VERBAL TA'SIR VOSITALARI YORDAMIDA NUTQNI RIVOJLANTIRISH
Abstract
Jahon pedagogikasida o‘quvchilarda til sathlariga doir lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish, rivojlantirish va takomillashtirishga doir zamonaviy pedagogik texnologiyalarni yaratish hamda ta’lim tizimiga joriy etish til ta’limining bosh ustuvor vazifasiga aylandi. Ushbu maqolada ona tili fani bo‘yicha o‘quvchilarning leksik kompetensiyalarini rivojlantirishning asosiy maqsadi, nazariy asoslangan yondashuvlarini umumiy tahlili bayon qilingan.
Full text
Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 9 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 139 Annotatsiya. Jahon pedagogikasida o‘quvchilarda til sathlariga doir lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish, rivojlantirish va takomillashtirishga doir zamonaviy pedagogik texnologiyalarni yaratish hamda ta’lim tizimiga joriy etish til ta’limining bosh ustuvor vazifasiga aylandi. Ushbu maqolada ona tili fani bo‘yicha o‘quvchilarning leksik kompetensiyalarini rivojlantirishning asosiy maqsadi, nazariy asoslangan yondashuvlarini umumiy tahlili bayon qilingan. Kalit so‘zlar: pedagogika, kompetensiya, til sathlari, texnologiya, nazariya, metodika. Аннотация. В мировой педагогике создание современных педагогических технологий формирования, развития и совершенствования языковых компетенций, учащихся по уровням владения языком и их внедрение в систему образования стали приоритетной задачей языкового образования. В данной статье рассматривается основная цель развития лексических компетенций учащихся по предмету родной язык, дается общий анализ теоретически обоснованных подходов. Ключевые слова: педагогика, компетентность, уровни владения языком, технология, теория, методика. Odamlar muloqot jarayonida so‘zlardan tashqari, ya’ni verbal vositalardan tashqari turli xil harakatlardan, qiliqlardan, holatlardan, kulgu, ohanglar va boshqalardan ham foydalanadilar. Qiliqlar, mimika, ohanglar, to‘xtashlar (pauza), hissiy holatlar, kulgu, yig‘i, ko‘z qarashlar, yuz ifodalari va boshqalar o‘zaro VERBAL TA’SIR VOSITALARI YORDAMIDA NUTQNI RIVOJLANTIRISH Haydarova Feruza Murodqosimovna Assistant, Jizzax politexnika instituti
Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 9 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 140 muloqotning nutqsiz vositalari bo‘lib, ular muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, uni to‘ldiradi, ba’zan esa nutqli muloqotning o‘rnini bosadi, bunday vositalar - noverbal vositalar deyiladi. Verbal vositalar deganda esa biz - so‘z va nutqimizni tushunamiz. Bundagi asosiy vositalar so‘zlardir. Insonning kamolot darajasi uning so‘zi orqali, millatning madaniyat darajasi tili bilan belgilanadi. Shuning uchun til millatning qalbi hisoblanadi[1; 293-b]. Inson shaxsini har tomonlama kamol toptirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodga umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat, o‘z xalqining an’analariga iftixor tuyg‘ularini singdirishda tilning, xususan,ona tilining o‘rni beqiyosdir. Рrezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ham “Ona tilimiz - milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir”[2], degan fikrlari tilning nechog‘li ahamiyatli ekanligini yana bir bor anglatish bilan birga ona tili fanini umumta’lim maktablarida o‘qitishning asosiy maqsadini belgilab beradi. Angliya, Germaniya, Rossiya, Janubiy Koreya kabi rivojlangan mamlakatlarning nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlarida ta’lim jarayonini kompetensiyaviy yondashuv asosida loyihalashni amalga oshirishning ilmiy asoslangan metodik tizimini yaratish borasida salmoqli amaliy natijalarga erishilgan. Shunga ko‘ra, ijodiy fikrlovchi, izlanuvchan, kerakli axborotlarni mustaqil ravishda izlab topuvchi va ularni o‘z amaliy faoliyatida qo‘llay oluvchi mutaxassislarni tayyorlash tizimini samarali tashkil etish, bunday kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’limga alohida e’tibor qaratish zarur hisoblanadi. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim - bu o‘quvchilarda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish nuqtayi nazaridan beriladigan ta’limdir.Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’limdan maqsad esa
Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 9 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 141 o‘quvchini keng qamrovli fikr-mulohaza yuritadigan va muloqatga kirisha oladigan barkamol shaxs qilib yetishtirishdir. Kompetensiya (lotincha so‘z bo‘lib, “erishaman”, “to‘g‘ri kelaman” ma’nolarini bildiradi) - sub’yektning maqsadni qo‘yish hamda unga erishish uchun tashqi va ichki zahiralarni samarali amalga oshirishga tayyorgarligi, boshqacha qilib aytganda, bu sub’yektning muayyan faoliyat ob’yekti bilan bog‘liq muammolarni muvaffaqiyatli hal etishga doir shaxsiy qobiliyatidir[3; 8-b]. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, “kompetensiya” tushunchasiga berilgan aksariyat ta’riflar kasbiy ta’lim, kasbiy faoliyat bilan bog‘liqlikda bayon etilgan. Jumladan, ilmiy pedagogik, psixologik manbalarda berilishicha, kompetensiya, kompetentlilik o‘ta murakkab, ko‘p qismli, ko‘pgina fanlar uchun mushtarak bo‘lgan tushunchalar bo‘lib, uning talqinlari ham hajman, ham tarkibiga ko‘ra, ham ma’no, mantiq mundarijasi jihatidan turli xil. Atamaning mohiyatini shuningdek, “moslashuvchanlik”, “samaradorlik”, “muvaffaqiyatlilik”, “yutuqlilik”, “natijalilik”, “tushunuvchanlik”, “uquvlilik”, “xossa”, “xususiyat”, “miqdor”, “sifat” kabi tushunchalar asosida ham tavsiflanmoqda. Shuningdek, kompetentlilikka bag‘ishlangan ayrim adabiyotlarda umumiy va kasbiy kompetentlilik farqlanadi hamda kasbiy kompetentlilikka ega bo‘lgan shaxs umumiy kompetentlilikka ham ega bo‘lishi lozimligi ta’kidlanadi. Bundan ko‘rinadiki, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim o‘quvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog‘lom raqobat ko‘nikmalarini ham shakllantiradi. [4; 84-b]. Dunyo tillarida kompetensiya atamasining sotsiologiya, biznes, iqtisod, ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq jihatlari bo‘yicha ko‘zga ko‘rinarli olimlar E.Zeyer, I.Zimnyaya,V.Kan-Kalik, A.Kiveryalg, N.Kuzmina, M.Lukyanova, A.Markova, S.Mironenko, V.Slastenin, T.Sorokina, G.Spenserlar tomonidan ilmiy-tadqiqot
Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 9 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 142 ishlari olib borilgan. U g‘arb va rus tilshunosligida anchadan beri qo‘llanilib kelinayotgan bo‘lsa-da, ona tilimizda mazkur atamaga mustaqillik yillaridan so‘ng e’tibor berila boshlandi. Jumladan, O.Qo‘ysinov, U.Mingboyev, X.Yulbarsova, Z.Alimardonov, N.Narziyeva, K.Riskulova, I.To‘xtasinov, X.Mamatkulov kabi bir qator tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlarini misol sifatida keltirishimiz mumkin. Ayniqsa, Vazirlar Mahkamasining kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi” qarorining qabul qilinishi ta’lim tizimida o‘qitishga nisbatan tubdan yangicha yondashish bo‘ldi. Bunda umumta’lim fanlarini o‘qitishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, ta’lim jarayoniga kompetentlik nuqtayi nazaridan yondashish orqali ta’lim oluvchilarning layoqatlilik darajasini oshirish maqsad qilib olindi. [5; 41-b]. Qabul qilingan mazkur Davlat ta’lim standartining yana bir e’tiborli jihati shundaki, o‘quvchilarda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llay olish, tayanch va fanga oid kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirish alohida inobatga olingan. Shuningdek, o‘quvchilarda kommunikativ, axborotlar bilan ishlash, o‘zini o‘zi rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish kabi tayanch kompetensiyalarning shakllantirilishi ularning aqlan va ruhan kamol topishiga, kelajak hayotda dadil va mustahkam qadam tashlashiga zamin hozirlaydi. Ta’limda kompetensiyaviy yondashuvni qo‘llash, muayyan natijalarga erishish va muhim kompetensiyalarni egallashga qaratiladi. Bunday sharoitda ta’lim jarayoni yangi mazmunga ega bo‘ladi, u o‘rganish va o‘rgatish jarayoniga aylanadi, ya’ni kasbiy va ijtimoiy ahamiyatga ega kompetentlikni mustaqil o‘qib o‘rganish, ijtimoiy-mehnat, madaniy, maishiy sohalarida fanlardan olingannazariy bilimlarini qo‘llashga erishiladi, an’anaviy ta’lim maqsadi, mazmunini tubdan o‘zgartirib, uning uslub va texnologiyalarini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadi. Shundagina,
Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 9 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 143 hozirgi maktablarda “a’lochi”, ya’ni o‘quv fani bo‘yicha yetarli darajada akademik bilimlarga ega, lekin undan shaxsiy, ijtimoiy va kasbiy faoliyatida amaliy qo‘llay olmaydigan o‘quvchi, “kompetentli” o‘quvchiga aylanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Nurmonov A. Tanlangan asarlar. 3-jild. – Toshkent: Akademnashr, 2012. – B. 293. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 2019 yil, 21 oktyabr. 3. Inoyatov U.,Xodjayev B. Umumta’limiy kompetensiyalarni loyihalashtirishning konseptual asoslari // Xalq ta’limi ilmiy-metodik jurnali, 2016.–№ 2. – B. 8. 4. Muslimov. N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To‘rayev A.B. Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari. – Toshkent, 2015. –. 120 bet. 5. Mahmudov A.X. Uzluksiz ta’lim jarayoniga kompetentlik yondashuvini joriy qilishning didaktik asoslari // Uzluksiz ta’lim, 2012. № 4. – B. 8-12.