scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TALABALARNI GIPS ROZETKA ISHTIROKIDA TUZILGAN NATYURMORT ISHLASHGA O'RGATISH METODIKASI

Ismatov Ulfat Shuhratovich, Zokirov Shoxrux Shokir o'g'li, Zokirov Azizbek Nurbek o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini gips rozetka ishtirokida tuzilgan natyurmort kompozitsiyasini tasvirlashga o‘rgatish. Natyurmort ishlashda nazariy va amaliy bilimlarni chuqur o‘rganish, yorug‘-soya va rang tus munosabatlarini to‘g‘ri qo‘llay olish haqida fikr yuritilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1591 TALABALARNI GIPS ROZETKA ISHTIROKIDA TUZILGAN NATYURMORT ISHLASHGA O‘RGATISH METODIKASI 1Ismatov Ulfat Shuhratovich, 2Zokirov Shoxrux Shokir o‘g‘li, 3Zokirov Azizbek Nurbek o‘g‘li 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti San’atshunoslik fakulteti, “Tasviriy san’at va dizayn ” kafedrasi dotsenti, 2Chirchiq davlat pedagogika universiteti San’atshunoslik fakulteti, “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabasi, 3Chirchiq davlat pedagogika universiteti San’atshunoslik fakulteti, “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17580756 Annotatsiya. Ushbu maqolada bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini gips rozetka ishtirokida tuzilgan natyurmort kompozitsiyasini tasvirlashga o‘rgatish. Natyurmort ishlashda nazariy va amaliy bilimlarni chuqur o‘rganish, yorug‘-soya va rang tus munosabatlarini to‘g‘ri qo‘llay olish haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: natyurmort, kolorit, blik, yorqinlik, rang–tus, refleks, tasvir, yorug‘-soya, rangtasvir. Аннотация. В данной статье обучение будущих учителей изобразительного искусства изображению натюрмортной композиции, составленной с участием гипсовой розетки. В работе над натюрмортом говорится о глубоком изучении теоретических и практических знаний, правильном применении светотеневых и цветовых отношений. Ключевые слова: Натюрморт, колорит, блик, яркость, цвет, рефлекс, изображение, свет-тень, живопись. Annotation. In this article, it is proposed to teach future teachers of fine arts how to depict a still life composition created with the participation of a plaster socket. Deep study of theoretical and practical knowledge in the creation of still lifes, the correct application of lightshadow and color-tonal relationships are considered. Keywords: Still life, color, glow, brightness, hue, reflection, image, light and shadow, painting. Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashda ularning bilim va kompetensiyalarini rivojlantirishda tabiatdagi shakllarning tuzilishi qonuniyatlarini to‘g‘ri ko‘rish va tushunish, ko‘rganini to‘g‘ri tasvirlashga yordam beradi. Ammo rassom bo‘lish uchun bular hali yetarli emas. Talaba naturadan rasm chizish asosiy qonun-qoidalarini yaxshi tushunib olish va eslab qolishi mumkin, lekin olgan bilimlarini amalda har doim ham to‘g‘ri qo‘llay olmaydi. Shuning uchun talaba nazariy va amaliy bilimlarni chuqur egallashi, naturadan tasvirlash texnik kompetensiyalariga ega bo‘lishi kerak. Shu bilan birga o‘quvchilarga o‘rgatish uchun tasvirlashning metodik bosqichlarini ham chuqur egallagan bo‘lishi kerak 1 . 1 Ismatov Ulfat Shuhratovich. O‘quvchilarga iliq tuslanishga ega bo‘lgan buyumlardan tuzilgan natyurmort kompozitsiyasini moybo‘yoq texnikasida ishlashga o‘rgatish. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 8, issue 2, 2024. ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431. 709-714 b. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1592 Natyurmort ishlash jarayonida buyumlarning umumiy tus va rang holatini yaxshi bilishi kerak. Bunday holatni saqlab qolish uchun balki ranglar munosabatini chegaralangan bo‘yoqlarda ma’lum ranglar gammasida tasvirlashga to‘g‘ri keladi. Ishni eng och, to‘q va yorqin tuslardan boshlaganda politradagi barcha ranglardan, shu bilan birga eng yorqin va keskin bo‘yoqlardan foydalanish shart emas. Yorug‘-soya va rang munosabatlarini aniqlashda umumiydan hususiyga qarab borish lozim. Avvalo asosiy obyekt oralig‘idagi tus farqlarini topish muhim: natyurmortda, masalan, stol yuzasi va fon oralig‘idagi ko‘za, gips rozetka va ko‘zaga tushayotgan yorug‘lik va boshqalar. Inson qomati tasviri yoki portret ham xuddi shu tariqa bajariladi. Rassomlarning amaliy tajribasida shunday jumlalar mavjud: ―katta yorug‘lik, ―katta soya, ―katta shakl, ―katta ranglar munosabati. Bulardan maqsad natura obyektini yaxlit ko‘rish va ularni barqaror qilib tasvirlashdir. Naturani yaxlit idrok etganda, yorug‘lik tikka ta’sir etayotgan joydagi narsalar yagona bir qismni tashkil etadi va undagi dog‘lar kuchliligi bo‘yicha soya qismdagiga teng kela olmaydi. Xuddi shularni shaxsiy va tushayotgan soyalarga moslash mumkin: ular tus bo‘yicha yarimsoya bilan yaxshi chiqishadi, yarimsoya esa tasvirning yorug‘lik qismlaridagi kuchga teng kela olmaydi. Soyadagi refleks yarimsoyadan och bo‘la olmaydi, ammo shaxsiy soyaning umumiy tusiga bo‘ysunadi. Obyektdagi ushbu katta shakllar yoki buyumlar guruhi tusi va rangining to‘g‘ri saqlanishi tasvirga yaxlitlik va yoritilishining to‘g‘ri bo‘lishiga turtki bo‘ladi. Umumiy ranglar munosabati va navbatdagi ishning davomi naturaga xos koloritni hisobga olgan holda borishi kerak. Naturadan kam ishlagan, tajribasiz rassomlar u yoki bu natyurmort ranglavha etyudini, manzarani yoki portretni tasvirlayotganda har doim ham undagi yaxlitlik va bo‘yoqlar birligini muvaffaqiyatli bajara olishmaydi. Naturadan ishlash jarayonida har bir aniq holatda koloritni tushunib yetish, tusli va rangli holat xususiyatini ko‘rsata bilishlari zarur. Hamma gap natura bo‘yoqlaridagi umumiy tus, rang holati va kolorit birligini ko‘rish va tushunib yetishdadir. Yirik plandagi tus munosabatlarini aniqlab olgandan so‘ng, yorug‘-soya qismlarini modellashtirishga ya’ni, har bir buyumning yorug‘-soyasi, yarim soya, shaxsiy hamda tushayotgan soyalarini topgan holda xajmli shaklini rang-barang qilib tasvirlashga o‘tish mumkin. Shuni yodda tutish kerakki, buyumlarning ustki qismi ham rang-tusi bo‘yicha, ham yorug‘ligi bo‘yicha, ham to‘yinganligi bo‘yicha ham tushayotgan yorug‘lik nurining oraliq masofasiga, sinadi, burchagiga hamda atrofida o‘rab turgan buyumlarning reflekslariga va kontrast munosabatlariga bog‘liq holda o‘zgaradi. Yorug‘likka, yarim soyaga yoki soyaga yonma-yon turgan qandaydir ikkita yuza jismlaridagi narsalarda bir xil yoritilish sharoiti mavjud emas. Buyumni barcha qismini palitrada topilgan rang bilan unga och yoki to‘q rangni qo‘shib ishlash mumkin emas. Buyumning har bir bo‘lagi uchun yangi va yana yangi bo‘yoq qorishmalarini topish kerak. Odatda lokal (buyum) rangi yarim soyada sezilarliroq, chunki yarim soya yorug‘lik manbaining asosiy va aks etayotgan tomonlaridan ancha sust ta’sir etadi. Buyumning xajmli shaklini jozibadorligi va natura qo‘yilmasining yaxlitligini to‘g‘ri anglash uchun issiq tuslar bilan yonma-yon aralash kontrast kuchida inson ko‘zi sovuq rangni ko‘radi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1593 Bir rang boshqasiga qo‘shimcha bo‘lgan rangni his qiladi. Buning natijasida naturadagi sovuq