scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YURIDIK MA'LUMOTLAR XAVFSIZLIGI VA LEGAL TECH: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Qurbonova Dilnoza Quvvatali qizi Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti 1-kurs B patok 1-guruh talabasi

Abstract

Ushbu maqolada yuridik ma’lumotlar xavfsizligi va LegalTech yo‘nalishining zamonaviy holati, muammolari hamda rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar yuridik sohada hujjat aylanishini soddalashtirayotgan bo‘lsa-da, ma’lumotlar maxfiyligini saqlash va kiberxavfsizlikni ta’minlash masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda. Maqolada AQSh, Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston tajribalari qiyosiy tahlil qilinib, LegalTech’ning joriy etilishi bilan yuzaga keladigan xavflar va ularni kamaytirish strategiyalari ko‘rsatib o‘tilgan. Shu bilan birga, O‘zbekistonda yuridik texnologiyalarni tartibga soluvchi qonunlar, infratuzilma va kadrlar masalalari ham tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, huquqiy sohada to‘liq raqamli ishonch tizimini yaratish uchun qonunchilikni takomillashtirish, IT-huquqshunoslar tayyorlash hamda sun’iy intellekt va blokcheyn texnologiyalarini integratsiya qilish zarurligi asoslab berilgan. Metodologik jihatdan ish adabiyotlar tahlili, qiyosiy-tahliliy yondashuv va amaliy misollarni o‘z ichiga oladi. Google Scholar, ResearchGate, HeInOnline kabi ilmiy manbalar hamda amaliy resurslar (nak’—vendor tahlillari, Xalqaro xususiy va davlat tajribasi)dan foydalanilgan. Shuningdek, yuridik va texnologik soha ekspertlari hamda hujjatlar misolida vendor tanlash, ichki siyosatlar, xodimlarni tayyorlash, va tizim arxitekturasi kabi amaliy mezonlar tahlil qilingan

Full text

Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 59 YURIDIK MA’LUMOTLAR XAVFSIZLIGI VA LEGAL TECH: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR Qurbonova Dilnoza Quvvatali qizi Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti 1-kurs B patok 1-guruh talabasi qurbonovadilnoza0[email protected]om ANNOTATSIYA Ushbu maqolada yuridik ma’lumotlar xavfsizligi va LegalTech yo‘nalishining zamonaviy holati, muammolari hamda rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar yuridik sohada hujjat aylanishini soddalashtirayotgan bo‘lsa-da, ma’lumotlar maxfiyligini saqlash va kiberxavfsizlikni ta’minlash masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda. Maqolada AQSh, Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston tajribalari qiyosiy tahlil qilinib, LegalTech’ning joriy etilishi bilan yuzaga keladigan xavflar va ularni kamaytirish strategiyalari ko‘rsatib o‘tilgan. Shu bilan birga, O‘zbekistonda yuridik texnologiyalarni tartibga soluvchi qonunlar, infratuzilma va kadrlar masalalari ham tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, huquqiy sohada to‘liq raqamli ishonch tizimini yaratish uchun qonunchilikni takomillashtirish, IT-huquqshunoslar tayyorlash hamda sun’iy intellekt va blokcheyn texnologiyalarini integratsiya qilish zarurligi asoslab berilgan. Metodologik jihatdan ish adabiyotlar tahlili, qiyosiy-tahliliy yondashuv va amaliy misollarni o‘z ichiga oladi. Google Scholar, ResearchGate, HeInOnline kabi ilmiy manbalar hamda amaliy resurslar (nak’—vendor tahlillari, Xalqaro xususiy va davlat tajribasi)dan foydalanilgan. Shuningdek, yuridik va texnologik soha ekspertlari hamda hujjatlar misolida vendor tanlash, ichki siyosatlar, xodimlarni tayyorlash, va tizim arxitekturasi kabi amaliy mezonlar tahlil qilingan. Maqolada qayd etilgan asosiy natijalar: LegalTech joriy etilishi yuridik xizmatlar samaradorligini oshiradi, hujjat aylanishini avtomatlashtiradi va sud-amaliyot Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 60 jarayonlarini tezlashtiradi; biroq bu bilan birga shaxsiy va maxfiy ma’lumotlarning xavfsizligi, AI algoritmlarining shaffofligi va transchegaraviy ma’lumot uzatishdagi regulyator muvofiqligi kabi xavf omillari ham yuzaga keladi. Chet el tajribasi (AQShning CISA, Yevropa Ittifoqining GDPR me’yorlari, yirik vendorlarning ISO/SOC sertifikatlari) O‘zbekistonga o‘rnak bo‘la oladi, ammo milliy infratuzilma, kadrlar va startap ekotizimi hali yetarli emasligi aniqlangan. ANNOTATION This article analyzes the current state, challenges, and prospects of legal data security and the development of LegalTech in Uzbekistan. While digital technologies simplify legal document management, issues of data confidentiality and cybersecurity remain highly relevant. The paper provides a comparative overview of the experiences of the United States, the European Union, and Uzbekistan in legal data protection and examines the risks arising from the implementation of LegalTech and possible mitigation strategies. The study also discusses Uzbekistan’s efforts in creating legal frameworks, improving infrastructure, and training IT-law specialists. The results show that establishing a fully reliable digital legal environment requires strengthening legislation, enhancing data protection mechanisms, and integrating artificial intelligence and blockchain technologies into legal processes. KALIT SO’ZLAR: yuridik ma’lumotlar xavfsizligi, LegalTech, raqamli texnologiyalar, kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, blokcheyn, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, yuridik transformatsiya. KIRISH Zamonaviy dunyo tobora raqamlashtirilayotgan bir davrda, ma’lumotlarning xavfsizligi va ishonchliligini ta’minlash masalasi eng muhim yo‘nalishlardan biriga aylandi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida elektron hukumat tizimlari, sud hujjatlarini raqamlashtirish, elektron arxivlar va yuridik ma’lumotlar bazalari keng joriy etilmoqda. Shu bilan birga, ma’lumotlarning himoyalanishi, maxfiyligi va ularning qonuniy ishlatilishi masalalari ham dolzarblashmoqda. Toshkent davlat yuridik universiteti sobiq rektori Rahim Hakimov "Yuridik amaliyotga xalqaro Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 61 tendensiyalarni joriy qilish" mavzusidagi anjumanda 1 sohaga raqamli texnologiyalarni joriy qilishning muhimligi haqida to'xtalib o'tgandi. "Hamma sohada raqamli texnologiyalar rivojlanayotganini ko'rib, bu boradagi bilimning zaruratini biz ham chuqur anglayapmiz. Universitetimiz talabalari zamonaviy axborot texnologiyalarini bilmaydigan bo'lsa, ular amaliyotda hech kimga kerak bo'lmaydi", deydi Rahim Hakimov. Huquq sohasiga ham yangi yuridik texnologiyalar va IT-xizmatlar kirmoqda. Bu sohani hozirda biz “LegalTech” sifatida bilamiz. Yuridik texnologiyalar - huquqshunoslik amaliyotida qo'llanadigan dasturiy ta'minot va yuridik mutaxassislarga yuqori sifatli yuridik xizmatlar ko'rsatishda yordam beradigan raqamli vositalarni o'z ichiga oladi. "Legal tech" kasbiy yuridik faoliyat uchun axborot texnologiyalari xizmatlariga ixtisoslashgan va 2000-yillarning oxiridan boshlab iste'molchilarga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik xizmatlar ko'rsatishga ixtisoslashgan biznes sohasi