BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA FUNKSIONAL KOMPЕTЕNSIYANI RIVOJLANTIRISHNING PЕDAGOGIK XUSUSIYATLARI, OMILLARI VA YO'NALISHLARI
Abstract
Ushbu maqolada funksional kompetensiya, uning mohiyati bo‘lajak o‘qituvchilarda funksional kompetensiyani rivojlantirish imkoniyatlari, uning funkitsyalari, funksional kompetensiyaning tarkibiy qismlari, uning ta’lim paradigmalari bilan bog‘liq jihatlari haqida fikr yuritilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 363 BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA FUNKSIONAL KOMPЕTЕNSIYANI RIVOJLANTIRISHNING PЕDAGOGIK XUSUSIYATLARI, OMILLARI VA YO‘NALISHLARI Kunnazarova Bibixatisha Babanazarovna Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 2-bosqich tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17564927 Annotatsiya. Ushbu maqolada funksional kompetensiya, uning mohiyati bo‘lajak o‘qituvchilarda funksional kompetensiyani rivojlantirish imkoniyatlari, uning funkitsyalari, funksional kompetensiyaning tarkibiy qismlari, uning ta’lim paradigmalari bilan bog‘liq jihatlari haqida fikr yuritilgan. Kalit so’zlar: funksional kompetensiya, madaniy pedagogik muhit, xavfsiz ijtimoiy muhit, rivojlantiruvchi yondashuv, faoliyatli yondashuv, kognitiv, refleksiv, kasbiy faoliyat, amaliy faoliyat, tanqidiy fikrlash. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy madaniy muhitida har bir shaxsning, shu jumladan bo‘lajak o‘qituvchilarning funksional kompetensiyalarini rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. Funksional kompetensiya mutaxassisning real hayotiy va kasbiy faoliyat ko‘rsatish vaziyatlarida bilim, ko‘nikma va malakalarini samarali qo‘llay olish qobiliyatidir. Funksional kompetensiya mutaxassisning nazariy bilimigagina emas, balki mazkur bilimlardan amaliyotda foydalanish ko‘nikmalariga asoslanadi. Demak, funksional kompetensiya o‘zlashtirilgan bilimlarning foydalilik va samaradorlik darajasi, ya’ni mutaxassis o‘zlashtirgan bilimlarini hayotiy va kasbiy vaziyatlarda qo‘llash mahoratini anglatadi. Funksional kompetentlik nazariyasi N.A.Nazarova, P.I.Zinchenko kabi mutaxassislar tomonidan tadqiq etilgan. Funksional kompetenlik nazariyasiga ko‘ra, bilimlar mutaxassisdan ularni amaliy vazifalarga yechim topish jarayonida qo‘llashni taqozo etadi. Funksional kompetentlik talabalarning o‘zlashtirilgan bilimlarni qo‘llay olish mahoratini ifodalaydi. Kompetensiyaviy yondashuv nazariyasi R.Safarova, N.Muslimov, B.Xodjayev, Yu.Asadov, E.Davletov, S.Sharifzoda, A.V.Xutorskoy, I.A.Zimnyaya, L.M.Mitinalar tomonidan rivojlantirilgan. Ushbu yondashuv doirasida ta’limning asosiy natijasi sifatida bo‘lajak o‘qituvchilarning komptensiyasi namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra, kompetensiya bilim, ko‘nikma, tajriba, qadriyatlar va motivatsiyaning integrativ birligi. Bo‘lajak o‘qituvchining funksional kompetensiyasi uning ta’lim tizimi amaliyotida qo‘llaydigan bilim, ko‘nikma va malakalar majmui hisoblanadi. Funksional kompetensiyaning asosini tashkil etgan faoliyatli yondashuv nazariyasi taniqli psixologlar L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, P.Galperin tomonidan tadqiq etilgan. Insonni faoliyat yordamida rivojlantirish nazariyasi doirasida funksional kompetensiya bo‘lajak mutaxassisning faoliyatni samarali tashkil qilish va boshqarish ko‘nikmalari orqali namoyon bo‘ladi. Taniqli pedagoglar N.A. Nazarova, V.A. Bolotov, Ye.S. Baxarevalar funksional kompetensiyani muayyan tarkibiy qismlarga ajratganlar. Ular: 1. Kognitiv bilish komponenti, pedagogikaga oid nazariy bilimlar majmuasi, ushbu fanga oid tushunchalar, qonuniyatlar, usullar, metodlar va modellarni o‘z ichiga oladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 364 2. Operatsion amaliy komponent. Ushbu komponent pedagogik bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmalari, ularni tahlil qilish, baholash, qarorlar qabul qilish va muayyan reja yoki loyihalarni amalga oshirishni anglatadi. 3. Motivatsion komponent. Talabalarning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, ularni bilimlarni o‘zlashtirishga undaydigan kuch, ya’ni motivlarni ifodalaydi. 4. Qadriyatli komponent. Ilmiy hamda kasbiy pedagogik faoliyatdagi axloqiy, ma’naviy va ijtimoiy qadriyatlarga munosabat. 