KIMYO O`QITISH JARAYONIDA EKSPERIMENTLARNING AHAMIYATI
Abstract
Ushbu maqolada kimyo fanini o‘qitishda eksperimentlarning ahamiyati, ularning o‘quvchilarda nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash, kuzatish, tahlil qilish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqotda kimyo o‘qitish jarayonida eksperimental faoliyatni tashkil etishning zamonaviy shakllari, xususan, virtual va raqamli laboratoriyalar imkoniyatlari ham tahlil qilingan. O‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, eksperimentlardan tizimli foydalanish o‘quvchilarning motivatsiyasini oshiradi, ilmiy fikrlashni rivojlantiradi hamda kimyoviy tafakkurni shakllantirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Full text
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 158 KIMYO O`QITISH JARAYONIDA EKSPERIMENTLARNING AHAMIYATI Xoldorov Maqsud Qahramon o‘g‘li [email protected] Ilmiy rahbar: Tog`ayeva Maftuna Akromovna [email protected] Tashkilot: Samarqand tumani 34 – maktab kimyo o‘qituvchisi Samarqand davlat pedagogika instituti kimyo kafedra asistent o`qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada kimyo fanini o‘qitishda eksperimentlarning ahamiyati, ularning o‘quvchilarda nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash, kuzatish, tahlil qilish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqotda kimyo o‘qitish jarayonida eksperimental faoliyatni tashkil etishning zamonaviy shakllari, xususan, virtual va raqamli laboratoriyalar imkoniyatlari ham tahlil qilingan. O‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, eksperimentlardan tizimli foydalanish o‘quvchilarning motivatsiyasini oshiradi, ilmiy fikrlashni rivojlantiradi hamda kimyoviy tafakkurni shakllantirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: kimyo ta’limi, eksperiment, amaliy mashg‘ulot, motivatsiya, funksional savodxonlik, virtual laboratoriya, tajriba, kimyoviy tafakkur. Аннотация: В данной статье научно обоснована важность экспериментов в преподавании химии, их роль в связывании теоретических знаний с практикой, а также в формировании у учащихся навыков наблюдения, анализа и вывода. В исследовании проанализированы современные формы организации экспериментальной деятельности на уроках химии, в частности возможности виртуальных и цифровых лабораторий. Проведённые эксперименты показывают, что систематическое использование экспериментов повышает мотивацию учащихся, развивает научное мышление и служит важным средством формирования химического мышления. Ключевые слова: химическое образование, эксперимент, практическое занятие, мотивация, функциональная грамотность, виртуальная лаборатория, опыт, химическое мышление. Abstract. This article substantiates the importance of experiments in chemistry education and their role in linking theoretical knowledge with practice, as well as in developing students’ skills of observation, analysis, and drawing conclusions. The study examines contemporary formats for organizing experimental activities in chemistry classes, with particular attention to the potential of virtual and digital laboratories. The conducted experiments indicate that systematic use of experimentation increases students’ motivation, fosters scientific reasoning, and serves as a key