hisoblanadi. Shuningdek, "Legal tech" yuridik sohani raqamli vositalar bilan qamrab oluvchi, yuridik xizmatlarni avtomatlashtirilgan tarzda ko'rsatish, yuridik masalalarni raqamli texnologiyalar yordamida yechishga qaratilgan yurisprudensiya va axborot texnologiyalari sohalarining uyg'unligida hosil bo'lgan yo'nalishdir. So‘nggi yillarda LegalTech — ya’ni yuridik sohada raqamli texnologiyalarni qo‘llash — huquqiy xizmatlar sifatini oshirish, jarayonlarni avtomatlashtirish va xarajatlarni kamaytirishning eng samarali yo‘llaridan biri sifatida tan olinmoqda. Ammo bu texnologik o‘zgarishlar bilan birga ma’lumotlar xavfsizligi, maxfiylik, va mijoz ishonchini saqlash kabi dolzarb muammolar yuzaga chiqmoqda. Yuridik firmalar ko‘plab shaxsiy va korporativ ma’lumotlar bilan ishlaydi, shuning uchun texnologik vositalar joriy etilishi har doim xavf bilan bog‘liq. Attorney at Work (2024) 2 va Lexology (2024) 3 maqolalarida qayd etilishicha, firmalar yangi texnologiyalarni tanlashda nafaqat qulaylik va tezlikni, balki ma’lumotlarni himoya 1 https://kun.uz/news/2020/01/31/yuridik-xizmat-korsatishda-raqamli-texnologiyalar-joriy-qilinadi-tdyuu-rektori/ 2 https://www.attorneyatwork.com/ 3 https://www.lexology.com/ Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 62 qilish darajasini ham baholashlari shart. Shu bois, bu maqolada LegalTech xavfsizligi, ma’lumotlarni himoya qilish strategiyalari va so‘nggi yillarda kuzatilayotgan integratsion jarayonlar tahlil qilinadi. Maqolaning dolzarbligi shundaki, bugungi globallashuv zamonida yuridik xizmatlar, umuman barcha xizmat ko’rsatish sohalarida, xavfsizlikning ta’minlangani foydalanuvchilar uchun eng muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Shunga qaramay, bu sohada amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlar yetarlicha. Bu jarayon yurtimizga endi kirib kelganligi tufayli ham bu borada mutahassislar va tajribadan o’tgan samarali loyihalar kam. Nafaqat legaltech, umuman olganda huquqshunos kadrlarga bo’lgan ehtiyoj hali ham to’la qoplanmagan. Ma’lumot o’rnida aytib o’tadigan bo’lsak, O’zbekistonda bitta advokatga taxminan 8500 nafar fuqaro to’g’ri kelmoqda. Taqqoslash uchun, AQSHda 256 nafar, Italiyada 260 nafar,Germaniyada 500 nafar fuqaroga bir advokat hisobiga to’g’ri keladi. 4 Tadqiqotning asosiy maqsadi Legal tech va ma’lumotlarni avtomatlashtirish jarayonlaridagi xavfsizlik masalasini atroflicha yoritib berishdan iborat. Ushbu maqolada keltirilgan ma’lumotlar yuridik va Legal tech sohasi vakillarining fikrlari, aniq faktlar va rivojlangan mamlakatlar tajribasidan olingan. Shuningdek ushbu sohada kelajakda amalga oshirish mumkin bo’lgan islohotlar va samaradorlikni oshirishga qaratilgan takliflar ham berilgan. USULLAR Maqolani yoritishda quyidagi bir necha tadqiqot usullaridan foydalanildi: Adabiyotlar tahlili:Legal tech va blokcheynlarga oid kitoblar,ilmiy ishlar, xorijiy amaliyotlar va boshqa qonunchilik hujjatlariga asoslangan holda mavzuga doir nazariy asoslar o’rganildi. Google scholar, ResearchGate, Ziyonet va HeinOnline kabi onlayn saytlardaan foydalanildi. Qiyosiy tahlil: Chet el mamlakatlari va O‘zbekistonda yuridik ma’lumotlar xavfsizligi jarayonini taqqoslab o‘rganish bugungi kunda dolzarb masalalardan 4 https://xabar.uz/uz/huquq/ozbekistonda-8200-kishiga-bitta-advokat Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 63 biridir. Negaki, yuridik axborotlarni himoyalash fuqarolarning shaxsiy hayoti, davlat sirlarini saqlash hamda adolatli sudlovni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Chet el mamlakatlarida bu boradagi tajriba ancha boy va tizimli hisoblanadi.Masalan, AQShda yuridik ma’lumotlar xavfsizligi “Cybersecurity & Infrastructure Security Agency (CISA) 5 ” tomonidan nazorat qilinadi. Ushbu agentlik davlat va xususiy tashkilotlarning ma’lumotlar bazasini himoya qilish, kiberhujumlarning oldini olish hamda huquqiy tizimlarda maxfiy ma’lumotlar bilan ishlash qoidalarini ishlab chiqadi. Shuningdek, yirik yuridik firmalar, masalan, “Thomson Reuters” yoki “LexisNexis”, o‘z ma’lumotlar bazalarini ilg‘or shifrlash texnologiyalari (encryption) orqali himoyalaydi. Bu tizim foydalanuvchilar kirgan har bir huquqiy hujjat, shartnoma yoki sud ishi ma’lumotini maxfiy saqlash imkonini beradi.Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida esa GDPR (General Data Protection Regulation) qonuni yuridik ma’lumotlarni himoya qilishning asosiy mezonidir. Bu qonun orqali fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari ustidan to‘liq nazorat o‘rnatilgan, ya’ni har qanday tashkilot ularning roziligisiz ma’lumotni uchinchi tomonga bera olmaydi. Yuridik tizimda ham har bir sud ishi, ariza yoki advokat ma’lumotlari qat’iy shifrlangan holda saqlanadi. O‘zbekistonda ham bu yo‘nalishda islohotlar olib borilmoqda. 2020-yilda qabul qilingan “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun yuridik ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashda muhim huquqiy asos bo‘ldi.Maxfiylik rejimi ya’ni advokatlik siri, notarial siri, xizmat siri kabi tushunchalar qonun bilan himoyalanadi. Bu O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida qayd etilgn shaxsiy hayot daxlsizligini ta’minlovchi usullar qatoriga kiradi. Bundan tashqari, “data.gov.uz”, “e-gov.uz”, hamda “my.gov.uz” kabi elektron hukumat portallari orqali yuritiladigan ma’lumotlar zamonaviy axborot xavfsizligi standartlariga muvofiq himoyalanmoqda. Agar hujjatlar yoki shaxsga bog‘liq ma’lumotlar portallar orqali taqdim etilsa, yuqoridagi autentifikatsiya, kirish nazorati va 5 https://www.cisa.gov/ Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 64 ma’lumot markazining xavfsizlik infratuzilmasi muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, “lex.uz” portali orqali joylashtirilgan qonunlar, qarorlar va hujjatlar ham maxsus xavfsizlik tizimi orqali nazorat qilinadi.Ammo chet eldagi “LegalSecure” yoki “Privatelaw” kabi maxsus yuridik axborot xavfsizligini ta’minlovchi mustaqil himoya tizimlari bizda hali yo‘q. O‘zbekistonda yuridik ma’lumotlarni markazlashgan holda himoyalovchi, hujjat almashinuvi jarayonida maxfiylikni kafolatlovchi dasturiy yechimlarni yaratish kelajakdagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. NATIJALAR Raqamli texnologiyalar, xususan sohada LegalTech (yuridik texnologiyalar)ning kengayishi bilan, yuridik amaliyot — kogramda huquqiy maslahat, hujjat boshqaruvi, kontrakt tahlili va sud jarayonlari — katta o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda.Biroq bu rivojlanish bilan birga ma’lumotlar xavfsizligi va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish muammolari ham ko‘paymoqda. Texnologiyalar ko‘proq ma’lumot yig‘adi, tahlil qiladi, avtomatlashtiradi, bu esa huquqiy jihatdan bir qator xatarlarni yuzaga keltiradi. LegalTech vositalarida katta hajmdagi huquqiy ma’lumotlar (kontraktlar, sud qarorlari, mijoz ma’lumotlari) qayta ishlanadi. Bu ma’lumotlar shaxsiy ma’lumot (personal data) yoki maxfiy huquqiy ma’lumotlarga tegishli bo‘lishi mumkin.Masalan, algoritmlar va sun’iy intellekt yuridik qarorlarni “taxmin qilish” yoki kontraktlarni avtomatik tahlil qilish uchun qo‘llanadi. Lekin bu jarayonda ma’lumotlar noto‘g‘ri foydalanilishi, shaffoflik har doim ham birdek ta’minlangan bo’lmaydi. “Legal Tech Security Checklist” maqolasi 6 asosida yirik yuridik firmalar yangi texnologiya vendorlarini baholash jarayonida quyidagi asosiy elementlarga e’tibor qaratishi aniqlangan: shifrlash (data-at-rest va in-transit), sertifikatlar (ISO, SOC), audit va testlash rejimlari, kirish nazorati, voqea javob rejalari.Shuningdek, sotib olish bosqichida savollar majmuasi (vendorga beriladigan) orqali xavfsizlik modelining ochiqligi baholanishi muhim deb 6 https://www.attorneyatwork.com/legal-tech-security-checklist/ Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 65 ta’kidlangan. Bu natija shuni ko‘rsatadiki: yuridik firmalar, yangi LegalTech yechimlarini qabul qilishda, texnik xavfsizlik jihatlarini operatsion va huquqiy jihatlar bilan birgalikda tahlil qilishga urg‘u bermoqda: 1.Vendor tanlash va xavfsizlik protokollari Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yuridik firmalar yangi texnologiyalarni joriy etishda vendor xavfsizlik auditini majburiy amaliyotga aylantirgan. Asosiy talablar — ma’lumotlar shifrlanishi, kirish nazorati, audit loglari, va xizmat uzluksizligini ta’minlovchi zaxira tizimlari.Bundan tashqari, “due diligence” bosqichida texnologiya yetkazib beruvchilardan ISO 27001 yoki SOC 2 kabi xalqaro xavfsizlik sertifikatlari talab qilinadi. Bu yondashuv yuridik sohada “axborot ishonchliligi” tamoyilini kuchaytirdi. 2. Ichki siyosatlar va xodimlar tayyorgarligi Law Firm Data Security 2024 7 manbasida aniqlanishicha, firmalar ichki siyosat darajasida ikki faktorli autentifikatsiya, parol menejerlari, va xodimlarga kiberxavfsizlik bo‘yicha muntazam treninglarni yo‘lga qo‘ymoqda.Bu amaliyotlar, LegalTech platformalari bilan ishlashda inson omilidan kelib chiqadigan xatoliklarni kamaytirish va xavfli kirishlarni aniqlash imkonini beradi. 3. LegalTech integratsiyasi va investitsiya tendensiyalari 2025-yilda bir nechta yirik yuridik firmalar texnologik kompaniyalarni sotib oldi: masalan, Cleary Gottlieb firmasi Springbok AIni qo‘lga kiritdi, 8 Wilson Sonsini esa o‘zining SixFifty bo‘linmasini Paychex’ga sotdi.Bu holatlar LegalTech’ning endilikda yuridik amaliyotdan tashqari, mustaqil iqtisodiy aktiv sifatida shakllanayotganini ko‘rsatadi. Yuridik firmalar AI va avtomatlashtirishni ichki jarayonlariga singdirish orqali raqobatbardoshlikni oshirmoqda. 4. Xavf va muvozanat LegalTech integratsiyasi bilan bir qatorda yangi xavflar ham yuzaga chiqmoqda: ma’lumotlarning uchinchi tomon serverlarida saqlanishi; 7 https://www.lexology.com/library/detail.aspx?g=a0cc7a25-0836-4b55-b5ee-8af7eb07413b 8 https://www.prnewswire.com/news-releases/cleary-gottlieb-acquires-springbok-ai-302403010.html Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 66 AI algoritmlarining shaffoflik darajasi pastligi; ma’lumotlarni transchegaraviy uzatishda regulyator cheklovlari. Shunga qaramay, firmalar bu xavflarni kamaytirish uchun ko‘p qatlamli himoya tizimlari, VPN orqali kirish, va real-vaqt monitoring tizimlarini joriy etmoqda. Endi ushbu masalaga O’zbekiston amaliyoti tomonidan yondashiladigan bo’lsa, So‘nggi yillarda O‘zbekiston yuridik tizimida raqamli transformatsiya jarayoni sezilarli sur’atda kechmoqda. Yangi elektron xizmatlar, sud tizimining avtomatlashtirilgan platformalari, onlayn huquqiy axborot