BO'LAJAK O'QITUVCHINING O'Z O'ZINI RIVOJLANTIRISH KO'NIKMALARINI TAKOMILLASHTIRISH MЕXANIZMLARI
Abstract
Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘z o‘zlarini rivojlantirish modeli, uning xususiyatlari, tarkibiy qismlari, yo‘nalishlari, talabalarning o‘z o‘zini rivojlantirish bosqichlari, har bir boqichlari, har bir bosqichning pedagogik tavsifi bayon qilingan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 376 BO‘LAJAK O‘QITUVCHINING O‘Z O‘ZINI RIVOJLANTIRISH KO‘NIKMALARINI TAKOMILLASHTIRISH MЕXANIZMLARI Elza Saparboyeva O‘zPFITI mustaqil tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17582300 Annotatsiya. Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘z o‘zlarini rivojlantirish modeli, uning xususiyatlari, tarkibiy qismlari, yo‘nalishlari, talabalarning o‘z o‘zini rivojlantirish bosqichlari, har bir boqichlari, har bir bosqichning pedagogik tavsifi bayon qilingan. Kalit so’zlar: bo‘lajak o‘qituvchi, kasbiy o‘z o‘zini rivojlantirish, o‘z o‘zini anglash, barqaror rivojlantirish, adartatsiya bosqichi, differensiatsiya bosqichi, individuallashtirish bosqichi, professor-o‘qituvchilar, talabalar, hamkorlik. Kasbiy o‘z o‘zini rivojlantirish masalasi pedagogikaning markaziy muammolaridan biri hisoblanadi. Aksariyat mutaxassislar, ayniqsa psixolog va pedagoglar bo‘lajak o‘qituvchining o‘z o‘zini rivojlantirishiga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Talabalarning o‘z o‘zini kasbiy rivojlantirishida o‘quv mehnati muhim o‘rin tutadi. Kasbiy mahorat shakllanish jarayonida shaxs quyidagi yo‘nalishlarda rivojlanadi: shaxsiy-kasbiy, kasbiy-malakaviy, kasbiy-lavozimiy va ma’naviy-axloqiy sohalarda. Shaxsning kasbiy mahorat darajasi mehnat jarayoni subyektining sifat tavsifi bo‘lib, u kasbiy jihatdan muhim va shaxsiy-ishbilarmonlik sifatlarining yuqori darajada rivojlanganligini, shaxsning adekvat talab darajasini, uning motivatsiya sohasi va ahamiyatli yo‘nalishini, bo‘lajak o‘qituvchining tadrijiy tarzda o‘z o‘zini rivojlantirishga yo‘nalganligini ifodalaydi. Kasbiy faoliyatda subyektning muhim xususiyatlarini aniqlash imkonini beradigan yondashuvlardan biri L.M. Popov tomonidan yaratilgan insonning o‘z o‘zini rivojlantirish subyekti sifatidagi psixologik tuzilishiga doir tizimli-tuzulmaviy model hisoblanadi. Bo‘lajak o‘qituvchining o‘z o‘zini kasbiy rivojlantirish muammosining asosiy g‘oyasi shaxs rivojlanishining faoliyat orqali determinatsiya qilinishi haqidagi g‘oyadir. Shunga ko‘ra talabalar o‘zining tanlagan kasbiga mosligi va faoliyat jarayonidagi muvaffaqiyati, nuqtayi nazarlariga asoslangan tarzda o‘rganiladi. Bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy shakllanishi kasbiy mahorat va shaxsiy rivojlanish birligi natijasida amalga oshadi. Talabalarning kasbiy qiziqishlarini o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, faol subyekt sifatidagi xususiyatlarning shakllanishi va namoyon bo‘lishi faoliyatning o‘zi kabi jarayonli xarakterga ega. Bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy va shaxsiy shakllanish jarayonida o‘z o‘zini rivojlantrinishi ta’minlaydigan qonuniyatlar ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish zarurligini talab qiladi, bu kasbiy-shaxsiy jihatdan o‘z o‘zini rivojlantirish jarayonini takomillashtirinni taqozo etadi. Talabalarni ta’lim jarayoni subyekti sifatida erkin va ijodiy rivojlantirish, ularning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish tizimli xarakter kasb etishi kerak. Ma’lumki, shaxsiy-kasbiy jihatdan samarali rivojlanish uchun mutaxassislikni to‘g‘ri tanlash, o‘z o‘zini anglash, o‘z kasbining ijtimoiy ahamiyatini tushunish, shuningdek, refleksiya asosida zarur shaxsiy va kasbiy sifatlarni rivojlantirish ko‘nikmalari muhim ahamiyat kasb etadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 