Full text
10 https://www.asr-conference.com IV SHO‘BA: Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik barqaror taraqqiyotni ta’minlash QISHLOQ XOʻJALIGIDA MEHNAT (MARDIKORLAR) BOZORIDAGI ISHTIROKCHILARNI MINIMALLASHTIRISHNING ISTIQBOLDAGI PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI Muallif: Murtazaev Akbarxon Olimovich 1 Affiliyatsiya: TDIU Samarqand filiali, mustaqil tadqiqotchi 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17579185 ANNOTATSIYA Mazkur ilmiy ishda qishloq xo‘jaligi mehnat bozorida mardikorlikka chiqish ko‘lamini kamaytirish va bandlik darajasini oshirishga qaratilgan prognoz tahlili amalga oshirilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi mehnat resurslari balansi asosida 2030 yilgacha bo‘lgan davr uchun dinamik o‘zgarishlar statistik usullar, xususan “Probit” va trend modellari yordamida tahlil qilingan. Natijalar Samarqand viloyatida iqtisodiy faol aholining ozgina oshishi, rasmiy sektor bandligining qisqarishi, biroq norasmiy sektor va tashqi mehnat migratsiyasi ortishini ko‘rsatdi. Ishsizlik darajasining 8,1 foizdan 6,8 foizgacha pasayishi kutilmoqda. Tadqiqotda STATA dasturi asosida prognoz ko‘rsatkichlari hisoblab chiqilgan va mehnat resurslarining samarali taqsimlanish yo‘nalishlari aniqlangan. Olingan natijalar qishloq hududlarida mehnat resurslaridan oqilona foydalanish hamda mardikorlikni kamaytirish siyosatini shakllantirishda amaliy ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: Islohatlar, mehnat resurslari, resurslar harakati, aholi bandligi, ishsizlar, ish oʻrinlari, demografik jarayon, real iqtisodiyot, raqamlashtirish, migrasiya, resurslar salohiyati, iqtisodiy salohiyat, mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish samaradorlik, tadqiqot konsepsiyasi, tadqiqot gipotezasi, mardikorlikka chiqish, mardikorlikka chiqmaslik, prognoz. KIRISH Mamlakatda amalga oshirilayotgan, barcha sohadagi, jumladan qishloq xoʻjaligidagi islohatlarning ham diqqat markazida mehnat resurslarining balansi va undan unumli foydalanish, bandlik darajasini koʻtarish muhim masala hisoblanadi. Real iqtisodiyotning barcha sohalarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish jarayoni bir tomondan, ishlab chiqarish jarayonining unumdorligining oshirishga xizmat qilsa, boshqa tomondan, mehnat resurslari ish oʻrinlarining ma'lum darajada qisqarishini keltirib chiqaradi. Bu yana aholi bandiligini qisqartirib, ishsizlar sonining tebranib turishiga olib keladi. Demak, bu jarayon nafaqat rivojlanishi orqada boʻlgan yoxud rivojlanib kelayotgan davlatlarda, balki rivojlangan davlatlarda ham roʻy berishi davrlar miqyosida boʻlib turadigan ob'ektiv hodisadir. Bu yerda, kelgusida mehnat resurslarining ish bilan band boʻlishi va ishsizlikning kamayishi asosiy masaladir. ASOSIY QISM Tezisda statistik usullardan keng foydalanildi. Jumladan dinamik qatorlar, jadvallar, grafik, sxema va formulalardan foydalanildi. Grafik usulda Oʻzbekiston Respublikasida mehnat resurslari dinamikasi va uning yillar davomidagi oʻzgarishi tahlil qilindi. Sxemada, dinamik qatorlarda Oʻzbekiston Respublikasida aholining “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR”
11 https://www.asr-conference.com IV SHO‘BA: Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik barqaror taraqqiyotni ta’minlash bandligi darajasi yoritildi. Shuningdek, keltirilgan formulalarda mehnat resursining qiymati va mehnat resurslarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash va hisoblashda foydalanilgan. Tezis mavzusidan kelib chiqib, olib borilgan ilmiy tadqiqot ishida ta'kidlanganidek, “Probit” modeli - bu ikkilik natija oʻzgaruvchilarini tahlil qilish uchun statistika va ekonometrikada keng qoʻllaniladigan regressiya modelining bir turi. Ikkilik natija degani, erkli oʻzgaruvchi faqat ikkita mumkin boʻlgan qiymatni qabul qilishi mumkin. Ushbu modeldan foydalangan holda, mardikorlikka chiqishni kamaytirishga ta'sir qiluvchi omillarni baholash mumkin boʻldi. Model natijalari tahlilidan oldin tanlangan erkli oʻzgaruvchilarni korrelyasion bogʻliqligini oʻrganish muhimdir. “Probit” modeli boʻyicha erkli oʻzgaruvchilarning oʻzaro korrelyasion bogʻliqlik natijalaridan foydalanishni maqsadga muvofiq deb hisoblab, tezisda Samarqand viloyatida mehnat resurslari balansining 2030 yilgacha boʻlgan prognozini hisoblash maqsad qilib qoʻyildi. Biz, talqiqot ishning amalga oshirilgan, qishloq hududlarida mardikorlikka chiqishni kamaytirish omillari tahlilidagi ma'lumotlaridan va model xulosalaridan keng foydalangan holda, shuningdek, yana chiziqli Trend modelidan foydalanib, prognoz koʻrsatkichlarini hisoblashni amalga oshirdik. Trend modelining koʻrinishi quyidagi formulada keltirilgan: 𝑌 𝑡 = 𝑎 + 𝑏 ∗ 𝑡 Bu yerda: • 𝑌 𝑡 = t davri uchun prognoz qilingan qiymat. Bizning misolda 2025-2030 yillarda prognoz qilinadigan koʻrsatkichlar 1-jadvalda keltirilganidek „Iqtisodiy faol aholi“, „iqtisodiyotning rasmiy sektorida bandlar“, „iqtisodiyotning norasmiy sektorida bandlar“, „respublikadan tashqariga chetga ishlashga ketganlar“, Iqtisodiy nofaol aholi“ „Jami mehnat resurslari“ va „Oʻrtacha doimiy aholi soni“ koʻrsatkichlaridir. • a – boshlangʻich qiymat (t = 0 da) b – har bir davrda oʻrtacha oʻzgarish miqdori (trendning qiyaligi) 1-jadval Samarqand viloyati mehnat resurslari balansining 2030 yilgacha boʻlgan davrdagi dinamik oʻzgarishlari prognozi Yillar Iqtisodiy faol aholi Bandlar – jami Shu jumladan: Ishga joylashtirishga muhtoj shaxslar Ishsizlik darajasi, % Iqtisodiy nofaol aholi Jami mehnat resurslari Oʻrtacha doimiy aholi soni iqtisodiyotning rasmiy sektorida bandlar: Iqtisodiyotning norasmiy sektorida bandlar: Respublikadan tashqariga chetga ishlashga ketganlar 2017 1629800 1523100 789659 546917 161524 131700 8,1 451100 2081000 3685700 2018 1610876 1520063 579067 662888 248108 120813 7,5 578695 2189571 4227308 2019 1604202 1455779 501365 631450 322964 148423 9,3 520663 2124865 3838449 2020 1585419 1410880 490670 678255 241955 174539 11,01 545021 2130440 3905480 2021 1599674 1441264 559366 664466 217432 158410 9,9 542586 2142260 3989511 2022 1642905 1489511 565712 648130 275669 153394 9,3 517448 2160353 4074871 2023 1610986 1504184 545794 658504 299886 106802 6,6 554337 2165323 4163369 2024 1655411 1545063 579467 663858 301738 105715 6,4 567695 2169571 4173085 2025 1634027 1507798 502675 688929 316194 126229 7.7 571245 2178479 4215363 2026 1637719 1514119 486294 698845 328980 123601 7.5 579367 2185824 4261616 2027 1641412 1520439 469914 708761 341765 120973 7.4 587490 2193170 4307870 2028 1645105 1526760 453533 718676 354551 118345 7.2 595612 2200516 4354123 2029 1648798 1533080 437152 728592 367336 115718 7.0 603735 2207862 4400377 2030 1652490 1539401 420772 738508 380122 113089 6.8 611857 2215207 4446630
