STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 27 LEGAL TECHNI JORIY ETISH: YURIDIK FIRMALARDA O’ZGARISHLARNI BOSHQARISH Najmiddinova Jasmina Dilmurodovna Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti 1-kurs B-potok 1-guruh talabasi
[email protected] Annotatsiya: Ushbu tadqiqot Legal Tech ya'ni yuridik texnologiyalarni yuridik firmalarda joriy etish jarayonida o‘zgarishlarni boshqarish mexanizmlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada yuridik sohada raqamli texnologiyalarni tatbiq etishning ahamiyati, yuridik xizmatlarni avtomatlashtirish jarayonining o‘ziga xos jihatlari va bu o‘zgarishlarning tashkilot madaniyati hamda boshqaruv tizimiga ta’siri yoritilgan. Tadqiqotda xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan ilgari surilgan ilmiy yondashuvlar tahlil qilinib, ularning Legal Tech rivojiga oid qarashlari o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Legal Tech vositalarini samarali joriy etish yuridik firmalarning boshqaruv tizimini takomillashtiradi, xizmat sifatini oshiradi, mijozlar bilan munosabatlarni soddalashtiradi va ish unumdorligini oshiradi. Shu bilan birga, texnik infratuzilmaning yetishmasligi, xodimlarning texnologik ko‘nikmalari pastligi, ma’lumotlar xavfsizligiga oid xavotirlar va moliyaviy to‘siqlar Legal Techni keng joriy etishda asosiy muammolar sifatida namoyon bo‘lmoqda. Maqola yakunida yuridik firmalarda Legal Techni samarali tatbiq etish uchun nazariy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Nazariy tavsiyalar o‘zgarishlarni boshqarishning konseptual modeliga asoslanadi, amaliy tavsiyalar esa yuridik firmalarda texnologik innovatsiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish, xodimlarni tayyorlash, raqamli infratuzilmani mustahkamlash va texnik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan. Tadqiqot natijalari yuridik firmalarda innovatsion boshqaruv tizimini shakllantirish, raqamli
STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 28 o‘zgarishlarga moslashish va huquqiy xizmatlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Kalit so’zlar: Legal Tech, yuridik firmalar, o’zgarishlarni boshqarish, raqamlashtirish, innovatsiya, huquqiy texnologiyalar, boshqaruv modeli, amaliy tavsiyalar, samaradorlik. IMPLEMENTATION OF LEGAL TECH: MANAGING CHANGES IN LAW FIRMS Abstract: This article explores the issues of managing organizational changes that arise during the implementation of Legal Tech (legal technologies) in law firms. The study analyzes the impact of digitalization on legal practice, the technological adaptation of employees, and the transformations occurring within management models. Furthermore, it examines the role of Legal Tech tools in improving the efficiency of legal services and the change management strategies required for their successful adoption. The results indicate that the effective use of Legal Tech tools enhances law firm management, improves service quality, and increases productivity. However, insufficient technical infrastructure, limited technological skills among staff, and concerns about data security remain major challenges. In conclusion, the paper offers theoretical and practical recommendations for the gradual integration of Legal Tech, professional training of employees, and the strengthening of digital infrastructure to ensure sustainable innovation in legal practice. The paper concludes with practical recommendations for implementing Legal Tech in law firms in Uzbekistan Keywords: Legal Tech, digitalization, law firms, change management, innovation, legal services, technological transformation. ВНЕДРЕНИЕ LEGAL TECH: УПРАВЛЕНИЕ ИЗМЕНЕНИЯМИ В ЮРИДИЧЕСКИХ ФИРМАХ Аннотация: В данной статье рассматриваются вопросы управления
STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 29 изменениями, возникающими в процессе внедрения Legal Tech (юридических технологий) в деятельность юридических фирм. В исследовании анализируется влияние цифровизации на юридическую практику, технологическая адаптация сотрудников, а также трансформации в модели управления. Кроме того, рассматривается роль инструментов Legal Tech в повышении эффективности юридических услуг и стратегии управления изменениями, необходимые для их успешного внедрения. В заключение статьи представлены практические рекомендации по внедрению Legal Tech в юридических фирмах Узбекистана. В статье подчёркивается значение цифровой трансформации в юридической сфере, автоматизации услуг и её влияния на организационную культуру и эффективность управления. В работе рассмотрены научные подходы зарубежных и отечественных исследователей, раскрывающие основы развития Legal Tech. Результаты показывают, что эффективное применение инструментов Legal Tech совершенствует систему управления, повышает качество юридических услуг и производительность труда. Вместе с тем, недостаток технической инфраструктуры, низкий уровень технологических навыков сотрудников и риски, связанные с безопасностью данных, остаются ключевыми проблемами. В заключение предложены теоретические и практические рекомендации по поэтапному внедрению Legal Tech, подготовке персонала и укреплению цифровой инфраструктуры для обеспечения устойчивых инноваций в юридической практике. Ключевые слова: Legal Tech, цифровизация, юридические фирмы, управление изменениями, инновации, юридические услуги, технологическая трансформация. I.KIRISH Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi barcha sohalarga, shu jumladan huquqiy xizmatlar ko'rsatish sohasiga ham katta ta’sir ko'rsatmoqda. "Legal Tech" atamasi ostida birlashtirilgan yuridik innovatsiyalar aynan yuridik
STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 30 firmalar faoliyatini tubdan o‘zgartirish imkoniyatiga ega. Ushbu maqolada Legal Techni joriy etishda yuridik firmalarda o’zgarishlar bilan bog’liq foydali jihatlari ko'rib chiqiladi va uning huquqiy xizmatlar ko'rsatish samaradorligini oshirishdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, hozirgi kunda dunyoda Legal Techni joriy etish, ayniqsa, yuridik firmalar bilan bog’liq har qanday masalaga qiziqish kundan – kunga ortib bormoqda. Legal Tech tushunchasi huquqiy faoliyatda axborot texnologiyalari va dasturiy ta’minotdan foydalanishni o'z ichiga oladi (Susskind 2019 i ). Bu soha yuridik hujjatlarni avtomatlashtirish, ma’lumotlarni tahlil qilish, sun’iy intellekt orqali huquqiy maslahatlar berish kabi sohalarda rivojlanmoqda. Yuridik firmalarda Legal Tech texnologiyalarini muvaffaqiyatli joriy etish jarayoni, avvalo, o‘zgarishlarni samarali boshqarish tizimiga bog‘liq bo‘lib, tashkilot xodimlari va hamkorlarining ushbu texnologiyalardan foydalanishga tayyorligi natijaga bevosita ta’sir ko‘rsatadi ii . Shu sababli, o'zgarishlarni boshqarish strategiyasi faqat texnik yechimlarni emas, balki inson omilini ham qamrab olishi lozim, chunki bu omil firmada innovatsion madaniyatni shakllantiradi va yangi tizimlardan maksimal foyda olish imkonini beradi. Bunga misol qilib, Legal Zoom yuridik firmasi yoki Relativity kabi firmalarda Legal Tech joriy etilishi bilan kirib kelgan o’zgarishlarni e’tirof etish mumkin. Bunda asosiy o’zgarishlar: -vaqtni optimallashtirish, -mavjud xavflarni kamaytirish, -mijozlar munosabatini yaxshilash va resurslarni yo’naltirish bilan bog’liq. Ushbu maqolaning asosiy maqsadi — yuridik firmalarda Legal Tech texnologiyalarini joriy etish jarayonida o’zgarishlarni boshqarish mexanizmlarini tahlil qilish, ularning samaradorligini baholash hamda amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot davomida tashkilot ichidagi inson omili, texnologiyaga moslashuv, rahbariyatning qo'llab-quvvatlashi va o’zgarishlarga qarshilik kabi jihatlar o'rganiladi. Shu bilan birga, olimlar tomonidan ilgari surilgan nazariy qarashlar ham tahlil qilinib, ularning yuridik amaliyotdagi qo'llanish imkoniyatlari
STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 31 baholanadi. Maqola natijalari yuridik firmalarda raqamli transformatsiya jarayonini samarali boshqarish, innovatsion muhit yaratish va xizmat sifatini oshirishga xizmat qiladi. II. METODOLOGIYA Ushbu tadqiqot yuridik firmalarda Legal Tech texnologiyalarini joriy etish jarayonida o’zgarishlarni boshqarish amaliyotini tahlil qilishga qaratilgan bo'lib, quyidagi usullardan foydalanilgan: Tadqiqot uchun yuridik texnologiyalar, o'zgarishlarni boshqarish va raqamli transformatsiya bo’yicha ilmiy maqolalar, kitoblar va ishonchli onlayn manbalar o’rganilgan. Qolavesa, maqolani aralash uslubda tadqiq etish ham maqsadga muvofiq. Maqolada emperik, amaliy, shu bilan birgalikda taqqoslash, qiyoslash, induksiya va deduksiya kabi uslublaridan foydalanish nazarda tutiladi. Avvalambor, tarixiy uslubga kelsak, 1960-1980 yillar yuridik firmalar kompyuter texnologiyalarini endigina qo’llay boshlagan vaqt edi. Unda asosan hujjatlarni elektron tarzda yozish va ma’lumotlar bazasini yuritish uchun dasturlar paydo bo’lgan edi. LexisNexis va Westlaw kabi huquqiy ma’lumotlar bazasi yaratilgach katta inqilob bo’ldi. Ko’p imkoniyatlar cheklanganligi bois ko’plab vazifalar an’anaviy tarzda davom etdi. Biroq hozirgi zamonga kelib, Legal Tech juda rivojlanib ketdi. Legal Tech hozirda blockchain, smart contracts, cybersecurity, data privacy kabi yo’nalishlarga o’tdi. Yuridik firmalar ham aynan shu sabab rivojlandi va ko’p qulayliklarga ega bo’ldi. Masalan, Clifford Chance, Baker McKenzie, Linklaters kabi yirik firmalar o’zlarining Legal Tech startaplarini ham yaratishgan va ko’plab muvaffaqiyatlaga erishishmoqda. Taqqoslash metodi bo’yicha Clifford Chance ya’ni o’zining boshqaruv tizimida Legal Techdan foydalangan mashhur firma bilan Legal techdan foydalanmagan an’anaviy yondashuvda qolgan firmaga misol keltiriladi. Unga ko’ra, Clifford chance Kira Systems sun’iy intellekt dasturini 2017-yildan boshlab joriy etgan va u orqali ko’plab shartnomalarni tahlil qilish, xatolarni aniqlash vaqtini 70%ga qisqartirganligi, advokatlar ham strategik ishlarga ko’proq vaqt ajrata boshlashgan iii . Biroq, an’anaviy yondashuvdagi kichik yuridik firma
STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 32 hujjatlarni qo’lda tekshirish orqali vaqtni yo’qotishi, xatolarni mavjudligi samaradorlik koeffisienti tushib ketishiga sabab bo’lgan. Bundan ko’rinib turibdiki, Legal Techni yuridik firmalarga joriy etish samaraliroq va firmalar o’rtasidagi raqobatda ham muhim o’ringa ega ekan. Aynan hozirda ko’plab yuridik firmalar tomonidan keng qamrovda foydalanib kelinayotgan sun’iy intelleketlarga misol sifatida: 1. Spellbook iv – asosan kontraktlar, kelishuvlar va hujjat draftlar bilan ishlashga mo’ljallangan Al-yechim. U Spellbook kompaniyasi tomonidan 2019-yil tashkil topgan. Yuridik firmalar tomonidan hujjat yaratish va tahrir vaqtini qisqartirishda, hujjatlardagi riskli bandlarni tez aniqlashga yordam berishda ishlatiladi. 2. Luminance - Luminance Buyuk Britaniyada ya’ni Cambridge hududida tashkil topgan v . Kompaniya 2015-yilda asos solingan. Luminance huquqiy firmalar va korporativ yuristlar uchun sun’iy intellektga asoslangan platforma bo‘lib, asosan hujjatlar bilan ishlashni avtomatlashtirishga mo‘ljallangan. Afzalliklari, tezkor analiz qilish imkoniyati bor. Turli tillar va yurisdiktsiyalarda hujjatlarni ko’rib chiqish imkoniyatini, hujjatlardagi xavflarni aniqlash va standartlarni tekshirishga yordam beradi. Faktlarga ko’ra, Luminance platformasi yuridik firmalarda hujjatlarni tahlil qilish va ko‘rib chiqish jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi. Masalan, real estate due diligence loyihasida ~150 ta hujjat avval 50 soat davomida ko‘rib chiqilsa, Luminance yordamida bu jarayon atigi 15 soatga tushgan, ya’ni 35 soat yoki ~70% vaqt tejashga erishilgan. BA‑HR kompaniyasida esa 200+ hujjatni ko‘rib chiqish uchun ilgari 45 soat talab qilinardi, Luminance bilan bu vaqt 30 soatga qisqardi, ya’ni 15 soat (~33%) tejash mumkin bo‘ldi. Shuningdek, Bird & Bird yuridik firmasi misolida 1 900 xodimga tegishli hujjatlarni 8 nafar xodim 3 hafta davomida faqat 10% qismini ko‘rib chiqqan bo‘lsa, Luminance yordamida 2 nafar xodim 3 hafta ichida 20 000 xodimga tegishli hujjatlarni tahlil qilgan, va samaradorlik 70% ga oshgan. Shu tariqa,
STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 33 Luminance platformasi yuridik firmalarda hujjatlarni ko‘rib chiqish va tahlil qilish jarayonida 33–70% gacha vaqt tejashga imkon beradi. Shuningdek, ko’plab platformalar tahlil qilindi. Misol uchun, Harvard Law School, Stanford Legal Tech Program va American Bar Association kabi platformalar. Aynan, Harvad law school tomonidan “Huquqiy tashkilotlarda innovatsiyalarni amalda joriy etish” nomli kollokviumda tashkil etilgan va mavzuga doir bir nechta ijobiy masalalar o’rganildi vi . Undan tashqari, O’zbekiston qonunchiligi bo’yicha ham Legal Techni joriy etish bilan bog’liq qonunlar va me’yoriy hujjatlar o’rganildi. Bularga, Fuqarolik va tijorat huquqi, “Shaxsga doir ma’lumotlar to’g’risidagi’’ qonun (O’RQ547-son 02.07.2019) vii , “Elektron hukumat to’g’risidagi” qonun (O’RQ-395-son 09.12.2015) viii shuningdek, boshqa huquq sohasida texnologiyalarni rivojlantirishga oid boshqa milliy qonunchilik hujjatlari tahlil qilindi. Aynan ushbu sohaga oid bir qancha tadqiqotlar olib borildi. Tadqiqotlar davomida yuridik firmalardagi amaliyotlar solishtirildi. Eng muhimlaridan biri - White & Case va LawGeex: Kontraktlarni avtomatik tahlil qilish. White & Case — dunyodagi yetakchi xalqaro yuridik firmalardan biri boʻlib, 44 ta ofisi va 2,000 dan ortiq yuridik xodimlari bilan xizmat koʻrsatadi. 2020-yilda firma, LawGeex kompaniyasining AI asosidagi kontraktlarni avtomatik tahlil qilish platformasini oʻz faoliyatiga joriy etdi ix . Ikkinchisi, LawGeex platformasi, yuridik hujjatlarni koʻrib chiqish jarayonini avtomatlashtirishga moʻljallangan boʻlib, shartnomalarni oldindan koʻrib chiqish, redlayn qilish va muzokaralar jarayonlarini tezlashtirishga yordam beradi. Bu tizim, mijozlarning oldindan tasdiqlangan yuridik siyosatlari va koʻrsatmalariga muvofiq boʻlmagan bandlarni belgilaydi va yetishmayotgan bandlarni qoʻshadi, natijada koʻrib chiqish jarayonini tezlashtiradi x . Bundan tashqari, so’rovnomalar ham aynan yuridik firmalarda Legal Techni joriy etilishi bilan bog’liq o’zgarishlarni ko’rsatadi. Buni isboti sifatida, amalda o’tkazilgan so’rovnomada xodimlar va menejerlarning Legal Techga nisbatan qabul qilish darajasi, o’zgarishlarga munosabat va texnologiyadan foydalanish darajasini aniqlash bilan
STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 34 bog’liq munosabat ko’rsatilib o’tildi. Undan tashqari, EY Agentik AI bo’yicha so’rovnoma o’tkazadi xi . Unda xodimlarning 84% AI texnologiyalarini o’z ish faoliyatida qo’llashga tayyor ekanliklarini bildirgan. Bu, xodimlarning texnologiyaga ochiqligini va uni o’z ish jarayonlariga integratsiya qilishga tayyor ekanliklarini ko’rsatadi. Shunday qilib, ushbu usullar orqali o’tkazilgan har qanday tadqiqot, so’rovnomalar aynan yuridik firmalarda Legal Techni joriy etish bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishlarni va boshqaruvdagi afzalliklarni yaqqol ko’rsatib o’tgan. III. NATIJALAR Ushbu maqolaning natijalar bo’limiga olingan tadqiqot natijalari bo’yicha axborot berib o’tilsa, yuridik firmalarda Legal Tech texnologiyalarini boshqaruv jarayonlariga joriy etish yuridik xizmatlar sifatini oshirish, raqobatbardoshlilikni kuchaytirish va ichki boshqaruv mexanizmlarini samarali yo’lga qo‘yish imkonini berishi aniqlangan. Legal Tech tizimlari — jumladan, hujjatlarni avtomatik tahlil qiluvchi dasturlar, raqamli ish yuritish modullari va mijozlar bilan onlayn muloqot platformalari — yuridik firmalarda ish hajmini ancha yengillashtirdi. Natijada, huquqshunoslarning ma’muriy yuklamasi kamayib, ular murakkab huquqiy masalalarni hal etishga ko’proq e’tibor qaratish imkoniga ega bo’lishdi. Masalan, 2024-yilda Thomson Reuters Institute tomonidan o’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra, Legal Tech joriy etilgan firmalarda ish jarayonlarining umumiy samaradorligi 30 foizgacha oshgani kuzatilgan xii . Endi asosiy yo’nalishlarga e’tibor qaratilsa, ya’ni yuridik firmalarda Legal Techni joriy etilishi quyidagi jihatlari bilan bog’liq: 1. Ma’lumotlar xavfsizligi va maxfiylik darajasining yuqoriligi. Yuridik faoliyatda mijoz ma’lumotlari eng muhim qadriyat hisoblanadi. Shu bois raqamli texnologiyalarni joriy etish jarayonida shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish birinchi o‘rinda turadi. Bulutli texnologiyalar, raqamli imzolar va xavfsizlik algoritmlaridan foydalanish O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonuni (O’RQ547-son 02.07.2019) talablariga to‘liq
STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 35 mos keladi xiii . Bundan tashqari, xalqaro tajribada EU GDPR 2018, Data Protection Act 2018 xiv ko’ra shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishda Legal Tech tizimlarining maxfiylik siyosatini muntazam yangilab borish orqali huquqiy xavflarni kamaytirish samarali natijalar bergan. 2. Moliyaviy tejamkorlik va resurslarni optimallashtirish. Legal Tech yechimlarini joriy etgan yuridik firmalarda huquqiy maslahatchilar, kotiblar va yordamchi xodimlarga bo’lgan talab kamayib, operatsion xarajatlar 20–25 foizgacha qisqargan. Bu natijani Thomson Reuters (2024) xv hamda PwC Legal Industry Report (2023) tahlillari tasdiqlaydi. Bundan tashqari, O‘zbekiston sharoitida ham yirik firmalar masalan, Lex Agency va Legalmax tomonidan ayrim raqamli boshqaruv modullarini joriy etish tajribalari kuzatilgan — bu esa milliy huquqiy xizmatlar bozorida texnologik transformatsiyaning asta-sekin shakllanayotganidan dalolat beradi. 3. Tashkiliy o‘zgarishlarni boshqarish samaradorligi. Tadqiqot davomida ko’plab so‘rovnoma asosida aniqlanishicha, Legal Tech tizimlarini joriy etish xodimlarning texnologiyaga bo‘lgan ishonchini oshiradi, bu esa o‘zgarishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning muhim omilidir. McKinsey & Co. (2021) tomonidan o‘tkazilgan global tahlilga ko‘ra, texnologik o‘zgarishlarni amalga oshirgan tashkilotlarning 67 foizi xodimlarning raqamli moslashuvi yetarli bo‘lmagani sababli kutilgan natijaga to‘liq erisha olmagan xvi . Shunday ekan, yuridik firmalarda o‘zgarishlarni boshqarish uchun xodimlarni raqamli ko‘nikmalarga o‘rgatish, bosqichma-bosqich o‘zgarish siyosatini yo‘lga qo‘yish zarur. Shu asosda aytish mumkinki, yuridik firmalarda Legal Techni joriy etish nafaqat texnologik yangilik, balki boshqaruv strategiyasining ajralmas elementi sifatida ko’rilishi lozim. Natijalar, shuningdek, firmalarda raqamli o’zgarishlar madaniyatini shakllantirish, texnologiyani inson omiliga moslashtirish va huquqiy xizmatlar sifatini xalqaro standartlarga mos darajaga olib chiqish uchun mustahkam asos yaratadi. Xalqaro olimlardan jumladan, Richard Suskind ta’kidlaganidek: Yuridik kasbning kelajagi texnologiyalar bilan uyg’unlashgan
STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 42 va tezkorligini ta’minlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Artificial Lawyer. (2020, January 28). White & Case whitelabels LawGeex for client contract review needs. 2. Clifford Chance rasmiy press-relizi va Financial Times Innovative Lawyers Report 2018. 3. Google Scholar. 4. Harvard Law School. (2022). Legal Tech and law firm transformation. 5. Rostain, T. (2019). Robots versus lawyers: A user-centered approach. Georgetown Journal of Legal Ethics, 32, 559–574. 6. Surden, H. (2019). Artificial intelligence and law: An overview. Georgia State University Law Review, 35(4), 1305–1337. 7. Thomson Reuters. (n.d.). Five change management best practices. 8. Thomson Reuters Institute. (2024). The 2024 State of the Legal Market Report. 9. Thomson Reuters. State of the Legal Market 2020. 10. O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risidagi” Qonuni (O‘RQ-395-son, 09.12.2015). 11. O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-547-son, 02.07.2019). 12. “Raqamli Oʻzbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Farmon 13. The Law Society Gazette (2021), “Mishcon de Reya fined for client data breach” article 14. EU GDPR 2018, Data Protection Act 2018 i https://scispace.com/pdf/online-courts-and-the-future-of-justice-susskind-r-e-3c7rrhu5xm.pdf ii https://www.mckinsey.com/~/media/mckinsey/featured%20insights/mckinsey%20global%20surveys/mckinseyglobal-surveys-2021-a-year-in-review.pdf iii https://www.litera.com/products/kira iv https://www.spellbook.legal/
STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 43 v https://www.luminance.com/ vi https://hls.harvard.edu/today/operationalizing-innovation-legal-organizations/ vii Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni — https://lex.uz/docs/-4396419 viii Elektron hukumat to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni — https://lex.uz/docs/-2833860 ix https://www.whitecase.com/ x LawGeex Blog. How AI streamlines contract review. https://blog.lawgeex.com/ xi Ernst & Young LLP. (2025, October). New EY survey reveals majority of workers are enthusiastic about Agentic AI. https://www.ey.com/en_us/newsroom/2025/10/new-ey-survey-reveals-majority-of-workers-are-enthusiasticabout-agentic-ai-but-leadership-gaps-in-communication-and-lack-of-training-threaten-impactb xii https://www.thomsonreuters.com/en/institute xiii Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni — https://lex.uz/docs/-4396419 xiv https://gdpr-info.eu/ xv https://www.thomsonreuters.com/en/press-releases/2025/march/thomson-reuters-files-2024-annual-report xvi McKinsey & Company (2021). https://www.mckinsey.com xvii The Law Society Gazette (2021), “Mishcon de Reya fined for client data breach” https://www.lawgazette.co.uk/news/mishcon-de-reya-fined-for-client-data-breach/5111667.article xviii https://www.cliffordchance.com/innovation-hub/innovation/capabilities/legal-technology.html xix Gartner Research, Digital Transformation Statistics 2024, https://www.gartner.com/en/digital-transformation xx Deloitte Insights, Legal Industry Outlook 2023, https://www2.deloitte.com/insights xxi PwC Global, Law Firms and Data Analytics 2024, https://www.pwc.com/lawtech xxii https://donotpay.com/ xxiii http://lex.uz//ru/docs/-5030957 “Raqamli Oʻzbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida