scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASHTIRISH SHAROITIDA FOND BOZORINI TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI

Endirboyeva Aziza

Abstract

Ushbu maqolada iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekiston fond bozorining rivojlanish jarayonlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Muallif qimmatli qog‘ozlar bozorining infratuzilmasi, ikkilamchi bozorni rivojlantirish mexanizmlari hamda xorijiy tajribalar asosida O‘zbekiston sharoitida fond bozorini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlarini ko‘rsatib bergan. Shuningdek, maqolada sarmoyadorlarni himoya qilish, axborot oshkoraligi va moliyaviy institutlarning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash masalalari yoritilgan.

Full text

Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 10 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 23 Annotatsiya Ushbu maqolada iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekiston fond bozorining rivojlanish jarayonlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Muallif qimmatli qog‘ozlar bozorining infratuzilmasi, ikkilamchi bozorni rivojlantirish mexanizmlari hamda xorijiy tajribalar asosida O‘zbekiston sharoitida fond bozorini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlarini ko‘rsatib bergan. Shuningdek, maqolada sarmoyadorlarni himoya qilish, axborot oshkoraligi va moliyaviy institutlarning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash masalalari yoritilgan. Kalit so‘zlar: fond bozori, qimmatli qog‘ozlar, iqtisodiy modernizatsiya, investitsiya, ikkilamchi bozor,transfer-agentlik,brokerlik idoralari,emitent,birja. Respublikamizda me’yoriy–huquqiy bazaning shakllanishi bilan birga qimmatli qog’ozlar bozori institutsional infratuzilmasi ham shakllandi. Hozirgi kunga kelib uning barcha asosiy institutlari faoliyat ko’rsatmoqda. Qimmatli qog’ozlar bozori infratuzilmasining faol shakllanishiga qaramasdan, xorijiy fond bozorida mustahkam o’rnini topa olgan bir qator institutlar deyarli mavjud emas. Bu institutlar qatoriga transfer–agentlik xizmatlarini ko’rsatuvchi, ya’ni moliyaviy institutlar va ularning mijozlari orasida hujjatlarni oldi–berdi xizmatlarini ko’rsatuvchi institutni misol keltirish mumkin. Transfer–agentlik tarmog'ini shakllantirish, investorga uning qayerda joylashishidan qat’iy nazar, birgina IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASHTIRISH SHAROITIDA FOND BOZORINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI Toshkent amaliy fanlar universiteti Bank ishi va audit yo'nalishi 4-kurs talabasi Endirboyeva Aziza Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 10 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 24 transfer–agentiga murojaat qilib chegaralanmagan investitsion institutlar xizmatidan foydalanish imkoniyatini beradi. Shuningdek, birja listingiga kirishga tayyorlaydigan va yordam beradigan «promouterlar» deb nomlanuvchi maxsus investitsion institutlar mavjud emas. Respublika fond bozorida sug’urta tashkilotlarining faoliyati deyarli sezilmaydi, ammo dunyoda sarmoyadorlar huquqini himoya qilish maqsadida sug’urta mexanizmi keng qo’llaniladi. Ushbu mexanizm infratuzilmali hatarlarni maxsus kompaniyalar zimmasiga yuklash imkoniyatini beradi. Bugungi kundagi asosiy amaliy vazifa ikkilamchi bozorni rivojlantirishdir.Zero uning rivojlanishi darajasiga qarab umuman qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida xulosa chiqariladi. Qimmatli qog’ozlar bozorini davlat tomonidan boshqarish organlari, uning infratuzilmasi muassasalari, barcha darajadagi olimlar va amaliyotchilarning harakatlari aynan shu muammoni hal etishga yo’naltirilishi lozim. Ikkilamchi bozorni rivojlantirish uchun quyidagi ikki muammoni hal etishimiz lozim:  Qimmatli qog’ozlar va birinchi o'rinda aksiyalarning likvidligini sezilarli darajada oshirish.  Bu qimmatli qog’ozlar va ularning emitentlari to’g’risidagi axborotning oshkor etilishi masalasi. 1. Qimmatli qog’ozlar bozori real sektorga investitsiyalarni jalb qilish mexanizmiga aylanishi kerak. 2. Iqtisodiy o’sishni jadallashtirish uchun O’zbekistonning pul mablag’laridagi ehtiyojlarini salmoqli qismini qoplaydigan uzoq muddatli xorijiy sarmoyalarni jalb qilish kerak. (Xitoy 90 – yillarda 240 mlrd. AQSh doll.investitsiyani jalb qilgan). 