means for developing chemical thinking. Keywords: chemistry education, experiment, practical work, motivation, functional literacy, virtual laboratory, laboratory experiment, chemical thinking. Kirish Kimyo fanini o‘qitishda eksperimentlar o‘quv jarayonining eng muhim tarkibiy qismidir. Kimyo — tajriba orqali isbotlanadigan fan, shuning uchun ham o‘quvchilarni kimyoviy hodisalarni bevosita kuzatish va tahlil qilishga jalb etish o‘quv jarayonini jonlantiradi. Zamonaviy pedagogik konsepsiyalarda o‘quvchining faol ishtirokini ta’minlash,
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 159 o‘rganilayotgan bilimlarni amaliy faoliyatga tadbiq etish o‘qitish samaradorligini oshiruvchi asosiy omil sifatida ko‘riladi. O‘zbekiston Respublikasida ta’limni modernizatsiya qilish jarayonlari, xususan, “Kimyo ta’limini rivojlantirish konsepsiyasi”da (2023) ham kimyo fanini o‘qitishda tajribaviy faoliyatni kuchaytirish, virtual va raqamli laboratoriyalarni joriy etish muhim yo‘nalish sifatida belgilangan. Tadqiqot muammosi. So‘nggi yillarda kimyo fanini o‘qitishda amaliy tajriba mashg‘ulotlariga ajratiladigan vaqt qisqarib bormoqda. Natijada o‘quvchilar ko‘proq nazariy bilimlar bilan chegaralanib qolishmoqda. Shuningdek, ko‘plab umumta’lim maktablarida laboratoriya jihozlarining yetishmasligi, xavfsizlik sharoitlarining to‘liq ta’minlanmaganligi yoki o‘qituvchilarning eksperiment o‘tkazish bo‘yicha metodik tayyorgarligining yetarli emasligi muammo sifatida saqlanib qolmoqda.[1,2,3] Tadqiqot maqsadi. Mazkur tadqiqotning maqsadi — kimyo o‘qitish jarayonida eksperimentlarning o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyatini aniqlash, shuningdek, zamonaviy sharoitda tajribaviy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqishdir. Adabiyotlar sharhi. Pedagogik va metodik adabiyotlarda eksperimentlarning ta’limdagi roli haqida ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan. Masalan, J.D. Novak (2014) tajriba orqali o‘qitishning kognitiv faoliyatni faollashtirishi, o‘quvchilarda “sabab–natija” aloqalarini aniqlash ko‘nikmasini rivojlantirishini ta’kidlaydi. O‘zimizning kimyo fani falsafa doktorlarimiz E.S. Xusanov (2022) kimyo ta’limida tajribaviy yondashuvni STEAM modeli bilan integratsiya qilish samaradorligini ko‘rsatgan. Shuningdek, Hodjayeva va boshqalar (2023) kimyoviy eksperimentlarning funksional savodxonlikni shakllantirishdagi o‘rni haqida empirik ma’lumotlar keltiradi. Xorijiy manbalarda (OECD, 2023; NSTA, 2022) esa kimyo o‘qitishda laboratoriya ishlari o‘quvchilarda ilmiy tadqiqot metodologiyasini o‘zlashtirish, hipoteza ilgari surish, tajriba natijasini tahlil qilish va dalillarga asoslangan xulosa chiqarish kompetensiyalarini rivojlantiruvchi vosita sifatida qaraladi. Materiallar va metodlar. Tadqiqot 2024–2025 o‘quv yillarida Samarqand davlat pedagogika institutining Kimyo ta’limi yo‘nalishi talabalarida hamda Samarqand shahridagi 3 ta umumta’lim maktabida o‘tkazildi. Tadqiqot quyidagi bosqichlarda amalga oshirildi: [4,5,6,7] Nazariy bosqich – eksperimentlarning ta’limdagi o‘rnini aniqlash, mavjud metodik tajribalarni tahlil qilish. Diagnostik bosqich – o‘quvchilarning dastlabki bilim va ko‘nikmalarini aniqlash uchun diagnostik testlar va so‘rovnomalar o‘tkazish. Eksperimental bosqich – kimyo darslarida turli shakldagi eksperimentlar (ko‘rsatma, mustaqil, masofaviy)ni tashkil etish va ularning ta’sirini o‘rganish. Tahliliy bosqich – olingan natijalarni tahlil qilish va umumlashtirish.[8,9] Metodik asoslar. Tadqiqotda quyidagi metodlardan foydalanildi: pedagogik kuzatuv; diagnostik testlar (bilim, ko‘nikma, motivatsiya darajasi); eksperimental o‘qitish; taqqoslash va korrelyatsion tahlil; anketa va intervyu metodlari. Eksperiment turlari. O‘quv jarayonida quyidagi eksperimentlar sinovdan o‘tkazildi: Ko‘rsatma tajribalari – o‘qituvchi tomonidan amalga oshirilgan, o‘quvchilar kuzatgan tajribalar (masalan, kislota va metall reaksiyasi). Amaliy tajribalar – o‘quvchilarning mustaqil bajaradigan laboratoriya ishlari. Virtual eksperimentlar – “Crocodile Chemistry 605” va “Chem-Lab Live” dasturlari asosida masofaviy modellashtirish.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 160 Integrativ eksperimentlar – STEAM yondashuv asosida biologiya, fizika va informatika bilan bog‘langan amaliy mashg‘ulotlar. 1. Amaliy eksperimentlarning didaktik maqsadi Amaliy eksperiment — bu o‘quvchilarning bevosita o‘z qo‘li bilan bajaradigan, o‘lchov, kuzatish va tahlilni o‘z ichiga olgan tajriba faoliyatidir. Uning maqsadi: nazariy bilimlarni real kimyoviy jarayonlarda sinab ko‘rish; moddalar xossalarini o‘z ko‘zi bilan kuzatish; ilmiy xulosalar chiqarish ko‘nikmasini shakllantirish; xavfsizlik madaniyatini o‘rgatishdir. O‘quvchilar uchun bu jarayon “kitobdagi bilimni laboratoriyada jonlantirish” demakdir.[10,11,12] Maktab sharoitida bajariladigan amaliy eksperimentlar (№1. Kislota va metall reaksiyasi) Ishning maqsadi: Metall va kislota o‘rtasidagi reaksiyada vodorod ajralishini kuzatish. Asbobuskunalar: Reaksiya naychasi, Rux plastinkasi, suyultirilgan xlorid kislotasi (HCl), gugurt, spirt lampa. Ishning borish tartibi: Reaksiya naychasiga 2–3 ml HCl eritmasi quyiladi. Ichiga Rux plastinkasi tashlanadi. Gaz chiqishini kuzatish (pufakchalar hosil bo‘ladi). Chiqqan gazni gugurt bilan tekshirish (pa-pa tovush — H₂). Tenglama: Zn + 2HCl → ZnCl₂ + H₂↑ Izoh: Bu tajriba o‘quvchilarda redoks-reaksiyalarni tushunish, gaz ajralishini kuzatish va modda almashinuvi g‘oyalarini mustahkamlaydi. №2. Temirning zanglashi (korroziya jarayoni) Ishning maqsad: Temirning kislorod va suv ta’sirida oksidlanish jarayonini ko‘rsatish. Asboblar: Temir mixlar, 3 ta probirka, suv, yog‘ qatlami, quruq CaCl₂, ko‘rsatkich eritmasi (fenolftalein, universal indikator). Ishning borish tartibi: Birinchi probirkaga suv solinadi — kislorod va suv bor. Ikkinchisiga suv ustiga yog‘ solinadi — kisloroddan ajratilgan. Uchinchi probirkaga CaCl₂ (quruq) solinadi — suv yo‘q. 2–3 kun kuzatishdan so‘ng faqat birinchi probirkadagi mix zanglaydi. Xulosa: Zanglash uchun ham kislorod, ham suv kerak. Tenglama: 4Fe + 3O₂ + 6H₂O → 4Fe(OH)₃ № 3. Ammiakning hosil bo‘lishi va xossalari Ishning maqsad: Ammiakning hosil bo‘lishi va eritmadagi xossalarini ko‘rsatish. Asboblar: Kolba, NaOH eritmasi, NH₄Cl tuzi, shlang, indikatorli suv. Ishning boorish tartibi: Kolbada NaOH va NH₄Cl aralashmasi qizdiriladi. Ajralgan gaz suv orqali o‘tkaziladi. Indikator rangi (qizildan ko‘kka) o‘zgaradi → ishqoriy muhit. Reaksiya: NH₄Cl + NaOH → NH₃↑ + NaCl + H₂O Izoh: Ammiak suvda erib, NH₄OH hosil qiladi. Asboblarning ishlash mexanizmi haqida qisqacha 1 – Jadval. Asbob nomi Ishlash prinsipi Qo‘llanish sohasi Suv hammomi Elektr isitgich yordamida suvni qizdirish orqali barqaror harorat hosil qiladi. Esterifikatsiya, bug‘lanish, diffuziya tajribalari Analitik tarozi Mexanik kuch va moment muvozanatiga asoslanadi; aniqlik 0,0001 g gacha. Modda massasi aniqlash pH metr Elektrod potentsiali farqiga asoslanadi Eritma muhitining kislotaliligini
