scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BILMASDAN KAFIL BO`LIB QOLDINGIZ, BUNI BEKOR QILSA BULADIMI?

Faxriddinova Shahlo

Abstract

Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga asoslanib, aholining bilmasdan kredit kafili boʻlib qolish holatlarini, kafillikning huquqiy ta'rifi, majburiyatlari va oqibatlarini tahlil qiladi. Muallif kafillik shartnomasining yozma shakli, solidar javobgarlik, bekor qilish usullari (masalan, muddat oʻtishi, majburiyat oʻzgartirilishi) va sud orqali himoya qilish imkoniyatlarini koʻrib chiqadi. Shuningdek, kafillikning kredit tarixiga ta'siri, qarzni qaytarish huquqi va aholini ogohlantirish boʻyicha maslahatlar beriladi. Maqsad – huquqiy ongni oshirish va koʻzboʻyamachilikdan himoya qilish.

Full text

Vol.2 №11 (2025). November “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 17 BILMASDAN KAFIL BO`LIB QOLDINGIZ, BUNI BEKOR QILSA BULADIMI? Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 1-kurs talabasi Faxriddinova Shahlo Annotatsiya: Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga asoslanib, aholining bilmasdan kredit kafili boʻlib qolish holatlarini, kafillikning huquqiy taʼrifi, majburiyatlari va oqibatlarini tahlil qiladi. Muallif kafillik shartnomasining yozma shakli, solidar javobgarlik, bekor qilish usullari (masalan, muddat oʻtishi, majburiyat oʻzgartirilishi) va sud orqali himoya qilish imkoniyatlarini koʻrib chiqadi. Shuningdek, kafillikning kredit tarixiga taʼsiri, qarzni qaytarish huquqi va aholini ogohlantirish boʻyicha maslahatlar beriladi. Maqsad – huquqiy ongni oshirish va koʻzboʻyamachilikdan himoya qilish. Kalit soʻzlar: Kafillik, Kredit, Fuqarolik kodeksi, Solidar javobgarlik, Shartnoma bekor qilish, Huquqiy mas'uliyat, Kredit tarixi, Qarz undirish, Sud murojaati, Huquqiy ong Bugungi kunda tadbirkorlikni rivojlantirish va davlatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish maqsadida keng ko`lamli imkoniyatlar yaratilmoqda. Xususan, ko`pchilik aholiga tadbirkorlikni yo`lga qo`yishlari uchun kredit olishlari uchun ham bir qancha qulayliklar yaratilmoqda. Afsuski shuncha qulayliklar yaratilishiga qaramay, hali hanuz kredit olish bo`yicha ko`zbo`yamachiliklar sodir bo`lmoqda. Bular orasida eng ko`p uchraydigan turi esa boshqa bir insonni ogohlantirmasdan kafil qilib quyish va albatta , aholimiz orasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirish uchun olib borilayotgan keng targ`ibotlarga qaramay haliham xalqimiz orasida huquqiy ongning pastligi sababli bilmasdan kafil bo`lib qolish holatlari ko`p uchramoqda. Xo`sh,bilmasdan kafil bo`lib qoldingiz, siz javobgarlikka tortilasizmi? Ushbu savolga javob bermasdan oldin keling kafillik nima ekanligiga to`xtalib utamiz. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 292-moddasida: Kafillik shartnomasi boʻyicha kafil boshqa shaxs oʻz majburiyatini toʻla yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni oʻz zimmasiga oladi. Kafillik shartnomasi kelgusida vujudga keladigan majburiyatni taʼminlash uchun ham tuzilishi mumkin. Kafillik shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerak. Yozma shaklga rioya qilmaslik kafillik shartnomasining haqiqiy boʻlmasligiga olib keladi. Sodda qilib aytganda siz qarzdor o`z qarzini to`laguniga qadar ishonchli bir shaxs, agar qisman yoki to`liq to`lamasa javobgar shaxsga aylanasiz. Kafillik ko`pincha qarzdorning kredit olish bo`yicha zaif tomonlari bo`lganda belgilanadi. Masalan, fuqaro A. yaqindagina Vol.2 №11 (2025). November “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 18 ishga kirgan va hali barqaror daromadga ega emas yoki olayotgan daromadi kredit summasini to`lash uchun yetarli bo`lmasa va u ipoteka yoki avtomobil kreditini olmoqchi bo`lsa, bunday vaziyatda albatta kredit berayotgan bank yoki kreditor fuqaro A.dan kafil talab qiladi. Kafillik bu shunchaki qarzdor qarzini to`lashi uchun tirik ishonchnoma emas, kafillik o`z o`rnida bir qancha majburiyatlarni yuklaydi. Fuqarolik kodeksining 293-moddasida: Qarzdor kafillik bilan taʼminlangan majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kafil va qarzdor kreditor oldida solidar javob beradilar, basharti qonunda yoki kafillik shartnomasida kafilning subsidiar javobgar boʻlishi nazarda tutilgan boʻlmasa. Basharti, kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kafil kreditor oldida qarzdor bilan baravar hajmda javob beradi, shu jumladan foizlar toʻlaydi, qarzni undirib olish boʻyicha sud chiqimlarini va qarzdor majburiyatini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditor koʻpgan boshqa zararlarni toʻlaydi. Agar kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, birgalashib kafil boʻlgan shaxslar kreditor oldida solidar javob beradilar, degan mazmundagi qoidalar keltirilgan, va unga binoan siz belgilangan kafillik shartnomasiga imzo chekkaningizdan so`ng, qarzdor (siz kafillik qilmoqchi bo`lgan qarz oluvchi) bilan bir qatorda kredit summasini to`lashga va to`lanishiga javobgar hisoblanasiz. Agarda qarzdor qandaydir sabablarga ko`ra qarz summasini kreditorga to`lay olmasa, qarzni to`lashga nisbatan javobgarlik ham sizning yelkangizga yuklatiladi. Kredit shartlari buzilganda esa kreditor muddati o`tgan qarzdorlikni undirish uchun ishni sudga oshirishga haqli. Bunday vaziyatlarda esa kafil ham qarzdor bilan birgalikda barobar javobgar bo`ladi, hattoki sud bo`yicha davlat boji xarajatlariga ham bir xil javobgar bo`ladi. Qonunga bo`yicha har qanday shaxs kafil bo`lishi mumkin. Boshqacharoq qilib aytganda esa har qanday rasmiy daromadga ega voyaga yetgan shaxs kafil bo`lishi mumkin. Ammo amalda boshqacha, banklar kafillar masalasiga kelganda ishini juda ehtiyotkorlik bilan bajaradi va shunga mos ravishda kafilni ham juda puxta tanlab oladi. Ushbu masalada kafilning barqaror ish o`rni va rasmiy maoshi muhim. Xo`sh bilmay kafil bo`lib qolish qanday yuz beradi? Umumiy qilib olganda kafil bo`lishingiz uchun sizning shaxsingizni tasdiqlovchi pasportingiz yoki ID kartangiz va oylik daromadingiz to`g`risidagi ma`lumotlar bo`lsa yetarli. Ushbu boshqalar tomonidan olinishi oson bo`lgan ma`lumotlar sababli ham aholimiz orasida bilmasdan kafil bo`lib qolish holatlari ko`p uchraydi. Ba`zi hollarda esa ayrim toifa vakillari kafillik majburiyatini to`liq anglamasdan vakil bo`lib qolishadi. Deylik fuqaro B. ipoteka krediti olmoqda ammo uning daromadi kredit summasini tulay oladigan darajada barqaror emas va bank fuqaro B. dan kafil talab qilmoqda. Shunda fuqaro B. o`z do`sti Vol.2 №11 (2025). November “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 19 fuqaro R. dan kafil bo`lishni iltimos qiladi, kafillik vazifalarini to`liq anglab yetmagan fuqaro R. o`zi bilmagan holatda shunchaki do`stining kredit olishga ko`maklashish maqsadida kafillikning huquqiy oqibatlarini bilmay kafillikni zimmasiga oladi. Ba`zi hollarda esa bir fuqaro ikkinchi bir fuqaroning kafillik uchun talab etiladigan barcha shaxsiy ma`lumotlarini o`ziga sezdirmasdan oladi va kredit olayotgan chog`ida kafil qilib ko`rsatadi. Bunday