scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YURIDIK SOHALARDA SUN'IY INTELLEKTNING HUQUQIY MAQOMI: TARTIBGA SOLISH MASALALARI

Normurodov Mansurbek Toshmurod o'g'li Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti 1-bosqich B potok 1-guruh talabasi

Abstract

Mazkur maqolada sun’iy intellektning yuridik sohadagi o’rni va uning huquqiy maqomini aniqlash masalalari ko’rib chiqiladi. Hozirgi kunda sun’iy intellekt huquq tizimining turli yo’nalishlarida, xususan, sud amaliyoti, huquqiy tahlil, elektron hujjatlar aylanmasi va advokatlik faoliyatlarida keng qo’llanilayotganligi tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt tizimining huquqiy maqomini inson huquqlari bilan o’zaro bog’liq bo’lganligi sababli, ularning javobgarlik darajasini belgilash, hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylanib borayotganligi batafsil yoritiladi. Ushbu maqolada sun’iy intellektning huquqiy maqomi, uning huquq sohasidagi o’rni, sun’iy intellekt bilan bog’liq bo’lgan muammolar va kamchiliklar hamda qonunchilikda bu boradagi kamchiliklar xalqaro tajriba misolida taqqoslab keltirib o’tiladi. Tayanch so’zlar: sun’iy intellekt huquqiy maqomi, huquq tizimi, elektron hujjat aylanmasi, huquq sohasi, qonunchilikdagi kamchiliklar

Full text

Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 32 YURIDIK SOHALARDA SUN’IY INTELLEKTNING HUQUQIY MAQOMI: TARTIBGA SOLISH MASALALARI Normurodov Mansurbek Toshmurod o’g’li [email protected] Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti 1-bosqich B potok 1-guruh talabasi Annotatsiya: Mazkur maqolada sun’iy intellektning yuridik sohadagi o’rni va uning huquqiy maqomini aniqlash masalalari ko’rib chiqiladi. Hozirgi kunda sun’iy intellekt huquq tizimining turli yo’nalishlarida, xususan, sud amaliyoti, huquqiy tahlil, elektron hujjatlar aylanmasi va advokatlik faoliyatlarida keng qo’llanilayotganligi tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt tizimining huquqiy maqomini inson huquqlari bilan o’zaro bog’liq bo’lganligi sababli, ularning javobgarlik darajasini belgilash, hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylanib borayotganligi batafsil yoritiladi. Ushbu maqolada sun’iy intellektning huquqiy maqomi, uning huquq sohasidagi o’rni, sun’iy intellekt bilan bog’liq bo’lgan muammolar va kamchiliklar hamda qonunchilikda bu boradagi kamchiliklar xalqaro tajriba misolida taqqoslab keltirib o’tiladi. Tayanch so’zlar: sun’iy intellekt huquqiy maqomi, huquq tizimi, elektron hujjat aylanmasi, huquq sohasi, qonunchilikdagi kamchiliklar. Abstract: This article examines the role of artificial intelligence in the legal field and issues related to determining its legal status. It analyzes the growing use of artificial intelligence in various branches of the legal system, in particular in judicial practice, legal analysis, electronic document circulation, and advocacy activities. Since the legal status of artificial intelligence is closely related to human rights, defining its level of liability has become one of the most pressing issues of the present day. The article provides a detailed discussion of the legal status of artificial intelligence, its role in the legal sphere, the problems and shortcomings associated Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 33 with it, as well as the gaps in legislation, comparing them with international experience. Keywords: legal status of artificial intelligence, legal system, electronic document circulation, legal