scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SUN'IY INTELEKT ASOSIDA HUQUQIY AXBOROTLARNI TAHLIL QILISH IMKONIYATLARI

G'afurova Nilufar Oybekovna Toshkent davlat yuridik universiteti, jinoiy odil sudlov fakulteti 1-kurs talabasi

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining huquqiy axborotni tahlil qilishdagi o‘rni va amaliy imkoniyatlari yoritilgan. Bugungi kunda huquqiy sohada normativ hujjatlar, sud qarorlari, shartnomalar va boshqa ma’lumotlarning hajmi ortib borayotgani sababli, inson omili bilan ularni to‘liq tahlil etish murakkablashmoqda. Shu bois, sun’iy intellekt huquqiy jarayonlarni avtomatlashtirish va samaradorligini oshirishda muhim vosita sifatida e’tirof etilmoqda. Tadqiqotda AI tizimlarining huquqiy ma’lumotlarni qidirish, hujjatlar tahlili, huquqiy tendensiyalarni bashorat qilish, shartnomaviy risklarni aniqlash kabi funksiyalarini amalga oshirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Bundan tashqari, maqolada sun’iy intellektdan foydalanish jarayonida yuzaga keluvchi huquqiy va axloqiy muammolar — ma’lumot maxfiyligi, algoritmik shaffoflik, javobgarlik masalalari ham ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasida sun’iy intellektni huquqiy tizimga joriy etish bo‘yicha qabul qilingan qaror va farmonlar, shuningdek, xorijiy tajribalar tahlili orqali AI asosida huquqiy axborotni tahlil qilishning istiqbollari yoritilgan. Xulosa sifatida, sun’iy intellekt inson o‘rnini to‘liq bosa olmaydi, ammo huquqiy tizimda “inson + texnologiya” tamoyili asosida samaradorlikni oshiruvchi muhim yordamchi vosita sifatida xizmat qilishi lozimligi ta’kidlanadi. Kalit so’zlar: Sun’iy intellekt, huquqiy axborot, huquqiy tahlil, huquqiy texnalogiyalar, algoritmik shaffoflik, raqamli transformatsiya, yirik til modellari, huquq va texnalogiya, etik masalalar.

Full text

STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 15 SUN’IY INTELEKT ASOSIDA HUQUQIY AXBOROTLARNI TAHLIL QILISH IMKONIYATLARI G’afurova Nilufar Oybekovna Toshkent davlat yuridik universiteti, jinoiy odil sudlov fakulteti 1-kurs talabasi e-mail: [email protected] Annotatsiya: Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining huquqiy axborotni tahlil qilishdagi o‘rni va amaliy imkoniyatlari yoritilgan. Bugungi kunda huquqiy sohada normativ hujjatlar, sud qarorlari, shartnomalar va boshqa ma’lumotlarning hajmi ortib borayotgani sababli, inson omili bilan ularni to‘liq tahlil etish murakkablashmoqda. Shu bois, sun’iy intellekt huquqiy jarayonlarni avtomatlashtirish va samaradorligini oshirishda muhim vosita sifatida e’tirof etilmoqda. Tadqiqotda AI tizimlarining huquqiy ma’lumotlarni qidirish, hujjatlar tahlili, huquqiy tendensiyalarni bashorat qilish, shartnomaviy risklarni aniqlash kabi funksiyalarini amalga oshirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Bundan tashqari, maqolada sun’iy intellektdan foydalanish jarayonida yuzaga keluvchi huquqiy va axloqiy muammolar — ma’lumot maxfiyligi, algoritmik shaffoflik, javobgarlik masalalari ham ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasida sun’iy intellektni huquqiy tizimga joriy etish bo‘yicha qabul qilingan qaror va farmonlar, shuningdek, xorijiy tajribalar tahlili orqali AI asosida huquqiy axborotni tahlil qilishning istiqbollari yoritilgan. Xulosa sifatida, sun’iy intellekt inson o‘rnini to‘liq bosa olmaydi, ammo huquqiy tizimda “inson + texnologiya” tamoyili asosida samaradorlikni oshiruvchi muhim yordamchi vosita sifatida xizmat qilishi lozimligi ta’kidlanadi. Kalit so’zlar: Sun’iy intellekt, huquqiy axborot, huquqiy tahlil, huquqiy texnalogiyalar, algoritmik shaffoflik, raqamli transformatsiya, yirik til modellari, huquq va STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 16 texnalogiya, etik masalalar. Annotation (in English) This article explores the role and practical possibilities of artificial intelligence (AI) technologies in the analysis of legal information. Today, as the volume of legal documents — such as laws, court decisions, and contracts — continues to grow, it is becoming increasingly difficult for humans to process them efficiently. Therefore, artificial intelligence is recognized as an essential tool for automating and improving the efficiency of legal processes. The study analyzes the significance of AI systems in legal information retrieval, document review, prediction of legal trends, and identification of contractual risks. In addition, the paper addresses legal and ethical challenges associated with AI implementation, including data privacy, algorithmic transparency, and accountability. The article also examines Uzbekistan’s policy decisions and international experiences related to the introduction of AI into the legal sector. The conclusion emphasizes that artificial intelligence cannot completely replace human judgment but should function as an auxiliary tool under the principle of “human + technology” to enhance legal effectiveness. Keywords: Artificial intelligence, legal information, legal analysis, legal technologies, algorithmic transparency, digital transformation, large language models, legal security, law and technology, ethical issues. Аннотация (на русском языке) В данной статье рассматривается роль и практические возможности технологий искусственного интеллекта (ИИ) в анализе юридической информации. В условиях стремительного увеличения объёмов правовых документов — законов, судебных решений, договоров — становится всё сложнее их эффективно анализировать вручную. Поэтому искусственный интеллект признаётся важным инструментом для автоматизации и повышения эффективности юридических процессов. В исследовании STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 17 анализируется применение ИИ при поиске юридической информации, анализе документов, прогнозировании правовых тенденций и выявлении рисков в договорах. Кроме того, в статье обсуждаются правовые и этические проблемы, связанные с использованием ИИ: конфиденциальность данных, прозрачность алгоритмов и вопросы ответственности. Также рассмотрены решения и инициативы Республики Узбекистан, направленные на внедрение технологий искусственного интеллекта в правовую систему, а также международный опыт. В заключение отмечается, что искусственный интеллект не способен полностью заменить человека, но может служить эффективным вспомогательным инструментом на основе принципа «человек + технологии» для повышения результативности юридической деятельности. Ключевые слова: искусственный интеллект, юридическая информация, правовой анализ, юридические технологии, алгоритмическая прозрачность, цифровая трансформация, большие языковые модели, правовая безопасность, право и технологии, этические вапросы. Kirish: Bugungi kunda huquqiy xizmat ko‘rsatish sohasida sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi aniq sezilmoqda. Xususan, huquqiy axborot — qonunlar, sud qarorlari, shartnomalar, huquqiy pozitsiyalar — turlari va hajmi tobora oshib borayotgani sababli, odatiy inson resurslari bilan bu axborotni tez va to‘liq tahlil qilishda murakkablikka duch kelmoqda. Shu bois sun’iy intelekt bu qiyinchilikni yengishga xizmat qiladigan vosita sifatida ko‘rilmoqda. Sekin-asta sun’iy intelekt huquqiy axborotni yig‘ish, strukturallashtirish, asosiy faktlar va huquqiy muammolarni aniqlash, sud amaliyoti va huquqiy tendensiyalarni bashorat qilish — bularning hammasida qo‘llanilmoqda. Masalan, huquqiy texnologiyalar sohasida chiqarilgan tadqiqotlarda sun’iy intelekt-asosida “predictive analytics” (bashorat tahlillari), “document review/analysis”, “e-discovery” kabi STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 18 funksiyalarning qanchalik keng qo‘llana boshlagani ta’kidlangan. Sun’iy intelekt huquqiy sohada to‘liq ishonchli natija berish uchun mustahkam etik, huquqiy kafolatlar va nazorat mexanizmlari bo’lishi lozim. Ma’lumot maxfiyligi, manba haqqoniyligi, algoritmlar shaffofligi va mas’uliyat masalalari huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlar uchun muhim. Mazkur tadqiqotning maqsadi-sun’iy intellekt asosida huquqiy axborotlarni tahlil qilish imkoniyatlarini aniqlash, uning afzalliklari, qo’lanish sohalari va yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolarni o’rganishdan iborat. Tadqiqot davomida sun’iy intellektning huquqiy tizimdagi o’rni, xorijiy tajribalar hamda O’zbekiston sharoitida uni joriy etish istiqbollari tahlil qilinadi. Metodlar: Sun’iy intellekt asosida huquqiy axborotlarni tahlil qilish imkoniyatlarini o‘rganishda mavzuga kompleks yondashuv qo‘llaniladi. Quyidagi ilmiy-tadqiqot metodlari yordamida mavzuning mazmuni, amaliy ahamiyati va rivojlanish istiqbollari chuqur tahlil qilinishi lozim. 1. Tahliliy metod Ushbu metod orqali sun’iy intellekt texnologiyalarining mohiyati hamda ularning huquqiy sohadagi qo‘llanish mexanizmlari o‘rganiladi. Qonun hujjatlari, xalqaro me’yoriy hujjatlar va ilmiy maqolalar tahlil qilinib, sun’iy intellekt huquqiy axborot bilan ishlashda qanday vazifalarni bajarishi aniqlab chiqilishi kerak. 2. Qiyosiy metod Tadqiqot davomida AQSh va Buyuk Britaniya kabi rivojlangan mamlakatlardagi LegalTech tizimlari (masalan, ROSS Intelligence, LexisNexis, Westlaw Edge) bilan O‘zbekiston tajribasi taqqoslanadi. Bu metod orqali xorijda sun’iy intellekt qanday ishlayotgani va uni milliy huquq tizimiga moslashtirish imkoniyatlari aniqlashtirilishi belgilandi. 3. Mantiqiy va prognozlash metodi. Bu metod yordamida sun’iy intellektni huquqiy sohada tatbiq etishning STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 19 kelajakdagi natijalari oldindan baholanadi. Shu orqali huquqiy tizimda SI qo‘llanilganda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan ijobiy tomonlar (tezlik, aniqlik, shaffoflik) va xavf omillari (ma’lumotlar maxfiyligi, etik muammolar, algoritmik xatoliklar) tahlil qilinadi. Zamonaviy axborot texnalogiyalar sud amaliyotida, pragnozlashda, tibbiyot yo’nalishida va boshqa sohalarda amaliy qo’lanmoqda. Sun’iy intelekt normativ huquqiy tahlil jarayonida ham qo’laniladi va bu usulda asosiy e’tibor qonun hujjatlari, normativ aktlar, sud qarorlari va boshqa huquqiy manbalarning mazmuni, tuzilishi va me’yoriy majburiyatlarini tahlil qiladi. Xozirgi kunda sun’iy intelekdan ko’plab davlat huquqiy tizimida foydalanilmoqda. Misol uchun Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya AQSH va boshqa davlat qonunchiliklarida. Foydalanish jarayonida tadqiqotlar o’tkazilgan bo’lib ularning hammasi kutilgan natijalarga erishgan. O’zbekiston Respublikasi huquqiy tizimida ham sun’iy intelektdan qo’llanib kelinmoqda. Bularga misol qilib LEXAI 1 , SUD.UZ 2 , TUZUK 3 , YOQLA, 4 LAWBRIDGE 5 va shunga o’xshash bir qator faltformalar. Bu flatformalar orqali insonlar uydan turib yuridik xizmat olish va yuridik ma’lumotlar izlash kabi imkoniyatlarga ega bo’ladi. Natijada fuqorolarning vaqti samaradorligi oshishiga va huquqiy platformalarga bo’lgan ishonchning ortishiga sabab bo’ladi. Ammo har bir ijobiy tomining salbiy jihati ham mavjud. Texnalogiyalar rivojlanishi va huquqiy tizimga ham sun’iy intellekt kirib kelishi ko’plab odamlarning ishsiz qolishiga sabab bo’lmoqda. Kelajakda bu ko’rsatgich yuqorilashi kutilmoqda. Jahon iqtisodiy forumining 6 kelajak ish o’rinlari haqidagi hisobotiga ko’ra, keying 5 yilda hozir mavjud ish o’rinlarining 23% o’zgarishga uchraydi. Qisqaradigon ish o’rinlari, kasblarning yo’qolib ketishiga sun’iy intellekt sabab bo’lmoqda. Ammo bu texnalogiyalar katta ma’lumotlar 1 Lexaihuquqiy tahlil jarayonlarini avtomatlashtiruvchi tizim. 2 Sud.uz O’zbekiston Respublikasi sud hokimyatining rasmiy axborot portali. 3 Tuzuk-tashkilot faoliyatining qonuniy asosida ishlashini ta’minlovchi me’yoriy hujjat. 4 Yoqlaraqamli huquqiy ta’lim va huquqiy himoya platformasi. 5 Lawbridgeadvakatlarga va tashkilotlarga huquqiy hujjatlarni tahlil qilish, tuzish va boshqarish jarayonini yegilashtiradi. 6 World Economic Forum (WEF)- Future of Jobs Report 2025 hisoboti. STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 20 to’plamini qayta ishlashga va ularni izchil tahlil qilishga yordam beradi. Misol uchun, tabiiy tilni ishlash (NLP) vositalari yordamida hujjatlardan aniq va tegishli ma’lumotlarni avtomatik tarzda ajratib olish mumkin. Sun’iy intelellekt vositalaridan foydalanishda e’tiborli bo’lish va shaxsiy ma’lumotlarni saqlash maqsadga muoffiq bo’ladi. Natijalar: Sun’iy intellektning huquqiy hujjatlarni tahlil qilishda qo’llanishi ko’plab amaliy afzalliklarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, SI tizimlari katta hajmdagi hujjatlari tahlil qilish, shartnoma shartlarini tekshirish va sud jarayonlaridagi hujjatlarni qayta ko’rib chiqishda sezilarli vaqt tejash imkonini bermoqda. Misol uchun DEEPMIND va HARVARD LAW SCHOOL hamkorligida ishlab chiqilgan “LAWGPT’’ tizimi qonun loyihalari va mavjud aktlar o’rtasidagi ziddiyatlarni aniqlashda qo’llanilib, 92% aniqlikka erishga. Bu natijalar SI vositalaring huquqiy axborot tahlilida inson xatolarini kamayishi va normativ izchillikni ta’minlashdagi ahamiyatini ko’rsatadi. Yevropa Ittifoqi AI (Aritifical Intelegence Act) tizimlarini xavf darasi bo’yicha to’rt toifaga ajratdi va “ yuqori xavf’’li sohalarga ( shu jumladan sud qarorlarini ishlab chiqish yoki huquqiy tavsiyalar berish ) qa’tiy etik va texnik cheklovlar kiritadi. Bu qonun huquqiy tahlil sohasida SI’dan foydalanish jarayonida inson nazoratining saqlanishini majburiy shart sifatida belgilaydi. Xozirda sud qarorlarini tahlil qilishda ham sun’iy intelekt vositalaridan foydalanilmoqda va ko’plab davlatlarda sinovdan o’tkazish yo’lga qo’yilgan. Misol uchun Estoniyada sud qarorini tahlil qiluvchi “Robot Judge 7 ” pilot loyahasi 2002-yildan beri sinovdan o’tkazilmoqda. Bu tizim mayda fuqorolik nizolarini avtomatik baholaydi. Huquqiy axborotlarni tahlil qilish uchun ko’plab platformalar mavjud va ular turli davlatlarda turli xil vazifalarni bajaradi. Ross Intelligence platformasi AQSH da sud amaliyoti va hujjatlarni tahlil qishda ishlatiladi. DONOTPAY Buyuk Britaniyada fuqorolik da’volari va shikoyatlarni ko’rib chiqadi. LUMINANCE AL esa Yevropa iffifoqi 7 Robot Judge -sud tizimi modeli, u sud qarorlarini tahlil qilish va prognozlash platformasi. STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 21 davlatlari uchun huquqiy shartnomalarni tahlil qilish va yechim berish uchun ishlatiladi. Kopyuter va mashinalar inson ongining kuchlarini taqlid qilish, tanlov qilish, ma’lumotlarni hal qilish, ma’lumotlarni to’plash hamda tahlil qilish uchun ishlatiladi. Axloqiy, ijtimoiy yoki iqtisodiy nuqtayi nazardan raqamli texnalogiyalar, jumladan, sun’iy intellekt istalgan yoki kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin bu jarayonlarda javobgarlik masalasi ham ahamiyatlidir. Sun’iy intellekt texnalogiyalari yuridik tizmlarda qo’llanilishi davomida qator qiyinchiliklarda duch kelmoqda. Huquqiy mutaxassislar tomonidan texnalogiyaning qaror qabul qilishdagi ichonchliligi va mas’uliyatga oid muammolar ko’tarilmoqda. Ayniqsa, jinoyat huquqi va boshqa sezgir huquqiy jarayonlarda SI tizimlari orqali qabul qilingan qarorlar insoniy omillarni hisobga olmaydi degan xavotir mavjud. Shuningdek, SI tizimlarida mavjud bo’lgan ba’zi algoritmik cheklovlar va ularga kiruvchi ma’lumotlar asosida noto’g’ri qoidalar ishlab chiqilishi, natijada noto’g’ri qarorlar qabul qilinishi ehtimoli ham bor. Bu esa, insonlar tomonidan qabul qilinadigan qarorlar bilan solishtirilganda SI qarorlarining ayrim sohalarda yetarlicha ishonchli emasligi ko’rinadi. Shu mavzu yuzasidan olimlar quyidagicha fikrlar bildiradi: John J. Nay 8 “ Huquqiy norma va talqin jarayoni AI bilan moslashishi uchun zarur ekan, ya’ni qonuniy me’yorlar “kod”ga anmasligi kerakaks holda inson va jamiyat qiymatlari inkor etilishi mumkin.” deya takidlaydi. O’zbek olim va tadqiqotchisi Sardorbek Yusupov 9 o’z tadqiqotida “ Xalqaro tajribalarni o’rganib O’zekistonda AI bilan bog’liq huquqiy hujjatlar, nazorat mexanizmlari va qonunchilik bo’yicha bo’shliqlar borligini aniqlagan”. O’zbekiston Respublikasida sun’iy intelekt borasida ko’plab qaror va farmonlar bor va sun’iy intellektga bo’lgan e’tibor kundan kunga ortib bormoqda. 2021-yilning 17-fevral kuni “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shartsharoitlar yaratish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi. Mazkur qarordan 8 John J.Nay-sun’iy intelekt huquq va huquqiy axborot texnologiyalari kesishmasida faoliyat yurituvchi tadqiqotchi olim. 9 Sardorbek YusupovYuridik fanlar doktori, huquqshunos olim. STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 22 ko’zlangan maqsad “Raqamli SJIF 20247.4=04/ ASI Factor=1.7 O’zbekiston30” 10 Strategiyasiga muvofiq sun’iy intellekt texnalogiyalarini qo’llash va ularni mamlakatimizda isloh etish, raqamli ma’lumotlardan foydalanish va ularning sifatini ta’minlash imkoniyatini, ushbu sohada malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun keng imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratishdir. Shu bilan birga O’zbekistonda so’ngi yillarda “Raqamli sud tizimi”, “Huquqiy axborot portal”, “E-qaror” kabi loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu loyihalarda hujjatlarni elektron shaklda saqlash va tahlil qilish jarayoni allaqachon yo’lga qo’yilgan. Tadqiqot shuni ko’rsatadiki, bu tizimlarni sun’iy intelek bilan bog’lash orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin.  