scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA PEDAGOGIK TOLERANTLIKNING TUTUGAN O'RNI

Joldasbaeva Arzigul

Abstract

Ushu maqolada pedagogik tolerantlik, uning ahamiyati, talab va professor-o‘qituvchilarning shaxslararo munosabatlarda utgan o‘rni, asosiy yo‘nalishlari, funksiyalari, bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy tolerantlikni shakllantirishning nazariy jihatlari haqia fikr yuritilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 370 SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA PEDAGOGIK TOLERANTLIKNING TUTUGAN O‘RNI Joldasbaeva Arzigul Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI 2-bosqich tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17582240 Annotatsiya. Ushu maqolada pedagogik tolerantlik, uning ahamiyati, talab va professoro‘qituvchilarning shaxslararo munosabatlarda utgan o‘rni, asosiy yo‘nalishlari, funksiyalari, bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy tolerantlikni shakllantirishning nazariy jihatlari haqia fikr yuritilgan. Kalit so’zlar: tolerantlik, kasbiy tolerantlik, talabalar, pedagogik tolerantlik, bag‘rikenglik, qadriyatlar, qadriyatli munosabatlar, emapatiya, rahmdillik, kommunikativ tolerantlik. Shaxslararo munosabatlarda tolerantlik yetakchi o‘rinni egallaydi. Ayniqsa, o‘qituvchi o‘quvchi munosabatlarida o‘qituvchining tolerantligi alohida ahamiyatga ega. O‘qituvchi o‘quvchi orasidagi tolerantlik o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarning kafolatidir. U ta’lim jarayonida muvozanatni ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘quvchilarni shaxs sifatida tan olish, ularning manfaatlarini himoya qilish uchun birlashishni ta’minlaydi. Bo‘lajak o‘qituvchining tolerantlikka asoslangan xulqini shakllantirish natijasida unga alohida mas’uliyat yuklanadi. Chunki, tolerantlik mas’uliyatli pedagog xulqining me’yori hisoblanadi. Dunyoqarashi va xulqi bilan bir biridan farq qiladigan o‘quvchilarga nisbatan tolerant munosabatda bo‘lish ularni yaqindan anglashga xizmat qiladi, tolerantlikning asosini tashkil etadi. Kasbiy tolerantlikning asosinin o‘quvchilarning universal huquq va asosiy erkinliklarini tan olishga asoslangan faol munosabat tashkil etadi. Kasbiy tolerentlikning o‘ziga xos darajalari mavjud: 1. Negativ ta’sirlar vaziyatida o‘zini tiya olish darajasi. Bu pedagogning axloqiy jihatdan muhim sifati bo‘lib, ta’lim jarayonida zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlaydi. Shu bilan bir qatorda, kasbiy tolerantlik ixtiyoriy hamdardlikning ifodasi bo‘lib, tahdid, iltimos yoki taqlid orqali paydo bo‘lmaydi. Tolerantlikni noto‘g‘ri qabul qilinadigan holatlari ham mavjud: sekin reaksiya qilish, qadriyatlar orasida farqni ajrata olmaslik, kinoyali befarqlik yoki ikkilanish. A.E.Zimbuli ham kasbiy toleranlikning turlarini ajratgan: - kvazitolerentlik bu soxta toleranlikka teng keladi. Bunday xulqning paydo bo‘lishi o‘zini ko‘rsatish, voqealarning o‘z o‘zidan vujudga kelishiga ishonish, manfaatdorlik, e’tiborsizlik yoki konforizm. - soxta tolerantlik (psevdotolerantlik) bunday holatning sabablari ataylab atrofdagilarni chalg‘itish holatlari, ikkiyuzlamachilik va qalbakilik. - negativ tolerantlik tashqi jihatdan tolerantlikka o‘xshagani bilan aslida g‘arazlilik, aralashmaslik yoki zimdan intiqom ifodasi hisoblanadi. - pozitiv, ya’ni haqiqiy tolerantlik diqqat, g‘amxo‘rlik, yordam, hamdardlik va tushunishga asoslangan tolerantlikdir. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 371 2. O‘zaro tushunish va atrofdagilarni tushunishga tayyorlik darajasi. tolerantlikning ushbu darajasi umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan holda atrofdagilarni anglash va uning mavjudlik huquqini tan olishga asoslangan tolerantlikdir. 3. Tanqidiy muloqot va shaxsiy tajribani kengaytirishga asoslangan tolerantlik darajasi. Bo‘lajak o‘qituvchining o‘z o‘quvchilarini tanqidiy anglash asosida o‘zining kasbiy tajribasini boyitish, kasbiy tafakkuri va dunyoqarashining rivojlanishini anglatadi. Tolerantlik barcha davrlarda pedagogning ezgu fazilati sifatida qadrlangan. O‘qituvchi o‘quvchilar orasidagi farqlarga nisbatan toqatli, bardoshli munosabatda bo‘lishi, ularning to‘siqsiz bilim olishlari uchun kuch, g‘ayrat sarflashi, o‘z huquq va erkinligini amalga oshirishda boshqalarning huquq va erkinligini buzmasligi lozim. Ma’lumki ta’lim siyosatining markazida o‘qituvchi shaxsi turadi. O‘qituvchining