5. Refleksiv komponent. O‘z faoliyatini tahlil qilish, xato va yutuqlardan xulosa chiqarish ko‘nikmasi. Funksional kompetensiya oliy pedagogik ta’lim jarayonida har bir talabaning shaxsiy tajribasi va individual rivojlanishiga asoslanadi. Pedagogika turkum o‘quv fanlari va tajribalar o‘zaro aloqadorlikda yaxlit tarzdagi pedagogik faoliyatni shakllantiradi. Talabalarning nazariy bilimlari hayotiy va kasbiy vaziyatlar bilan bog‘lanadi va uyg‘unlashadi. Funksional kompetensiya talabalarning muammolarga yangi yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Funksional kompetensiyani egallash natijasida talabalar real hayotiy va kasbiy muammolarga yechim topishni o‘rganadilar. Buning natijasida ularda pedagogik muhitga moslashuvchanlik va sog‘lom raqobat ko‘nikmalari takomillashadi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda tanqidiy, tahliliy, kreativ hamda mustaqil fikrlash rivojlanadi. Pedagogik amaliyot davrida esa amaliyotchi o‘qituvchilar va o‘quvchilar orasida faol muloqot va hamkorlik muhiti vujudga keladi. Funksional kompetensiya doirasida ta’lim natijalari kafolatlangan samaradorlik asosida baholanadi. YUNЕSKOning Inchxon deklaratsiyasiga muvofiq, sifatli ta’lim ijodkorlik va bilimlarni faol qo‘llashni rag‘batlantirishi, savodxonlikni takomillashtirish, vaziyatlarni tahlil etish, muammolarga yechim topish, shuningdek yuqori darajadagi kognitiv, shaxslararo munosabatlar va ijtimoiy ko‘nikmalarni egallashni kafolatlashi lozimligi nazarda tutilgan. Shu bilan bir qatorda, mazkur deklaratsiya mutaxassislarga sog‘lom va mazmunli hayot kechirish, asosli qarorlar qabul qilish va mahalliy hamda global muammolarga munosib javob qaytarish imkonini beradigan qadriyatlar, yo‘nalishlar va xulq-atvor ustanovkasini shakllantirishi kerakligi ta’kidlangan [1]. Shunga ko‘ra, oliy pedagogik ta’lim jarayonidagi samaradorlik talabalarda funksional savodxonlik kopetensiyasining rivojlanganlik darajasiga bog‘liq. Izlanishlarimiz davomida talabalarda funksional kompetensiyani rivojlantirish jarayonida bir qator omillar va shart-sharoitlarga tayanish zarurligini aniqladik. Jumladan: - oliy pedagogik ta’lim samaradorligini baholashga oid yondashuvlarni individuallashtirish; - oliy pedagogik ta’lim mazmuniga talabalarda funksional kompetensiyani rivojlantirishga oid xalqaro tajribalarni integratsiyalash; - uzluksiz o‘qib o‘rganish paradigmasini oliy pedagogik ta’lim tizimiga tatbiq etish; - talabalarda funksional kompetensiyani rivojlantirishda kompetensiyaviy yondashuv modeliga tayanish; - kasbiy rivojlanish modellarini ta’lim mazmuniga integratsiya qilish kabilar. Bugungi kunda bo‘lajak o‘qituvchilarda funksional kompetensiyani rivojlantirishning pedagogik yo‘nalishlari va mexanizmlarini ishlab chiqish zaruriyati kuchaymoqda. Buning uchun, 1. Pedagogik ta’lim mazmuniga bo‘lajak o‘qituvchilarda funksional kompetensiyani rivojlantirish imkonini beradigan tushunchalar, qonuniyatlar va talablarni singdirish.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 365 2. Bo‘lajak o‘qituvchilarda funksional kompetensiyani rivojlanganlik darajasini ifodalovchi ko‘nikmalarni tizimlashtirish. 3. Bo‘lajak o‘qituvchilarda funksional kompetensiyani rivojlantirishning metodik ta’minotini ishlab chiqish. 4. Bo‘lajak o‘qituvchilarda funksional kompetensiyani rivojlantirishning izchil tizimini ishlab chiqish va nazariy pedagogik jihatdan asoslash. 5. Bo‘lajak o‘qituvchilarda funksional kompetensiyani rivojlantirish asosida ularning istiqbolda o‘z o‘quvchilari uchun xavfsiz, pedagogik va rivojlantiruvchi madaniy muhit yaratishlari hamda o‘quv tarbiya jarayonini maqsadga muvofiq tarzda loyihalashga oid amaliy faoliyatni rivojlantirishdan iborat. Ko‘rinib turibdiki bo‘lajak o‘qituvchining funksional kompetensiyasi, uninig bilimdonligi va kasbiy madaniyatining eng muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Shuning uchun ham oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarda funksional kompetensiyani rivojlantirish pedagogikaning o‘z yechimini kutayotgan dolzarb masalasi hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Образование-2030: обеспечение всеобщего инклюзивного и справедливого качественного образования и обучения на протяжении всей жизни: Инчхонская декларация // UNESCO. https://unesdoc.unesco.org/ark:/48223/pf0000233137 2. Safarova R.G. Kognitiv pedagogikaga oid nazariy yondashuvlar. Monografiya. Science and innovation. 2023 – 190bet 3. B.X.Xodjayev, Z.T.Saliyeva, N.B.Matkarimova. Pedagogikaning pragmatik aspektlari: maqolalar. – Т.: «Ijod Nashr», 2023. – 408 b. 4. Назарова, Н.А. Развитие функциональной грамотности студентов педагогического вуза в условиях гуманитаризации образовательного процесса: автореф. дис. … канд. пед. наук: 13.00.08. Омс. гос. пед. ун-т. – Омск, 2007. – 22 с. 5. Бахарева, Е.В. Развитие профессиональной компетентности учителя по формированию функциональной грамотности учащихся основной школы: автореф. дис. … канд. пед. наук: 13.00.08. Моск. пед. гос. ун-т. – М., 2009. – 24 с.