Sud qarorlarini avtomatik tahlil qilish va o’xshash ishlar bo’yicha pragnoz berish.  Advakatlar uchun elektron yordamchi tizim yaratish.  Qonun hujjatlaridagi o’zgarishlarni avtomatik kuzatish.  Fuqorolar uchun tezkor huquqiy maslahat tizimini joriy etish. Bu natijalar O’zbekistonning “Raqamli davlat” strategiyasi bilan hamohang bo’lib, adolatli va shaffof boshqaruv tizimini shakillantirishga yordam beradi. Xulosa Sun’iy intellekt texnologiyalari huquqiy sohada so’ngi yillarda eng dolzarb va istiqbolli yo’nalishlardan biriga aylandi. U nafaqat hujjatlarni qayta ishlash va tahlil qilish jarayonlarini tezlashtirmoqda, balki inson omillining xatolikka moyilligini kamaytirib, huquqiy qarorlar sifatini oshirish imkonini ham bermoqda. Shu bilan birga , bu sohada bir qator huquqiy-axloqiy muammolar ham yuzaga 10 “Raqamli SJIF 20247.4=04/ ASI Factor=1.7 O’zbekiston-30O’zbekiston Respublikasining raqamli texnaloyigalarini rivojlantirish, davlat boshqaruvini avtomatlashtirish va axborot iqtisodiyotini shakillantirishga qarilgan uzoq muddatli dastur. STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 23 kelmoqda. Shunday ekan ushbu texnalogiyaning afzalliklari va xavflarini ilmiy asosda tahlil qilish, huquqiy tizimida SI’dan oqilona foydalanish yo’llarini belgilash zarur. Sun’iy intellektning yuridik faoliyatda hujjatlarni tahlil qilishda qo’llanilishi yuridik jarayonlarning samaradorligini oshiradi, vaqt va xarajatlarni kamaytiradi hamda huquqshunoslarga muhim yordam beradi. Frank A Pasquale 11 fikricha, “Sun’iy intellekt qonunni avtomatlashtirishga yordam bersa da, u insonning huquqiy taffakurini, talqin qilish qobiliyatini va adolatni his etish fazilatini to’liq almashtira olmaydi. Chunki har qanday algoritm inson yaratgan dasturiy modeldan kelib chiqadi; ya’ni u ham insondagi bilim va tajribaning texnik holati xolos. Huquq esa faqatgina texnik tizm emas – u inson tafakkuri, adolat va axloq tamoyillariga asoslanadi. Demak, SI huquqiy faoliyatni soddalashtiruvchi vosita sifatida xizmat qilishi mumkin, lekin u hech qachon insonni, ayniqsa sudya yoki advakatning mustaqil fikrlashini to’liq o’rnini bosolmaydi. Sun’iy intellekt turli xil huquqiy muammolarda yordam beradi. Huquqiy yordam olayotganda e’tiborli bo’ladigon jihatlari shundaki u inson faktrlaridan foydalanmaydi u robot kabi fikrlaydi va bu bir qancha tushinmovchiloklar kelib chiqishiga sabab boladi. Xozirda mijozlar kerkli ma’lumotlarni internet tarmoqlari orqali olishadi. Ko’plab platformalar mijozlarning shikoyatlaridan kelib chiqib ularga huquqiy yechimlar beradi. Lekin bu vosita hech qachon yakuniy qaror manbai bola olmaydi . Chunkin har bir ishning omili va holatining ijtimoiy ahamiyati turlicha bo’ladi. Agar sud qarorlari faqat SI tahliliga tayanadigon bo’lsa adolat mexanik algoritimga aylanib qolish xavfli paydo bo’ladi. Ta’kidlash joizki O’zbekiston Respublikasi raqamli transformatsiya siyosati doirasida sun’iy intellekt rivojlantirishga oid konsepsiyalar ishlab chiqilmoqda. Ammo bu jarayonda huquqiy tizmni SI yordamida avtomatlashtirish emas, balki inson ishini yengillashtirishga maqsad qilinishi kerak. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, sun’iy intelekt asosida huquqiy axboratni tahlil qilish – bu huquqiy tizimni 11 Frank A Pasquale-Amerikalik yuridik olim, “Sun’iy intellekt, algoritmlar va axborot huquqi” sohasining yetakchi tadqiqotchilaridan biridir.