MUSTAQILLIK YILLARIDA O'ZBEKISTON ENERGETIKA TARMOG'INING RIVOJLANISH TARIXI
Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston energetika tarmog‘ining tarixiy shakllanishi va mustaqillik yillarida uning rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Elektr energetikasi mamlakat iqtisodiy salohiyatining asosiy omili sifatida, ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlaydigan strategik soha ekanligi yoritilgan.
Full text
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Tursunbekova Madinabonu Uktam qizi Millat Umidi universiteti, AFF e-mail: [email protected] Telefon: +998 77 366 70 06 MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTON ENERGETIKA TARMOG’INING RIVOJLANISH TARIXI Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston energetika tarmog‘ining tarixiy shakllanishi va mustaqillik yillarida uning rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Elektr energetikasi mamlakat iqtisodiy salohiyatining asosiy omili sifatida, ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlaydigan strategik soha ekanligi yoritilgan. Kalit so’zlar: O‘zbekiston energetikasi, elektr energiyasi, issiqlik elektr stansiyasi, mustaqillik davri, modernizatsiya, energetika islohotlari, qayta tiklanuvchi energiya, yashil energetika, investitsiya loyihalari, energiya xavfsizligi. “Elektr energetikasi iqtisodiyotning “motori” boʻlib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni, umuman hayotni bu sohasiz tasavvur etib boʻlmaydi. Mamlakatimizda jami 14 ming megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlari mavjud boʻlib, shundan 86 foizi issiqlik elektr stansiyalari hissasiga toʻgʻri keladi.” Sh.M.Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti.[1] O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi mamlakat iqtisodiyotining barcha yo’nalishlarida tub o’zgarishlarni amalga oshishga sabab bo’ldi. Shu o’rinda mamlakatning muhim sohalaridan biri bo’lmish energetika tarmog’ida ham yangi bosqichni boshlab berdi. Energetika sohasi har bir davlat iqtisodiy salohiyatining asosi, ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlovchi muhim tizim hisoblanadi. Shu bois mustaqillikning dastlabki yillaridanoq energiya resurslarini ishlab chiqarish, taqsimlash va ulardan unumli foydalanish bo’yicha islohotlar amalga oshirila boshladi. Tarixga nazar soladigan bo’lsak, O’zbekistonda energetika sohasining rivojlanish tarixi bir asrdan ko’p davrni o’z ichiga oladi. O’tgan asrning ilk yillarida, ya’ni 1909-yilda Toshkentda Belgiya kompaniyasi tomonidan qurilgan birinchi elektr stansiya mamlakatda elektr energiyasining amaliy iste’mol boshlangan davrni belgilab berdi. Mustaqillik yillariga kelib esa energetika tarmog‘i tubdan yangilandi, modernizatsiya qilindi va bozor mexanizmlariga asoslangan boshqaruv tizimiga o‘tildi. Ushbu maqolada O‘zbekiston energetika tizimining tarixiy shakllanish bosqichlari hamda mustaqillikdan so‘nggi davrda amalga oshirilgan islohotlar ilmiy asosda tahlil qilinadi. O‘zbekiston hududida elektr energiyasi ishlab chiqarish 1909-yilda Toshkent shahrida 1,450 kVt quvvatli dizel dvigatelli elektr stansiya barpo etilishi bilan boshlandi. 1911–1913-yillarda shaharni yoritish uchun yangi stansiyalar o‘rnatilib, umumiy quvvat 3,000 kVtga yetdi. Bu davrda elektr tarmoqlari past kuchlanishli havo liniyalaridan iborat bo‘lib, asosan shahar markaziy qismi ehtiyojlarini qondirgan.[2]
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 1923-yilda Bo‘zsuv kanalida birinchi gidroelektr stansiya qurilishi boshlangan bo‘lib, bu O‘zbekiston energetika tarixida yangi davrni boshlab berdi. 1930-yillarga kelib Toshkent, Farg‘ona va Quvasoyda yirik sanoat korxonalari elektr tarmoqlariga ulandi. 1940-yillarda, Ikkinchi jahon urushi yillarida, ko‘plab sanoat korxonalari respublika hududiga ko‘chirilishi yangi elektr stansiyalar qurilishini talab qildi. Farhod GES (1943-yilda boshlangan) bu jarayonning muhim bosqichi bo‘ldi. 1950–1980-yillar O‘zbekiston energetika tarmog‘ining jadallik bilan rivojlangan davri bo‘ldi. Angren, Toshkent, Navoiy, Sirdaryo, Taxiatosh kabi yirik issiqlik elektr stansiyalari bunyod etildi. Bu davrda tabiiy gaz konlarining ochilishi energiya ishlab chiqarish texnologiyalarini tubdan o‘zgartirib, yuqori samarali issiqlik elektr ishlab chiqarishga o‘tish imkonini berdi. 1980yillarga kelib mamlakatda elektr stansiyalarining umumiy o‘rnatilgan quvvati 10 ming MVtdan oshdi. 