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 161 (H⁺ ion konsentratsiyasini o‘lchaydi). aniqlash Konduktometr O‘tkazuvchanlikka asoslanadi, elektrodlardan o‘tuvchi tokni o‘lchaydi. Elektrolitlar kontsentratsiyasi Refraktometr Yorug‘lik sinish burchagini o‘lchab, konsentratsiyani aniqlaydi. Organik eritmalar va shakar eritmalari Rotary evaporator Past bosim ostida eritmani bug‘lantirib, erituvchini ajratadi. Organik sintez, tozalash Mufel pechi 1000°C gacha haroratda qizdirish; elektr qarshilik isitgichi bilan. Kukun moddalarning yo‘qotilmasini o‘lchash, oksidlanish sinovlari Xavfsizlik choralari: Ish boshlashdan oldin barcha asboblar yaxlitligini tekshirish. Himoya ko‘zoynak va qo‘lqopdan foydalanish. Kislota, ishqor va organik erituvchilar bilan ishlaganda tortma shkaf ostida ishlash. Yondiruvchi moddalar bilan tajriba o‘tkazishda ochiq olovdan uzoqda turish. Amaliy eksperimentlarning o‘quvchilar tafakkuriga ta’siri. Amaliy eksperimentlar o‘quvchilar tafakkurida: sabab–natija munosabatlarini shakllantiradi; mustaqil kuzatish, xulosa chiqarish, o‘lchov natijasini qayta ishlash kabi ilmiy ko‘nikmalarni rivojlantiradi; o‘quvchilarda kimyoga nisbatan qiziqish va “ilmiy ishonch”ni kuchaytiradi.[13,14,15] Tajriba orqali o‘quvchi nazariy bilimlarning hayotiy asosini anglaydi — bu esa funksional savodxonlikning asosi hisoblanadi.[16] Natijalar Dastlabki holat tahlili. Tadqiqot boshida 180 nafar o‘quvchidan iborat guruhda so‘rovnoma o‘tkazildi. Ularning 62 foizi kimyo darslarida eksperimentlarning kam o‘tkazilishini bildirgan, 48 foizi esa amaliy mashg‘ulotlarni o‘ta muhim deb baholagan. Bu natija o‘quvchilarning nazariy ma’lumotlarni amaliy faoliyat bilan bog‘lashga bo‘lgan ehtiyoji yuqori ekanini ko‘rsatadi. 2. Eksperiment joriy etilganidan keyingi natijalar Eksperimental darslar 12 hafta davomida olib borildi. Quyidagi natijalar qayd etildi: 2 – Jadval. Ko‘rsatkich Nazorat guruhi Eksperimental guruh O‘sish (%) Kimyoviy hodisalarni tushunish darajasi 58% 82% +24 Analitik tafakkur ko‘nikmasi 51% 79% +28 Tajriba rejalashtirish ko‘nikmasi 40% 75% +35 Darsga qiziqish (motivatsiya) 60% 88% +28 Statistik tahlil (ko`rsatkich = 0.81; p < 0.05) tajriba samaradorligini isbotladi. Demak, eksperimentlardan tizimli foydalanish o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini sezilarli oshiradi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 162 Ushbu diagrammada: unda eksperimentlar o‘tkazilgan (eksperimental) va oddiy darslarda (nazorat) qatnashgan o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari taqqoslangan. Grafikdan ko‘rinib turibdiki, eksperimental darslar natijasida barcha ko‘rsatkichlarda sezilarli o‘sish qayd etilgan. Virtual laboratoriyalarning ta’siri. Masofaviy laboratoriyalar yordamida (Crocodile Chemistry 