12 https://www.asr-conference.com IV SHO‘BA: Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik barqaror taraqqiyotni ta’minlash 2030 y.da 2017 y.ga nisba tan oʻzga rish: % 101,4 101,1 53,3 135,0 235,3 85,7 X 135,6 106,4 120,6 + , - 22690 16301 -368887 191591 218568 -18611 - 1,3 160757 134207 760930 • 𝑡 – vaqt davri (masalan, 1, 2, 3, 4 bizning misolda t=8, chunki 2017 dan 2024 gacha jami 8 yillik mavjud ma'lumot bor) Bu dastur boʻyicha kerakli boʻlgan ma'lumotlar, bu mehnat resurslarining koʻp yillik balans ma'lumotlari asosida oʻzgarish dinamika-sining turli davrlarda va sharoitlardagi holatini aks etdiruvchi ishonchli va muhim boʻlgan raqamlarda aks etdirilgan statistik jadvalni ifodalovchi ma'lumotlar asosida ishlab chiqildi. Ushbu formuladan foydalangan holda STATA dasturi yordamida Samarqand viloyatida mehnat resurslari balansining 2030 yilgacha boʻlgan prognozi hisoblab chiqildi va 1-jadvalda keltirilgan natijalar olindi. Jadval ma'lumotlariga asosan, 2030 yilga borib „Iqtisodiy faol aholi“ va “Jami band boʻlganlar” soni 2017 yilga nisbatan mos ravishda 1,4 va 1,1 % ga oshib boradi. Lekin bu davrda „iqtisodiyotning rasmiy sektorida bandlar“ keskin kamayib 53,3 % ga tushadi yoki son jihatdan 368887 nafarga kamayadi. Umumiy holatda jami bandlarda sezilarli oʻsish boʻlmasa ham, „iqtisodiyotning norasmiy sektorida bandlar“ va „respublikadan tashqariga chetga ishlashga ketganlar“ soni mos ravishda keskin oshib ketadi: 135,0 % va 2,3 baravarga oshadi. Respublikadan tashqari chetga ishlashga ketganlar sonining oshishi, monomarkazlarda kasbga oʻquvchilar sonining koʻpayishi, ya'ni chetga chiquvchilarning sertifikat egasi boʻlib, son jihatdan ham, sifat jihatdan ham ijobiy yoʻnaltirilganligining natijasidir. „Oʻrtacha doimiy aholi soni“ va “Iqtisodiy nofaol aholi“ sonining parallel oʻsishi (mos ravishda 35,6 va 20,6 % ga) ob'ektiv hodisadir. XULOSA Ana shu ijobiy natijalar hisobiga 2030 yilgacha (14 yil mobaynida ham) ishga joylashtirishga muxtojlar soni 14,3 % ga pasayadi yoki 18611 kishiga kamayadi. Pirovard natijada, ishsizlik darajasi pasayish tendensiyasiga ega boʻlib, minimallashadi va 8,1 % dan 6,8 % ga pasayadi, ya'ni bu – 1,3 punktni tashkil qiladi. Yoki yuqorida ta'kidlanganidek, bu raqam 18611 kishini tashkil qiladi. Shu davr ichida iqtisodiyotning rasmiy sektorida va norasmiy sektorida bandlar soni mos ravishda – 502675 dan 420772 nafargacha kamaygan (16,3 %) va 688928 nafardan 738508 nafargacha koʻpaygan (7,2 %). Umumiy holatda – 1507798 nafardan 1539401 nafargacha yoki 31603 nafarga (2,1%) koʻpaygan. Ana shu oʻzgarishni shu yilgi oʻrtacha minimal ish haqi boʻyicha hisoblaganda (1 271 000 ming soʻm) ishga joylashgan 31603 nafar mehnat resurslarining olishi mumkin boʻlgan minimal daromadi – 40 mlrd. 167 mln. 413 ming soʻmga etishi mumkin ekan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. OʻzR Prezidentining 2025 yil 17 yanvar, PQ-12-sonli qarori ma'lumotlari 2. Oʻzbekiston hududlarining yillik statistik toʻplami (Toshkent, 2024). 20052023 yillar ma'lumotlari 3. Samarqand viloyatidagi norasmiy ish bilan band va ishsiz aholi qatlamidan oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrovnoma materiallari. 4. Ibragimov Gayrat, Murtazaev Olim, Rakhmonov Davlat. Klaster tizimining qishloq xoʻjaligi samaradorligiga ta'siri//Agroiqtisodiyot. –Toshkent, 2020. -№1. -2023 b.
13 https://www.asr-conference.com IV SHO‘BA: Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik barqaror taraqqiyotni ta’minlash 5. Murtazaev Olim, Ibragimov Gayrat Ablaqulovich The Effectiveness of Economic Relationships and Forecasting between Farms and Agricultural Services//The Indian Journal of Economics (ISSN: 0019-5170) Issue 400. Pages