tizimlari va davlat xizmatlari portallari yuridik faoliyatni sezilarli darajada yengillashtirmoqda. Jumladan, “E-sud” tizimi, “Lex.uz” milliy huquqiy ma’lumotlar bazasi, Adliya vazirligining “E-notarius” va “E-ijro” loyihalari — LegalTech yo‘nalishining amaliy ifodalaridir. Ushbu tizimlar yuridik hujjatlar aylanishini raqamlashtirish, shaffoflikni oshirish va inson omilini kamaytirish orqali samaradorlikni ta’minlamoqda.Biroq shu bilan birga, yuridik ma’lumotlar xavfsizligi masalasi hali to‘liq darajada mustahkamlanmagan. Ayni paytda O‘zbekiston “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun 9 (2019-yil, yangi tahrir 2023-yilda) asosida ma’lumotlar himoyasini tartibga solmoqda(27-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish kafolatlari Davlat shaxsga doir maʼlumotlarning himoya qilinishini kafolatlaydi. Mulkdor va (yoki) operator, shuningdek uchinchi shaxs shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha quyidagilarni taʼminlaydigan huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni koʻradi: subyektning oʻz shaxsiy hayotiga aralashuvdan himoya qilinish huquqi amalga oshirilishini; shaxsga doir maʼlumotlarning yaxlitligini va but saqlanishini; shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligiga rioya etilishini; 9 https://lex.uz/docs/-4396419 Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 67 shaxsga doir maʼlumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berilishining oldi olinishini.), biroq amaliyotda ba’zi muammolar mavjud. Jumladan, ko‘plab davlat idoralari va yuridik firmalarda ma’lumotlarni saqlash va uzatish xavfsizlik protokollari to‘liq standartlashtirilmagan, foydalanuvchilarning kiberxavfsizlik madaniyati esa yetarli emas. Shuningdek, LegalTech startaplari hali keng miqyosda rivojlanmagan. Aksariyat huquqiy xizmatlar raqamlashtirilgan bo‘lsa-da, sun’iy intellekt, blokcheyn, yoki smart-shartnoma texnologiyalari amaliyotda deyarli qo‘llanilmaydi. Buning asosiy sabablari — texnik infratuzilmaning cheklanganligi, malakali IT-huquqshunoslar tanqisligi va normativ-huquqiy bazaning to‘liq shakllanmaganligidir. Bular orasida blokchynga alohida to’xtalib o’tadigan bo’lsak, blokcheyn — bu ma’lumotlarni saqlash va uzatishning maxsus tizimi bo‘lib, u ma’lumotlarni bloklar ko‘rinishida saqlaydi. Har bir blokda oldingi blok bilan bog‘lovchi maxsus kod (hash) mavjud. Shu sababli, kimdir bitta blokni o‘zgartirmoqchi bo‘lsa, tizimdagi barcha bloklar ham avtomatik ravishda o‘zgarishi kerak bo‘ladi, bu esa deyarli imkonsiz.Oddiy misol sifatida shuni aytolamizki,siz mashhur qo‘shiqchining konsertiga chipta oldingiz.Ammo kirishda sizning chiptangiz “soxta” deb chiqdi.Blokcheyn tizimi orqali har bir chipta raqamli tarzda, yagona kod bilan chiqarilsa, uni nusxalab yoki qalbakilashtirib bo‘lmaydi.Natijada, firibgarlik yo‘qoladi va haqiqiy xaridor himoyalanadi.Kelgusida bu sohani rivojlantirish uchun bir nechta yo‘nalishlar muhim: 1. Huquqiy infratuzilmani takomillashtirish — LegalTech faoliyatini bevosita tartibga soluvchi qonun va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish; xalqaro standartlarga mos “data protection” mexanizmlarini joriy etish. 2. Axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash — yuridik va texnik yo‘nalishlarni birlashtirgan yangi ta’lim dasturlarini yaratish. 3. Sun’iy intellekt va avtomatlashtirishni huquqiy jarayonlarga integratsiya qilish — hujjatlar tahlili, shartnoma tuzish, plagiat aniqlash kabi yo‘nalishlarda AI vositalarini tatbiq etish.