scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TABIAT BOG'LARINING MILLIY VA XORIJIY QONUNCHILIKDAGI HUQUQIY HOLATI

Shopoʻlatova Gulnora Otabek qizi

Abstract

Mazkur tezisda tabiat bog‘larining huquqiy maqomi, ularning tashkil etilishi, vazifalari va boshqaruv tartibi yoritilgan. Ishda Oʻzbekiston Respublikasining ekologik qonunchiligida tabiat bog‘lariga oid normalar tahlil qilinadi, shuningdek, ularni boshqarish va muhofaza qilishdagi amaliy muammolar koʻrib chiqiladi. Tezisda xorijiy davlatlar tajribasi bilan solishtirma tahlil oʻtkazilib, milliy qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ilgari suriladi. Normativ-huquqiy hujjatlar tahlili asosida mavjud huquqiy mexanizmlarning samaradorligi baholanadi va amaliyotda uchrayotgan muammolar yuzasidan takliflar beriladi.

Full text

Noyabr, 2025-Yil 62 TABIAT BOG‘LARINING MILLIY VA XORIJIY QONUNCHILIKDAGI HUQUQIY HOLATI Shopoʻlatova Gulnora Otabek qizi Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura bosqichi talabasi. E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17569276 Annotatsiya. Mazkur tezisda tabiat bog‘larining huquqiy maqomi, ularning tashkil etilishi, vazifalari va boshqaruv tartibi yoritilgan. Ishda Oʻzbekiston Respublikasining ekologik qonunchiligida tabiat bog‘lariga oid normalar tahlil qilinadi, shuningdek, ularni boshqarish va muhofaza qilishdagi amaliy muammolar koʻrib chiqiladi. Tezisda xorijiy davlatlar tajribasi bilan solishtirma tahlil oʻtkazilib, milliy qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ilgari suriladi. Normativ-huquqiy hujjatlar tahlili asosida mavjud huquqiy mexanizmlarning samaradorligi baholanadi va amaliyotda uchrayotgan muammolar yuzasidan takliflar beriladi. Kalit soʻzlar: Tabiat bog’lari, ekologik qonunchilik, tabiat bog’larini boshqarish, tabiat bog’larini muhofaza qilish, amaliy muammolar. THE LEGAL STATUS OF NATIONAL PARKS Abstract. This thesis explores the legal status of national parks, including their establishment, functions, and management procedures. The research analyzes the legal norms related to national parks under the environmental legislation of the Republic of Uzbekistan. Additionally, the study examines practical challenges in the governance and protection of these parks. A comparative analysis is conducted using the experience of foreign countries, and proposals for improving national legislation are presented. Based on the analysis of legal and regulatory documents, the effectiveness of existing legal mechanisms is evaluated, and practical recommendations are offered to address existing issues. Keywords: national parks, environmental legislation, management of national parks, protection of national parks, practical challenges. Kirish: Tabiatni muhofaza qilish bugungi kundagi global darajadagi hamda dolzarb muammolardan biridir, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2022-yil 20dekabrda Oliy Majlisga yoʻllagan murojatnomasining 71-maqsadi “Bialogok xilma-xillik ishonchli saqlanishini ta’nimlash. Bu maqsad asosida 2030 yilgacha Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni 12 foizgacha kengaytirish, 2 million gektar hajmda tabiiy yaylovlar va pichanzorlar oʻsimliklarini biobotanik tekshirishni har yili amalga oshirish” 1 belgilangan. Tabiat bog’lari maxsus muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimining muhim boʻg’ini. Tabiat bog’lari ekologik muvozanatni saqlash, bialogik xilma-xillikni muhofaza qilish va aholiga sog’lom rekreatsiya hududlarini yaratishda oʻrni muhim. Oʻzbekiston Respublikasi Muhofaza etiladigan tabiiiy hududlar toʻg’risidagi qonunida tabiat bog’lari ekologik, ilmiy, estetik, madaniy va sog’lomlashtirish maqsadlarida tashkil etildi. Shu bilan birga tabiat bog’larining huquqiy maqomi, boshqaruv tizimi va amalda yuzaga kelayotgan muammolarni tahlil qilish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 1 Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2025-y., 06/25/56/0274-son Noyabr, 2025-Yil 63 Mazkur tezisda Oʻzbekiston respublikasida tabiat bog’larining huquqiy maqomini tahlil qilish, ularni tashkil etish, boshqaruv tizimi va mavjud normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilinadi. Shuningdek