1991-yilda mustaqillikka erishgan O‘zbekiston energetika sohasida tub o‘zgarishlar boshlangan. Eng avvalo, energetika tarmog‘ini boshqarish tizimi isloh qilinib, “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi. Shu orqali energetika tizimi bozor tamoyillariga moslashtirila boshlandi. 1990-yillardan boshlab xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, elektr stansiyalarini rekonstruksiya etish hamda yangi quvvatlarni ishga tushirish ishlari yo‘lga qo‘yildi. 2004-yilda Tolimarjon IESda 800 MVt quvvatli yangi energoblokning foydalanishga topshirilishi soha uchun burilish nuqtasi bo‘ldi.[2] 2010-yillarda Navoiy, Toshkent va Samarqand hududlarida bug‘-gaz texnologiyasiga asoslangan energobloklar qurilishi elektr ishlab chiqarish samaradorligini 30–40 foizga oshirdi. Mazkur loyihalar Osiyo taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hamda O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kreditlari hisobidan moliyalashtirildi. 2016-2021-yillarda esa energiya tejovchi texnologiyalar joriy etilishi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va “yashil energetika” loyihalarini amalga oshirish bosqichi boshlandi. Xususan, To‘raqo‘rg‘on IESda har birining quvvati 450 MVt bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirildi. Farg‘ona va Taxiatosh IESlarida zamonaviy kogeneratsion gaz turbinalari joriy etilib, yoqilg‘i sarfi sezilarli kamaydi hamda atmosferaga chiqadigan chiqindilar hajmi 5 barobarga qisqardi. Ismoilova va Nuriddinova ta’kidlaganidek, so‘nggi yillarda O‘zbekiston energetika sektori “yagona xaridor” (single buyer) modeli asosida bozor tamoyillariga o‘tish jarayonini boshladi. 2019-yilda tashkil etilgan Energetika vazirligi sohani markazlashgan holda boshqarish, investitsiyalarni jalb etish va yangi energiya bozorini shakllantirishga yo‘naltirilgan siyosatni amalga oshirmoqda.[3] Reforma natijasida elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash tizimlari bosqichmabosqich ajratilib, xususiy sektor ishtirokiga sharoit yaratildi. Bu esa xalqaro kompaniyalar - “Hyundai”, “Mitsubishi”, “Siemens” va “General Electric” kabi yetakchi korporatsiyalarni O‘zbekiston energetika bozoriga jalb etish imkonini berdi.[3] 2020-yildan boshlab quyosh va shamol energetikasi bo‘yicha yirik investitsion loyihalar amalga oshirildi. Masalan, Navoiy viloyatida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu loyiha mamlakat energetika tizimini diversifikatsiya qilish va ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida muhim qadamlardan biridir.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Hozirgi kunda O‘zbekiston elektr stansiyalarining umumiy o‘rnatilgan quvvati 23 000 MVtdan ortiq bo‘lib, ularning 75 foizini issiqlik elektr stansiyalari tashkil etadi. Shu bilan birga, 2030yilgacha qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini 25 foizga yetkazish bo‘yicha strategik dastur amalga oshirilmoqda.[4] O‘zbekiston energetika tizimining rivojlanish tarixi murakkab, ammo izchil bosqichlardan iborat. XX asr boshidagi kichik elektr stansiyalardan tortib, bugungi kunda yuzlab megavatt quvvatli zamonaviy energobloklargacha bo‘lgan yo‘l mamlakatning sanoat va texnik salohiyatini ifodalaydi. Mustaqillik yillarida olib borilgan islohotlar natijasida sohada investitsion muhit yaxshilandi, ishlab chiqarish samaradorligi oshdi hamda energiya xavfsizligi mustahkamlandi. Bugungi kunda O‘zbekiston energetika tarmog‘i nafaqat iqtisodiy o‘sishning, balki ekologik barqarorlikning ham kafolatiga aylanmoqda. Yangi “yashil energetika” loyihalari, xalqaro hamkorlik va innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish orqali mamlakat o‘zining energetika mustaqilligini yanada mustahkamlab, global energiya bozorida munosib o‘rin egallash yo‘lida izchil harakat qilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning elektr energetikasi sohasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishi. 2018-yil 3-oktabr. https://president.uz/oz/lists/view/2066 2. “Bugungi issiqlik elektr stansiyalari” // “Thermal Power Plants” AJ rasmiy veb-sayti. 2023yil. https://tpp.uz/page/today-ies 3. Ismoilova I. O., Nuriddinova X. R. O‘zbekiston energetika tarmog‘i: Hozirgi holati va istiqboldagi mumkin bo‘lgan energetika bozori modellari. // Texas ko‘p tarmoqli tadqiqotlar jurnali. 2022-yil. 13-jild. 8-10-betlar. – ISSN 2770-0003. https://zienjournals.com 4. Xamdamov Sh. Energetika sohasining rivojlanishi va uning O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishiga qo‘shgan hissasi. // Zamonaviy menejmentning Osiyo jurnali (Asian Journal of Contemporary Management). 2024-yil. 7-jild, 1-son. https://semantjournals.org/index.php/AJCM/article/view/141/115