scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ICHAKDA YASHOVCHI MIKROORGANIZMLAR VA ULARNING ORGANIZMDA BIOKIMYOVIY JARAYONLAR VA METABOLIZMGA TA'SIRI

Botirova B.A.; Boltayeva S.J.

Abstract

Inson organizmidagi mikroorganizmlar organizmimizning normal ishlashida evolyutsiya jarayonida yuzaga kelgan ichak mikroflorasining ahamiyati katta.Shuningdek,soʻnggi yillarda ichak mikrobiotasining inson organizmiga ta'siri yanayam chuqur oʻrganib kelinmoqda. Olimlarning tadqiqot natijalariga koʻra,ichak mikrobiotalari nafaqat ovqat hazm qilishi, balki inson ruhiy holatiga hamda biokimyoviy modda almashinuv jarayonlarida, immun tizimi faoliyatida va garmonal muvozanatda ham ishtirok etishi isbotlangan

Full text

ICHAKDA YASHOVCHI MIKROORGANIZMLAR VA ULARNING ORGANIZMDA BIOKIMYOVIY JARAYONLAR VA METABOLIZMGA TA'SIRI Botirova B.A. Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi Ilmiy rahbar:TTA TF Tibbiy va biologik kimyo kefedrasi assistenti Boltayeva S.J. Kirish. Inson organizmidagi mikroorganizmlar organizmimizning normal ishlashida evolyutsiya jarayonida yuzaga kelgan ichak mikroflorasining ahamiyati katta.Shuningdek,soʻnggi yillarda ichak mikrobiotasining inson organizmiga ta'siri yanayam chuqur oʻrganib kelinmoqda. Olimlarning tadqiqot natijalariga koʻra,ichak mikrobiotalari nafaqat ovqat hazm qilishi, balki inson ruhiy holatiga hamda biokimyoviy modda almashinuv jarayonlarida, immun tizimi faoliyatida va garmonal muvozanatda ham ishtirok etishi isbotlangan. Tadqiqot maqsadi - ichakda yashovchi mikroorganizmlarning biokimyoviy jarayonlardagi ishtirokini ilmiy manbaalar asosida tahlil qilish, mikrofloralarning metabolizmga ta'sir mexanizmlarini oʻrganish va ular orqali sogʻliqqa ta'sirini aniqlash. Materiallar va usullar - ilmiy maqolalar,darsliklar, monografiyalar, tibboyot va biologiyaga oid ilmiy bazalar, klinik kuzatuvlar, hayvonlar va insonlar ustida olib borilgan eksprimental tadqiqotlar, shuningdek metaanalizlar tahlili, mikrobiota, probiotik va metabolik kasalliklar boʻyicha tahliliy tadqiqot natijalari asos qilib olindi. Ichak mikrobiotasinig immun tizimi faoliyati, uning endokrin tizimi bilan oʻzaro aloqasi,inson organizmidagi serotoninning qariyb 95 % i ichakda ishlab chiqarilishi hamda uning garmonal muvozanatdagi oʻrni, insulinglyukoza muvozanatidagi ishtiroki koʻrib chiqildi. Tadqiqot natijalari - tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, muntazam jismoniy faollik ichak mikrobiotasining foydali bakteriyalar sonini oshiradi. Bu esa immunitetni mustaxkamlash va metabolik sogʻliqni yaxshilashga yordam beradi.Shuningdek,jismoniy faollikda butirat ishlab chiqaruvchi bakteriyalar sonining koʻpaytirishi esa, ichak salomatligini mustaxkamlashga xizmat qiladi.Bundan tashqari, ichak mikrobiontlari tolali oziq-ovqatlarni fermentatsiya qilib, qisqa zanjirli yogʻ kislotalarini hosil qilishi isbotlangan.Bu oʻz navbatida yalligʻlanishni kamaytirib, yogʻ-glyukoza almashinuvini tartibga soladi hamda yurak salomatligini saqlab, diabet boʻlish xavfini kamaytirishga olib kelgan. Xulosa - Ichak mikrobiotasi organizming metabolik jarayonlar holatini belgilovchi asosiy omillardan biridir. U oziq - ovqat tarkibidagi murakkab moddalarning parchalanishida, energiya ishlab chiqarishda, glyukoza-yogʻ almashinuvida hamda yalligʻlanish, immun jarayonlarini tartibga solishda bevosita ishtirok etadi.Ichak salomatligiga mikrobiotalarning oʻzaro aloqalarinig ta'siri kelajakdagi yangidanyangi yondashuvlarning yaratilishi uchun asos boʻlishi mubolagʻa emas.