KICHIK MAKTAB YOSH DAVRI O'QUVCHILARIDA NUTQNI RIVOJLANTIRUVCHI MASHG'ULOTLAR
Abstract
Ushbu maqola kichik maktab davri o’quvchilarida nutqni rivojlantirish masalasi yoritilgan. Maqolada bolalar nutqini psixologik va lingvistik xususiyatlari, shuningdek, nutqni o’stirishda qo’llaniladigan samarali mashg’ulotlar tahlil qilingan. O’yin asosidagi mashg’ulotlar, rasm asosida hikoya tuzish, matn bilan ishlash va suhbat mashqlari kabi metodlar orqali o’quvchining o’g’zaki va yozma nutqi shakllanishi, so’z boyligi hamda muloqot madaniyati rivojlanishi asoslab berilgan. Kalit so’zlar: kichik maktab davri, leksik, monologik va diologik, fonetik, garmmatik mashg’ulotlar.
Full text
Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 86 KICHIK MAKTAB YOSH DAVRI O’QUVCHILARIDA NUTQNI RIVOJLANTIRUVCHI MASHG’ULOTLAR M. Narziyeva SamDCHTI, Ingliz tili talabasi ANOTATSIYA. Ushbu maqola kichik maktab davri o’quvchilarida nutqni rivojlantirish masalasi yoritilgan. Maqolada bolalar nutqini psixologik va lingvistik xususiyatlari, shuningdek, nutqni o’stirishda qo’llaniladigan samarali mashg’ulotlar tahlil qilingan. O’yin asosidagi mashg’ulotlar, rasm asosida hikoya tuzish, matn bilan ishlash va suhbat mashqlari kabi metodlar orqali o’quvchining o’g’zaki va yozma nutqi shakllanishi, so’z boyligi hamda muloqot madaniyati rivojlanishi asoslab berilgan. Kalit so’zlar: kichik maktab davri, leksik, monologik va diologik, fonetik, garmmatik mashg’ulotlar. АННОТАЦИЯ. В данной статье освещается вопрос развития речи у учащихся младшего школьного возраста. В работе проанализированы психологические и лингвистические особенности детской речи, а также эффективные занятия, применяемые для её развития. Обосновано, что через игровые занятия, составление рассказов по картинке, работу с текстом и упражнения в форме беседы формируются устная и письменная речь учащихся, обогащается их словарный запас и развивается культура общения. Ключевые слова: младший школьный возраст, лексические, монологические и диалогические, фонетические, грамматические упражнения. ANNOTATION. This article highlights the issue of speech development in primary school students. It analyzes the psychological and linguistic characteristics of children’s speech, as well as effective activities used to enhance it. The article substantiates that through game-based activities, story composition based on
Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 87 pictures, working with texts, and conversational exercises, students’ oral and written speech are formed, their vocabulary is enriched, and their communication culture is developed. Keywords: primary school age, lexical, monologic and dialogic, phonetic, grammatical exercises. Insonning jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faoliyati uning nutq madaniyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Nutq — bu fikrni ifoda etish, boshqalar bilan muloqot qilish hamda o‘z shaxsini namoyon etish vositasidir. Shu sababli ta’lim tizimida, ayniqsa, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim bosqichlarida nutqni rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarning so‘z boyligi kengayadi, talaffuzi to‘g‘rilanadi, mantiqiy fikrlash va bog‘lanishli nutq ko‘nikmalari shakllanadi. Bola tashqi dunyoni xotira, tasavvur, xayol, tafakkur kabi ruhiy jarayonlar yordamida , shuningdek, nutq yordamida bilib olish qobiliyatiga ega bo’ladi. Ammo bolalardagi ruhiy jarayonlar (xotira, tasavvur, xayol, tafakkur va hokazo) bola organizimining o’sib borishi bilangina paydi bo’lmay, balki nutqning rivojlanishi bilan shakllanadi va takomillashib boradi. Agar kichik maktab yoshidan boshlab bolaning nutqi rivojlantirib borilsa, bolada fikr erkin bayon qila olish va tafakkur etish qobiliyati paydo bo’ladi. Ko’pgina tajribalar shuni ko’rsatadiki, nutqi rivojlanmagan bola to’liq shaxs sifatida kamol topolmaydi. Nutqni rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar pedagogik jarayonning ajralmas qismi bo‘lib, ular o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini takomillashtirishga xizmat qiladi. Ular bir nechta yo‘nalishlarda olib boriladi: Leksik (so‘z boyligini oshiruvchi) mashg‘ulotlar. - Ushbu mashg‘ulotlar yangi so‘zlarni o‘rganish, ularning ma’nosini anglash, sinonim va antonimlarni farqlashga qaratiladi. “So‘z topish”, “so‘zdan so‘z yasash”, “berilgan so‘z bilan gap tuzish” kabi mashqlar orqali o‘quvchilarning lug‘aviy zahirasi kengayadi. Fonetik mashg‘ulotlar.
Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 88 - To‘g‘ri talaffuz, tovushlarni aniq aytish, urg‘u va intonatsiyani to‘g‘ri qo‘llashni o‘rgatish maqsadida tez aytishlar, she’r o‘qish, diksiya mashqlari bajariladi. Bu mashg‘ulotlar nutq apparatini faollashtiradi va so‘zlash aniqligini oshiradi. Grammatik mashg‘ulotlar. - Gap tuzish, so‘zlarning bog‘lanishini tushunish, gap bo‘laklarini to‘g‘ri ishlatish orqali o‘quvchilarda mantiqan izchil fikrlash va to‘g‘ri yozish malakasi shakllanadi. Dialog va monolog mashg‘ulotlari. - O‘quvchilar o‘zaro suhbat qurish, voqeani hikoya qilish, fikr bildirish orqali muloqot madaniyatini rivojlantiradilar. Masalan, “kutubxonada”, “do‘konda”, “maktabda” kabi mavzularda rolda chiqish mashqlari o‘tkaziladi. Bu bolalarning mantiqiy tafakkurini va unga bog’liq bo’lgan zehnni o’tkirlash, zukkolik kabi xislatlarni ham rivojlantiradi. Bolalarda hikoya qilish ko’nikmasi uning lug’at boyligi, jumla tuzish malakasi bilan ham ahamiyatlidir. Ijodiy mashg‘ulotlar. - Rasm asosida hikoya tuzish, berilgan so‘zlardan matn yaratish, maqolning mazmunini izohlash kabi ijodiy topshiriqlar o‘quvchilarning mustaqil fikrlash va so‘z bilan ishlash qobiliyatini rivojlantiradi. Bunday topshiriq ustida ishlash orqali ularda mustaqil fikr yuritish va ijodiy faollik rivojlantiriladi. - Nutqni rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar ta’lim jarayonida shaxsning intellektual, axloqiy va estetik rivojlanishiga xizmat qiladi. Ular orqali o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, o‘z fikrini aniq ifodalash, to‘g‘ri talaffuz qilish va muloqot madaniyatiga amal qilish ko‘nikmalari shakllanadi. - Shu sababli har bir pedagog dars jarayonida nutqni rivojlantirishga qaratilgan metod va usullarni muntazam qo‘llashi, mashg‘ulotlarni o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va qiziqishlariga mos tarzda tashkil etishi lozim. - Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 89 1. X.A Xaitov “Boshlang’ich yoshdagi bolalar nuqini o’stirishda ontogenez-psixolingvistikaning ahamiyati” https://pedagogklar.uz/index.php//ped/issue/view/155 2. “Inter education & global” jurnal/ “ Tools and methods for children’s speech development” 2024, 4-son