3. MDH davlatlarining yagona fond bozorini yaratish (yoki, kamida erkin savdo zonasi), «yagona pasport» (litsenziyalarni, shahodatnomalarni va emissiyalarni o’zaro tan olish), fond bozorining umumiy infratuzilmasi, bozorning savdo va boshqa tizimlarini birlashishi, Toshkent shahrida ushbu zonaning Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 10 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 25 moliyaviy aktivlari savdosining markazini shakllantirish (aks holda, MDH davlatlarining qimmatli qog’ozlari Venada, Istanbulda, Berlinda yoki boshqa davlatda mujassamlanadi. Bozor munosabatlari sharoitida davlatning fiskal jamg’armalari emas, balki korxonalar va aholining banklar va moliya tizimidagi, shu jumladan uning, davlat segmentlaridagi jamgarmalarini samarali tarzda investitsiyalarga aylantirish imkonini beruvchi qimmatli qog’ozlar bozorining xilma–xil vositalari hal qiluvchi rol o’ynashi mumkin. Qimmatli qog’ozlar bozorining faolligini ta’minlash uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur deb hisoblaymiz. Qimmatli qog’ozlar bozorini (ayniqsa, ikkilamchi bozorni) rivojlantirishning umumiqtisodiy samaralari quyidagilardan iborat bo’lishi lozim: - Moliya bozorlarining likvidlilik darajasini oshirish va tegishli moliya resurslaridan foydalanish samaradorligini yuksaltirish; - Moliya bozorlarida raqobatni kuchaytirish hamda «narxlar»ni foiz stavkalari, kurslarni barqarorlashtirish; - Investitsiyalarni tarmoqlarga qayta taqsimlovchi bozor mexanizmi samaradorligini oshirish; - Moliya bozorlarida davlat ishtiroki qoidalari ilgarigidek qattik markazlashtirilgan emas, balki ular bozor sharoitlariga moslashuvchan bo’lishi lozim. - Iqtisodiyotning ijtimoiy–iqtisodiy jihatdan muhim sohalari va ustuvor tarmoqlarini moliyalash uchun davlat mablaglarini ishga solishning sof bozor sharoitlariga muqobil yo’llarini investorlarga taklif qilish zarur. - Hozirgi davrda xissadorlik korxonalariga aylantirilgan korxonalarning aksiyalari sotiladigan boshlangich bozor tashkil topdi. Uning faoliyatini tartibga solib turish tamoyillari O’zbekiston Respublikasi qonunlarida mustahkamlab qo’yilgan. Unda ko’plab investitsiya institutlari, brokerlik idoralari, investitsiya Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 10 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 26 kompaniyalari va fondlari faoliyat ko'rsatmokda. Bozor ishida tijorat banklari ham qatnasha boshladi. - Fond birjasida yuzdan ortik brokerlik idoralari ishlab turibdi.Shuning uchdan biri respublika viloyatlaridadir. Biroq qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish uchun mavjud imkoniyatlardan hali to’la foydalanilmayapti. Masalan, oldi – sotdi operatsiyalarida bir milliard sumlikdan ziyod aksiyalar kuyiladi, ammo 80-90 million sumlik bitim tuziladi, qolgan aksiyalar esa, xaridor ularning narxi baland deb hisoblagani bois sotilmay koladi. Vaholanki, savdoga qo’yilgan aksiyalarning narxi talab va taklifga bog’liq ravishda tartibga solib turilishi lozim. "Bizningcha, qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish, chuqurlashtirish va kengaytirish, uni avj oldirib yuborish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish uchun davlat boshqaruv organi makomiga ega bo’lgan qimmatli qog’ozlar va fond birjalar buyicha davlat komissiyasi bilan birgalikda nodavlat tuzilmalari faoliyatini xolisona tekshiruvdan o’tkazib turadigan Auditorlik komissiyasi tuzish zarur deb hisoblaymiz. Bunday komissiya fond bozori rivojlangan ko’pgina mamlakatlarda mavjud. Mazkur komissiya qimmatli qog’ozlar bozorini shakllantirish va rivojlantirish, fond bozorini davlat tomonidan tartibga solish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish bilan bog’liq barcha masalalar hamda shu sohadagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar tayyorlashni hal qilish lozim. Bu esa o’z vaktida qimmatli qog’ozlar bozoridagi barcha uzgarishlarga tez va aniq munosabatda bo’lish, uni yanada rivojlantirishga doir qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida yashayotgan har bir davlat qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirmasdan olg’a borolmaydi. Qimmatli qog’ozlar bozori allakachon umumjaxon iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismiga aylanib ulgurdi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ushbu bozordan, bir tomondan davlat korxona va tashkilotlar, aholi o’zlari uchun zarur bo’lgan mablag’ni jalb qilsalar, ikkinchi tomondan, korxona, tashkilot va aholi o’zlarining vaqtincha bo’sh turgan pul mablaglarini qimmatbaxo qog’ozlar sotib Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 10 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 27 olishga yo’naltirib foyda ko’radilar. Shu tajribadan kelib chiqsak, qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish tizimini hayotga tatbiq etish mamlakatimiz ijtimoiy va iqtisodiy tarakkiyotidan ortda qolmaslik uchun, bizda ham qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish zarur. Bizning fikrimizcha, mamlakatimizda qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish uchun: xususiylashtirish natijasida tashkil topgan xissadorlik jamiyatlarining moliyaviy ahvolini yaxshilash, ular chiqargan aksiyalarni sarmoyadorlar orasida keng sotilishini ta’minlash uchun xususiylashtirish jarayonini, undan tushayotgan mablaglarning ishlatilishi hamda aksiyalarni sotish mexanizmini takomillashtirish lozim; «Toshkent» fond birjasi faoliyatini nafakat aksiyalarining oldi – sotdisini tashkil qilishga, balki birjada o’z aksiyalarini sotayotgan korxonalarning moliyaviy ahvolini nazorat qilish, u haqida sarmoyadorlarga axborot va ma’lumot berib turishga ham yo’naltirish;  xususiylashtirish natijasida tashkil topgan xissadorlik jamiyatlari aksiyalarini birjadan tashkari bozorini ham tashkil etish;  Birjadan tashkari bozor qatnashchilari faoliyatini muvofiklashtirish, tartibga solish, nazorat qilish, tegishli yordam ko’rsatish, huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida o’zini–o’zi boshqarish birlashmalari, assotsiatsiyalarini tuzish. Qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun qimmatli qog’ozlar chiqaruvchi va sarmoyadorlarga tegishli xizmatlar kursatuvchi tashkilotlarning infrastrukturasini rivojlantirish zarur. Buning uchun tegishli, xususan, auditorlik, mulkni baxolash, reyting aniqlash, tahlil qilish, konsultatsiya xizmati ko’rsatish, trast operatsiyalarini bajarish va shunga o’xshash faoliyatlarni bajarish uchun qonuniy va me’yoriy xujjatlar qabul qilish jarayonlarini tezlashtirish qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirishga zamin yaratadi. Mamlakatimizda ishlab chiqarish jarayonlarining rivojlanishi qimmatli qog’ozlar bozoriga bo’lgan Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 10 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 28 munosabatlarning qayta ko’rib chiqilishini talab qilayotgan bugungi kunda, ushbu jarayonning keskinligini oshirmoqda. Chunki, aynan qimmatli qog’ozlar bozori ko’p jihatdan qiymatning qaytish harakati samaradorligini oshirish, mulkchilik shaklining o’zgarishi, uni xususiy egalikka topshirish muammolarini echishning kaliti hisoblanadi. Qimmatli qog’ozlar bozorining asosiy vazifasi faqat davlat mulkini xususiy sektorda taqsimlashdan va shuning natijasida mulkning muayyan bir mulkdor tomonidan o’zlashtirilishidan iborat emas. Bu asosan xususiylashtirishning birinchi bosqichida amalga oshiriladi. Uning asosiy vazifasi sarmoyadorlarning pul mablag’larini bir joyga jamlab, ularni turfa investitsiya maqsadlarida ishlatishdan, ishlab chiqarishga yo’naltirishdan iborat. O’zbekistonning jahon xo’jalik tizimiga bog’langanligi dunyodagi moliyaviy markazlar bilan aloqalarning kengaytirilayotganligini hisobga olib, mamlakatimizda qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish ob’yektiv zaruriyatga aylandi. Jumladan, ikkilamchi qimmatli qog’ozlar bozori ishlab chiqarishni hamda investorlarni barqaror moliyaviy resurslar bilan ta’minlash, iqtisodiyotni erkinlashtirishning iqtisodiy vositalaridan hisoblanadi. Qimmatli qog’ozlar bozorida O’zbekistonning ko’pgina aksiyadorlik jamiyatlari davlat korxonalari negizida tashkil etilgan bo’lib, o’z moddiy bazasiga, asosiy va aylanma kapitallariga ega. Shu nuqtai nazardan qaraydigan bo’lsak agar aksiyalashtirish jarayonida korxonani boshqarish, uning ishlab chiqarishga ta’sir qilishi ko’zda tutilib, qimmatli qog’ozlarni yirik to’plamlari bilan savdo qilish avj olsa, biz qimmatli qog’ozlarning to’la qonli va serharakat bozorini yarata olmaymiz. Bozor ko’p miqdordagi sarmoyadorlarning mablag’larini yig’ib, uni turli xil qo’yilmalar uchun taqsimlashi lozim. Bu bozorning hajmdorligiga va xilma-xilligiga, ya’ni muomaladagi qimmatli qog’ozlarning mumkin qadar sarmoyadorlar o’rtasida tarqatilishiga bog’liq. Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 10 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 29 Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ushbu bozordan, bir tomondan davlat korxona va tashkilotlar, aholi o’zlari uchun zarur bo’lgan mablag’ni jalb qilsalar, ikkinchi tomondan, korxona, tashkilot va aholi o’zlarining vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini qimmatbaxo qog’ozlar sotib olishga yo’naltirib foyda ko’radilar. Aynan, iqtisodiy islohatlar natijasi o’laroq, davlatga qarashli mol-mulklarni uning ixtiyoridan chiqarilishi va turli mulk shaklidagi xo’jalik sub’yektlari o’rtasidagi munosabatlarni bozor qonuniyatlariga muvofiq tashkil etilishi har xil tavakkalchiliklarni yuzaga kelishi uchun imkoniyat yaratadi. Hozirgi davrda birjada aksiyalar savdosi oddiy auktsion asosida amalga oshirilmoqda. Xolbuki, ikkilamchi bozorda savdo qilishning asosiy qoidasi ikki yoqlama auktsion deb ataladi. Bunda sotuvchilar bilan xaridorlarning o’zaro raqobatlashayotgan muqobil buyurtmalardagi shartlar mos kelganida bitim tuziladi. Ushbu tizim brokerlik idoralari o’rtasida kafotlangan hisob-kitoblarni ta’minlangan holda savdo sessiyasi mobaynida aksiyalarni olish-sotish bo’yicha qayta-qayta bitimlarni tuzishni taqazo etadi. Buning uchun yangi texnologiya savdolar tizimini hamda savdolarni ikkiyoqlama auktsion usulda olib borib, bir vaqtning o’zida pul mablag’lari va qimmatli qog’ozlarni bir mijozdan ikkinchisiga o’tkazish imkonini beradigan elektron dastur yaratish zarur. Shu tajribadan kelib chiqsak, qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish tizimini hayotga tatbik etish mamlakatimiz ijtimoiy va iqtisodiy tarakkiyotdan ortda qolmaslik uchun, bizda ham ikkilamchi qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish zarur. Bizning amaliyotda, qimmatli qog’ozlar bozorining asosiy tarkibiy qismi sifatida ikkilamchi bozor mexanizmi xalqaro andozalar tizimiga mos emasligi seziladi. Respublikamizda ikkilamchi qimmatli qog’ozlar bozorining rivojlanishi ikkita asosiy muammoning hal etilishiga bevosita bog’liqdir: Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 10 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 30  Birinchi muammo, qimmatli qog’ozlar bozorida aksiyalarning likvidligini sezilarli darajada oshirish zaruriyatga aylandi. Xuddi shu xususiyat tufayli, fond birjalarida aynan bir emitentning qimmatli qog’ozlari bo’yicha katta miqdordagi bitimlar tuzilishi mumkin.  Ikkinchi asosiy muammo-bu qimmatli qog’ozlar va ularning emitentlari to’g’risidagi axborotning oshkor etilmasligi masalasi. Bugungi kundan – bu fond bozoridagi murakkab uchastkalardan biridir. Bugungi kunda asosiy e’tiborni aholi va muassasaviy sarmoyadorlarni aksiyalari sotuvga qo’yiladigan aksiyadorlik jamiyatlari, ular joriy faoliyatining natijalari va rivojlanish istiqbollari haqidagi axborotga ega bo’lishlariga e’tiborni qaratishlari lozim. Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, milliy korxonalar faoliyatida kapitallashtirish darajasining pastligi, boshqarishdagi samarali usullarning yo’qligi, mamlakat miqyosidagi ommaviy nashriyotlarda aksiyalarning bozordagi qiymatini shakllantirish mexanizmlarining yetarlicha yoritilmasligi, ushbu yo’nalish bo’yicha maxsus ko’rsatmalar, parametrlar, modellar, statistik ma’lumotlar, iqtisodiy tahlil andozalarini tartibga solish zururiyatini keltirib chiqaradi. Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi iqtisodiyotni diversifikatsiyalash hamda modernizatsiyalash sharoitida ikkilamchi qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish uchun yetarlicha ishchan mexanizm yaratilgan. Ayni paytda, mamlakat milliy fond bozorining yil sayin rivojlanayotganligi jumladan, rivojlangan moliya bozorlari tajribalari keng o’rganilib, amaliyotda tadbiq etilayotganligi aksiyalar ikkilamchi bozorining rivojlanishiga zamin yaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – Toshkent, 2023. Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 10 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 31 2. O‘zbekiston Respublikasining 'Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida'gi Qonuni. – Toshkent, 2021. 3. Xalqaro Valyuta Fondi (IMF) hisobotlari: 'Uzbekistan: Financial Sector Assessment'. – Washington, 2022. 4. Jahon banki. 'Capital Market Development in Emerging Economies'. – Washington, 2020.