ranglarga issiq ranglar hamisha yo‘ldoshdir. Agar biz buyumning sirtida zarg‘aldoq rangni ko‘rsak, yonida esa albatta havo rangni sezamiz. Issiq va sovuq tuslar tasvir ohangdorligini oshiradi, naturadagi tabiiy ko‘rinishni namoyon etadi. Buyumning katta shaklini modellashtirayotib, mayda bo‘laklarni chiza turib, shuni yodda tutish kerakki, katta shaklning ham yoritilgan, ham soyadagi yuzasida joylashgan ko‘plab kichik shakllarda aniqlanadigan tusni oshirib yubormaslik kerak. Yorug‘likda yoki soyada joylashgan mayda shakl tuslarining yaqinligini ilg‘ab olish uchun, ish jarayonida atrof - muhitga bog‘liq bo‘lmagan buyumlarga e’tibor berish shart emas. Aytib o‘tganimizdek, buyumlarni yaxlit ko‘rib, doimo ularni o‘zaro solishtirib turish zarur. Buyumning och qismini tasvirlay turib, qaysi nuqtada u yorug‘ligi va rangining eng quyuqligi va qayerda kuchliroq namoyon bo‘lishini, so‘ngra esa xajmli shaklning qolgan qismida topilgan tus bilan taqqoslab aniqlash kerak. Eslatib o‘tamiz, ranglarni uch xususiyat bo‘yicha taqqoslaymiz: yorug‘ligi, rang tusi va to‘yinganligi. Agar biror bir rang yorug‘ligi bo‘yicha to‘g‘ri topilib, boshqa xususiyatlari aniq bo‘lmasa, bu rangni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi – munosabatlar rang tusi va to‘yinganligi bo‘yicha ham aniqlangan bo‘lishi kerak. Buyumlarni solishtirib, o‘xshashligini yoki ularning orasidagi farqlarini aniqlash shunday holatda yengillashadiki, agar havo rang buyumni boshqa bir tusi o‘zgacharoq buyum bilan solishtirsak. Bunday taqqoslash bizni sinchiklab qarashimizni charxlaydi hamda ulardagi rang tusini aniq ko‘rishga ko‘mak beradi. Buyumlarni rangi bo‘yicha taqqoslashda yana bir holatni hisobga olish zarur. Ketma-ketlikdagni rang kontrasti tufayli, kulrangning nozik tusi uni nima bilan qiyoslashimizga bog‘liq bo‘lib, goh issiq, goh sovuq bo‘lgan holda tuyuladi. Agar kulrangni qizil rang bilan solishtirsak, u sovuq tusda, havo rang bilan taqqoslasak, issiq tusda ko‘rinadi. Shu sababli buyumning nozik tusini aniqlashda xolis rangni xolis bilan, issiqni issiq bilan, sovuqni sovuq bilan, och rangni och bilan, to‘q rangni to‘q bilan o‘zaro solishtirish kerak. Tasvirlanayotgan buyumlarni nafaqat asosiy yuqorida qayd etilgan rangning uchta xususiyati bo‘yicha, balki tashqi ko‘rinishining aniqligi bo‘yicha ham taqqoslash zarur. Tasvirlanayotgan buyumlarning chegarasi hamma joyda ham bir xil aniq ko‘rinmaydi. Bir xil joyda buyumning silueti yaxshi ko‘rinadi, boshqa joyda esa fon bilan birikib ketadi. Buyumdan tushayotgan soyalar chegarasi ham barcha yerda bir xil ko‘rinmaydi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1594 1-rasm. O‘quv natyurmorti. https://youtu.be/AR56bRSGit8 Rangtasvir ishlash jarayonida ranglar munosabatini to‘g‘ri aniqlash bilan birga, shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, biz faqat oddiy rang dog‘lari bilan emas, balki aniq bir shakl ustida ham ish olib borayapmiz. Ranglar munosabatini izlashdan maqsad, to‘g‘ri topilgan rang tuslari bilan naturani, uning hajmli shaklini to‘g‘ri topish demakdir. Agar rang buyumning fazoviy joylashuvi, materialligi va aniq shaklini ifoda etmas ekan, u tasvirda o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Och va to‘q, rangli va rangsiz bo‘yoq surtmalari ma’lum bir buyum shakliga va obyektga tegishli bo‘lsagina, materiallik, ranglar uyg‘unligi va koloritni yaratadi. Ishning yakunida natyurmort, manzara yoki portretning u yoki bu joylari kerakli yorqinlikni olmay qolgan bo‘lishi mumkin yoki aksincha, haddan tashqari tusi va rangi bo‘yicha