scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

CHOLG'U ANSAMBLLARI IJRO YO'LLARINING METODIK VA PSIXOLOGIK ASOSLARI

Qayumov Javohirxo'ja Sodiqxo'ja o'g'li, Ergashev Davron Xusniddin o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek musiqa san’atining rivojlanish bosqichlari, cholg‘u ansambllarining ijro yo‘llari va bunga hissa qo‘shgan O‘zbekistonning taniqli sozandalari haqida so‘z boradi. Cholg‘u ansambli asarlarini o‘rganish, ularni o‘zlashtirish, ijroda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi haqida ham yoritib o‘tilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1600 CHOLG‘U ANSAMBLLARI IJRO YO‘LLARINING METODIK VA PSIXOLOGIK ASOSLARI 1Qayumov Javohirxo‘ja Sodiqxo‘ja o‘g‘li, 2Ergashev Davron Xusniddin o‘g‘li 1CHDPU Musiqa ta’limi katta o‘qituvchisi 2CHDPU Musiqa ta’lim yo‘nalishi 5-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17580873 Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘zbek musiqa san’atining rivojlanish bosqichlari, cholg‘u ansambllarining ijro yo‘llari va bunga hissa qo‘shgan O‘zbekistonning taniqli sozandalari haqida so‘z boradi. Cholg‘u ansambli asarlarini o‘rganish, ularni o‘zlashtirish, ijroda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi haqida ham yoritib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: musiqa, cholg‘u ijrochiligi, shashmaqom, auftakt, kvartet, kvintet, simfonik orkestr, ansambl. Аннотация. В данной статье рассказывается об этапах развития узбекской музыки, способах исполнения музыкальных ансамблей и известных музыкантах Узбекистана, внесших в это свой вклад. Также объясняется изучение и освоение произведений музыкального ансамбля, на что следует обратить внимание в исполнении. Ключевые слова: Музыка, инструментальное исполнение, Шашмаком, ауфтакт, квартет, квинтет, симфонический оркестр, ансамбль. Abstract. This article describes the stages of development of Uzbek music, methods of performing musical ensembles and famous musicians of Uzbekistan who contributed to this. It also explains the study and mastery of the works of a musical ensemble, what you should pay attention to in performance. Key words: Music, instrumental performance, Shashmaqom, auftakt, quartet, quintet, symphony orchestra, ensemble. O‘zbek milliy musiqa san’ati asrlar davomida shakllangan noyob ijro uslublari va metodik prinsiplariga ega bo‘lib, cholg‘u ansambli ijrochiligi ushbu madaniy merosning eng yorqin ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Ansambl, yakka ijrochilikning virtuozlik talablari bilan bir qatorda, jamoaviy ruh, yagona nafas va mutlaq hamohanglikka erishish san’atidir. Cholg‘u ijrochiligi ansambilida ijro yo‘llari deganda, nafaqat texnik malakalarning yig‘indisi, balki ansambl a’zolarining o‘zaro ruhiy-hissiy aloqasi, badiiy niyatni yagona estetik obrazga aylantirish falsafasi tushuniladi. Ushbu ijro yo‘llarining asosida Sharq falsafasiga xos bo‘lgan yagonalik g‘oyasi yotadi. Unison ijroda, G‘arb orkestrlariga xos bo‘lgan garmonik ko‘p ovozli polifoniyadan farqli o‘laroq, asarning hissiy-mazmuniy chuqurligi tovushlarning yakkalikdagi kuchli sintezi orqali ta’minlanadi. Ansambl ijrochiligining metodik qatlami eng murakkab va o‘rganilishi lozim bo‘lgan jihatlardan biridir. Metodik yondashuv ansambl sinfida o‘qitish jarayonlarini tizimlashtirishni, ya’ni yakka ijrodan jamoaviy ijroga o‘tish bosqichlarini aniq belgilashni talab qiladi. Sozanda o‘z cholg‘usining tembri va dinamikasini