QISHLOQ XO'JALIGINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO'NALISHLARI
Full text
616 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 QISHLOQ XO’JALIGINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI Nurmatov Norbek Jo‘rayevich Termiz davlat universiteti katta o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17570037 Aholi sonining ko‘payishi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni ham unga mutanosib ravishda ko‘paytirishni talab etadi. Ammo, ekologik vaziyatning yomonlashishi, suv taqchilligi va ekin maydonlarining cheklanganligi talab darajasidagi oziq-ovqat ishlab chiqarishda jiddiy to‘siq bo‘lishi ham ta’kidlanmoqda. Bu muammolarni esa qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini innovatsion usullar asosida boshqarish, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yechimlar kiritish orqali hal etish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 19-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimizni taraqqiy ettirishning asosiy yo‘nalishlari haqida fikr bildirib, “Mamlakat taraqqiyotining zamini, hech shubhasiz, ilm-fan va innovatsiyalardir” – deb ta’kidlagan edi. Dunyo miqyosida qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi vaqtda “Elektron qishloq xo‘jaligi” (E-agriculture) va “Aqlli qishloq xo‘jaligi” (Smart agriculture) tushunchalari paydo bo‘ldi va ushbu tushunchalar zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan yangicha yondoshuvlardir. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda va buning uchun zarur bo‘lgan me’yoriy-huquqiy asoslar ishlab chiqildi. Jumladan, 2019-yil 23-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853 sonli farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon asosida qabul qilingan strategiyada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini amalga oshirish, qishloq xo‘jaligida intensiv innovatsion texnologiyalarni joriy qilishni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishga ham alohida e’tibor berilgan. 2020-yil 24-iyulda O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan bo‘lib, unda mamlakatimizda innovatsion faoliyatning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida 2020-yil 17-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmui va qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 794-sonli qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra agrar sohani raqamlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan. 2021-yil 3-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi PF-6159-sonli farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi tashkil etildi. Milliy markaz barcha turdagi davlat ilmiy va oliy ta’lim muassasalarining qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” qabul qilingan bo‘lib, ushbu strategiyaning “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash” bo‘limida keltirilgan 30-maqsadda qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish nazarda tutilgan. Ushbu maqsadga erishishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida ilm-fan va innovatsiyaga asoslangan agroxizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, agrar sohada ilm-fan va amaliyot integratsiyasini chuqurlashtirishga e’tibor qaratish nazarda tutilgan. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida bo‘lgani singari qishloq xo‘jaligida ham ilmiy tadqiqot va tajribakonstruktorlik ishlanmalarini ko‘paytirishga, innovatsiyalarni joriy etishga e’tibor berish hozirgi kunning talabidir.
617 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 2024-yilda mamlakatimizda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan tashkilotlar soni jami 264 tani tashkil etgan bo‘lib, mazkur ko’rsatkich 2010-yilda 301 tani, 2015-yilda esa 323 tani tashkil etgan edi. Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan tashkilotlar tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog’ining ulushi ancha past. Jumaladan, 2021-yilda ilmiy tadqiqot va tajribakonstruktorlik ishlanmalarini bajargan tashkilotlarning 4 tasi yoki 1,5 foizi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘i korxonalari hissasiga to‘g‘ri keldi. Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘i korxonalari tomonidan bajarilgan 4 ta ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarining ham atigi 2 tasi ilmiy tadqiqot ishlaridir. 2021-yilda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan tashkilotlar soni tarkibida kasbiy, ilmiy va texnik faoliyat va ta’lim sohasi yuqori salmoqni tashkil etgan. Kasbiy, ilmiy va texnik faoliyat sohasi jamiga nisbatan 61,0 foizni, ta’lim sohasi esa 26,8 foizni tashkil etgan. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda mamlakatimizda ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga jami 1574,1 mlrd. so‘m xarajat qilingan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 184,9 mlrd so‘mga yoki 13,3 foizga oshgan. Uning tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘ining ulushi 2021-yilda 0,07 foizni yoki 587,8 mln. so‘mni tashkil etgan xolos. Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi tarmog‘ida ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari uchun sarflangan 587,8 mln. so‘m mablag‘ning 265,6 mln. so‘mi (45,2 foizi) davlat budjeti mablag‘lari hisobidan, 311,0 mln. so‘mi (52,9 foizi) buyurtmachilar mablag‘lari hisobidan va atigi 11,1 mln. so‘mi (1,9 foizi) korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan. Bundan tashqari, ilmiy tadqiqot muassasalari va tadbirkorlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarning samarali mexanizmi mavjud emasligi davlat tomonidan moliyalashtirilayotgan ilmiy-tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etishni sezilarli darajada cheklamoqda. Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish uchun quyidagilarga e’tibor berish lozim: qishloq xo‘jaligida innovatsion faoliyatni tashkil etish va uni rivojlantirishning huquqiy-me’yoriy asoslarini takomillashtirib borish; qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlarining ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarini kuchaytirish, ular o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro manfaatdorlik tamoyillari amal qilishiga erishish. Bunda ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish uchun barcha huquqiy-me’yoriy asoslarni yaratish muhim ahamiyatga ega. qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlarining o‘z faoliyatiga innovatsiyalarni joriy etishdan moddiy manfaatdorligini oshirish, ularning o‘z daromadlarini oshirib borishiga turtki beruvchi iqtisodiy erkinligini ta’minlash. Shunday sharoit ta’minlansa qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanishga, resurslarni tejovchi va unumdorlikni oshiruvchi texnologiyalarni o‘z faoliyatiga joriy etishga harakat qiladilar. Innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha tashabbus tarmoqda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar tomonidan chiqishi yuqori samara beradi. Bunda tadbirkorlar o‘z faoliyatini intensivlashtirish, faoliyatiga innovatsiyalarni joriy etish maqsadida ilmiy tadqiqot istitutlariga buyurtma berishilari lozim, shunda ilmiy yangiliklar va innovatsiyalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarishga joriy etiladi. davlat tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqotlarni moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish, shu maqsadda davlat budjetidan sarflanayotgan mablag‘lardan samarali foydalanish ustidan doimiy monitoring yuritish; qishloq xo‘jaligiga innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish va ularni mamlakatimiz agrar sohasiga joriy etish choratadbirlarni amalga oshirib borish; qishloq xo‘jaligiga innovatsiyalarni joriy etish uchun zarur infratuzilmani rivojlantirish. Innovatsion texnologiyalarni qishloq xo‘jaligiga joriy etish sifatli aloqa va internet xizmati mavjud bo‘lishini, zamonaviy bilimlarni egallagan yuqori malakali kadrlar bo‘lishini, konsalting xizmatlari yo‘lga qo‘yilishini talab etadi. Shu va boshqa zaruriy infratuzilmani tashkil etib, ularning faoliyatini rivojlantirish lozim.
618 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 agrosanoat majmuida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar (qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, tarmoqni ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlovchilar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar va savdo kompaniyalari) va ilmiy-tadqiqot muassasalari (oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari) o‘rtasida innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha mustahkam hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish lozim. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent. “O‘zbekiston” NMIU, 2021.-464 b. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi. https://president.uz/oz/lists/view/5774 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF5853-sonli Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2019-y., 06/19/5853/3955-son; 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son. 4. Nurmatov N.J. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti. Darslik. -Termiz: “Termiz publishing center”, 2025. -630 b. 5. Murtazayev O., Ahrorov F.B. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti. Darslik. –T.: “ILM ZIYO”, 2017. -415 b. 6. Ergashev R.X., Fayziyeva Sh.Sh., Xamrayeva S.N. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti. Darslik. –T.: “Iqtisodmoliya”, 2018. -404 b.