milliy qonunchilikni xorijiy tajriba bilan taqqoslab oʻrganilib mavjud muammilar yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi. Asosiy qism: Tabiat bog’lari-bu alohida ekologik, madaniy va estetik ahamiyatga ega boʻlgan tabiiy obyektlar va majmualarni tabiatni muhofaza qilish, rekreatsiya, ilmiy va madaniy maqsadlarda saqlab qolish va foydalanish uchun moʻljallangan hududlar. Tabiat bog’lari tabiatni muhofaza qilish uchun moʻljallangan yerlarning bir toifasi boʻlib, tabiat bog’larini tashkil etish, hududini ajratish va ularning huquqiy rejimlarini belgilash qonunda oʻz aksini topgan. Tabiat bog’larini tashkil etish Oʻzbekiston respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi taqdimnomasiga asosan tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari bilan davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida tashkil etiladi. Jumladan: “Orolqum”, “Pop’’, “Omonqoʻton”, “Yuqori Toʻpalang” va “Bobotog” 2 milliy tabiat bog’lari tashkil etilgan. Tabiat bog’lari milliy tabiat bog’lari va mahalliy ahamiyatga molik tabiat bog’lariga ajratish mumkin. Milliy tabiat bog’lari Vazirlar mahkamasining qarori asosida, mahalliy ahamiyatga molik tabiat bog’lari mahalliy davlat hokimiyati organining qarori asosida tashkil etiladi. Milliy tabiat bog’larini moliyalashtirish Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi orqali davlat byudjeti mablag’lari, jamg’arma mablag’lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag’lar hisobidan amalga oshiriladi. 3 Tabiat bog’lari zonalari qaysi davlat organining tasarrufida boʻlsa, ularning oʻlchamlari va chegaralarini oʻzgartirish davlat ekologiya ekspertizasi xulosasini hisobga olgan holda shu davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi tabiat bog’larini tashkil etish, muhofaza qilish, va undan foydalanish sohasida davlat boshqaruvini Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Tabiat bog’larining toifasi boshqa toifaga oʻzgartiriladigan boʻlsa bu boshqa toifada sifatida qayta tashkil etilishi mumkin. Tabiat bog’larini tugatish qancha muddatga tuzilgan boʻlsa muddat tugashi bilan, shuningdek tabiiy ofatlar va texnogen tasirlar oqibatida tabiat bog’larigadi obyektlar va majmualar oʻz ahamiyatini yoʻqotsa tugatiladi. Tabiat bog’larining ham kadastri yuritiladi va bu hududning toifasi, jug’rofiy holati, miqdor va sifat xususiyati, ekologik, iqtisodiy, ilmiy, marifiy jihatlari, shuningdek yer egasi va yerdan foydalanuvchilar, tabiat bog’larining ijarachilari va mulkdorlari haqida malumotlarni qamrab oladi. Tabiat bog’larining davlat kadastr tabiat bog’larining rejimini taminlash, ilmiy tadqiqot oʻtkazish, ishlab chiqarish kuchlarni rivojlantirish va joylashtirishni rejalashtirish maqsadida yuritiladi. 2 Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2022-y., 09/22/93/0182-son 3 Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 01.11.2024-y., 09/24/707/0872-son Noyabr, 2025-Yil 64 Tabiat bog’larining kadastlari Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda yuritiladi. Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufidagi tabiat bog’lari boʻyicha passport tuzadilar, unda hududni, uning rejimi va boshqaruvi toʻg’risidagi malumotlar mavjud boʻladi. Tabiat bog’lari pasportlari hisobi reystrda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda yuritiladi va mazkur qoʻmitaning rasmiy veb–saytida joylashtiriladi. Tabiat bog’lari pasporti ushbu tabiat bog’i tegishli boʻlgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarda saqlanadi, bu pasportning nusxasi esa Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga beriladi. Pasportga: muhofaza etiladigan tabiiy hududni qayta tuzish toʻgʻrisidagi hujjat (qaror); unda joylashgan muhofaza etiladigan tabiiy obyektlar va majmualarning asosiy turlari fotosuratlari; alohida muhofaza etiladigan tabiiy hudud va uning muhofaza zonasi doirasida yer uchastkalarining chegaralari chizilgan muhofaza etiladigan tabiiy hudud va uning muhofaza zonasi xaritasi ilova qilinadi. Zaruriyat boʻlganda muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasportiga pasportda koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar (materiallar) ilova qilinadi. 