boshqa cholg‘ular (rubob, g‘ijjak, dutor, nay, doira) tembri bilan qiyosiy tahlil qila olishi, o‘z partiyasini umumiy tovushga singdira olishi kerak. O‘qitishning dastlabki bosqichlarida, pedagog dasturga eng oddiy, ritmik jihatdan aniq xalq kuylarini kiritadi. Bu kuylarni o‘rganish orqali talaba avval INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1601 unison ijroda ritmik va intonatsion aniqlikka erishadi. Keyinroq, kuyni bo‘laklarga ajratib, ayrim qismlarni yakka sozda yoki bir necha sozlar guruhida ijro etish kiritiladi. Bu metodika ansambl a’zolarining ijodiy tafakkurini faollashtirib, ularga faqat o‘z partiyasini emas, balki asarning umumiy me’moriy tuzilishini ham tushunishga imkon beradi. Analitik-qiyosiy tahlil shuni ko‘rsatadiki, G‘arb simfonik orkestrlarida ijrochiga partitura tomonidan qat’iy belgilangan dinamik va tembr talablariga rioya qilish talab etilsa, an’anaviy o‘zbek ansamblida ijrochining improvizatsion tafakkuri faol ishtirok etadi. Garchi asosiy melodiya unison bo‘lsa-da, har bir sozanda o‘z cholg‘usining imkoniyatlaridan kelib chiqib tovushga individual bezak bera oladi. Ijtimoiy-pedagogik jihatdan, ansambl mashg‘ulotlari bolalarda intizomni va o‘zgaruvchan vaziyatga moslashish qobiliyatini rivojlantiradi, chunki ansambl rahbari yoki doirachining kichik ishorasi (masalan, tempni o‘zgartirish) butun jamoaning tezkor reaksiyasini talab qiladi. An’anaviy ijro maktablarida (masalan, Buxoro Shashmaqomi ansamblida) bu uzviylik uzoq yillik ustoz-shogird amaliyotida, birgalikda takrorlash jarayonida shakllanadi. Shuningdek, jo‘rnavozlik (akkompanement) qilish san’ati ham chuqur psixologik mahoratni talab etadi. Jo‘rnavozlik qilayotgan sozanda yakka ijrochiga psixologik ko‘mak berishi, uni qo‘llabquvvatlashi va uning badiiy g‘oyasini kuchaytirishi lozim. Qiyosiy tahlilga murojaat qiladigan bo‘lsak, G‘arb kamer ansambllarida partiyalar ko‘pincha bir-birini to‘ldiruvchi mustaqil garmonik yo‘nalishlarga asoslansa, o‘zbek an’anaviy ansamblida yagona ohang atrofidagi to‘rtta asosiy yo‘nalish (melodiya, usul, jo‘rnavozlik va variatsiya)ning yagona nuqtada birlashishiga erishiladi. Bu yerda ijrochi o‘zining ruhiy holatini butun jamoaning emotsional holati bilan uyg‘unlashtirishni o‘rganadi. Sharq va G‘arb musiqa madaniyatlaridagi jamoaviy ijro yondashuvlarining fundamental farqlarini ochib beradi. Bu yerda ijrochi, asosan, muallifning notaga kiritilgan ko‘rsatmalarini aniqlik bilan qayta tiklashga qaratilgan bo‘ladi, bu esa ijro jarayonida reproduktiv tafakkurni ustun qo‘yadi. O‘zbek an’anaviy cholg‘u ansambli esa ayniqsa, maqom ijrochiligida, og‘zaki an’ana (ustoz-shogird maktabi) va improvizatsiya muhim o‘rin tutadi. Garchi asosiy melodiya (makon) qat’iy bo‘lsa-da, sozanda kuyni bezashda, naqshlashda va ritmik erkinliklar (rubato)dan foydalanishda ma’lum darajada erkinlikka ega bo‘ladi. Bu holat ijrochida ijodiy tafakkurni faollashtiradi. Metodik jihatdan, ansambl darslarida yosh ijrochilar, G‘arb an’anasiga xos bo‘lgan oktava yoki kvinta kabi oddiy garmonik uyg‘unliklarni chalishdan ko‘ra, bir xil partiyani turli sozlarda bir xil dinamika va tempda ijro etishga ko‘proq e’tibor qaratadilar Ijro yo‘llarining falsafiy-estetik mohiyati cholg‘u ansamblining jamoaviy ijro orqali erishadigan badiiy niyatining yagonaligida namoyon bo‘ladi. Ansambl, individual sozandalarning yig‘indisi emas, balki yagona g‘oyaviy-hissiy jism sifatida namoyon bo‘lishi lozim. Ijrochi o‘zining individual his-tuyg‘ularini umumiy badiiy maqsadga qurbon qila olishi, o‘zini jamoaning bir bo‘lagi sifatida qabul qila olishi kerak. Metodik amaliyotda esa, ansambl ijrosining yanada jozibali bo‘lishi uchun H. Nurmatov tomonidan tavsiya etilgan oktava qilib chalish usuli muhim sanaladi. Cholg‘u ansambli ijrochiligi, o‘zining murakkab metodik va psixologik talablari orqali, bevosita musiqiy ta’lim pedagogikasi bilan bog‘liqdir. Ijro yo‘llarini egallash jarayoni talabalarda nafaqat musiqa asbobida chalish texnikasini, balki ijodiy intizom va ijtimoiy moslashuvchanlik kabi muhim pedagogik fazilatlarni ham shakllantiradi. Pedagogik nuqtai nazardan, ansambl sinfida ta’lim berishning eng muhim bosqichi – bu har bir sozandaning partiyasini aniqlash va uning ansambldagi ahamiyatini tushuntirishdir. Metodik amaliyotda, INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1602 o‘qituvchi avval kuyni butun ansambl bilan unison tarzda ijro ettirib, umumiy tempi va dinamikani o‘rnatsa, keyin ijro uslubini boyitish uchun kuyni turli guruhlarga (masalan, torlitirnama sozlarga (rubob, dutor) va torli-kamonli sozlarga (g‘ijjak, sato)) ajratib beradi. Bu metodika har bir ijrochining eshitish e’tiborini tarbiyalaydi. Musiqiy-psixologik jihatdan, eshitishning bu turi selektiv diqqat (tanlab eshitish) deb ataladi: ijrochi bir vaqtning o‘zida o‘zining tovushini va boshqa guruh tovushini va doiraning ritmik asosini birgalikda nazorat qila olishi kerak. Cholg‘u ansambli ijrochiligi asarlarining to‘plamida, H. Nurmatov qo‘llanmasida "Navro‘zi ajam", "Mushkuloti dugoh", "Tarje'i navo" kabi maqom yo‘lidagi kuylar keltirilgan. Bu asarlarni ansamblda ijro etish ijro yo‘llarining eng oliy shaklini namoyon qiladi. Ijro yo‘llarini chuqur tahlil qilishda, cholg‘u ansambli rahbarining rolini falsafiy-estetik jihatdan qayta ko‘rib chiqish muhimdir. Rahbar shunchaki musiqa ijrosini boshqaruvchi emas, balki "g‘oyaviy-estetik mediator" dir. U har bir sozandaning individual estetik dunyosini umumiy badiiy niyatga yo‘naltiruvchi shaxsdir. Rahbarning asosiy ijro yo‘li – bu sozandalarni yagona hissiy va ritmik kanalga ulay olish mahoratidir. Ijtimoiy-pedagogik nuqtai nazardan, ansambl rahbari talabalarga faqat chalishni emas, balki jamoaviy liderlikni ham o‘rgatishi lozim. Cholg‘u ijrochiligi ansambilida ijro yo‘llarining rivojlanishidagi estetik paradigma bevosita musiqa asboblarining tembr va kolorit xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Har bir an’anaviy cholg‘u (dutor, g‘ijjak, rubob, nay, chang) o‘ziga xos tovush rangiga ega bo‘lib, ansambl rahbari bu ranglarni asarning badiiy niyatiga mos ravishda mohirlik bilan uyg‘unlashtirishi lozim. Dutorning sokin, lirik tembri ko‘proq ayriliq yoki sevgi iztirobi kabi falsafiy-lirik g‘oyalarni ifodalashga xizmat qilsa, doiraning aniq va jo‘shqin ritmi qahramonlik yoki bayram kabi ijtimoiy-madaniy g‘oyalarni yoritishga xizmat qiladi. G‘arb orkestrlarida tembrlar, asosan, partitura tomonidan qat’iy belgilangan va kamdan-kam o‘zgartiriladi, ammo o‘zbek an’anaviy ansamblida ijro yo‘lining bir qismi sifatida asarning ma’lum bir joyida cholg‘ular tarkibini o‘zgartirish yoki bir cholg‘uning partiyasini boshqasiga o‘tkazish (masalan, rubobdan g‘ijjakka) orqali improvizatsion kolorit yaratishga ruxsat beriladi. Cholg‘u ijrochiligi ansambilida eng muhim ijro yo‘llaridan biri bu ritmik aniqlik va usulga qat’iy rioya qilishdir. Ritm, musiqa san’atining tayanchi va harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib, ansamblning birlashishi uchun asosiy shartdir. O‘zbek an’anaviy musiqasidagi ritmik asos, asosan, doira usullari (masalan, Chapandoz, Ufar, Saraxbor) tomonidan belgilanishi sababli, doirachining roli nihoyatda mas’uliyatlidir. Musiqiy-psixologik jihatdan, ritmik aniqlik – bu ijrochining motor-harakat xotirasi va ritmik idrokining yuksak darajada rivojlanganligini ko‘rsatadi. Metodik amaliyotda ritmik aniqlikka erishish uchun pedagoglar maxsus usullarni qo‘llaydilar. Cholg‘u ansambli ijrochiligida ijro yo‘llarini boyituvchi yana bir muhim qatlam bu dinamik diapazon va koloristik nuanslarni mohirlik bilan boshqarish san’atidir. Dinamika (tovush kuchi) – asarning emotsional chuqurligini ochib beruvchi vosita bo‘lib, ansamblda bu elementni yagona tarzda idora etish katta mahorat talab qiladi, dinamik o‘zgarishlar (forte, piano, kreshendo, diminuendo) hissiy ziddiyatlar va qarama-qarshiliklar dialektikasini aks ettiradi. Ansamblda sozanda nafaqat o‘zining dinamik darajasini, balki boshqa sozandalarning ham tovush kuchini eshitib, o‘zining ijrosini umumiy ijroga moslashtirishi kerak. Metodik amaliyotda dinamik malakalarni rivojlantirish uchun pedagoglar kuyni turli dinamik rejimlarda ijro ettiradilar. Unison ijroda bir xil dinamik darajani saqlash qiyin bo‘lganidan, bu mashqlar INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1603 ijrochilarning bir xil nafas olish va bir xil his qilish mahoratini oshiradi. Ijtimoiy-pedagogik ahamiyatga ega bo‘lgan jihati shundaki, dinamik kontrastlarga birgalikda erishish jamoada o‘zaro sezgirlik va hissiy tushunishni tarbiyalaydi. Cholg‘u ijrochiligi ansambilida ijro yo‘llarining amaliy samaradorligini oshirishda cholg‘uni to‘g‘ri tutish va sozining tovushini to‘g‘ri chiqarish madaniyatini egallash metodikasi asosiy o‘rin tutadi. Bu, shunchaki texnik qoida emas, balki sozanda va uning asbobi o‘rtasidagi uzviy, falsafiy-estetik munosabatni ifodalaydi Musiqiy-psixologik nuqtai nazardan, to‘g‘ri o‘tirish va sozni erkin tutish ijrochida fizik erkinlik orqali ruhiy erkinlikni ta’minlaydi. Ruhiy erkinlik esa ijodiy tafakkur va hissiy ifoda kuchini oshirishga bevosita ta’sir qiladi. Ansambl a’zolarining bir xil, estetik jihatdan chiroyli ko‘rinishi jamoaviy sahna madaniyatini shakllantiradi va tinglovchiga butun ansamblning professionallik darajasi haqida ijobiy taassurot beradi. G‘arb musiqa maktablarida ham cholg‘uni tutish va tana holatiga katta e’tibor beriladi (masalan, violonchelchining holati), ammo an’anaviy o‘zbek ijrochiligida bu harakatlar, ko‘pincha, asbobning o‘ziga xos tuzilishi va Sharq mehmondorchilik madaniyati chalinganda chiroyli o‘tirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Cholg‘u ijrochiligi ansambilida ijro yo‘llarining takomillashuvi metodikasiga bevosita bog‘liqdir. Falsafiy-estetik nuqtai nazardan, improvizatsiya – bu ijrochining hozirgi lahzadagi ruhiy holatini va ijodiy erkinligini musiqiy ifodalash san’atidir. Biroq, ansambl ijrosida bu erkinlik umumiy badiiy ramkalar bilan chegaralanadi. Har bir sozanda improvizatsiya (turlash) qilganda, u boshqa sozandalarni bosib qo‘ymaslik va kuyni tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirmaslik kabi ijtimoiy-pedagogik va estetik mas’uliyatni his qilishi lozim. Metodik amaliyotda improvizatsion malakalarni ansambl sharoitida rivojlantirish uchun maxsus mashqlar tizimi qo‘llaniladi: avval oddiy kuyni qisqa, ruxsat etilgan