MAXSUS PEDAGOGIKA SOHASIDAGI MUAMMO VA YECHIMLAR
Abstract
Ushbu tezis pedagogika sohasidagi tadqiqotlar, muammo va yechimlar haqida bo’lib, tezis davomida bolalar psixologiyasi va ularga ta’lim berish asosan ularni ta’limga qiziqtirish va didaktik o’yinlarning ahamiyati haqida so’z borgan.
Full text
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Meliqo’ziyeva Odinaxon Bahromjon qizi Qo’qon Universiteti Maxsus pedagogika yo’nalishi 2.24-guruh talabasi MAXSUS PEDAGOGIKA SOHASIDAGI MUAMMO VA YECHIMLAR Annotatsiya: Ushbu tezis pedagogika sohasidagi tadqiqotlar, muammo va yechimlar haqida bo’lib, tezis davomida bolalar psixologiyasi va ularga ta’lim berish asosan ularni ta’limga qiziqtirish va didaktik o’yinlarning ahamiyati haqida so’z borgan. Kalit so’zlar: pedagogika, ustoz, texnologiyalar, sun’iy intellekt, tadqiqotlar, resurslar, metodlar, didaktik o’yinlar. Yurtimizda pedagogika sohasi kundan kunga kengayib bormoqda. Vatandoshlarimizni ustoz bo’lishdek sharafli kasbga bo’lgan qiziqishlari ortib bormoqda. Yaxshi o’tiquvchi yonib turgan shamga o’xshaydi. Boshqalarni yo’lini yoritish uchun o’zini eritib yuboradi. Shu asnoda maxsus pedagoglarga yani deffektologlar juda sabrlidirlar. Chunki sog’lom bolalar bilan ishlashga qaraganda aynan maxsus bolalar bilan ishlash anchayin murakkab. Ulardan natija olish uchun uzoq vaqt va baquvvat yurak kerak. Deffektologlarni qisman haykaltaroshlarga ham o’xshatish mumkin. Haykaltaroshlar loy bilan ishlaydilar va ajoyib san’at asarlarini yaratadilar. Ular haykallarni mehr bilan ruhlantiradilar. Deffektologlar ham bolalar bilan ishlab ular bilan ijobiy natijalarga erishadilar. Ustozim aytgandilar: “Siz boshqalardan boshqacha bolalarni o’qitasizki, siz ham boshqalardan boshqacha bo’lishingiz kerak. Agar ular boshqacha bo’lmaganda edi sizni oldingizga kelmagan bo’lardi.” Ushbu pedagoglarning pedagogik mahoratining yuqori bo’lishi natijasida bolalarning ta’limga qiziqishi oshib qoradi. Pedagogdan turli didaktik o’yinlar o’ynab ularni ta’limga qiziqtira olish talab qilinadi. Misol uchun ular bilan qum, qor va plastilin yordamida turli narsalar: uylar yasashni o’rgatish va birga shug’ullanishni misol qilib olsak bo’ladi. Asosan qurilish materiallari bilan bog’liq o’yinlarni o’ynashda quyidagi jihatlarni hisobga olish lozim: 1. Qurilish materiallarini butun guruh bolalarining bir paytda o’ynashlari uchun yetarli bo’lishi lozim. 2. Guruh xonasida qurilish materiallarini saqlaydigan, uni quradigan va bir necha kungacha saqlab qo’yishning iloji bo’lgan joy bo’lishi kerak. 3. Qurilish materiallari uchun har bir detalga alohida xonachalari bo’lgan g’ildirakli shkaf bo’lishi , uni bolalar istagan tarafga sudrab olib yurishlariga imkon yaratilishi kerak. 4. Qurilish materiallari saqlanadigan burchakda mayda o’yinchoqlar, o’yinchoqli odamlar, qushchalar, hayvonlar va transportlar bo’lishi mumkin. Muhimi ularni qiziqtira olish. 5. Bolalarning o’zlari o’yinchoq yasashlari uchun har doim kerakli material bo’lishi kerak. 6. Bolalarga qurilish usullarini o’rgatish lozim. 7. Qurilish materiallaridan yasalgan buyumlarni bir necha kun yoki undanda ko’proq muddat saqlash kerak. Qurilish materiallari bilan o’tkaziladigan o’yinlarning maktabgacha ta’lim amaliyotida eng keng tarqalgan turlariga qum bilan o’ynash, suv bilan o’ynash va qor o’yinlarini kiritish mumkin. Qum bolalarning yozda o’ynashlari uchun yaxshi material hisoblanadi. Suv bilan o’ynaydigan o’yinlarni ham kichik yoshdan boshlab shug’ullantirish mumkin. Masalan, suvda qo’g’irchoqni
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL cho’miltirish, o’yinchoqlar bilan o’ynash va katta yoshdagi bolalar suvda cho’milishlari ham mumkin. Qor bilan o’ynaydigan o’yinlar bolalarda quvnoq kayfiyat uyg’otadi. Ular qordan kattalar yordamida turli shakllar, qorbobo va qorqiz yasaydilar. Didaktik o’yinlar ta’limiy o’yin sifatida bolalarning yosh xususiyatlariga to’g’ri keladigan o’yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o’yinlar yordamida bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Bu o’yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim jarayoni, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy faoliyati takomillashadi. O’yin qoidasiga rioya qilish, amal qilish o’yin mazmunini boyitadi. Didaktik o’yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan foidalanish va bolaning kun tartibidan didaktik o’yin uchun vaqt va joy ajratish kerak. Didaktik o’yinlarda quyidagi qoidalarga amal qilinadi: 1. Navbatma-navbat ta’sir etish. 2. So’ralganda javob berish. 3. O’rtoqlarini fikrini eshita olish. 4. O’yin jarayonida boshqalarga xalaqit bermaslik. 5. O’yin qoidasini bajarish. 6. O’z hatosini tan olish. Bu sohaning metodlariga keladigan bo’lsak ular juda ko’p va dars jarayonida keng qo’llaniladi.Ulardan baliq skeleti metodi, nilufar guli metodi, T metodi va boshqalar bor. Aynan maxsus pedagogika sohasida bolalar uchun keng shart-sharoitlar yaratilmoqda ulardan: 1. Ta’lim muassasalari: Ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalar uchun maxsus maktablar va sinflar tashkil etilishi va eng asosiysi bu dargohda o’zlariga mos dars berilishi.Masalan: Ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalarga shaklli o’yinchoqlar yordamida ta’lim beriladi. Harakat tayanch tizimida nuqsoni bor bolalar uchun maxsus tibbiy vositalar orqali reabilitatsiya jarayonlari tashkil etildi. 2. Texnologik yordamlar: O’qishni, o’rganishni osonlashtirish uchun Braille alifbosi va uni turli tillarga tarjimasi, magnitofonlar, ko’rish uchun maxsus ilovalar texnologik yordam tariqasida qo’llanildi. Borliqni smartfon orqali anglash ularga Taptapsee ilovasi,By me eyes ilovasi, Sound vision ilovalari kashf qilindi. 3. Jamoat transporti: Maxsus ko’rsatmalar, zinalar va qulay kirish imkoniyatlari va yana jamoat transporti muammolari ham hal qilinmoqda. Yana maxsus o’rindiqlar, transport bekatlarda ovozli tizim, qo’llab quvvatlash xodimlari, ba’zi joylarda yordan berish uchun hodimlar mavjud, ba’zi transportlarda Braille tizimi bilan belgilangan ma’lumotlar mavjuddir. 4. Ijtimoiy integratsiya:Nuqsonli bolalarni jamiyatda faol ishtiroki uchun, ijtimoiy faoliyatlar va tadbirlar tashkil etilishi. Ular uchun ta’limdagi keng imkoniyatlar, fikrlash va ijodkorlik yani san’at sport va boshqa sohalarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, bolalarni ijodiy salohiyatini kengaytirish. 5. Psixologik yordam:Maxsus psixologlar va mutaxassislar yordamida bolalarni o’z o’zini baholashini yaxshilashga qaratilgan dasturlar ishlab chiqilmoqda. O’ylashimcha biz asosan maqsadni aniq qo’yishimiz kerak. Amerikalik olim Jon Kho “Har qanday faoliyatda aniq maqsad 70% ijobatdir” deb aytadi. Pedagogika sohasiga raqamli texnologiyalarni kiritish darslarni qiziqarli va faol o’tishini ta’minlaydi. Raqamli texnologiyalar o’quvchilarni hohlagan yerlarida ta’lim olishlarini ta’minlaydi, bu ham bir vaqt muammosini yechimi. Pedagogika sohasidagi yana bir muammo sun’iy intellekt inson o’rnini bosa oladimi? Texnologiyalar hech qanday o’qituvchini o’rnini bosa olmasligi haqida juda ko’p baxs munozaralas bo’lib o’tdi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Bundan tashqari dars jarayonida virtual labaratoriyalar, ta’lim o’yinlari va shunga o’xshash interfaol resurslardan foidalanish bo’yicha pedagoglarni yani bo’lajak o’qituvchilarni ko’nikmalari ularni o’rganish haqidagi taklif va tavsiyalar berib o’tilmoqda.O’ylashimcha bolalar bilan ishlash jarayonida ularni kattalar olamiga olib o’tib emas, balki o’zimiz ularning beg’ubor olamiga o’tib ular bilan o’z tillarida suhbatlashish lozim.Bolalik o’zgacha olam. Ularning o’z mitti olamchalari bor. Agar ikki inson o’rtasida mehr ko’prigi bo’lmasa muomala ham bo’lmaydi. Biz bolalar bilan muomalamizni mehr ko’prigi orqali baquvvatlashtirishimiz lozim. Yani o’qituvchi bolaga mehr berishi va bola o’zini yaxshi ko’rilganligini his qilishi lozim. Shunda bolaning bilim olishga qiziqishi hamda o’rganishi oson kechadi. Ota-ona uchun farzand bu alohida olingan baxt, hattoki otalik to’liq bo’lmagan taqdirda ham. Ustoz o’quvchining ota-onasi oilaviy muhit va sharoiti bilan yaxshilab tanishib, haftaning bir kunida ota-onalarga farzandlari haqida ma’lumot berib turishlari ajoyib bo’lardi. Bu dunyo buyuk o’quvxonadir. Bir farzandning qanday kamol topishi esa albatta ustozlarga bog’liq. Bolalarni ruhiyatini tabiatini tushunish eng muhimi deb o’ylayman. Ba’zida bolalar bilan alohida suhbatlashish, qo’llaridan ushlash, ko’zlariga qarash va ba’zida yelkalariga urib qo’yish ishonch hissini beradi. Yuzlab shogirdlar tarbiyalab voyaga yetkazgan pedagog Ibn Sino “Shayx ur-rais”da har bir pedagog amal qilishi kerak bo’lgan o’ziga hos tavsiyalarni berib ketgan: “Bola bilan muloqotda bosiq va jiddiy bo’lish, uni o’zlashtirishini kuzatish, dars berayotganda asosiy bilimlar va ikkinchi darajalilarini ajratib olish, har turli uslubda dars berish, ularni qobiliyatlarini bilish, ularni hotirasi va shaxsiy sifatlariga tayanish, o’qituvchi topshiriqlarni o’quvchilarni aqliy qobiliyatlarini hissobga olgan holda berishlari kerak.Abu Rayxon beruniyni so’zlariga nazar solsak u aytadiki: Ta’limda ko’rsatmalilik muhim. Chunki u ta’limni ishonchli, aniq va qiziqarli qiladi. Kishining kuzatishi va tafakkurini rivojlantiradi. Xulosa: Imom Buhoriy aytganidek: Ilmdan boshqa najot yo’q, bo’lmaydi ham. Shu yozganlarimdan kelib chiqib aytmoqchimanki jamiyatda har bir shaxs o’z vazifasini maromiga yetkazib bajarsa muammolar ancha kamayadi deb o’ylayman. Pedagogika sohasidagi eng nozik nuqta bu bolalarni seva olishdir. Agar siz pedagog bo’lsangizu bolalarni seva olmasangiz siz to’la qonli bu kasbni egallay olmabsiz. Inson tabiatida o’zi qiziqqan narsani bajarish shunga intilish hususiyatlari bor. Shuningdek bir pedagog sifatida bolalarni ta’limga qiziqtirish ularni kelajakda maqsadli inson bo’lib yetishishlariga juda katta hissa qo’shadi. Har qanday sohada bo’lishidan qat’iy nazar ilm bepoyon sarhad bilmas, o’rganganimiz sari bilganlarimiz qum zarrasichalik emasligini tushunamiz. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Azizxo‘jayeva N.N. O‘qituvchi tayyorlashning pedagogik texnologiyasi. – T.: TDPU, 2000. – 52b. 2. Golish L.V., Fayzullayeva D.M. Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish. – T.: TDIU, 2010. – 149b. 3. Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari (Xalq ta’limi xodimlari uchun qo‘ll.). – T.: O‘qituvchi, 2004. – 101b. 4. Haydarova K. ROBOTOTEXNIKA: IT SOHASIDAGI AHAMIYATI VA O’RGANILISH DARAJASI //University Research Base. – 2024. – С. 1004-1006. 5. Haydarova K. THE ROLE OF WOMEN IN MODERN ARTIFICIAL INTELLIGENCE AND ROBOTICS //International Journal of Artificial Intelligence. – 2025. – Т. 1. – №. 3. – С. 716-721. 6. Melikozieva O., Haydarova K. METHODOLOGY FOR DEVELOPING COMMUNICATION SKILLS THROUGH SOCIAL STORIES WITH YOUNG
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL CHILDREN WITH AUTISM //Journal of Applied Science and Social Science. – 2025. – Т. 1. – №. 4. – С. 184-190. 7. Kamolaxon H., Abbosjon T., Nurmatov S. DEVELOPMENT OF A DEVICE PROJECT THAT DETERMINES THE AMOUNT OF ELEMENTS THAT ENSURE SOIL FERTILITY (POTASSIUM, CALCIUM, NITROGEN) //QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI. – 2025. – Т. 14. – С. 242-247. 8. Haydarova K., Melikozieva O. SMART MONITORING SYSTEM FOR DETERMINING THE AMOUNT OF MACROELEMENTS ENSURING HEALTHY PLANT GROWTH //International Journal of Artificial Intelligence. – 2025. – Т. 1. – №. 4. – С. 1464-1471. 9. Universiteti o’qituvchisi Q. FARZAND TARBIYASIDA “ITOATKOR BOLA” TARBIYANING YUTUG „IMI YOKI MUSTAQILLIKNING SO „NISHI. 10. Haydarova K. ROBOTOTEXNIKADA SENSORLAR VA AKTUATORLAR. MA’LUMOT CHIQARUVCHI DISPLAY TURLARI //QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI. – 2024. – Т. 13. – С. 366-371. 11. Haydarova K. TUPROQ NPK SENSORI VA ARDUINO: O'SIMLIKLARNI SOG ‘LOM O ‘STIRISH UCHUN AQLLI MONITORING TIZIMI //QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI. – 2024. – Т. 13. – С. 390-392.