tamagirlik holatlari esa ko`pincha uzoq va yaqin qarindoshlar va o`zaro tanish insonlar o`rtasida ko`p uchraydi. Qisqa qilib aytganda esa shaxsiy ma`lumotlaringizni boshqalarga oshkor qilish orqali siz bilmasdan kafil bo`lib qolishingiz mumkin. O`tgan ishni ortga qaytarib bo`lmaganidek, bilmasdan kafil bo`lib qolgan holatingizni ortga qaytarib bo`lmaydi ammo albatta bekor qilish mushkul bo`lsa-da, albatta mumkin. Ko`pchilik qarzdor kreditor bilan kafillik shartnomasini tuzgach, keyinroq undan voz kechish mumkin va oson deb hisoblaydi, ammo aslida bunday emas. Yuqorida ta`kidlab o`tganimdek kafillik qarzdor majburiyatlari bilan bir xildagi kafilda ham majburiyatlar keltirib chiqaradi. Qonunchilikka asosan, shartnomani bir tomonlama bekor qilish, ya`ni kafillikdan bir tomonlama kafillikdan voz kechishga yo`l qo`yilmaydi. 1 Masalan, kafil shartnoma tuzganidan keyin ishidan ayrilsa, kasal bo‘lib qolsa, qarzdor (kredit olgan tanishi) bilan janjallashib qolsa ham kafillik o‘z kuchida qolaveradi. Kafillik shartnomasini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun bank bilan kelishish kerak bo‘ladi, bank esa hech qachon o‘z ta’minoti zarariga harakat qilmaydi. Kafillik qachonki kredit qarzi to‘liq to‘langanda, qarz majburiyati boshqa shaxsga o‘tkazilganda yoki kafillik muddati o‘tib bo‘lgandan keyin tugaydi. Yana bir yo‘li kafilni almashtirishni so‘rab bankka murojaat qilish, agar tomonlar kelishsa kafilni boshqa shunday shaxsga almashtirish mumkin. 2 Kafillik quyidagi hollarda bekor bo‘ladi: • kafillik bilan ta’minlangan asosiy majburiyatning bekor bo‘lishi; • kafillik bilan ta’minlangan asosiy majburiyat kafilning roziligisiz javobgarlikning oshishiga yoki uning uchun boshqa noqulay oqibatlarga olib keladigan tarzda o‘zgartirilishi; • basharti, kafil yangi qarzdor uchun javobgar bo‘lish haqida kreditorga rozilik bermagan bo‘lsa, kafillik bilan ta’minlangan asosiy majburiyat bo‘yicha qarzning boshqa shaxsga o‘tkazilishi; • kreditorning qarzdor yoki kafil taklif etgan tegishli ijroni qabul qilishdan bosh tortishi; • kafillik berilgan (yoki qonun bilan belgilangan) muddatning o‘tishi, agar kreditor shu muddat ichida kafilga da’vo qo‘zg‘atmagan bo‘lsa. • kreditor oldidagi majburiyat to’liq bajarilganligida; 1 https://www.tfqm.uz/oz/news/index.php?page=post&id=296 2 https://toshkent-vil.adliya.uz/uz/news/detail.php?ID=75017 Vol.2 №11 (2025). November “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 20 • majburiyat kafilning roziligisiz o'zgartirilganda (foiz stavkasi yoki kredit miqdori oshirilsa); • kafillik shartnomasining amal qilish muddati tugaganda; • bank kafilning roziligisiz qarzni boshqa shaxsga o’tkazganda. 3 Yana shuni unutmasligimiz kerakki O`zbekiston Respublikasining Fuqorolik Kodeksi 298moddasiga binoan shartnomada koʻrsatilgan kafillik muddati oʻtganidan keyin kafillik bekor boʻladi. Agar bunday muddat belgilangan boʻlmasa, kreditor kafillik bilan taʼminlangan majburiyatni bajarish muddati kelgan kundan boshlab bir yil davomida kafilga daʼvo qoʻzgʻatmagan taqdirda kafillik bekor boʻladi. Agar asosiy majburiyatni bajarish muddati koʻrsatilmagan va belgilanishi mumkin boʻlmagan yoki talab qilib olish payti bilan belgilangan boʻlsa, kreditor kafillik shartnomasi tuzilgan kundan boshlab bir yil mobaynida kafilga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatmagan taqdirda kafillik bekor boʻladi. Ya’ni agarda o`zingiz bilmagan holatda kafil bo`lib qolsangiz va kreditor va qarzdor o`rtasida hech qanday