605) o‘tkazilgan eksperimentlar ham yuqori natijalar berdi. O‘quvchilarning 87 foizi bunday darslar interaktivligi tufayli mavzuni chuqurroq o‘zlashtirganini aytdi. Raqamli modellashtirish tajribalar xavfsizligini ta’minladi va vaqtni tejadi. Ushbu diagramma — u eksperiment o‘tkazilgandan keyin o‘quvchilarning o‘zlashtirishdagi o‘sish ulushini foizlarda ko‘rsatadi. Eng katta o‘sish “Tajriba rejalashtirish” ko‘nikmasida (35%) kuzatilgan, bu esa o‘quvchilarning amaliy fikrlash va mustaqil ishlash qobiliyatlari sezilarli darajada oshganini bildiradi. Muhokama Eksperimentlarning ta’limiy ahamiyati. Eksperiment — bu o‘quvchini passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylantiruvchi asosiy vosita. Darsda o‘tkazilgan har bir tajriba o‘quvchida “men buni o‘zim ko‘rdim” degan kognitiv ishonchni shakllantiradi. Bu esa bilimni uzoq muddatli xotirada mustahkamlaydi. Shuningdek, eksperimentlar: analitik va tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi; muammoli vaziyatlarni hal etish ko‘nikmalarini shakllantiradi; o‘quvchini ilmiy-tadqiqot faoliyatiga yo‘naltiradi. Didaktik tamoyillar bilan bog‘liqlik. Eksperimentlar vizuallik, ongli faoliyat, izchillik, amaliy yo‘naltirilganlik kabi tamoyillarning amalda namoyon bo‘lishini ta’minlaydi. O‘quvchi hodisani nafaqat eshitadi, balki ko‘radi, o‘lchaydi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi. Shu jarayonlarda bilim faol egallangan bo‘ladi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 163 Raqamli texnologiyalar bilan integratsiya. So‘nggi yillarda virtual laboratoriyalar, simulyatsiya dasturlari va interaktiv brauzerlar kimyo ta’limida muhim o‘rin egallamoqda. Ular real tajribalarni xavfsiz muhitda modellashtirishga imkon beradi. “Chem-Lab Live”, “PhET”, “Crocodile Chemistry 605” kabi dasturlar laboratoriya jihozlari yetishmaydigan maktablarda samarali yechim hisoblanadi. Muammolar va takliflar Tahlillar shuni ko‘rsatdiki: Maktablarning 40% ida laboratoriya jihozlari eskirgan. 60% o‘qituvchilar metodik qo‘llanmalarga ehtiyoj sezadi. Moliyaviy resurslar yetishmasligi tajribaviy darslarni cheklamoqda. Takliflar: Kimyo o‘qituvchilari uchun “Eksperiment metodikasi” bo‘yicha onlayn kurslar tashkil etish. Virtual laboratoriya dasturlarini milliy o‘quv dasturlariga integratsiya qilish. Har bir maktabda mini-laboratoriya burchaklarini tashkil etish. O‘quvchilarni fan olimpiadalari va kichik tadqiqot loyihalariga jalb etish.[17] Xulosa Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, kimyo o‘qitish jarayonida eksperimentlar: nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘laydi; o‘quvchilarning ilmiy tafakkurini, mustaqil fikrlashini rivojlantiradi; o‘qitish jarayonini jonlantiradi va motivatsiyani oshiradi; funksional savodxonlikni shakllantiruvchi asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Eksperimentlardan tizimli foydalanish o‘qituvchining metodik mahoratini yuksaltiradi, o‘quvchilarda “tajribaviy fikrlash madaniyati”ni shakllantiradi. Shu sababli, kimyo ta’limining har bir bosqichida eksperimental faoliyat o‘qitishning ajralmas qismi sifatida qaralishi lozim. Foydalanilgan Adabiyotlar 1. Novak J.D. (2014). Learning, Creating, and Using Knowledge: Concept Maps as Facilitative Tools in Schools and Corporations. Lawrence Erlbaum Associates. 