scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ISTIQLOL DAVRI YOSH SHOIRLARI IJODIDA OLAMNI BADIIY-FALSAFIY IDROK ETISH DIALEKTIKASI

Saitova Nilufar Djumaydillayevna

Abstract

Ushbu maqola istiqlol davri o‘zbek adabiyotida, xususan, she'riyatida yuz bergan o‘zgarishlar va yosh shoirlarning olamni badiiy-falsafiy idrok etishidagi dialektik jarayonlarni tahlil qiladi. Mustaqillikdan so‘ng adabiyotda yuz bergan erkinlik, insonning ichki dunyosiga urg‘u berilishi va yangi badiiy-falsafiy mazmun hamda shakllarning yuzaga kelishi kabi holatlar ochib beriladi.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL O‘zganboyeva Mushtariy Qosimjon qizi University of Business and Science Ijtimoiy va raqamli texnologiyalar fakulteti, 3-bosqich talabasi TARIXIY-MADANIY YODGORLIKLARNI ZAMONAVIY O‘RGANISH USULLARI Annotatsiya: Ushbu maqolada tarixiy-madaniy meros ob’yektlarini zamonaviy usullar yordamida o‘rganishning dolzarb masalalari yoritiladi. Madaniy yodgorliklarni saqlash, tiklash va ulardan samarali foydalanish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy o‘rganish usullari — 3D modellash, lazer skanerlash, fotoradar tekshiruvi, aerofotosuratga olish, spektral tahlil va virtual rekonstruksiya kabi texnologiyalarning qo‘llanilishi hamda ularning samaradorligi o‘rganiladi. Ushbu texnologiyalarning tarixiy-madaniy merosni saqlashdagi o‘rni, afzalliklari va qiyinchiliklari muammo sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari zamonaviy usullarning tarixiy ob’yektlarni o‘rganishdagi yuqori aniqligi, vaqt va mablag‘ni tejash imkoniyati, ob’yektlarga zarar yetkazmasdan tekshirish olib borish imkoniyati kabi afzalliklarni ko‘rsatadi. Maqola tarixiymadaniy merosni saqlash sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar, tadqiqotchilar, talabalar hamda bu sohaga qiziqqan barcha uchun foydali manba bo‘lib xizmat qiladi. Zamonaviy texnologiyalar va an’anaviy usullarning integratsiyasi orqali tarixiy-madaniy merosni mukammal o‘rganish hamda uni kelajak avlodlar uchun saqlab qolish yo‘llari taklif etiladi. Kalit so‘zlar: tarixiy-madaniy meros, o‘rganish, loyihalashtirish, 3D modellash, fotoradar tekshiruv, virtual rekonstruksiya, zamonaviy texnologiyalar, aerofotosuratga olish. Kirish Tarixiy-madaniy meros — har bir millatning madaniyati, an’anasi, qadriyatlari va tarixini o‘zida aks ettiruvchi muhim manbadir. Madaniy yodgorliklarni saqlash va ulardan to‘g‘ri foydalanish har bir davlat hamda jamiyatning muhim burchi hisoblanadi. Zamonaviy texnologiyalarning jadal rivojlanishi tarixiy ob’yektlarni o‘rganish, tadqiq qilish, tiklash va umuman tarixiy-madaniy merosni saqlash ishlarida yangi imkoniyatlarni yaratdi. Ushbu maqolada tarixiy-madaniy yodgorliklarni zamonaviy usullar yordamida o‘rganishning samarali yo‘llarini aniqlash va ularning amaliy qo‘llanilishini tavsiya etish maqsad qilingan. Tarixiy-madaniy yodgorliklarni o‘rganishning an’anaviy usullariga arxeologik qazish ishlari, arxiv hujjatlarini o‘rganish, me’morchilik tahlillari kiradi. Bu usullar o‘z davrida samarali bo‘lgan bo‘lsa-da, zamonaviy talablarni to‘liq qondira olmasligi bilan chegaralangan. Shu bois, zamonaviy texnologiyalar tarixiy-madaniy merosni saqlashda nafaqat imkoniyat, balki zaruratga aylandi. Ular orqali biz nafaqat o‘tmishni saqlaymiz, balki uni kelajak avlodlar uchun ishonchli va jonli tarzda yetkazish imkoniga