masalaga aylanmoqda. Shu sababli milliy immunitetni mustahkamlash uchun quyidagi strategiyalar muhim: 1) O‘quv dasturlariga milliy qadriyatlar asosida yaratilgan maxsus kurslarni kiritish; 2) Pedagoglar uchun g‘oyaviy-ma’naviy tayyorgarlik treninglarini tashkil etish; 3) Mediamadaniyatni rivojlantirish orqali zararli kontentlarga qarshi ijtimoiy immunitet shakllantirish; 4) Oila-maktab-hamjamiyat hamkorligini mustahkamlash. Milliy immunitetni shakllantirish – bu bir martalik emas, balki doimiy, kompleks va tizimli yondashuvni talab qiladigan jarayondir. Pedagog-kadrlar bu yo‘lda asosiy ijtimoiy resurs
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 362 bo‘lib, ularning kasbiy salohiyati, g‘oyaviy tayyorgarligi va ma’naviy yetukligi muhim rol o‘ynaydi. Milliy immunitet mustahkam bo‘lsa, yoshlar har qanday yot g‘oya va madaniy tahdidlarga qarshi tura oladi va jamiyat taraqqiyotiga faol hissa qo‘shadi. Xulosa.Marginal madaniyat yosh avlodning ma’naviy, g‘oyaviy va ijtimoiy salohiyatiga tahdid solmoqda. Uni bartaraf etishda eng katta mas’uliyat pedagog-kadrlar zimmasidadir. Shuning uchun ularning kasbiy, g‘oyaviy va ma’naviy tayyorgarligi ustuvor ahamiyat kasb etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi 2018-yil 28-noyabr dagi PQ4038-son Qarori. 2. Raxmonov B. Pedagogik mahorat asoslari. – T.: O‘qituvchi, 2019. 3. Р.Г.Сафарова ва б. Педагогларнинг ўқувчи-ёшларни «оммавий маданият»га қарши курашчанлик кўникмаларини шакллантириш соҳасидаги компетенцияларини ривожлантириш воситалари. – Т.: «Tafakkur qanoti», 2020. – 200 б. 4. Qodirov N. Marginal madaniyat va yoshlar muammosi. – Toshkent: O‘zRFA, 2020. 5. Muxammadjonova D. O‘zbek yoshlarining g‘oyaviy immuniteti: muammo va echimlar. – T.: Ma’naviyat, 2023.