NAFS TARBIYASIGA OID PSIXOLOGIK YONDASHUVLARNING TASAVVUF TA'LIMOTI BILAN UYG'UN YO'NALISHLARI
Abstract
Ushbu maqolada nafs tarbiyasi uning asosiy yo‘nalishlari, nafsning rivojlanish dinamikasi, nafs tarbiyasining g‘arbona va sharqona tahlili, nafs tarbiyasiga oid psixologik va ma’naviy axloqiy yondashuvlar, nafs tarbiyasining psixologiya va tasavvuf ta’limotidagi talqini haqida fikr yuritilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 373 NAFS TARBIYASIGA OID PSIXOLOGIK YONDASHUVLARNING TASAVVUF TA’LIMOTI BILAN UYG‘UN YO‘NALISHLARI Raxmonova Nazokat Qori Niyoziy nomidagi TPMI mustaqil tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17582284 Annotatsiya. Ushbu maqolada nafs tarbiyasi uning asosiy yo‘nalishlari, nafsning rivojlanish dinamikasi, nafs tarbiyasining g‘arbona va sharqona tahlili, nafs tarbiyasiga oid psixologik va ma’naviy axloqiy yondashuvlar, nafs tarbiyasining psixologiya va tasavvuf ta’limotidagi talqini haqida fikr yuritilgan. Kalit so’zlar: nafs, nafs al ammora, Maslou ehtiyojlar piramidasi, Freyd nazariyasi, Id – Ego – Superego, nafs al-lavvama, nafs al-mulhama, nafs al-roziya, nafs al-komila. Nafs insonning ichki dunyosidagi ruhiy kuchlar, his-tuyg‘ular, xohish-istaklar va irodaning uyg‘unligi bo‘lib, u insonning axloqiy va ma’naviy kamolotiga ta’sir etuvchi asosiy omil hisoblanadi. Islom falsafasi va tasavvufda nafs musbat ma’noda insonning hayotga intilishi, ijodiy quvvati, ruhiy salohiyati bo‘lsa, manfiy ma’noda nafs shahvat, g‘azab, manmanlik, hirs kabi instinktlarning manbai hisoblanadi. Shunga ko‘ra, nafsni tarbiyalash va undan tiyilish shaxs ma’naviy kamolotidagi eng yuqori bosqichdir. Nafsning rivojlanishi shaxsning ichki dunyosidagi psixologik va ma’naviy o‘sish jarayonini ifodalaydi. Islom falsafasi va tasavvuf ta’limotida nafsning bosqichma-bosqich shakllanishi haqida fikr yuritilgan. Inson nafsining rivojlanishi dinamik xarakterga ega, u quyidagicha namoyon bo‘ladi yomonlikdan yaxshilikka, shahvatdan ma’rifatga, johillikdan komillikka tomon evolyutsion tarzda harakatlanadi. Uning bunday harakatlanishi ta’limtarbiyaning mahsuli hisoblanadi. Nafs tarbiyasining asosiy yo‘nalishlari qo‘ydagilar: 1. Aql orqali nazorat qilish. Bu jarayonda nafs tarbiyasida aqlning ahamiyatini oshirish muhim hisoblanadi. Inson o‘zining aqli orqali xohish-istaklari va ehtiyojlarini tahlil qiladi hamda to‘g‘ri yo‘lni tanlaydi. 2. Riyozat va sabr. Riyozat nafsni intizomga chaqirish, uning talablarini cheklash. Oz yemoq, oz uxlamoq, ko‘p fikr qilmoq kabi usullar nafsni boshqarishga ko‘maklashadi. 3. Tavba va muhosaba. Inson har kuni o‘zining bajargan amallarini tahlil qilishi (muhosaba), xatolarini tuzatish yo‘llarini izlashi, tavba qilishi nafsning poklanishiga olib keladi. Bu nafs tarbiyasining muhim usullaridan biri hisoblanadi. 4. Zikr va tafakkur. Zikr orqali qalb poklanadi, tafakkur orqali inson o‘z mohiyatini anglaydi. 5. Muhit va ruhiy muhosara. Nafs tarbiyasi faqat shaxsiy kuch bilan emas, balki ijtimoiy muhit ta’siri va ta’lim-tarbiya orqali orqali amalga oshiriladi. Sog‘lom ma’naviy muhitda yashash, yaxshi insonlar qurshovida bo‘lish, ular bilan doimiy muloqotda bo‘lish, ezgu amallarni bajarish nafsni tozalashning muhim sharti hisoblanadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 374 Zamonaviy psixologiyada nafs tushunchasiga yaqin holatlar ham tahlil qilingan. Freyd nazariyasida “Id” (instinktlar), “Ego” (aql), “Superego” (axloq nazorati) munosabati nafs dinamikasiga o‘xshaydi. Freyd nazariyasida “Id – Ego – Superego” tizimi mavjud. Avstriyalik olim Zigmund Freyd (1856–1939) inson ruhiyatini tahlil