377 Hozirgi kunda O‘zbekiston jamiyati yuqori malakali, ijtimoiy faol, tashabbuskor, mas’uliyatli, uyushqoq va ijodiy salohiyatga o‘qituvchilarga katta ehtiyoj sezmoqda. Shu munosabat bilan talabalarning imkoniyatlari, rivojlanish usullari va kasbiy mahorat cho‘qqisiga erishish muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon talabalarning kasbiy-ijodiy ta’lim makonida o‘z o‘zini anglashi, shakllanishi, o‘z o‘zini rivojlantirishi va o‘zini namoyon etishi bilan uzviy bog‘liqdir. Zamonaviy oliy pedagogik ta’limga oid izlanishlar bo‘lajak o‘qituvchining kasbiyshaxsiy jihatdan o‘z o‘zini rivojlantirish jarayonining umumiy qonuniyatlari aniqlangan. Masalan, N.K. Sergeyev kasbiy-shaxsiy o‘zini rivojlantirishni pedagogik faoliyatning eng muhim elementi sifatida e’tirof etadi, chunki u pedagogik faoliyat samaradorligini ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi. R.Safarova, B.Ma’murov, B.Xodjayev, D.Oxunova, Yu.P. Azarov, A.A. Verbitskiy, V.M. Dimov, Ye.N. Shiyanov va boshqalarning ishlarida asoslangan o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlash muammolarini hal etishga oid yangi yondashuvlar bo‘lajak o‘qituvchini tayyorlash muammosini yechish uchun nazariy va amaliy asos yaratdi. O.S. Gazman va B.Z. Vulfovning ta’biriga ko‘ra bo‘lajak o‘qituvchining o‘z o‘zini rivojlantirishi zamonaviy ta’limning majburiy tarkibiy qismi bo‘lib, bu jarayon uzluksiz davom etishi lozim. Mavjud tadqiqotlarda ilgari surilgan yondashuvlarni o‘zaro taqqoslash bo‘lajak o‘qituvchining o‘z o‘zini rivojlantirishi, uning kasbiy yuksalish jarayoni bo‘lib, akmega eirishning samarali usuli hisoblanadi. Bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy-shaxsiy jihatlan o‘z o‘zini rivojlantirish jarayoni tardrijiylik xarakteriga ega bo‘lib, shaxsning ichki tuzilishi va unda mavjud bo‘lgan ehtimoliy o‘zgarishlar bilan belgilanadi. Bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy-shaxsiy jihatdan o‘z o‘zini rivojlantirish bosqichlarining izchilligi ularning shakllanish jarayonini ifodalaydi. Bo‘lajak o‘qituvchining o‘z o‘zini rivojlantirish bosqichlari orasidagi uzviylik pedagogik jarayon yo‘nalishlari bilan bog‘liq holda ifodalanadi. Talabalar o‘z o‘zini rivojlantirishga yetarlicha moslashmagan bosqich. Bu bosqichda talabalarda ongli ravishda o‘z-o‘zini takomillashtirishga, o‘zgarishga, o‘zini ro‘yobga chiqarishga intilish yetarlicha namoyon bo‘lmaydi. Ular passiv, hayotiy maqsadlari haqida to‘laqonli tarzda o‘ylamaydilar, o‘z o‘zlarini rivojlantirishga ko‘maklashadigan axborotlarni befarqlik bilan qabul qiladilar. Talabalarning guruhdoshlari va professor-o‘qituvchilar bilan o‘zaro hamkorligi, seminar mashg‘ulotlaridagi biznes-o‘yinlar, burch hissi orqali motivatsiya, pedagogik kasbning o‘ziga xos jihatlari haqida yangi bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj bularning barchasi ularning adaptatsiya bosqichiga o‘tishini ta’minlovchi shart-sharoitlar hisoblanadi. Adaptatsiya bosqichi. Bu bosqichda o‘zini anglash, o‘z-o‘zini baholash, o‘z faoliyatini tashkil etish va o‘zini boshqarish kabi ko‘nikmalar shakllanadi. Bu davrda talabalarning maqsadlari umumiy xarakter kasb etadi, o‘zini o‘qituvchi sifatida tasavvur qilish, kasbiy faoliyatga oid bilimlarni qo‘llash ko‘nikmalari to‘laqonli bo‘lmaydi. Ular o‘z o‘zlarini yetarlicha baholay olmaydilar. Talabalar o‘z faoliyatlarini tashkil etishda qiynchiliklarga duch keladilar, ular professor-o‘qituvchi rahbarligida ishlashni ma’qul ko‘radilar. Bo‘lajak o‘qituvchilar ushbu bosqichda o‘z o‘zilarini anglash ko‘nikmalariga ega bo‘ladi, refleksiya, hamdardlik, empatiya rivojlanadi, pedagogika turkum fanlariga bo‘lgan qiziqishlari ortadi, hayotiy holatlar va pedagogik voqealarni kasbiy nuqtayi nazardan talqin qilish qobiliyati shakllanadi. Shu bilan bir