kuchli, umumiy rang tusidan ―ajralib ko‘rinishi mumkin. Yoritilgan joylar tusi bo‘yicha o‘ta keskin bo‘lib, qog‘oz yoki mato yuzasidan chiqib ketishi mumkin. Ba’zan soyali joylar sezilarli mayda detallarga ega bo‘lib, maydalashib ko‘rinadi. Bu holatlarning hammasidan ham umumlashtirish muhim ahamiyat kasb etiladi: mayda bo‘laklarning keskin chegaralari mayinlashtiriladi, buyumlarning rangdorligi kuchaytiriladi yoki xiralashtiriladi, keskin tuslar ochlashtiriladi yoki to‘qlashtiriladi. Umumlashtirish bosqichida naturaga yaxlitligicha qarash, hamma narsani birdaniga ko‘rish ya’ni ―tikilib qarash kerak. Buyumlar guruhining barchasi tarqoq bo‘lib tuyuladi, ammo shu paytda tus munosabatlarini, natura yaxlitligini tezroq tushunish mumkin. Navbatma navbat naturaga ham, etyudga ham yaxlit qarash kerak, shunda qayerda qanday xatoga yo‘l qo‘yilganligini ilg‘ab olish mumkin. Butunligicha, yaxlitligicha ko‘ra olish qobiliyati, ishni umumiydan xususiyga qarab va undan yana umumlashtirishga tomon boriladi. Ish jarayonida yaxlit ko‘rish – rangtasvirda ishlash mahoratining asosidir. Faqatgina shu malakaga ega bo‘lgan rassom, naturani obrazli ko‘rinishini to‘g‘ri ifoda etishi, undagi asosiy va har bir bo‘lakning o‘z o‘rnini topishini, ishning yakuniy darajasini hamda kompozitsiyaviy markazga bo‘ysundirishni samarali bajara oladi. Tasvirdagi qismlar yig‘indisi yaxlitga teng INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1595 emas, chunki yaxlitlik – bu qismlar yig‘indisiga birlik, shu qismlarning bir-biriga bo‘ysunganligi va jamlanganligi hisoblanadi. Akademik Ye.A.Kibrik tasvirlashning yaxlitligi haqida shunday yozgan:― “Yaxlitlik qonuniga bo‘ysunmasdan turib, naturadan na qalamda, na rangda tasvirlash mumkin emas. Shakl ham, rang ham o‘z-o‘zidan mavjud bo‘lmaydi, faqat yaxlitlik qismi kabi yaxlitlikka nisbatan bo‘ladi” FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Ismatov Ulfat Shuhratovich. O‘quvchilarga iliq tuslanishga ega bo‘lgan buyumlardan tuzilgan natyurmort kompozitsiyasini moybo‘yoq texnikasida ishlashga o‘rgatish. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 8, issue 2, 2024. ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431. 709-714 b. 2. Shuhratovich, I. U. (2020). Technologies of Working on Graphic Materials in Fine Arts Classes. Journal of Asian Multicultural Research for Educational Study, 1(2), 1-4. 3. Ismatov, U. Sh. Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida grafik materiallarda tasvirlar bajarishga o‘rgatish texnologiyalarini takomillashtirish. // MUҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ. Ilmiy-metodik jurnal. – 2023. – № 2/3. 4. Ismatov, U. S. Rangtasvir. O ‘quv qo ‘llanma.,“Nazokathon ziyo print”., Chirchiq-2023. 5. Ismatov, U. (2023). Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining grafik materiallarda tasvirlash ijodiy kompetensiyalarini takomillashtirish pedagogik muammo sifatida. international scientific and practical conference on the Topic: “Priority Areas for Ensuring the Continuity of Fine Art Education: Problems and solutions”, 1(01). Retrieved from https://ojs.qarshidu.uz/index.php/ts/article/view/259 6. U.Sh. Ismatov. Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qtuvchilarini grafik materiallarda ishlashga o‘rgatish orqali ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirish. Maktab va hayot, Ilmiy-metodik jurnal. 2020-yil. Tom-2. 7. Ismatov, U. S. (2023). Methodology Of Teaching Students To Describe Still Life Composition. Diversity Research: Journal of Analysis and Trends, 1(3), 60-65.