qilar ekan, uni uch darajali struktura sifatida o‘rganib, insonning ongi maydon kabi uning tubida idrok etilmagan kuchlar, o‘rtasida ongli qarorlar, yuqori qismida axloqiy nazorat turadi deb hisoblaydi. Id (instinktlar) inson ruhiyatining eng qadimiy va irsiy qatlami. Bu jismoniy ehtiyojlar, shahvat, g‘azab, yemoq-ichmoq, hirs, tajovuz va lazzat istagi manbai hisoblanadi. Unga berilgan insonlar ongsiz ravishda faoliyat yuritadi, ular axloq, madaniyat yoki insonlar orasidagi mehr shavfqat, oqibat haqida o‘ylamaydilar. Masalan, bola o‘yinchoqni ko‘rsa, uni tezda oladi, bunday harakat uning xohish istagiga ko‘ra amalga oshadi. Bu Id ta’sirida vujudga keladi. Tasavvuf ta’limotida bunday harakat “nafs al-ammora”, ya’ni yomonlikka berilgan insonning nafsiga to‘g‘ri keladi. Bunday vaziyatda inson nafsi shahvat va hissiyotga bo‘ysunadi. Ego (aql) insonning ongli qismi, ya’ni voqelikni anglaydigan, fikrlaydigan va qaror qabul qiladigan ruhiy markazi hisoblanadi. Ego Id bilan Superego o‘rtasidagi vositachidir. U Idning xohishlarini ijtimoiy me’yorlar bilan muvofiqlashtiradi. Reallik prinsipi inson xohishini oqilona yo‘l bilan, jamiyat qoidalariga zid bo‘lmagan holda qondirish imkonini beradi. Masalan Id “o‘g‘irla” desa, Ego “bu qonunga zid, boshqa yo‘l bilan top” deydi. Bu bosqich “nafs allavvama” o‘zini malomat qiluvchi nafsga teng keladi. Ma’naviy sog‘lom inson o‘z nafsi bilan kurashadi, yo‘l qo‘ygan xatolarini va o‘z xatti harakatlari ustidan nazorat o‘rnatadi. Superego (axloq nazorati) inson ongida shakllangan axloqiy ideallar, vijdon va ijtimoiy qoidalar majmuidan iborat. Bu ota-ona, jamiyat milliy madaniyat va ta’lim-tarbiya jarayonida insonga singdiriladigan qadriyatlarni ifodalaydi. Ular yordamida inson o‘z xatti harakatlari ustidan axloqiy nazorat o‘rnatadi, shaxsning ijobiy xulq-atvorini rag‘batlantiradi, pozitiv dunyoqarashini boyitadi, yomonlikni jazo bilan bartaraf etadi, vijdon azobini keltirib chiqaradi yoki iftixor tuyg‘usini shakllantiradi. Masalan, Ego bir ishni to‘g‘ri deb o‘ylasa ham, Superego “bu gunoh” deb to‘xtatishi mumkin. Bu bosqich “nafs al-mulhama” va “nafs al-mutmainna” darajalariga mos. Inson yaxshilik va yomonlikni ajratadi, axloqiy me’yorlarga bo‘ysunuvchi holatiga yetadi. Bir so‘z bilan aytganda, inson ruhiyatidagi ichki kurash nafs tarbiyasidagi ijobiy va manfiy kuchlar o‘rtasidagi ziddiyat bilan bir xil tabiatga ega. Bu o‘xshashlik inson rivojlanishining psixologik va ma’naviy modellari bilan bir-biriga yaqin ekanligini ko‘rsatadi. Maslou tomonidan ilgari surilgan psixologik nazariyada inson ehtiyojlari pog‘onasida inson nafsi va xohish istaklarining o‘z o‘zini anglash tuyg‘usi turadi. Bu konsepsiya “Maslouning ehtiyojlar piramidasi” nomi bilan keng tarqalgan. Maslou inson faoliyatining asosiy motivini ehtiyojlar tizimi orqali izohlagan va buni piramida shaklida ifodalashga muvaffaq bo‘lgan. Ko‘plab psixologlar kabi Maslou ham har bir insonda ehtiyoj mavjudligini ta’kidlaydi va ular iyerarxik shaklida joylashgan degan xulosani ilgari suradi. Quyi darajagi ehtiyojlar qondirilgandagina, yuqori darajadagilar faollashmaydi degan xulosani ilgari suradi. Agar insonning qorni to‘q bo‘lsa san’at, ilm, muhabbat haqida o‘ylaydi. Maslou piramidasi quyidagi 5 ta darajani o‘z ichiga oladi: 1. Fiziologik ehtiyojlar (quyi pog‘ona). Bu insonning hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan asosiy tabiiy ehtiyojlaridir. Ular sirasiga ovqatlanish, suv ichish, uxlash, nafas olish, jinsiy ehtiyoj, issiqlik va boshpana kiradi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 375 Maslou fikricha, inson faqat ushbu ehtiyojlari qondirilgandan keyingina boshqa yuqori ehtiyojlar haqida o‘ylay oladi. 