scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QISHLOQ MADANIYATI TUSHUNCHASI VA HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN CHORA-TADBIRLAR

Ch.H.Temirova; Yu.A.Ashirova

Full text

413 QISHLOQ MADANIYATI TUSHUNCHASI VA HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN CHORA-TADBIRLAR Ch.H.Temirova t.f.d. Axborot texnologiyalari va menejment universiteti, Yu.A.Ashirova Iqtisodiyot va pedagogika universiteti NTM magistri DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17574391 Annotatsiya. Ushbu maqola "Qishloq madaniyati tushunchasi va hududlarni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar" mavzusini yoritadi. Maqolada/tadqiqotda qishloq madaniyatining o'ziga xos xususiyatlari, uning jamiyat hayotidagi o'rni va hududlarning barqaror taraqqiyotini ta'minlashdagi ahamiyati atroflicha tahlil qilinadi. Qishloq joylarining ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish, aholi turmush darajasini oshirish, infratuzilmani yaxshilash, shuningdek, milliy qadriyatlar va an'analarni asrab-avaylash hamda kelajak avlodlarga yetkazishga qaratilgan samarali choralar ko'rib chiqiladi. Mavzuning dolzarbligi, qishloq hududlarining salohiyatini to'liq ro'yobga chiqarish va madaniy merosni saqlagan holda ularning kompleks rivojlanishiga erishish yo'llari ilmiy asoslangan xulosalar bilan yoritiladi. Kalit so'zlar: Qishloq madaniyati, Hududlarni rivojlantirish, Barqaror taraqqiyot, Madaniy meros, Qishloq joylari, Ijtimoiy-iqtisodiy choralar, Qadriyatlar. Qishloqlarning madaniy taraqqiyoti ko‘p jihatdan jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotida shakllangan madaniy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analar, til, diniy e’tiqod, xalq og‘zaki ijodi, hunarmandchilik va boshqa madaniy shakllar yig‘indisi asosida shakllanadi. U asosan qishloq aholisining kundalik turmush tarzi, mehnat faoliyati va ma’naviy olami bilan bog‘liq bo‘lib, avloddan avlodga o‘tkaziladigan boy madaniy merosdir. Tarixdan ma’lumki, qishloq bu aholi yashaydigan manzilgoh bo‘lib, u odatda shaharlarga nisbatan kichikroq, aholining aksari qismi dehqonchilik, chorvachilik va qishloq xo‘jaligining boshqa turlari bilan shug‘ullanadigan joy hisoblanadi. Qishloq faqat aholisining mashg‘uloti bilan emas, balki ijtimoiy – iqtisodiy, madaniy, tabiiy - geografik va turmush tarzi bilan ham shahardan farq qiladi. Qishloq - O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy - hududiy tuzumidagi eng quyi bo‘g‘in, qishloqning ijtimoiy - iqtisodiy xususiyati aholini yerdan qay darajada foydalanishi, joyning tabbiy geografik shart - sharoitlari bilan bog‘liq. Shu bois qishloqlar tarixan katta - kichik bo‘lgan[1]. Turar joylar ham shunga qarab joylashib, tekis, sersuv va tuprog‘i serunum bo‘lgan. Qashqadaryo O‘zbekistonning eng qadimiy tarixga, o‘ziga xos madaniyatga ega, yer osti va yer usti boyliklari ko‘pligi bilan ajralib turadigan hududlardan biridir. Maydoni jihatidan Respublikada yirik viloyatlardan biri bo‘lib, viloyat Respublikaning janubi-sharqida, Qashqadaryo havzasida joylashgan, sharqidan Hisor va Zarafshon tizmalari o‘rab turadi[2]. Viloyatga bo‘ysunuvchi Qarshi shahri, 13 ta 414 tuman, tumanga bo‘ysunuvchi 11 ta shahar, 123 ta shahar tipidagi posyolkalar, mingdan ortiq qo‘rg‘oncha va qishloqlar mavjud. Qishloq aholisining katta qismi Dehqonobod, G‘uzor, Chiroqchi, Qamashi, Kitob, Yakkabog‘, Kasbi va Mirishkor tumanlarida istiqomat qiladi[3]. Qashqadaryo viloyatining iqlim va tabiati ham xilma-xil. Tog‘li hududga Shahrisabz, Kitob, Yakkabog‘, Qamashi tumanining bir qismi va Dehqonobod tumanlari kiradi. Cho‘l zonasiga Nishon, Mirishkor, Muborak, Koson, Qarshi tumanlarining katta qismi kiradi. Qarshi, Kasbi tumanlari, Koson tumanining bir qismi qadimdan dehqonchilik rivojlangan hududda joylashgan. Chiroqchi tumani asosan viloyatning shimoliy qismidagi tog‘oldi va dasht zonasiga joylashgan. Dasht zonasiga shuningdek, qo‘shni Qamashi tumanining katta hududi ham kiradi. G‘uzor tumani esa viloyatning janubiy qismidagi tog‘oldi va dasht zonasida joylashgan. Hozirda viloyatdagi qishloqlar qishloq kengashlari va mahallarga birlashtirildi. Tarixda mahallalarning bir qishloqqa birlashishi aholining dehqonchilikning muayyan turi bilan shug‘ullanishi, bir qabilaga mansubligi, bir ariqdan suv ichishi, xashar, to‘y va marakalarni birga o‘tkazishi va shu qabilarga bog‘liq bo‘lgan. Qishloq kishilarning ijtimoiy va tarixiy tarkib topgan birligidir. Ularning vujudga kelishi jamiyat taraqqiyoti va hududiy mehnat taqsimotidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Mamlakatimizning jamiyat hayotida amalga oshirilayotgan jadal o‘zgarishlari natijasida Qashqadaryo viloyatida 147 ta qishloq fuqarolar yig‘ini, 1015 ta qishloq aholi punktlari tashkil etildi[4]. Ular joylarda o‘zining an’anaviy vazifalari – maishiy turmushni, urf-odat va marosimlarni, oilalararo munosabatlarni tartibga solish, o‘z hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish kabi masalalar bilan bir qatorda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan shug‘ullanmoqda. Respublika qishloq aholisining o‘sish ko‘rsatkichi 1990 yilda jami aholi o‘rtacha yilda 1,75 foizga ko‘paydi[5]. 1993-1994 yillarda bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lib, 20022004 yillarda esa qishloq joylar demografik rivojlanishi birmuncha barqaror tus oldi. Eng so‘nggi yillarda respublika umumiy aholisining kupayish sur’atining pasayishi va qishloq aholisining shaharliklarga nisbatan tezroq o‘sish jarayoni yanada yaqqolroq namoyon bo‘ldi. Qishloq aholi soni 2011-yilning boshida 28,5 mln kishini tashkil etgan bo‘lsa[6], 2015 yilga kelib O‘zbekiston aholisining 50 foizga yaqini qishloq joylarda istiqomat qildi[7]. Qashqadaryo viloyatida bu ko‘rsatkichlar 1997, 1999 va 2003 yillar yuqori o‘rinda turdi[8]. Masalan, Qashqadaryo viloyati qishloq aholisining o‘sishi 1999 yil 1576,9 ming, 2003 yil 1722,2 ming bo‘ldi[9]. Tug‘ilishning nisbatan yuqoriligi va oilalarning ko‘pchiligi qishloq sharoitida yashab kelayotganligi bilan bog‘liq[10]. Masalan, G‘uzor tumanida 76 foiz, Dehqonobodda 81 foiz, Qamashida 76 foiz, Qarshi tumanida 63 foiz, Kasbida 62 foiz, Kitobda 63 foiz, Kosonda 48 foiz, Mirishkorda 63 foiz, Muborakda 21 foiz, Nishonda 39 foiz, Chiroqchida 76 foiz, 415 Shahrisabzda 48 foiz, Yakkabog‘ tumanida 68 foiz aholi qishloqlarda istiqomat qiladi[12]. Qishloqlar tashqi ko‘rinishi, qurilishi jihatidan asrlar davomida o‘zgardi va taraqqiy etib bordi. Davrlar mobaynida qishloqlar shakllanib, uch asosiy guruhga bo‘lindi: kichik qishloqlar (aholi soni 1000 kishigacha), o‘rta (1000–3000 kishi) va katta (3000 kishi va undan ortiq) qishloqlardir[13]. Qashqadaryo viloyati qishloqlari demografik rivojlanish jihatdan yuqori hududlardan biriga aylandi[14]. O‘z navbatida, qishloqlarda aholi sonining ko‘pligi xizmat ko‘rsatish va servis sohasini joylashtirishga ta’sir ko‘rsatadi. Qadimiy qishloqlar aholining mavsumiy manzilgohlaridan tashkil topgan. Qishloqlar dastlab kishilarning qish faslida istiqomat qiladigan joyi sifatida vujudga kelgan. Qashqadaryo vohasi ham azaldan dehqonchilik rivojlangan o‘choqlardan biri bo‘lgan. Qishloq aholisini moddiy farovonligini oshirish borasida viloyatda dehqonchilik va bog‘dorchilik to‘liq fermer xo‘jaliklari ixtiyoriga o‘tkazildi. Qishloqlarda bandlik muammosini hal etishda fermer xo‘jaliklarini yanada taraqqiy ettirishda asosiy e’tibor agrar sohada islohotlarni chuqurlashtirish, ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarida bozor tamoyillarini to‘la qaror toptirish asosida qishloq aholisi farovonligini keskin oshirishga qaratildi. Qishloq aholisini ish bilan ta’minlashning yana bir muhim yo‘nalishi shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida qoramol, qo‘y, echkilar boqish bilan shug‘ullanadigan kishilar sonini ko‘paytirishdan iborat. Mazkur masala bo‘yicha muayyan ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi”. Respublikada amalga oshirilgan bozor islohotlari davrida mamlakat agrar siyosati qishloq xo‘jaligida turli mulkchilik shakllarini vujudga keltirish, qishloqda mulkdorlar sinfini shakllantirish, dehqonlarning yerga va mulkka bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish, pirovard natijada ularning moddiy manfaatdorligini oshirish va shu asosda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishinng o‘sishiga qaratildi. Qashqadaryo viloyatining tabiiy sharoiti qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish imkonini berdi. Masalan, Mirishkor, Chiroqchi, Muborak, G‘uzor, Qamashi, Nishon tumanlari katta yer fondiga ega bo‘lib, ushbu tumanlar maydoni birgalikda jami maydonining 57 foizini, qishloq xo‘jaligiga yaroqli bo‘lgan yerlarning 60 foizini va yaylovlarning 70 foizini egalladi. Viloyatning tekislik zonasida joylashgan Kasbi, Koson, Qarshi tumanlari yer fondi tarkibida haydaladigan yerlar hissasi yuqori bo‘lib, xususan bunday yerlar Kasbi tumanida umumiy yer fondining 65 foizi, Kosonda 45 foiz, Qarshi tumanida 50 foizini egallaydi. Mazkur tumanlar dastlab Qarshi cho‘lini o‘zlashtirish natijasida tashkil etilgan bo‘lib, ular viloyatning asosiy paxta va don mahsulotlarini yetkazib beruvchi qishloq xo‘jaligi tumanlari hisoblandi. Ayniqsa, 2004 yilda Koson tumanida qishloq xo‘jaligidagi islohotlar chuqurlashib borgani sayin qishloqlar qiyofasi va odamlarning turmush darajasida ham o‘zgarishlar yuz bera boshladi. 416 Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligining yana bir muhim tarmog‘i kartoshka, poliz, sabzavotchilik hisoblanadi. Kartoshka yalpi hosili bo‘yicha Shahrisabz, Chiroqchi, Kitob, Yakkabog‘ tumanlari yetakchilik qilgan bo‘lsa, sabzavot ekinlari yalpi hosili bo‘yicha Qamashi tumanlari, poliz ekinlari yalpi hosili bo‘yicha esa G‘uzor, Koson, Yakkabog‘, Chiroqchi tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, Qarshi tuman mehnat bo‘limiga 1995 yilning 5 oyida 502 kishi ish so‘rab murojaat qilgan bo‘lsa, joriy yilni shu davrida 654 kishi murojaat qildi yoki bu ko‘rsatgich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 152 kishiga ko‘paydi. Qishloqlarda yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholini kasb-hunarga o‘rgatish, qishloq va mahallarda xalq xunarmandchiligi sexlarini ochishga e’tibor berildi. Qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlar bilan mustahkam aloqa bog‘lash, korxonalar va mahallalar hamkorligi dasturini tuzish, “Bandlik” jamg‘armasi mablag‘i hisobidan qo‘shimcha korxonalar ochish, qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan aholining ko‘plab qismini mahsulotni qayta ishlash, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarida ish bilan ta’minlash choralarini ko‘rish tuman mehnat bo‘limining asosiy vazifasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi joriy yil 29 iyulda “2019-2020 yillarda Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanini kompleks rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida” dasturi to‘g‘risida" qarorlar qabul qilindi. Ushbu hujjat asosida viloyatning mazkur ma’muriy hududni 2019-2020 yillarda kompleks rivojlantirish dasturlari tasdiqlanib, ko‘rsatilgan qisqa davrda amalga oshiriladigan loyihalar va ularning moliyalashtirish manbalari aniq belgilab berildi. Masalaning mohiyati shundaki, rivojlantirish chora-tadbirlari natijasi ana shu hududda sohalarni jonlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, xalq iste’moli mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini sezilarli oshirish negizida aholi turmush farovonligini yuksaltirishni nazarda tutadi. O‘zbekiston azaldan bag‘rikeng diyor bo‘lib kelgan. Bu borada davlat rahbari Sh. M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “O‘zbekiston millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik sohasida o‘z an’analariga doimo sodiq bo‘lib, bu yo‘ldan hech qachon og‘ishmasdan ilgari boradi. Mamlakatimizda turli millat va diniy konfessiyalar vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat, do‘stlik va ahillik muhitini mustahkamlashga birinchi darajali e’tibor qaratiladi. Bu – bizning eng katta boyligimiz va uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash barchamizning burchimizdir”. Qishloqlar azaldan xalqning qadimiy urf-odatlari, bayramlari va ma’naviy hayoti saqlanib qolgan hududlardan hisoblanadi. Milliy madaniy markazlar etnomadaniy ehtiyojlarni qondirishga, milliy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga hamda mamlakatda millatlararo totuvlikni mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda. Ular o‘z milliy madaniyatlarini rivojlantirish bilan birga, bir-birlari bilan yaqin hamkorlik qilib, O‘zbekistonda yashayotgan turli millat vakillari orasidagi o‘zaro hurmat va ishonchni mustahkamlashga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shmoqdalar. Respublikada 1992 yilda 10 ta milliy madaniy markaz faoliyat olib borgan bo‘lsa, 1995 yilda ularning 417 soni 72 taga, 2003 yilda 135 taga yetdi. Qashqadaryo viloyatida o‘zbeklar bilan yelkadosh bo‘lib boshqa ko‘plab millat va elat vakillari istiqomat qilib kelishadi. Viloyatda 5 ta rus, tatar-boshqird, koreys, arab va turkman milliy-ma’rifiy markazlari ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faol ishtirok etdilar. Xullas, qishloqlar o‘zining uzoq tarixiga ega, azaldan jamiyatimiz uchun o‘ziga xos ijtimoiy-ma’naviy uyushma, milliy mentalitetimiz va turmush tarzimizga xos an’analar, urf-odatlar shaklangan, xalqni g‘oyaviy jihatdan birlashtiradigan o‘ziga xos maskan sifatida yuzaga keldi. Demografik omil, ya’ni dunyodagi davlatlar orasida O‘zbekiston aholi soni muttasil o‘sib borayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. YA’ni demografik vaziyat, xususan aholi sonining muttasil o‘sishi, mamlakatda ayniqsa qishloq joylarida ko‘p bolali oilalar nufuzining yuqoriligi respublikada qishloq aholisini turmush madaniyatini ko‘tarishni taqoza etadi. Bu esa, shahar va qishloq o‘rtasidagi mavjud tafovutlarni yo‘qotishga, qishloq ahli turmushining ham moddiy, ham madaniy darajasini shahar aholisi turmushi bilan yaqinlashtirishga olib boradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir. – Toshkent, “O‘zbekiston” NMIU, 2015. – B. 185. 2. O‘zbek sovet ensiklopediyasi 14-jild. –Toshkent, 1980. – B. 108. 3. Toshmurodova S. Qashqadaryo viloyati toponimlariga umumiy tavsif. Multidisciplinary Scientific Journal. May, 2023, 145-б. 4. Qashqadaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ma’lumotlar bazasi. -Toshkent, O‘zbekiston, 2016, 17-b. 5. Qishloq joylar demografiyasi.-Toshkent, O‘zMU, 2005, 7-b. 6. Temirova Ch. O‘zbekiston qishloqlari rivojlanishining ijtimoiy-madaniy aspektlari: holati va muammolari (Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlari misolida. 1991-2008 yy.); -Toshkent, Musiqa 2015, 8-b. 7. Темирова Ч. Критерии социально-культурного развития сел Узбекистана. -Карши, Илмфан ва маънавият 2024, стр-13. 8. Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish. – Toshkent, 2009. – B. 11. 9. Temirova Ch. Qarshi tumanining mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti. -Toshkent, Musiqa nashriyoti, 2013, 23-b.