ega bo‘lamiz [1]. Tadqiqot ishlarida quyidagi zamonaviy texnologiyalardan foydalanish mumkin: aerofotosuratga olish, 3D modellash, fotoradar tekshiruv, ilmiy tahlil usullari, virtual rekonstruksiya, lazer skanerlash, geofizik usullar, zamonaviy fotogrammetriya, radiokarbon tahlil, spektral tahlil va boshqalar. Ushbu usullar tadqiqot ishlarining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Aerofotosuratga olish texnologiyasi yordamida ob’yektlarning umumiy ko‘rinishi, atrof-muhiti bilan bog‘liqligi hamda geometrik xususiyatlari aniqlanadi. 3D modellash va lazer skanerlash texnologiyalari tarixiy ob’yektlarni yuqori aniqlikda raqamli modelga aylantirish imkonini beradi. Bu texnologiyalar ob’yektning har bir detalini saqlab, uning raqamli nusxasini yaratish imkoniyatini ta’minlaydi [1]. Fotoradar tekshiruv texnologiyasi esa yer ostidagi ob’yektlarni aniqlashda keng qo‘llaniladi. Bu usul tarixiy ob’yektlarning yer osti qismlarini o‘rganish imkonini beradi [1]. Fotoradar JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL texnologiyasi yordamida qazish ishlarini aniq yo‘naltirish va ularning samaradorligini oshirish mumkin, bu esa tadqiqot xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi [2]. Uch o‘lchovli skanerlash usuli ob’yektning nafaqat tashqi ko‘rinishini, balki geometrik parametrlarini ham aniq qayd etish imkonini beradi [6]. Virtual rekonstruksiya esa tarixiy ob’yektlarning vayron bo‘lgan yoki o‘zgargan qismlarini raqamli texnologiyalar yordamida tiklash imkoniyatini yaratadi. Bu usul orqali ob’yektning dastlabki holatini ko‘rish va tahlil qilish mumkin. Yuqoridagi texnologiyalar yordamida o‘rganishning afzalliklari quyidagilardan iborat: yuqori aniqlik, vaqt va mablag‘ni tejash, ob’yektga zarar yetkazmasdan tekshirish olib borish, olingan ma’lumotlarni uzoq muddat saqlash va qayta ishlash, shuningdek, global tarmoqlar orqali ulashish imkoniyati. Biroq zamonaviy o‘rganish usullari bilan bog‘liq ayrim muammolar ham mavjud. Bular — yuqori narxli jihoz va uskunalar, malakali kadrlar yetishmasligi, ayrim texnologiyalarni qo‘llashdagi huquqiy cheklovlar hamda ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash masalalaridir. Adabiyotlar tahlili Tarixiy-madaniy merosni saqlashning zamonaviy muammolari hamda texnologik yangiliklarning tarixiy merosga ta’siri O‘zbekistonda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda tarixiy merosni saqlash, uni o‘rganish va tiklash jarayonlarida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu borada olib borilgan tadqiqotlar orasida Abdullayevning ishlari e’tiborga loyiqdir. Muallif o‘z tadqiqotida texnologik innovatsiyalarni, yer osti ob’yektlarini tekshirish usullarini, geofizik va geokimyoviy tadqiqot metodlarini, aerofotosuratga olish hamda sputnik ma’lumotlaridan foydalanish yo‘nalishidagi amaliy ishlarni tahlil qilgan [8]. Shuningdek, Qodirov tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda madaniy va me’moriy yodgorliklarni o‘rganish jarayonida sputnik ma’lumotlaridan foydalanish, 3D modellash texnologiyalari, ob’yektlarni raqamlashtirish, geofizik tadqiqotlar, radiokarbon tahlil, mikroskopik tekshiruvlar, xronologik tadqiqotlar va davrlashtirish metodlari keng qo‘llanilgan [7]. Sobirovning ilmiy izlanishlarida esa tarixiy-madaniy ob’yektlarni dokumentlashtirishning ahamiyati, O‘zbekistondagi holat va mavjud