2. Xavfsizlik ehtiyoji. Inson jismoniy va ruhiy jihatdan o‘zini xavfsiz va barqaror muhitda his qilishni xohlaydi. Bu ehtiyoj turmushning izchilligi, ishonchli daromad, sog‘liqni saqlash, huquqiy himoya, jismoniy xavfdan saqlanish bilan bog‘liq. Bu bosqichda inson hayotida tinchlik va barqarorlik muhim ahamiyat kasb etadi. 3. Mehr va mansublik ehtiyoji (ijtimoiy ehtiyojlar). Inson tabiatan ijtimoiy mavjudot bo‘lganligii uchun ham unda muhabbat, do‘stlik, jamoaga tegishlilik tuyg‘ulari shakllanishi kerak. Bu ehtiyoj oila, do‘stlar, ish jamoasi yoki ijtimoiy guruh bilan bog‘liq munosabatlar jarayonida qondiriladi. Insoning izolyatsiyalashuvi yoki yolg‘izlik holatiga tushishi ehtiyojlarning qondirilmaganligi natijasidir. 4. Hurmat va e’tirof ehtiyoji. Inson o‘zining qadrini his etishni, atrofdagilar tomonidan e’tirof va hurmat ko‘rishni xohlaydi. Bu ehtiyoj shaxsiy yutuqlar, maqtov, obro‘, o‘z-o‘ziga ishonch orqali namoyon bo‘ladi. Ushbu ehtiyoj qondirilmasa, insonda o‘zini past baholash, ishonchsizlik yoki ruhiy tushkunlik paydo bo‘lishi mumkin. 5. O‘z o‘zini anglash ehtiyoji. Maslou piramidasidagi eng yuqori bosqich bo‘lib, insonning o‘z qobiliyatini to‘liq namoyon etishi, ichki salohiyatini ro‘yobga chiqarishi demakdir. Maslouning ta’biri bilan aytganda, bu bosqichda inson faqat yashash uchun emas, ya’ni mazmunli yashashga harakat qiladi. O‘zini anglagan inson ijodkor, erkin fikrlaydi, ezgulikka intiladi va jamiyatning foydali a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatadi, koorupsion harakatlarga berilmaydi. Maslou piramidasi va nafsning rivojlanish bosqichlari orasida uzviy aloqadorlik mavjud. Fiziologik ehtiyojlar nafs al-ammoraga teng kelib, bu bosqichda inson faqat shahvoniy va moddiy ehtiyojlarni qondirishga intiladi; havfsizlik ehtiyoji nafs al-lavvamaga mos, bu bosqichda inson nafsini boshqarish, xavf va gunohdan qochishga o‘rganadi; mehr va mansublik darajasi nafs al-mulhamaga teng kelib, shaxsda ijobiy tuyg‘ular, muhabbat va ruhiy ilhom shakllanadi; hurmat ehtiyoji nafs al-roziya / al-marziyaga mos bo‘lib, inson ma’naviy qadriyatlarga tayanadi, qanoat va rozilikka erishadi; o‘zini anglash nafs al-komila bilan bir hil bo‘lib, inson o‘z “men”ini anglaydi, ma’naviy rivojlanishga intiladi. Maslou fikricha o‘zini anglash insonning moddiy dunyo bilan cheklanmasdan, ichki ma’naviy quvvatiga suyanib yashashini ta’minlaydi. Bu nafs tarbiyasidagi ilhom, tavba, sabr va qanoat tamoyillariga to‘liq mos keladi. Shunday qilib, Maslou nazariyasi nafs rivojlanishining psixologik izohi, tasavvuf esa uning ma’naviy-ruhiy yo‘lini belgilab beradi. Nafs tarbiyasi insonni jismoniy va ruhiy jihatdan barkamollik sari yetaklovchi uzluksiz jarayon. Uning rivojlanish dinamikasi nafsni yomonlikdan poklikka, qullikdan ma’rifatga olib chiqadi. Shu ma’noda nafs tarbiyasi insonning o‘z “men”ini anglashi, ichki jangini yengishi va komillikka intilishini ta’minlaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Al-G‘azzoliy A. H. (2005). Ihyo ulum ad-din [Din ilmlarining tirilishi]. – Qohira: Dar alMa‘rifa. 2. Qosimov B. (2017). Tasavvuf ta’limotida nafs tarbiyasi va uning ma’naviy-axloqiy mohiyati. Ma’naviyat va jamiyat jurnali, №2, 34–40. 3. Fromm E. (1992). The Art of Being. – New York: Continuum Publishing.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 376 4. Karimov M. (2021). Nafsni poklash jarayoniga zamonaviy psixologik yondashuvlar. Psixologiya va hayot jurnali, №3, 22–28. 5. Navoiy A. (1991). Mahbub ul-qulub. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti.