scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BUXORO SHAHRINI KO'KALAMZORLASHTIRISHDA KENG BARGLI MANZARALI DARAXTLARNING AHAMIYATI.

Toxirova, Nargiza

Abstract

Yashil daraxtzorlar shahar va qishloqlarning tarkibiy qismi hisoblanadi, shuningdek, ularning arxitekturasini ham belgilaydi. O‘zbekistonning aholi yashaydigan manzillarida ko‘p tarmoqli istirohat bog‘lari ko‘plab barpo etilgan, ularning strukturasi tashrif buyuruvchilarning miriqib dam olishlari va tinch hordiq chiqarishlariga mo‘ljallangan. Mahalliy demografik xususiyatlar aholining ishlab chiqarishdagi faoliyati, dam olish tartibi, issiq va quruq iqlim sharoitini e’tiborga olish zarurligini talab etadi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 07 2025 51 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us BUXORO SHAHRINI KO’KALAMZORLASHTIRISHDA KENG BARGLI MANZARALI DARAXTLARNING AHAMIYATI. Buxoro davlat Universiteti 2-bosqich magistri Toxirova Nargiza Gmail: [email protected] Tel: (94) 027-67-50 Anotatsiya: Yashil daraxtzorlar shahar va qishloqlarning tarkibiy qismi hisoblanadi, shuningdek, ularning arxitekturasini ham belgilaydi. O‘zbekistonning aholi yashaydigan manzillarida ko‘p tarmoqli istirohat bog‘lari ko‘plab barpo etilgan, ularning strukturasi tashrif buyuruvchilarning miriqib dam olishlari va tinch hordiq chiqarishlariga mo‘ljallangan. Mahalliy demografik xususiyatlar aholining ishlab chiqarishdagi faoliyati, dam olish tartibi, issiq va quruq iqlim sharoitini e’tiborga olish zarurligini talab etadi. Kalit so‘zlar: landshaft, daraxt, buta, ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish, Magnolia grandiflora, katalpa ,pavlovniya. Kirish: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13avgustdagi №223-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida landshaft dizaynini rivojlantirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga binoan shaharlarda koʻkalamzorlashtirish tizimini takomillashtirish va zamonaviy landshaft dizaynini joriy etish belgilab qoʻyilgan. O‘zbekistonning iqlim sharoitida shahar va aholi yashaydigan manzillarni ko‘kalamzorlashtirish obodonlashtirishning muhim shartlaridan biridir. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yangi texnologiyalarga asoslangan keng ko‘lamli qurilish ishlari olib borilishi barobarida ko‘kalamzorlashtirishmadaniyati ham shakllanmoqda. Amalda esa yashil manzaralar yaratish jarayonida hamisha ilmiy asoslangan tavsiyalarga amal qilinmayotganligi, daraxt va butalarning cheklangan assortimenti qo‘llanilayotganligi, ularni parvarishlash va sug‘orish ishlari talab darajasida emasligini ko‘rish mumkin. Oqibatda yashil daraxtzorlarning holatining qoniqarsizligi, ularning sanitar-gigiyenik xususiyatlari va ko‘rkamlik darajasi pasayib borayotganligi kuzatilmoqda. O‘zbekiston shaharlaridagi issiqlik sig‘imi juda yuqori bo‘l-gan (asfalt, temirbeton, g‘isht, marmar) qoplamalar yoz davrida mikroiqlim hosil bo‘lishida yetakchi o‘rin tutadi. Bu juda yuqori bo‘lgan quyosh radiatsiyasi miqdori bilan bog‘liq. Ma’lumki, yoz oylari peshin paytlarida havo harorati +35-40°С bo‘lgani holda, ochiq joydagi tuproq, qum, asfalt, beton, binolarning janubga qaragan va unga yondosh tomonlarida harorat +70-80°С gacha ko‘tariladi. Ma’lum bo‘lishicha, yakka o‘sgan INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 07 2025 52 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us daraxt soyasida radiatsion harorat +35°С gacha, daraxtzorlarda esa +40°С gacha pasayishi qayd qilingan. Havo harorati esa har ikkala joyda bir-biridan ancha kam farq qiladi, ya’ni yashil daraxtzorlar tagida ochiq joyga qaraganda havo harorati atigi +23,5°С ga past, yirik massivlarda esa bu farq +16°С gacha yetishi mumkin [1,2]. Daraxt barglari o‘ziga xos issiqlik rejimiga ega. Ular har qaysi turda turlicha miqdorda issiqlik nurlari va quyosh spektr-larini yutadi, qaytaradi yoki o‘tkazib yuboradi. Daraxtlarning issiqlikdan himoya qilish xususiyati shunga bog‘liq. Qalin va gorizontal tarmoqlangan shox-shabbali, baland bo‘yli, ostki qismidan shamol bemalol o‘tadigan, asfalt va bino devorini soya qilib turuvchi daraxt issiqlikdan yaxshi himoyalaydi. Yashil daraxtzorlar o‘zining sanitargigiyenik vazifasini to‘liq bajarishi uchun yetarli kattalikdagi massivlar tashkil qilinishi hamda o‘simlikning atrof-muhitga bo‘lgan tabiiy talab-laridan kelib chiqib yaratilishi zarur. Asosiy qism: Daraxtlarni joylashtirishda ularning ekologik va biologik xususiyatlari: Yorug‘lik, tuproq va namlikka talabi, makon va zamonda daraxtlarning bir-biriga o‘zaro ta’siri e’tiborga olinishi kerak. O‘simliklarning o‘zaro bir-biri bilan, ular bilan qurilish elementlari va dastgohlar orasidagi masofa tanlanganda, daraxtlarning o‘sish sur’ati e’tiborga olinadi. Daraxtlar o‘zaro juda zich bo‘lmasligi kerak, aks holda, ular bir-birini qisib qo‘yadi. Muhimi, bunday sharoitda ularning asosiy vazifasi – kislorod ajratib chiqarish xususiyati susayadi. Yorug‘lik yetarli bo‘lgandagina o‘simlikda fotosintez jarayoni jadal kechadi, zararli gazlarni yaxshi yutadi va ko‘p kislorod ajratib chiqaradi. Obodonlashtiruvchilar alohida daraxt va butalar bilan emas, ularning turli xil birikmalari bilan ish ko‘radi. Bu birikmalarni elementga aylantirish. Yirik bargli magnoliya (Magnolia grandiflora) Tabiiy areali AQShning janubi-sharqiy shtatlari – Shimoliy Karolinadan Florida va Texasgacha bo‘lgan hududni qamraydi. Nomi taniqli botanik Pyer Magnol sharafiga qo‘yilgan. Botqoq-lashgan yerlarda, Missisipi daryosi o‘zanlaridagi unumdor tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Doimyashil daraxt, bo‘yi 30 m gacha yetadi, shox-shabbasi keng piramida ko‘rinishida, barglari qalin joylashgan, tanasi kulrang yoki och-kulrang. Barglari cho‘zinchoq, teskari tuxumsimon, chetlari tekis, terisimon, silliy va yaltiroq, 12-25 sm uzunlikda. Gullari yakka, gultoji 6-12 dona, diametri 25 sm ga yetadi, oq-sut rangda, o‘tkir hidli. Mevasi qubbaga o‘xshash, tuxumsimon. Maydan oktabrgacha gul-laydi. Manzarali o‘simliklar orasida yirik gullari va yaltiroq barglari bilan eng ko‘rkami hisoblanadi. Issiqsevar, lekin kuchli issiqda barglari tushib ketadi. Sovuqqa bar-doshsiz, –15°С gacha chidaydi. Mahalliy urug‘lardan qulay sharoitda o‘stirilganda qisqa muddatli –23°С, eng sovuqqa bardoshli “Viktoriya” va “Edith bogue” navlari esa –25°С gacha chidashi mumkin. Tuproq unumdorligini va namligini xush ko‘radi. Yaqingacha uni faqat janubiy viloyatlarda INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 07 2025 53 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us o‘stirilar edi. Bugungi kunda Toshkent shahrida ham o‘stirilmoqda. Buxoroda issiqdan zararlanish hollari kuzatilmoqda. So’nggi yillarda shahar hududida introduksiya qilingan manzarali o’simliklar soni ortib bormoqda. Bular orasida ko’p uchraydigan keng bargli manzarali daraxt turlariga pavlovniya (Paulownia tomentosa) va katalpa (Catalpa bignonioides/catalpa speciosa) larni misol qilish mumkin . Katalpa (Catalpa bignonioides / Catalpa speciosa) - O‘rtacha tez o‘sadigan manzarali daraxt. 10–15 metr balandlikka yetadi. Issiq va quruq iqlimni yaxshi ko‘radi. Sho‘rlanishga chidamli, Buxoro sharoiti uchun mos keladigan daraxt turlaridan biri hisoblanadi. Daraxt bahor yoki kuz faslida ekiladi. Katalpa daraxtini dastlabki yillarda sug‘orish zarur, keyinchalik qurg‘oqchilikka moslashadi. Yirik barglari yozda keng soya beradi, shahar sharoitida salqinlik yaratadi. Gullari oq rangda, hidi yoqimli va estetik jihatdan juda chiroyli. Hovli, xiyobon va bog‘larni bezashda ko‘p ekiladi. Havodagi chang va zararli moddalarni yutib, ekologik muhitni yaxshilaydi. Buxoro shahrida katalpani asosan markaziy ko‘chalar, xiyobonlar, maktab va tashkilot hovlilari hamda ayrim yangi qurilgan yashil hududlarda uchratish mumkin. So‘nggi yillarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari doirasida katalpa ko‘chatlari keng ekilmoqda. Bu daraxt issiqqa chidamli bo‘lgani uchun Buxoro iqlimiga mos keladi, biroq u namlikni yoqtirgani sababli sug‘orish talab etiladi. Shu tufayli u ko‘proq suv bilan ta’minlangan joylarda, masalan, shahar markazidagi bog‘lar yoki suv o‘tadigan ariqlar yaqinida yaxshi o‘sadi. Catalpa bignonioides / Catalpa speciosa Pavlovniya ( Paulownia tomentosa ) - Juda tez o‘sadigan daraxt: bir yilda 3–5 metrga, 7–8 yilda 15–20 metr balandlikka yetishi mumkin. Iqlimga chidamli, qurg‘oqchilikka moslasha oladi. Issiq sharoitni yaxshi ko‘radi, ammo yosh nihollar qishda sovuqdan himoyalanishi kerak. Tuproqni tanlamaydi, hatto sho‘rlangan va INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 07 2025 54 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us qumloq yerlarda ham o‘sishi mumkin. Nihollar bahorda ekiladi. Dastlabki ikki yil davomida muntazam sug‘orish talab qilinadi. Daraxt yog‘ochi eng yengil, mustahkam va qimmatbaho hisoblanadi. Chiroyli yirik barglari havoni changdan tozalashda samarali. Bahorda katta binafsha gullar ochib, estetik jihatdan juda chiroyli ko‘rinadi. Tez o‘sishi sababli obodonlashtirishda va shamol to‘sig‘i sifatida juda foydali. Katalpa (Catalpa bignonioides / Catalpa speciosa) - O‘rtacha tez o‘sadigan manzarali daraxt. 10–15 metr balandlikka yetadi. Issiq va quruq iqlimni yaxshi ko‘radi. Sho‘rlanishga chidamli, Buxoro sharoiti uchun mos keladigan daraxt turlaridan biri hisoblanadi. Daraxt bahor yoki kuz faslida ekiladi. Katalpa daraxtini dastlabki yillarda sug‘orish zarur, keyinchalik qurg‘oqchilikka moslashadi. Yirik barglari yozda keng soya beradi, shahar sharoitida salqinlik yaratadi. Gullari oq rangda, hidi yoqimli va estetik jihatdan juda chiroyli. Hovli, xiyobon va bog‘larni bezashda ko‘p ekiladi. Havodagi chang va zararli moddalarni yutib, ekologik muhitni yaxshilaydi. Xulosa: Ikkala daraxt ham Buxoro sharoitida nafaqat ekologik muvozanatni saqlashda, balki shahar ko‘rkini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Pavlovniya tez o‘sishi bilan, katalpa esa keng barglari va go‘zal gullari bilan qadrlanadi. Buxoroda Pavlovniya va Katalpa daraxtlarini ko‘proq ekish nafaqat obodonlashtirish, balki turizmni rivojlantirish va aholi salomatligini yaxshilashda ham muhimdir. Tez o‘suvchi va iqlimga moslasha oladigan bu daraxtlar shahar yashil hududlarini kengaytirishda samarali hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Xudoyberdiyev O. Landshaft dizayni va manzarali o‘simliklar. Toshkent: Fan va texnologiya, 2018. 2. Jo‘rayev A., Karimov S. Botanika asoslari. Toshkent: O‘zbekiston, 2012. 3. Karimova Z.T. - “O’zbekiston dendroflorasi“ (Toshkent, 2012) 4. Shomurodov X.X. - “O’zbekoiston shaharlari ko’kalamzorlashtirishda manzarali daraxtlar va butalar” (Toshkent, 2018) 5. Agro.uz va O’zbekiston manzarali o’simliklar katalogi (2021) 6.