dunyoqarashi, ma’naviy qiyofasi, madaniyati va bilimdonligi yosh avlodni kelajakdagi hayotga tayyorlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Zamonaviy O‘zbeksiton jamiyatining rivojlanish tendensiyasi o‘qituvchilar oldiga yangi talablar qo‘yilmoqda. Ushbu talablardan kelib chiqqan holda bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy tolerantlikni shakllantirish ehtiyoji kuchaydi. Kasbiy tolerantlik, bir tomondan, ta’lim-tarbiya jarayonida belgilangan maqsadlarga erishish vositasi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, tarbiya jarayonining muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik faoliyatning muvaffaqiyatli shakllanish shartlaridan biri o‘quvchi shaxsini qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilish ko‘nikmasining namoyon bo‘lishidir. Tolerant o‘qituvchi o‘quvchilarga nisbatan to‘g‘ri munosabat taktikasi orqali yuqori natijalarga erisha oladi. Pedagogik tolerantlikning ikkita asosiy turi mavjud: 1. Ijtimoiy yoki ijtimoiy-psixologik tolerantlik. 2. Psixologik yoki psixofiziologik tolerantlik. Ijtimoiy tolerantlik o‘qituvchiga ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari bilan samarali hamkorlik qilish imkonini beradi, psixologik tolerantlik esa o‘qituvchining kasbiy stresslarga chidamliligini oshiradi va uning muvaffaqiyatli kasbiy faoliyat yuritishida yordam beradi. Pedagogik tolerantlik ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari: pedagoglar, o‘quvchilar va ota-onalar bilan tolerant, ya’ni o‘zaro hurmatga asoslangan va samarali hamkorlikni konstruktiv tarzda amalga oshirish mahoratidir. Zamonaviy O‘zbeksiton jamiyatida pedagogik faoliyatni amalga oshirayotgan o‘qituvchilarda tolerantlik o‘qituvchining eng muhim kasbiy xususiyati sifatida qabul qilinishi, uning xulq-atvor me’yori va pedagogik etikaning asosiy tarkibiy qismi bo‘lishi lozim. Pedagogik tolerantlik ijtimoiy kategoriyaning asosiy ko‘rinishi sifatida quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: o‘z o‘quvchisini qabul qilish, unga hamdardlik va empatiya asosida yondashish, ochiq va samarali muloqotga kirishish pedagogik tolerantlikning asosiy ko‘rinishlaridir. Ma’lumki pedagogik faoliyat ko‘pincha kuchli emotsional zo‘riqish va turli stress holatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu zo‘riqish tashqi va ichki omillar bilan belgilanadi. Tashqi va ichki shart-sharoitlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ish kunining juda yuqori yuklamasi, katta intellektual va emotsional talablar, turli masalalarni hal etish va ular uchun mas’uliyat, o‘quvchilar kontingentining murakkabligi, sinfdagi o‘quvchilar sonining ko‘pligi kabilar. Sub’ektiv, ichki omillar qatoriga esa quyidagilar kiradi: o‘qituvchining tajriba, bilim va ko‘nikmalari, kasbiy qiyinchiliklarga nisbatan bardoshlilik darajasi, asab tizimining individual xususiyatlari. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 372 O‘qituvchining kasbiy tolerantligi asosini muloqotdagi bag‘rikenglik kommunikativ bag‘rikenglik tashkil etadi. Aynan kommunikaiv bag‘rikenglikda mazkur tushunchaning barcha xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Kommunikativ bag‘rikenglikning shakllanllamanganligi quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi: muloqot jarayoni ishtirokchilari rivojlanish va voqelikni anglash darajalari bo‘yicha farqlanadilar. Pedagogik muloqot jarayonidagi toqatsizlik ko‘pincha psixologik farqlar intellektual rivojlanish darajasi, temperament, estetik va axloqiy qadriyatlardagi tafovutlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik muloqotdagi bag‘rikenglik bu murakkab tushuncha bo‘lib, u axloqiy-etik jihatlarni hamda o‘qituvchining kasbiy fazilatlarini o‘z ichiga oladi, uning muloqotni dialog asosida, ya’ni teng huquqli, ishonch va mehrga asoslangan munosabatlar shaklida tashkil etish mahoratidir. Ushbu mahorat oliy pedagogik ta’lim jarayonida tizimli tarzda shakllantirilish kerak. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Qodirova Z. Yoshlarda tolerantlikni rivojlantirishning ba’zi masalariga doir // Falsafa va huquq. – T., 2008. – № 1. – B. 42. 2. Зимбули А.Е. Поchему терпимост и какаya терпимост? // Вестник С-Петербургского университета. Сер. б. - 2003. - в.З. (№20) - с. 22 - 28. 3. Бондырев С.К., Колесов Д.В. Толерантност. Введение в проблему. -М.: НПО «МОДЭК», 2003. 4. Karimova E. Tolerantlik va hozirgi zamon. // Falsafa va huquq, 2008. - №3