muammolar, dokumentlashtirishning ilmiy asoslari va usullari, xalqaro standartlar hamda me’yorlarning an’anaviy va zamonaviy talqinlari yoritilgan. Muallif har bir usulning amaliy ko‘rsatmalarini O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan real misollar orqali tahlil qilgan hamda bu tajribalar ilmiy tadqiqotlar uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi [6]. Mazkur tadqiqotlar tarixiy-madaniy merosni saqlashning zamonaviy muammolariga yechim topishda, shuningdek, tadqiqot ishlarida zamonaviy texnologiyalarning o‘rni va ular orqali erishilgan yutuqlarni aniqlashda muhim manba hisoblanadi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, tarixiy-madaniy merosni zamonaviy usullar yordamida o‘rganishning nazariy va amaliy jihatlarini chuqur o‘rganish zarur. Milliy va xalqaro tajribalarni o‘zaro integratsiya qilish orqali bu sohaning yanada samarali rivojlanishiga erishish mumkin. Metodologiya Mazkur tadqiqot metodologiyasi tarixiy-madaniy merosni o‘rganish usullari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar, amaliy ishlar hamda Journal of Cultural Heritage nashrida chop etilgan maqolalar, shuningdek, xalqaro kitoblar va qo‘llanmalarga tayangan. Tadqiqot jarayonida tarixiy-madaniy merosni o‘rganishning yangicha yondashuvlari, raqamli texnologiyalarning optimal kompleksi, metodologik ko‘rsatmalar va texnologik dasturlar tahlil qilindi. Shuningdek, tadqiqotda sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish, avtomatlashtirilgan tahlil usullari, blokcheyn texnologiyasini qo‘llash va ularning O‘zbekiston sharoitida amaliy joriy etish tajribalari o‘rganildi. Ushbu yondashuvlar tarixiy ob’yektlarni aniqlash, qayta tiklash va ma’lumotlarni raqamli muhitda xavfsiz saqlash imkoniyatini beradi. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Natijalar O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: tarixiy ob’yektlarni 0,1 mm aniqlikda raqamlashtirish, topografik xaritalarni 95% aniqlik bilan yaratish, yer osti ob’yektlarini 85% aniqlik bilan aniqlash, qazish ishlarini 40% gacha qisqartirish,arxeologik ma’lumotlarning to‘liqligini 60% ga oshirish,spektral tahlil orqali matnlarning kimyoviy tarkibini 98% aniqlik bilan aniqlash va buyumlarning yoshini 90% aniqlik bilan belgilash mumkinligi isbotlandi [6]. Aerofotosuratga olish texnologiyasi yordamida ob’yektlarning umumiy ko‘rinishini 3D formatda yaratish, topografik o‘zgarishlarni 95% aniqlikda qayd etish va monitoring ishlarini 70% gacha osonlashtirish imkoniyati mavjudligi aniqlandi. Bunga O‘zbekistondagi Xiva shahri misol bo‘la oladi. “Ichan qal’a” majmuasini 3D modellash natijasida uni 95% aniqlik bilan raqamlashtirishga va shu orqali turizmni rivojlantirish ko‘rsatkichlarini 25% ga oshirishga erishilgan [10]. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, zamonaviy usullarni yanada rivojlantirish uchun malakali kadrlar tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish, zarur texnik jihoz va uskunalarni joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish zarur. Ushbu omillarni amalga oshirish orqali tarixiy-madaniy merosni saqlash samaradorligini 60% gacha oshirish mumkin. Bu esa zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishning dolzarbligini tasdiqlaydi. Muhokama Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, tarixiy-madaniy merosni zamonaviy usullar yordamida o‘rganishning dolzarbligi bir nechta omillar bilan izohlanadi. Avvalo, globallashuv sharoitida milliy madaniyatning ahamiyati tobora ortib bormoqda. O‘zbekiston kabi boy tarixiy merosga ega davlatlar uchun bu masala ayniqsa muhimdir. Texnologiyalarning jadal rivojlanishi tarixiy ob’yektlarni o‘rganishda yangi imkoniyatlarni ochmoqda. Biroq an’anaviy va zamonaviy usullar o‘ziga xos jihatlari bilan farqlanadi. An’anaviy usullar o‘z tarixiy kontekstida samarali bo‘lsa-da, zamonaviy texnologiyalar ularni to‘liq almashtira olmaydi, balki mutaxassis tajribasini to‘ldiruvchi vosita sifatida xizmat qiladi. Shunga qaramay, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali ko‘plab muvaffaqiyatli amaliyotlar amalga oshirilgan. Xususan, Xiva, Buxoro va Samarqand shaharlarida 3D modellash loyihalari, YUNESKO bilan hamkorlikda madaniy merosni saqlash dasturlari hamda raqamli arxivlar yaratish ishlari olib borilgan. Zamonaviy texnologiyalar kelajak avlodlarga boy madaniy merosni saqlab qolish, uni virtual formatda o‘rganish va ulardan samarali foydalanish imkonini beradi [9]. Xulosa Tarixiy-madaniy yodgorliklarni zamonaviy usullar yordamida o‘rganish bugungi kunda madaniy merosni saqlashning eng samarali yo‘nalishlaridan biridir. Zamonaviy texnologiyalar tarixiy ob’yektlarni tadqiq qilish, saqlash, tiklash va ularni butun insoniyat uchun ochiq tarzda taqdim etish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirmoqda. Afzal ko‘rilgan yo‘nalish — bu an’anaviy va zamonaviy usullarning o‘zaro integratsiyasi bo‘lib, u tarixiy-madaniy merosni mukammal o‘rganish hamda uni kelajak avlodlar uchun asrab qolish imkonini beradi. Tarixiy-madaniy yodgorliklarni zamonaviy o‘rganish usullari murakkab va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, unda texnologik innovatsiyalar, an’anaviy tadqiqot usullari hamda ijtimoiyiqtisodiy omillar o‘zaro uzviy bog‘liqdir. O‘zbekiston sharoitida eng maqsadga muvofiq yo‘nalish — bu tarixiy-madaniy merosni bosqichma-bosqich va mutanosib ravishda rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, shu orqali milliy madaniyatni asrab-avaylash va jahon miqyosida targ‘ib etishdir JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati [1] Abdullayev M. (2022). Tarixiy merosni saqlashda zamonaviy texnologiyalar. Toshkent: “Meros” nashriyoti. – B. 23–112. [2] Qodirov R. (2021). Arxeologiyada zamonaviy tadqiqot usullari. Toshkent: Fan nashriyoti. – B. 8–89. [3] Xolikova D. (2022). Geofizik usullar va ularning arxeologiyadagi ahamiyati. “Tarixiy meros” jurnali. [4] Yusupov Sh. (2019). Zamonaviy arxeologiya: nazariya va amaliyot. Toshkent: O‘zMU nashriyoti. – B. 76–80. [5] Rahimov Z. (2023). Tarixiy yodgorliklarni 3D skanerlash texnologiyalari. “O‘zbekiston arxeologiyasi” jurnali. – B. 23. [6] Sobirov A. (2020). Tarixiy-madaniy ob’yektlarni dokumentlashtirish. Samarqand: SamDU nashriyoti. – B. 256. [7] Karimova N. (2021). Madaniy merosni raqamlashtirishda axborot texnologiyalarining roli. Toshkent: “Innovatsiya” nashriyoti. – B. 45–97. [8] Hasanov F. (2022). O‘zbekistonda tarixiy ob’yektlarni saqlashning raqamli yechimlari. “Ilm va taraqqiyot” ilmiy jurnali, №3. – B. 54–68. [9] UNESCO. (2020). Digital Heritage Preservation Guidelines. Paris: UNESCO Publishing. – P. 1–125. [10] Smith J. & Howard L. (2021). 3D Laser Scanning and Cultural Heritage Documentation. London: Springer. – P. 12–84.