scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

AN'ANAVIY XONANDALIK TARIXI SAN'ATINING NAZARIYASI

Qayumov Javohirxo'ja Sodiqxo'ja o'g'li, Nurmatova Firuza Baxodirovna

Abstract

Ushbu maqola O‘zbek an’anaviy xonandalik san’atining tarixiy rivojlanishining nazariy asoslari, ijrochilik tamoyillari va mintaqaviy maktablarining xususiyatlarini chuqur tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda XI-XV asrlarda yashab ijod qilgan Forobiy, Kaykovus va Abdurahmon Jomiy kabi o‘rta asr olimlari tomonidan belgilangan musiqiy-falsafiy konsepsiyalar o‘rganiladi. Shuningdek, Xonandalikning professional ijro etish talablari, jumladan, nafas olish, fonatsiya, artikulyatsiya usullari hamda ovozning Binigi, Guligi va Ishkami kabi an’anaviy tasniflari yoritilgan. Maqolaning asosiy qismi ustoz-shogird an’anasining pedagogik ahamiyatini ochib beradi. Maqola xonandalikning milliy madaniy merosni saqlash va rivojlantirishdagi strategik o‘rnini ta’kidlaydi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1596 AN’ANAVIY XONANDALIK TARIXI SAN’ATINING NAZARIYASI 1Qayumov Javohirxo‘ja Sodiqxo‘ja o‘g‘li, 2Nurmatova Firuza Baxodirovna 1CHDPU Musiqa ta’limi katta o‘qituvchisi 2CHDPU Musiqa ta’lim yo‘nalishi 5-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17580811 Annotatsiya. Ushbu maqola O‘zbek an’anaviy xonandalik san’atining tarixiy rivojlanishining nazariy asoslari, ijrochilik tamoyillari va mintaqaviy maktablarining xususiyatlarini chuqur tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda XI-XV asrlarda yashab ijod qilgan Forobiy, Kaykovus va Abdurahmon Jomiy kabi o‘rta asr olimlari tomonidan belgilangan musiqiy-falsafiy konsepsiyalar o‘rganiladi. Shuningdek, Xonandalikning professional ijro etish talablari, jumladan, nafas olish, fonatsiya, artikulyatsiya usullari hamda ovozning Binigi, Guligi va Ishkami kabi an’anaviy tasniflari yoritilgan. Maqolaning asosiy qismi ustoz-shogird an’anasining pedagogik ahamiyatini ochib beradi. Maqola xonandalikning milliy madaniy merosni saqlash va rivojlantirishdagi strategik o‘rnini ta’kidlaydi. Kalit so‘zlar:An’anaviy Xonandalik, Yakka Xonandalik, Hofiz, Usul, Parda, Nasr, Mushkilot, Ustoz-Shogird, Fonatsiya, Binigi, Guligi, Ishkami, O‘rta asr musiqasi. Аннотация. Статья посвящена глубокому анализу теоретических основ исторического развития узбекского традиционного певческого искусства, принципов исполнительства и особенностей его региональных школ. В статье рассматриваются музыкально-философские концепции средневековых учёных, таких как Фараби, Кайковус и Абдурахмон Джоми, живших и творивших в XI–XV веках. Также рассматриваются требования к профессиональному исполнению пения, включая дыхание, фонацию, артикуляционные приёмы, а также традиционные классификации голоса, такие как «Биниги», «Гулиги» и «Ишками». Основная часть статьи раскрывает педагогическое значение традиции «учитель–ученик». Подчёркивается стратегическая роль пения в сохранении и развитии национального культурного наследия. Ключевые слова: Традиционное пение, сольное пение, хафиз, усул, парда, проза, мушкилот, мастер-ученик, фонация, биниги, гулиги, ишками, средневековая музыка.This article is devoted to an in-depth analysis of the theoretical foundations of the historical development of the Uzbek traditional singing art, the principles of performance and the characteristics of its regional schools. The study examines the musical and philosophical concepts established by medieval scholars such as Farabiy, Kaykovus and Abdurakhmon Jomiy, who lived and worked in the 11th-15th centuries. It also covers the requirements for professional performance of singing, including breathing, phonation, articulation methods, and traditional classifications of the voice such as Binigi, Guligi and Ishkami. The main part of the article reveals the pedagogical significance of the teacher-student tradition. The article emphasizes the strategic role of singing in the preservation and development of the national cultural heritage. Keywords: Traditional Singing, Solo Singing, Hafiz, Usul, Parda, Prose, trouble, MasterStudent, Phonation, Binigi, Guligi, Ishkami, Medieval Music. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1597 O‘zbek an’anaviy xonandalik san’ati asrlar davomida shakllangan noyob madaniy meros bo‘lib, u nafaqat ijrochilik mahoratini, balki chuqur falsafiy va ma’naviy asoslarni ham qamrab oladi. Yakka ovozda kuylash fenomenidan kelib chiqqan bo‘lib, o‘zining boshlang‘ich shakli xirgoyidan professional yakka xonandalik darajasiga ko‘tarilgan.Ushbu san’atning asosiy vazifasi – merosni saqlash meros qoldirish va uni davr talablariga mos ravishda rivojlantirish o‘rtasidagi dialektik muvozanatni ta’minlashdan iborat.Xonandalik — bu shunchaki qo‘shiq ijrosi emas, balki ijrochining nazm va navoni bir nafasda, ma’lum qoidalar asosida sintez qila olish san’atidir. Professional xonandalik sohasining rivojlanishi bugungi kunda ham uzluksiz pedagogik jarayon, ijodkorlik va ijro mahoratining o‘sishini talab etadi. 1. Xonandalikning tarixiy-nazariy ildizlarini, xususan, o‘rta asr olimlari merosi asosida tahlil qilish. 2. An’anaviy ovoz texnikasi va ovoz apparatining fiziologik asoslarini yoritish. 3. Maqom tizimining strukturaviy va ijrochilik jihatlarini o‘rganish. 4. Mintaqaviy ijrochilik maktablarining o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib berish. Xonandalik san’atining nazariy asoslari ilk bor O‘rta asr faylasuf olimlari, jumladan, Abu Nasr Forobiy ("Kattа musiqa kitobi") tomonidan sistematik ravishda tahlil qilingan. Forobiy ijro san’atini xonandalik va cholg‘u turlariga ajratib, qo‘shiqlar siklini Tarannum, Talqin va Tanag‘um kabi turlarga bo‘lgan. Kaykovus ("Qobusnoma") asarida esa Hofiz tushunchasini qo‘shiqchi-mutaxassisga nisbatan qo‘llash orqali xofizlik san’atining ijtimoiy maqomini oshirgan.XV asrda Abdurahmon Jomiy o‘zining “Risolai Musiqiy” asarida esa ashulachiga yuksak mahorat talabini qo‘yib, uning ijrosi tinglovchining “ruh, jon va tan”iga ta’sir qilishi zarurligini ta’kidlagan.Xofizlikning shakllanishi esa Safiyuddin Urmaviy (“Kitobul-advor”) ning o‘n ikki maqom tizimini sistemalashtirishi bilan bog‘liqdir. Ushbu nazariy baza, Maqomning XVIII asrda mustaqil janr sifatida shakllanishiga asos bo‘lgan. XX asrda V.A. Uspenskiyning dastlabki yozuvlari va ayniqsa, Yunus Rajabiyning maqomni to‘liq va ilmiy asoslangan holda, vazn o‘lchovlariga muvofiq ravishda milliy kodifikatsiyasi ushbu san’atni to‘liq tizimlashtirib notaga tushirdi.Pedagogik jihatdan esa xonandalikda Ustoz-Shogird an’anasi asosiy metodologik tamoyil bo‘lib xizmat qiladi, bu jarayon nafaqat texnik mahoratni, balki estetik talqinni ham shakllantirishga qaratilgan. • Tarixiy-qiyosiy tahlil: O‘rta asr manbalaridagi nazariy qarashlar (Forobiy, Jomiy) va keyingi davrlardagi amaliyotlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash. • Sistematik yondashuv: maqom tizimini uning asosiy elementlari (Usul, Parda, Nasr, Mushkilot) bo‘yicha tahlil qilish. • Funksional tahlil: ovoz texnikasining har bir elementi nafas olish, artikulyatsiya, rezonatorlarning ijro jarayonidagi o‘rnini va ahamiyatini o‘rganish. • Mintaqaviy qiyoslash: Buxoro, Farg‘ona-Toshkent va Xorazm maktablarining o‘ziga xos ijrochilik xususiyatlarini aniqlash. Professional Xonandalik 12-13 yoshdan boshlab, ovoz to‘liq hajmga (1,5 oktava) yetganda boshlanadi va ijrochidan jarangdor (zangdor), shirador (shirin) va sadosi ravon (ravon) ovozni talab qiladi, diapazon kamida 2 oktava bo‘lishi lozim.Ovozning shakllanishi fonatsiya (bo‘g‘iz pardalarining tebranishi) va rezonatorlar (bosh va ko‘krak bo‘shliqlari) faoliyatiga asoslanadi.An’anaviy ovoz texnikasi uch asosiy ijro uslubi bo‘yicha tasniflanadi, bu tasnifni ilk bor Qutbiddin Sheroziy bayon etgan: INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1598 Uslub nomi Tavsif Fiziologik Asosi Binigi Dimog‘li tovush Bosh rezonator (burun bo‘shlig‘i) faolligi. Tovushga jarangdorlik beradi. Guligi Tomoqdan chiqadigan tovush Bo‘g‘iz rezonansi. Ochiq, biroz bo‘g‘iq tovush beradi. Ishkami Ko‘krak-qorin yordamida hosil bo‘lgan tovush Diafragma va ko‘krak rezonansi. Eng ishonchli, chuqur va tiniq tovush beradi. Amaliyotda ko‘pincha ushbu uslublarning aralashmasi qo‘llaniladi, chunki ideal professional ovoz tovushning aylanma harakatda bo‘lishini, ya’ni registrlar o‘rtasida silliq va tekis o‘tishni talab qiladi.Xonandalikning eng yuqori, tizimli shakli hisoblanib, Usul va Parda (lad va tonallik) tamoyillariga asoslanadi.Nafas olish va artikulyatsiya: Xonandalikda diafragmal nafas (quyi qovurg'a diafragmada) asosiy hisoblanadi. Ijro talabi bo‘yicha musiqiy fraza, so‘z bo‘lagi va aruz ruknlari bir nafasda ijro etilishi shart.Artikulyatsiya esa jarangdor unlilar va aniq undoshlar talaffuzini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, nutq a’zolari til, lab, yumshoq tanglay harakati bo‘g‘izning erkin holatini buzmasligi kerak. Xofizlik san’ati o‘zining mintaqaviy ijro maktablari orqali rivojlangan: 1. Buxoro maktabi: Maqom ijrosida eng yuksak mahoratga ega maktab. Domla Halim Ibodov kabi hofizlar o‘zlarining hududsiz ovozi va nafasni uzluksiz ushlab turish mahorati bilan maqomning murakkab Savt va Mo‘g‘ilcha sho‘balarini yuksak darajada ijro etishgan. Ko‘pincha faqat doira jo‘rligida ijro qilingan. 2. Farg‘ona-Toshkent maktabi: Katta ashula (Katta Qo‘shiq) janri bilan mashhur. Bu maktabning bezaklari (Nola va Qochirim) boshqa maktablarga nisbatan sernola va serqochirimligi bilan ajralib turadi, ijroda ustalik va shahdamlik talab etiladi.[1] 3. Xorazm maktabi: Bu yerda Xalfachilik deb nomlangan noyob ayollar ovozi an’anasi rivojlangan. Xalfalar nafaqat ijrochi, balki jamiyatning ma’rifatli qatlami bo‘lib, xotinqizlar davrasida xalq dardlarini, adolatsizlikni ochiq ifodalovchi qo‘shiqlar kuylashgan. Xulosa:Xonandalik tarixi va nazariyasi O‘zbekistonning madaniy xazinasining poydevori hisoblanadi. O‘rta asr olimlarining ilmiy merosiga tayanib, bu san’at Nazm va Navoni mukammal birlashtirgan maqom tizimida o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga erishdi. Xonandalik professional talqin, aniq nafas texnikasi va Ustoz-Shogird an’anasi orqali avloddan avlodga o‘tadi. Bugungi kunda ushbu san’atni rivojlantirish quyidagi vazifalarni talab etadi: 1. Amaliy pedagogika: Ovoz texnikasini shunchaki mexanik mashq sifatida emas, balki ijrochining ruhiy va jismoniy holati bilan bog‘liq holda rivojlantirish. 2. Individual uslubni shakllantirish: Talabalarni shunchaki taqlid qilishdan voz kechishga va shaxsiy ijro uslubini shakllantirishga undash. 3. Standartlashtirish: O‘quv resurslari bilan takomillashtirish va maqom ijrosini xalqaro talablarga mos keladigan ovoz texnikasi bilan boyitish. Xonandalikning abadiy qadri shundaki, u xalq hayotining ko‘zgusi bo‘lib, kelajak avlod uchun ma’naviy boylik manbai bo‘lib xizmat qiladi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1599 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Karimova M. An’anaviy yakka xonandalik. Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. T.: O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, 2019. – 197 b. 2. Ermatov M. An’anaviy xonandalik: Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. T.: A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashr., 2003. 3. Solixova M. An'anaviy xonandalik ansambli (Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o'quv qo'llanma). Toshkent, 2010. 4. Қаюмов, Ж. С. (2021). Шашмақомга бахшида умр. Science and Education, 2(Special Issue 1), 98-105. 5. Toshkulovich, P. R., & Ugli, K. J. S. (2020). MUSIQA O'QITUVCHISI VA UNING KASBIY MAHORATI. Academic research in educational sciences, (4), 703-712.