sphere, legislative shortcomings. Аннотация: В данной статье рассматривается роль искусственного интеллекта в юридической сфере и вопросы определения его правового статуса. Анализируется широкое применение искусственного интеллекта в различных направлениях правовой системы, в частности в судебной практике, правовом анализе, электронном документообороте и адвокатской деятельности. Поскольку правовой статус искусственного интеллекта тесно связан с правами человека, определение степени его ответственности становится одной из актуальных проблем современности. В статье подробно освещаются правовой статус искусственного интеллекта, его место в правовой сфере, проблемы и недостатки, связанные с его использованием, а также пробелы в законодательстве, которые сопоставляются с международным опытом. Ключевые слова: правовой статус искусственного интеллекта, правовая система, электронный документооборот, правовая сфера, пробелы в законодательстве. Kirish Raqamli texnologiyalar rivojlanib borayotgan bir davrda sun’iy intellekt har bir sohaga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Bu borada huquq sohasini ham chetlab o’tmadi. Sun’iy intellektdan yuridik sohada keng qamrovda foydalanilayotganligi sababli, bir qator muammo va kamchiliklar yuzaga kelmoqda. Ushbu tadqiqot davomida bir qancha taklif va yechimlar keltirib o’tiladi. Sun’iy intellektning huquqiy maqomini aniqlashdan oldin, uning asl ma’nosini bilib olish zarur. Sun’iy intellekt – bu (inglizcha – Artificial Intelligence (AI) so’zidan olingan bo’lib) inson tafakkurini o’rganuvchi hamda unga taqlid qiluvchi aqlli tizimlar majmuasidir. Sun’iy intellekt atamasi 1956-yilda paydo bo’lgan. Sun’iy intellektga bag’ishlangan anjumanda Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 34 amerikalik informatika sohasidagi yetakchi olimlardan biri Jon Makkarti sun’iy intellekt atamasini birinchi marta AQSHning Dartmut universitetida amaliyotga tadbiq etib, tarixda o’ziga xos bir nom qoldirgan. 1 Shu davrdan boshlab butun dunyo bo’yicha asta – sekinlik bilan SI tarqalib boshladi. Shu vaqtdan boshlab SI bir qancha murakkab muammolarga yechim topish vositasi sifatida qaraladi. SI ning jadal ravishda rivojlanishi natijasida inson faoliyatining barcha sohalariga kirib keldi va u jarayon davom etmoqda. Xususan, huquq tizimiga va sohalariga tezlik bilan kirib kelishi shov – shuvli bo’ldi. Hozirgi vaqtda SI sud amaliyotlarida, jarayonlarida, advokatlik tuzilmalarida, qolaversa, sudga shikoyat arizalarini va fuqarolik shartnomalarni avtomatik tarzda to’ldirish kabi jarayonlarida keng miqyosda foydalanilmoqda. Shu sababli, SI ning yuridik sohalarda huquqiy maqomini aniqlash va uni tartibga solish masalalari nafaqat O’zbekistonda, balki jahondagi barcha davlatlar uchun dolzarb muammolardan biriga aylanmoqda. Ushbu masalaning hozirgi paytda o’rganilishining zarurati shundaki, SI mustaqil qarorlar qabul qilib insoniyatga bo’ysunmasdan qarshi chiqish xavfini istalgan vaqtda ko’rishimiz mumkin. Demak uning faoliyatidan kelib chiqadigan huquqiy muammolarga kim javobgar bo’lishi, aybni kimning zimmasiga qo’yilishi kabi masalalarga javob topish va SIdan keladigan xavf-xatarlarni oldini olish maqsadida O’zbekiston Respublikasining qonunchilik tizimiga SIni tartibga soladigan qonun-qoidalar va normalar qo’shish masalalari ilgari surilmoqda. Ushbu tadqiqotni olib borishdan ko’zlangan maqsad “ Sun’iy intellekt huquqiy subyekt sifatida tan olinish ehtimoli bormi?” degan savolga qaratilgan. Sun’iy intellekt yuridik