muammolar yuzaga kelmasa yohud shartnomada muddat belgilanmasa, bir yildan so`ng kafillik bekor bo`ladi. Agarda ziddiyatli yoki katta miqdordagi kredit olgan qarzdorga o`zingiz bilmagan holda kafil bo`lib qolsangiz, shartnomada aniq uzoq muddat ko`rsatilgan bo`lsa, qarzdorning kredit summasini to`lashiga ko`zingiz yetmasa, yoki siz kafillik majburiyatini olishni hohlamasangiz, bunday holatlarda o`z huquqingizni talab qilib o`z tumaningizdagi fuqarolik sudiga murojaat qilsangiz bo`ladi. Mavzuyimiz davomida keling yana bir qancha aloqador savollarga ham javob berib o`tamiz. Kafillik kredit tarixiga qanday ta'sir qiladi? Kredit tarixi —bu qarz oluvchi haqida yig'ilgan ma'lumotlar to'plamidir. Unda sizning barcha kredit so'rov va to'lovlaringiz, shuningdek, qarzlaringizni kechiktirganligingiz haqidagi ma'lumotlar mavjud. Kafilning barcha majburiyatlari (summa, foiz va asosiy qarzni to'lash muddati, to'lov sanasi va miqdori va boshqalar) uning kredit tarixida aks ettiriladi. Bu shuni anglatadiki, agar kredit olish uchun ariza berish zarurati tug'ilsa, u holda kafillik majburiyatlari bank tomonidan sizning to'lov qobiliyatingizni baholashda to’liq hisobga olinadi va kerakli miqdordagi kredit olishingizga imkon bermasligi mumkin. Agar qarz oluvchi kreditni to'lashdan bosh tortsa nima qilish kerak? Bank oldidagi majburiyatlaringizni bajaring: siz kimga kafillik bergan bo’lsangiz shu shaxsning qarzlarini to'lang. Aks holda, oqibatlar achinarli bo'ladi. Birinchidan, kafil, xuddi qarzdor kabi, qimmatbaho mulkni yo'qotish xavfini o'z zimmasiga oladi. Ikkinchidan, kredit tarixi buziladi va kelajakda kredit olish imkoniyati pasayadi yoki 3 ←https://depozit.uz/news/agar-qarz-oluvchi-kreditni-qaytarmasa-kafil-nima-qilishi-kerak Vol.2 №11 (2025). November “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 21 umuman yo’qoladi.Agar qarz oluvchi o’rniga bankka kreditni kafil qaytargan bo'lsa, pulni qaytarish mumkinmi? O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 295-moddasiga ko‘ra, qarz oluvchining majburiyatlarini bajargan kafil aslida uning kreditori bo‘lib qoladi 4 . Ya’ni kafil qarz oluvchidan pulni qaytarishni talab qilishi mumkin. Agar qarz oluvchi kafilga qarzni to'lashdan bosh tortsa, kafil sudga murojaat qilishi va o’zining barcha xarajatlarini to'liq qoplash huquqiga ega. 5 Xulosa So`zimni oxirlar ekanman kafil bo`lish istagi bor yaqinlarimizga bir necha huquqiy maslahatlar berib o`tmoqchiman. 1. Kafil bo`lmasdan avval shartnoma bilan yaxshilab tanishib chiqing, kafillik sizga qanday huquqiy majburiyatlar yuklayotganidan boxabar bo`ling. 2. Agarda keyinchalik o`zingiz ham kredit olishni rejalashtirayotgan bo`lsangiz, unda sizning to`lovga qobiliyatliklingiz bank tomonidan kafil sifatidagi majburiyatlaringizga asoslanib baholanishini unutmang. 3. Moliyaviy ahvoli barqaror bo`lmagan insonga kafil bo`lishga ko`nmang 4. Qarz oluvchiga kafillik berayotganda, kredit bo'yicha barcha hujjatlarni saqlang va kredit to'langach, bu haqda bankdan albatta ma’lumotnoma oling Xulosa qilib aytadigan bo`lsam bilmasdan kafil bo`lishdan ogoh bo`ling, o`z shaxsiy ma`lumotlaringizni hech kimga bermang va sizdan kafil bo`lishni iltimos qilishsa,masalaga huquqiy yondashing va tegishli hujjatlarni talab qiling. Hurmatli yurtdoshlar, ushbu maqolam orqali sizga nafaqat bilmasdan kafil bo`lish holatiga huquqiy yechim bermoqchiman, balki sizni ogohlikka chaqirmoqchiman. 4 O`zbekiston Respublikasi Fuqorolik kodeksi/295-modda 5 https://scientific-jl.org/index.php/new