4 Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning bir toifasi sifatifa tabiat bog’larining ham boshqarish rejalari tuziladi, unda hududlarni boshqarish rejalari tabiiy obyektlar va majmualarni muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish boʻyicha barcha tashkiliy, tabiatni muhofaza qilish yoʻnalishidagi, texnikaviy tadbirlar majmuasidir. Tabiat bog’larini boshqarish rejalari ham davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkaziladi. Davlat ekologiya ekspertizasini oʻtkazish tartibi “Tabiatni muhofaza qilish toʻg’risidagi qonun” 5 da belgilangan. Mazkur qonunga koʻra davlat ekologiya ekspertizasi xoʻjalik qarori qabul qilinishidan oldin oʻtkazilishi shart boʻlgan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish tadbiri. Tabiat bog’larini qoʻriqlash qoʻriqlov xodimlari tomonidan amalga oshiriladi va amalga oshiriladigan qoʻriqlov ishlari maxsus nizomda belgilangan. Qoʻriqlov xodimlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat inspektorlarida mavjud boʻlgan barcha huquqlari va imtiyozlaridan foydalanadi. Tabiat bog’laridan foydalanishda amaliyotda bir qancha muammolar ham uchrab turadi. Misol uchun: Resurs yetishmovchiligi, bu yetarli moliyaviy mablag’, zamonaviy texnalogiya, uskunalar yetishmasligi va malakali kadrlarning kamligi. Natijada ish jarayoni sekinlashib, sifat pasayadi, rejalashtirilgan natijalarga erishish qiyinlashadi. Noqonuniy va ruhsatsiz foydalanish resusrslar va malumotlarning notoʻg’ri foydalanilishi bilan bog’liq muammo. Nazorat va monitoringning yaxshi amalga oshirilmasligi malumotlarning sayozligi va eskirgan monitoring tizimlari tufayli yuzaga keladi. 4 Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son 5 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son Noyabr, 2025-Yil 65 Tabiat bog’lari institutini oʻrganar ekanmiz xorijiy davlat qonunchiligi taqqoslab oʻrganish maqsadga muvofiq. Xususan Roosiya Federatsiyasi “Maxsus muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar toʻg’risida”gi federal qonunida Milliy bog’lar-tabiiy landshaftlarni, biologik xilmaxillikni va ekologik tizimlarni saqlash, shuningdek, fuqarolarga dam olish va rekreatsion faoliyatni tashkil etish maqsadida maxsus muhofaza qilinadigan hududlardir degan aniq ta’rif mavjud. Bizning qonunda ham mavjud lekin amalda cheklangan. Boshqaruv tizimi Rossiya Federtsiyasida federal xizmat mavjud Federal xizmat – Rosprirodnadzor Toʻliq nomi: Rossiya Federatsiyasining Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat Federal xizmati (Rosprirodnadzor). Bizda esa Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Rekreatsiya maqsadi Rossiya Federatsiyasi maxsus tartibda, bizda esa nazorat zaif, cheklangan holda amalga oshiriladi. Tabiat bog’larining yuridik maqomi Rossiya Federatsiyasida toʻliq mustaqil maqomda, “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻg’risida”gi qonunda tabiat bog’larining yuridik maqomi aniq emas, boshqa toifalar bilan chalkashadi. Xulosa: Xulosa qilib aytganda tabiat bog’lari o’zida ekologik, madaniy va estetik ahamiyatga molik obyetlardan foydalanish va muhofaza qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi va mahalliy davlat hokimiyati organi qarori bilan tashkil etiladigan yerlar. Tabiat bog’larining o’zining foydalanish maqsadi mavjud. Tabiat bog’larini tashkil etish, ularni boshqarish Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Tabiat bog’larini qo’riqlov xodimlari muhofaza qilishadi. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi va davlat tomonidan nazorat ham tashkil etilgan. Chunki tabiat bog’lari boshqa muhofaza etiladigan hudududlar singari davlat mulki. Tabiat bog’laridan nomuvofiq foydalanish bo’yicha tegishli javobgarlik belgilangan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2025-y., 06/25/56/0274-son 2. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son. 3. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2022-y., 09/22/93/0182-son 4. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 01.11.2024-y., 09/24/707/0872-son 5. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son 6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son