qatorda, o‘zlarini va boshqalarni ijobiy qabul qilish, hayotiy va kasbiy muammolarni hal etishning turli usullarini tanlash imkoniyatlari kengayadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 378 Differensiatsiya bosqichi. Mazkur bosqichda talabalarda shaxsiy individuallik, ya’ni takrorlanmas xususiyatlar namoyon bo‘ladi. Bu daraja refleksivlik, ijodkorlik, tanqidiy fikrlash kabi sifatlarning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Shaxsiy va kasbiy o‘zini namoyon qilish ehtiyoji kuchayadi. Talabalar o‘z hayotiy tajribalariga asoslanib xulosalar chiqarishga intiladilar, o‘zlarini bo‘lajak mutaxassis sifatida yaxshiroq anglashga harakat qiladilar. Ta’lim jarayoni va amaliy faoliyatlarida o‘z o‘zlarini boshqarish ko‘nikmalari shakllana boshlaydi. O‘z faoliyatlar natijalarini oldindan bashorat qilishga oid harakatlar vujudga keladi. Guruhdoshlarning javoblarini tahlil qilish, mikroo‘qitish, o‘qituvchi bilan faol hamkorlik qilish va natijaga yo‘naltirilgan faoliyat bo‘lajak o‘qituvchilarning individuallashtirish bosqichiga o‘tishlariga ko‘maklashadi. Individuallashtirish bosqichi. Ushbu bosqich bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-shaxsiy jihatdan o‘z o‘zini rivojlantirishida muhim ahamiyat kasb etadi. Unda talabalarda shakllangan o‘z o‘zini anglash, o‘z o‘zini adekvat baholash, o‘z faoliyatini barqaror tashkil etish va pedagogik jarayonni boshqarish ko‘nikmalari tarkib topadi. Oxirgi ikki komponent talabalar uchun qulay muayyan pedagogik vaziyatlarda namoyon bo‘ladi. Bu jarayonda o‘zaro ta’sir faollashadi. Individuallashtirish bosqichi talabalarning nazariy va amaliy masalalariga mustaqil yechim topish kopetensiyasi shakllanganligini ko‘rsatadi. Shu bilan bir qatorda bo‘laak o‘qituvchilarning o‘quv tarbiya jarayonini loyihalash faoliyatiga oid madaniyati shakllanadi, ular kasbiy faoliyatda shaxsiy uslub va ijodiy yondoshuvlar izlanadi, ular o‘zlarning kasbiy pedagogik modellarini yaratishga intila boshlaydilar. Pedagogik vazifalar xilma-xilligi, ilmiytadqiqot loyihalari bo‘yicha professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlik, o‘z kasbiy sifatlarini takomillashtirish ularning o‘z o‘zlarini barqaror rivojlantirish bosqichiga o‘tishini ta’minlaydi. O‘z o‘zini barqaror rivojlantirish bosqichi. Ushbu bosqich bo‘lajak o‘qituvchilarda shakllangan o‘zini o‘zi anglash, o‘z o‘zini adekvat baholash, o‘z faoliyatlarini yuqori darajada tashkil etish va boshqarish ko‘nikmalarining shakllanganligi bilan tavsiflanadi. O‘z o‘zini barqaror o‘zini rivojlantirish jarayonida kasbiy-shaxsiy hamda ta’limiy yutuqlarni tahlil qilish, ulardagi bo‘shliqlarni aniqlash va tuzatishlar kiritishi, istiqbolda kasbiy rivojlanishga bo‘lgan ehtiyoj kuchayadi, bo‘lajak o‘qituvchining subyektiv nuqtayi nazar rivojlanadi. Yuqoridagilarga asoslangan holda, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-shaxsiy jihatdan o‘z o‘zini rivojlantirishi shaxsiy sohasi, kasbiy sifatlari va faoliyatida sifatli, maqsadga yo‘naltirilgan, ongli istiqboldagi kasbiy faoliyati davmoida ham o‘quvchilarni rivojlantirishga muvaffaq bo‘ladi va pedagogik hamkorlik ko‘lamini muntazam kengaytirishga muvaffaq bo‘ladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Сергеев Н. К., Сериков В. В. Природа педагогической деятельности и субъектный мир учителя // Человек и образование. - 2012. - №1. - С. 4-8. 2. Safarova R. Kognitiv pedagogikaga oid nazariy yondashuvlar. Monografiya. – Toshkent.: “Science and innovation”, 2024. 3. Б.Х.Ходжаев ва б. Педагогиканинг прагматик аспектлари. – Т.: Ижод нашр. 2023. – 408 б. 4. Oxunova Dilnoza Qaxxorjonovna Pedagogik mahorat darslarida bо‘lаjаk о‘qituvсhilаrning kаsbiy bilimlаrni kоgnitiv idrоk etish kоmрetensiyаlаrini rivоjlаntirish metodikasi п.ф.д (PhD) дисс.... автореферати. Фарғона, 2025. 60 б.