sohadagi har qanday faoliyatni mustaqil ravishda olib borayotganligi tufayli mas’ul shaxslar o’rtasida SI ga huquqiy maqom berish qanday belgilanishi haqida bir qancha muzokaralar olib borilmoqda. U mustaqil subyekt sifatida shakllansa javobgarlik masalasi kimga yuklatiladi? SI dan foydalangan davlat organlarimi yoki shu platformani yaratgan tegishli kompaniyami? shu kabi savollar kundan kunga ortib borayotganligi sababli 1 EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND APPLIED SCIENCES,Innovative Academy Research Support CenterUIF = 8.3| SJIF = 5.961www.in-academy. Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 35 mazkur mavzuni o’rganish muhim hisoblanadi. Shunga o’xshash ishlar, ya’ni SI ning huquqiy maqomini aniqlash va uni tartibga solish masalalari xalqaro miqyosda ancha oldin boshlangan. 2021-yil aprel oyida Yevropa Ittifoqi “AI Act” lohiyasini ishlab chiqib, butun dunyo davlatlariga SI ni xavflilik darajasiga ko’ra kategoriyalarga bo’lib o’rganishni taklif qildi. Sun’iy intellekt nimaligi va u qanday paydo bo’lganligi haqida ma’lumotlarga ega bo’lganimizdan so’ng uning turlarini ko’rib chiqish kerak. 2 - avtomatlashtirilgan (doimiy vazifalarni bajarishga qodir); - yordamchi (odam tomonidan qaul qilingan qarorlarni yaxshilaydi); -avtonom (o’zining faoliyatini inson kabi mustaqil amalga oshiradi) 3 Xalqaro tajribalarga nazar tashlaydigan bo’lsak, Yevropa Ittifoqida bir qator sun’iy intellekt dasturlarining xavfliligi aniqlangan hamda ularga cheklovlar qo’yilgan. Ushbu taqiq qo’yilgan sun’iy intellektlarga misol qilib bir nechtasini keltirib o’tishimiz mumkin: Birinchidan,Odamlarning yoki muayyan zaif guruhlarning kognitiv xattiharakatlarini manipulyatsiya qilish; -Bolalarni hamda ma’lum bir guruh odamlarni xulq-atvori, ijtimoiyiqtisodiy holati yoki shaxsiy xususiyatlariga qarab baholash va toifalarga ajratish; -Insonlarni biometrik ma’lumotlari asosida aniqlash va turkumga ajratish tizimlari taqiqlangan. 4 2 Filipova I.A. Sun'iy intellektni huquqiy tartibga solish: ma'ruzalar kursi. Rus tilidan tarjima Z.O. Kuvandikov, mas'ul muharrir A.R. Axаtоv - Samarqand: Samarqand davlat universiteti, 2022, 18-19-betlar 3 Kolonin A. Hozirgi vaqtda AIning chuqurligi, shaffofligi va "kuchliligi" haqida, 08.12.2021. URL: https://russiancouncil.ru/analytics-and-comments/analytics/o-glubine-prozrachnosti-i-sile-iivtekushchem-momente/ (kirish sanasi: 10.12.2021) 4 The EU Artificial Intelligence Act Up-to-date developments and analyses of the EU AI Act 787064543128-10. 1. Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 36 AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va boshqa rivojlangan davlatlarda sun’iy intellektdan noto’g’ri foydalanganlik uchun javobgarlik masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. O’zbekiston qonunchiligida esa hali tartibga soluvchi normalar mavjud emas. Biroq, bu masala yuzasidan izlanishlar olib borilmoqda. Shu boisdan, mazkur maqolaning obyekti – sun’iy intellektning yuridik sohalardagi o’rni, predmeti esa – SIning tartibga solish mexanizmlari va javobgarlik masalalari hisoblanadi. Metodlar Sun’iy intellektni o’rganish o’tgan asrning o’rtalaridan boshlab keng tarqala boshladi. Sun’iy intellekt birinchi bor 1956-yilda paydo bo’lgandagi ilmiy anjumanda Nataniel Rochester (IBM), Trenchard Mur (Prinston universiteti), Marvin Minski (Garvard universiteti), Klod Shenon ( Bell laboratories), shular va boshqa olimlar ishtirok etishgan va SI ga tegishli ko’plab ilmiy manbalar qoldirishgan. olimlar qatnashdi va bir qator qimmatli manbalar yozib qoldirishdi. Ularning ilmiy ishlaridan mazkur maqolada material sifatida foydalanildi va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yilning 14-oktyabrdagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PQ-358-sonli qarori, 2021-yil 17-fevraldagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4996-son qarorlari ham ko’rib chiqildi. Mazkur yondashuvlar va prezident qarorlari orqali SI tizimlarining yuridik sohalarda qay darajada qo’llanilishi va uning tartibga solish masalalari o’rganildi. Ushbu ilmiy ish yuqorida ismi keltirib o’tilgan olimlarning maqolalaridan olingan ma’lumotlardan, bir nechta adabiyotlardan, internet veb-saytlaridan, ilmiy maqolalardan namuna sifatida foydalanildi va turli xil huquqiy va falsafiy nazariyalardan, nafaqat shu sohaga oid, balki umumiy “LegalTech” yo’nalishiga bag’ishlangan barcha adabiyotlardan, scholar.google.com, www.SSRN.com kabi veb-saytlardan foydalanagan holda yaratildi. Metodologik nazariya jihatidan quyidagilarni keltirib o’tiladi: huquqiy pozitivizm yondashuv (Hans Kelsen), kognitiv funksionalizm yondashuvi (Maragret Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 37 Boden). Mazkur tadqiqotning normativ-huquqiy asosini qonunlar, qarorlar, farmonlar, statistik ma’lumotlar va shu sohaga oid ilmiy ishlar tashkil qiladi. Natijalar va Muhokama Bugungi kunda sun’iy intellekt har bir sohaga kirib bormoqda. Sun’iy intellekt XX asrning o’rtalarida paydo bo’lganidan bugungi kungacha tubdan o’zgargan bo’lsa-da, biroq uning tub g’oyasi, ya’ni inson kabi fikrlay oladigan aqlli mashinalar yaratish g’oyasi hali ham o’zgarmagan. Sun’iy intellekt – bu inson ongini mashinalarda takroran aks ettirish deganidir. Sun’iy intellekt bir qator afzalliklarga ega. SI, avvalo, samaradorlik va aniqlikni ta’minlab beradi. Bu turdagi SI eng oddiy va oson topshiriqdan tortib, eng qiyin vazifagacha to’xtamasdan, charchamasdan va xatolarsiz bajaradi. Keyingisi, inson qiladigan xatolarni kamaytirish hisoblanadi. Xavfsizlik darajasini oshiradi, ya’ni oldindan prognoz qilish xususiyatiga ega. U funksiyasi orqali oldindan ob–havo ma’lumotlarini bilib, unga qarshi ogohlantiruvchi choralar ko’rishi mumkin. Tezkor qarorlar qabul qilish bilan birga katta ma’lumotlar bazalaridan bizga keraklilarini topib tahlil qilib berish imkoniyati ham mavjud. Sun’iy intellektning afzal tomonlari bo’lganidan keyin noafzal tomonlari ham mavjud. Bularga misol qilib: SI dan to’g’ri foydalanadigan yosh kadrlarning yetishmasligi, ishsizlik muammolari, katta moliya manbalarini talab qiladi ( sun’iy intellekt juda murakkab tizim bo’lganligi uchun ularni ishga tushirish ancha qimmatga tushadi) va SI his-tuyg’ularsiz ishlaydi. Sanoat sohalarida va ishlab chiqarish zonalarida aqlli robotlardan foydalanish mehnat sharoitlarini yengillashtirib, mehnat bozoriga yangilik olib kirmoqda. Undan tashqari, onlayn savdoda ham butun dunyoda rivojlanib ketmoqda. Masalan, butunjahonda odamlar Amazon, O’zbekistonda Uzum kabi onlayn savdo-sotiq platformalarida savdo qilmoqda. Albatta, bu XXI asr mo’jizasi yuridik sohalarni chetlab o’tmaganligi rostdir. Sun’iy intellekt sud amaliyotlarida qo’llanilmoqda, advokatlik tuzilmalarida huquqiy yordam bermoqda. Yuridik sohalardagi platformalarga misol qilib, MySud.uz, PublicSud.uz kabilarni va Advice.uz, LexAI.com kabi chat-botlar va veb-saytlarni keltirsak bo’ladi. Raqamli tenologiyalardan har bir sohada Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 38 foydalanilgandan so’ng ularni tartibga solib turadigan huquqiy xararkterga ega bo’lgan normalar kerak bo’ladi. Masalan, Germaniyada sun’iy intellektni tartibga solish uchun fuqarolik, ommaviy, jinoiy huquqlar normalari, milliy qonunchiligi, qolaversa shu sohaga oid xalqaro huquq normalari va Yevropa Ittifoqining normalari (AI Act) qo’llaniladi. Sun’iy intellekt inson ongiga taqlid qilish, vaziyatlarni oldindan prognoz qilish, muammolarni hal qilishda takliflar berish va katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data)ni o’rganib tahlil qilishi mumkin lekin, sun’iy intellekt istalgan vaqtda kutilmagan holatlarga olib kelib qo’yishi mumkin. 5 Mana shunday holatlarda javobgarlik masalalari yaqqol ko’zga tashlanib qoladi. Sun’iy intellekt mashinalari biror ishni noto’g’ri bajarib, jinoyat sodir etsa, unda javobgarlik kimning zimmasiga yuklatiladi? Bu masala yuridik sohalardagi kichik bir bo’shliq hisoblanadi. Bu masalada Sardor Bozarov sun’iy intellekt tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun xorijiy mamlakatlarning qonunchiligida fuqarolik-huquqiy javobgarligiga tortishning bir nechta jihatlari va yondashuvlarini tahlil qilib ko’rgan. Sardor Bozarovning tadqiqotiga ko’ra, sun’iy intellekt tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar 3 turga bo’linadi. Bular: 1-“The perpetration – by – another” ( boshqa shaxs orqali jinoyat sodir etish); 2-“The nature – prodable – consequence liability” ( tabiiy, ehtimoliy oqibat); 3-“The direct liability” ( to’g’ridan-to’g’ri javobgarlik). Yuqoridagi javobgarliklardan kelib chiqib sun’iy intellektni tartibga solinsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi. O’zbekiston Respublikasida qabul qilinayotgan Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari yurtimizda kundan kunga sun’iy intellektga e’tibor kuchayganini anglatadi. Lekin hali sun’iy intellekt uchun maxsus ishlab chiqilgan qonunlar yoki tartibga soladigan mantiqiy tizimlashtirilgan kodekslar mavjud emas. 2023-yilda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlarida sun’iy intellektni tartibga soladigan, rivojlantiradigan strategiyalar, konsepsiyalar ishlab chiqildi. Bular Yaponiya, Rossiya Federatsiyasi, AQSH, 5 Sardor Yusupov. Legalization of Artificial Intelligence: Significance and Necessity. Miasto Przyszłości 26 (2022): 48-50. http://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/417. Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 39 Singapur, Germaniya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Yevropa Ittifoqi, Kanada va boshqa davlatlardir. Faqat sun’iy intellekt bilan cheklanib qolmasdan, robototexnika sohasida ham 2016-yil Buyuk Britaniyada “Robotlar va robototexnika tizimlarini axloqiy loyihalash va qo’llash bo’yicha” yo’riqnoma qabul qilingan. Yevropa Ittifoqida esa “AI Act” xavfsiz va xato qilmaydigan sun’iy intellekt mashinalarini yaratishni oldiga maqsad qilib qo’ygan normativ hujjat hisoblanadi. 6 Sun’iy intellekt yuridik sohalarda tobora keng foydalanilmoqda. Uning yordamida ko’plab murakkab va qiyin hisoblangan muammolar tezda yechimini topayotgani, albatta, ijobiy natija ammo, shu bilan birga tartibga solish muammolari ochiq qolmoqda. Shu muammolar bilan shug’ullanadigan bugung kunda professor yuridik olimlar ham mavjud. Britaniyalik huquqshunos Richard Saskind, Jek Balkin, Nikolas Petit, Pitsburg universitetidan amerikalik olim Kevin Eshli kabi tadqiqotchilar va olimlarni sanab o’tishimiz mumkin. 7 Tadqiqotchi olim M.Uillikning qarashlariga ko’ra, sun’iy aqlli mashinalar ularni yaratgan turlarga o’xshab bormoqda. Mikroskopik darajada kichik noaqniqlik uchun inson ongi bilan ishlaydigan kompyuter tizimlarini qurishga harakat qilinmoqda. 8 Shunaqa zarradek mikrosxemalardan ham foyda ko’rishga qaratilgan rejalar kelajakda SI ning rivojlanib ketishiga asos bo’lib xizmat qilishi mumkin. Sun’iy intellekt uchun maxsus IT markaz Birlashgan Arab Amirliklarining markaziy shaharlaridan biri hisoblangan Dubayda ochilgan. Bu haqida BAA valiahd shahzodasi Hamdam bin Muhamamd bin Rashid Ol Maktum xabar qilgan. Sun’iy intellektdan samarali foydalanishni o’rgatish uchun valiahd shahzoda1000 nafar yosh kadrlarni o’qitishni rejalashtirganni ma’lum qiladi Arabian Business nashri. Yangi tashkil etilgan IT markazi 20 dan ortiq startap loyihalarini qo’llab-quvvatlaydi. “U-Ask” nomli sun’iy 6 S. S. Bozarov. Sun’iy intellekt doirasida huquqiy javobgarlik. Yuridik fanlar doktori ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasining avtoreferati. –Toshkent, 2023-yil. 7 Filipova I.A. Sun’iy intellektni huquqiy tartibga solish: ma’ruzalar kursi. Rus tilidan tarjima Z. O. Kuvandikov, mas’ul muharrir A. R. Axаtоv –Samarqand: Samarqand davlat universiteti, 2022. –179 bet. 8 Willick M.S. Artificial Intelligence: Some Legal Approaches and Implications // AI Magazine. –1983. Vol. 4. No2. P.5-16. Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 40 intellektga asoslangan chatbot Birlashgan Arab Amirliklari hukumatining rasmiy manbasida jonli efirga chiqgan. Ushbu chatbot Microsoft va “Price Water Coopers Middle East Consulting” kompaniyasi bilan birgalikda tashkil etilgan. Chatbot arab va ingliz tillarida hukumat va davlat boshqaruvida ishlay oladi. Shuningdek, u asosiy SI texnologiyasidan foydalanib, shaxslarga tavsiyalar ham bera oladi. 9 Shunga o’xshash sun’iy intellekt asosida yaratilayotgan platformalar yuridik sohalarda o’z samarasini bermoqda. Sun’iy intellektning yuridik sohalardagi huquqiy maqomi va tartibga solish muammolari haqida dolzarb masalalar bor. Bular: 1. Huquqiy muammolar. SI tomonidan yaratilgan katta ma’lumotlar bazalari va algoritmlar to’g’risida muhokama yuritish, fuqarolik huquqlari, mulk huquqlarini aniqlash kabi masalalarni qamrab oladi. 2. Intellektual mulk va mulk. SI ni yaratishda BigDatalar, algoritmlar va boshqa turdagi intellektual mulklarning borligi va himoyasi muhim. Ushbu mulklarni aniqlash, uning egasi va foydalanuvchilari o’rtasidagi ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlari, litsenziyalash tartibi va o’sha mulklarni himoya qilish masalalari tizimning muhim qismi hisoblanadi. 3. Xavfsizlik va javobgarlik. Sun’iy intelelktdan foydalanish jarayonlarida ushbu masala dolzarbligicha qolmoqda. Yuridik sohalarda sun’iy intelelktdan huquqiy muammolarni hal qilishda foydalanilmoqda. Kolumbiya va Stenford universitetlari va boshqa chet davlatlarining amaliy va nazariy tajribalari foydali ahamiyatga ega. eBay va Amazon kabi onlayn platformalar elektron tijoratga ixtisoslashgan. Agarda bu platformalarda ish davomida o’zaro kelishmovchilik kelib chiqsa, sun’iy intellekt platformalarning o’zida hal qilib berishi mumkin. 10 9 https://habr.com/ru/news/740898/. 10 “Olim bilan suhbat” loyihasida yuridik fanlar doktori Bahramova Mohinur Bahramovnaning “Xalqaro arbitraj faoliyatini raqamlashtirish va huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari” mavzusi doirasidagi intervyusi. https://youtube/gHAtqG0U__8?si=gurIh8kFo_w8Hae_.