bezaklar bilan turlashga o‘rgatiladi, so‘ngra erkin, lekin ritmik aniq turlashlar kiritiladi. Musiqiy-psixologik jihatdan, improvizatsiya – bu ijrochining musiqiy lug‘atini va tezkor qaror qabul qilish qobiliyatini sinovdan o‘tkazadi. Ansambl sharoitida u bir vaqtning o‘zida o‘zining improvizatsiyasini yarata olishi va boshqa a’zolar ijrosini tinglab turishi kerak. Bu, miyaning bir nechta funksiyalarini sinxronlashtirishni talab qiladi. Analitik-qiyosiy tahlilda G‘arbning Jazz musiqasidagi improvizatsiya ko‘pincha garmonik ketma-ketlikka asoslansa, o‘zbek an’anaviy musiqasidagi improvizatsiya melodik turlash (ornamentatsiya) va ritmik o‘zgarishlarga asoslanadi, lekin doimo yagona unison markaziga qaytib keladi. Shuning uchun, S. Begmatov va M. Matyoqubovning ishlarida an’anaviy ansambl ijrosining o‘ziga xos tomoni turlash san’ati ekanligi, bu esa ijrochidan asarni yoddan bilishni va kuyni chuqur his qilishni talab etishi ta’kidlanadi (Begmatov, Matyoqubov, 2008, 65-b.). Ushbu ijro yo‘li jamoaviy ijodkorlikning yuksak namunasi hisoblanadi. Ansambl ijrochiligining ijtimoiy-pedagogik qatlamdagi ijro yo‘llari musiqa san’atining milliy qadriyatlarni targ‘ib qilishdagi o‘rnini yoritishga qaratilgan. Cholg‘u ansambli, faqat musiqa ijro etuvchi jamoa emas, balki milliy o‘zlikni, tarixni va ma’naviy qadriyatlarni ovoz orqali uzatuvchi vositadir. Ansambl repertuariga kiritilgan "Aliqambar", "Saboh", "Sharop I" kabi xalq kuylari, nafaqat texnik mahoratni, balki shu kuylarning tarixiy, etnik va ijtimoiy kontekstini bilishni ham talab etadi (Nurmatov, Nazarov, Janaydarov, 2005, 71-74-b.). Metodik amaliyotda bu jihatni rivojlantirish uchun pedagoglar ansambl darslarida kuylarning kelib chiqish tarixi va uning ijtimoiy ahamiyatini tahlil qilishni kiritadilar. Masalan, "Qalandar I" kuyining ijrosini o‘rganishdan oldin, Qalandarlar harakatining falsafiy-tarixiy asoslari o‘rganilishi lozim. Bu yondashuv musiqiy-psixologik jihatdan talabaning chuqur rezonansini INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1604 (asarga chuqur hissiy bog‘lanish) ta’minlaydi. U kuyni shunchaki nota yig‘indisi emas, balki madaniy merosning bir bo‘lagi sifatida idrok etadi. Analitik-qiyosiy tahlilda G‘arb ansambllarida asarning avtobiografik yoki ijtimoiy konteksti tushuntirilsa-da, an’anaviy o‘zbek ansamblida bu kontekst og‘zaki an’ana va ustoz-shogird me’yorlari orqali yanada chuqur singdiriladi. Falsafiyestetik nuqtai nazardan, ansambl ijrosi orqali milliy madaniyatning uzviyligi va uzluksizligi ta’minlanadi. SH. Janaydarov (2011, 40-b.) ta’kidlaganidek, milliy cholg‘u ansambli "ajdodlardan avlodlarga o‘tayotgan ovozli xotiradir". FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Abdullayev, V. M. (2015). Musiqa pedagogikasi: nazariya va amaliyot. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti. 2. Begmatov, S. M., Matyoqubov, M. B. (2008). O‘zbek an'anaviy cholg'ulari. Toshkent: Yangi nashr. (65, 71-b.) 3. Karimov, F. N. (2007). San'at psixologiyasi: Ijodiy faoliyat mexanizmlari. Samarqand: Samarqand nashriyoti. 4. Matyoqubov, O. (2003). Maqom san'ati (2-nashr). Toshkent: Sharq. 5. Nabiyev, A. A. (2018). Musiqiy idrok va tafakkur asoslari. Toshkent: Fan. 6. Қаюмов, Ж. С. (2021). Шашмақомга бахшида умр. Science and Education, 2(Special Issue 1), 98-105. 7. Toshkulovich, P. R., & Ugli, K. J. S. (2020). Musiqa o'qituvchisi va uning kasbiy mahorati. Academic research in educational sciences, (4), 703-712.