2. Хусанов Э.С. (2022). STEAM yondashuvi asosida kimyo ta’limini modernizatsiya qilish. Samarqand: O‘zbekiston–Finlyandiya pedagogika instituti nashriyoti. 3. Xaliqulov X., Eshonqulov Z., Rabbimova Y. Kimyo fani boyicha steam dasturiga asoslangan loyihalarni ishlab chiqish, qayta ishlangan plastmassadan 3d chop etish uchun xomashyo yaratish //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 2. – С. 562-574. 4. Xaliqulov X., Abdukarimova M., Tilyabov M. Kimyo darslarida ekologik muammolarni yoritish orqali ekologik madaniyatni shakllantirish //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 5. – С. 66-70. 5. Nortojiyeva S., Xaliqulov X., Tilyabov M. Kimyo fanidan zamonaviy va pedagogik to’garaklarni tashkil etish texnologiyasi //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 5. – С. 71-74. 6. Utashova S., Xoliqulov H., Tilyabov M. Conducting laboratory classes in chemistry on the basis of the steam education program //Medicine, pedagogy and technology: theory and practice. – 2024. – Т. 2. – №. 4. – С. 801-808. 7. Eshonqulov Z., Xoliqulov H. Halogen elements and their importance in living organisms //Medicine, pedagogy and technology: theory and practice. – 2024. – Т. 2. – №. 12. – С. 231240. 8. Narzullayev M. et al. Application of generalized methods in chemistry classes. organization of effective lessons based on kimbift //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 643-648. 9. Umurzoqov S. S. et al. Oltingugurtning biologik ahamiyati //Science and Education. – 2025. – Т. 6. – №. 2. – С. 94-101.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 164 10. Xayrullo o'g P. U. et al. The importance of improving chemistry education based on the STEAM approach //fan va ta'lim integratsiyasi (integration of science and education). – 2024. – Т. 2. – №. 1. – С. 56-62. 11. Xayrullo o'g P. U. et al. Using natural plant extracts as acid-base indicators and pKa value calculation method //fan va ta'lim integratsiyasi (integration of science and education). – 2024. – Т. 2. – №. 1. – С. 80-85. 12. Xoliyorova S., Tilyabov M., Pardayev U. Explaining the basic concepts of chemistry to 7th grade students in general schools based on steam //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 362-365. 13. Xayrullo o'g P. U. et al. Incorporating Real-World Applications into Chemistry Curriculum: Enhancing Relevance and Student Engagement //Fan va ta'lim integratsiyasi (integration of science and education). – 2024. – Т. 2. – №. 1. – С. 44-49. 14. Abdukarimova M. A. Q. et al. Tabiiy fanlar o ‘qitishda STEAM yondashuvi //Science and Education. – 2024. – Т. 5. – №. 11. – С. 237-244. 15. Tilyabov M., Pardayev U. kimyo darslarida o ‘quvchilarni loyihaviy faoliyatga jalb qilish usullari //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 5. – С. 42-44. 16. Pardayev U. et al. the chemical basis for the development of new agrochemical preparations based on acrylonitrile //International journal of medical sciences. – 2025. – Т. 1. – №. 5. – С. 250-257. 17. Tilyabov M., Xamidov G., Abdukarimova M. Zamonaviy kimyo ta’limida multimedia texnologiyalarining roli va talabalarning kognitiv ko ‘nikmalari //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 5. – С. 62-65.