Full text
№11№11 noyabrnoyabr 20252025
Elektron nashr, 255 sahifa. 2025-yil, noyabr Bosh muharrir: Zokirova Nodira Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, DSc, professor Bosh muharrir o‘rinbosari: Shakarov Zafar G‘afforovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD, dotsent Tahrir hay’ati: Abduraхmanov Kalandar Xodjayevich, O‘z FA akademigi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abduraxmanova Gulnora Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Shaumarov Said Sanatovich, texnika fanlari doktori, professor Turayev Bahodir Xatamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nasimov Dilmurod Abdulloyevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Allayeva Gulchexra Jalgasovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Maxmudov Odiljon Xolmirzayevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xamrayeva Sayyora Nasimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Bobonazarova Jamila Xolmurodovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Irmatova Aziza Baxromovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Bo‘taboyev Mahammadjon To‘ychiyevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Shamshiyeva Nargizaxon Nosirxuja kizi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xolmuxamedov Muhsinjon Murodullayevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Xodjayeva Nodiraxon Abdurashidovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Amanov Otabek Amankulovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Toxirov Jaloliddin Ochil o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Qurbonov Samandar Pulatovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Zikriyoyev Aziz Sadulloyevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Tabayev Azamat Zaripbayevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sxay Lana Aleksandrovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Ismoilova Gulnora Fayzullayevna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Djumaniyazov Umrbek Ilxamovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Kasimova Nargiza Sabitdjanovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Kalanova Moxigul Baxritdinovna, dotsent Ashurzoda Luiza Muxtarovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sharipov Sardor Begmaxmat o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sharipov Botirali Roxataliyevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor Tursunov Ulug‘bek Sativoldiyevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent Bauyetdinov Majit Janizaqovich, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti, PhD Botirov Bozorbek Musurmon o‘g‘li, Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sultonov Shavkatjon Abdullayevich, Kimyo fanlari doktori, (DSc) Joʻraeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
05.01.00 – Axborot texnologiyalari, boshqaruv va kompyuter grafikasi 05.01.01 – Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi. Audio va video texnologiyalari 05.01.02 – Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash 05.01.03 – Informatikaning nazariy asoslari 05.01.04 – Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqla rining matematik va dasturiy ta’minoti 05.01.05 – Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi 05.01.06 – Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari 05.01.07 – Matematik modellashtirish 05.01.11 – Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt 05.02.00 – Mashinasozlik va mashinashunoslik 05.02.08 – Yer usti majmualari va uchish apparatlari 05.03.02 – Metrologiya va metrologiya ta’minoti 05.04.01 – Telekommunikasiya va kompyuter tizimlari, telekommunikasiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash 05.05.03 – Yorugʻlik texnikasi. Maxsus yoritish texnologiyasi 05.05.05 – Issiqlik texnikasining nazariy asoslari 05.05.06 – Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari 05.06.01 – Toʻqimachilik va yengil sanoat ishlab chiqarishlari materialshunosligi 05.08.03 – Temir yoʻl transportini ishlatish 05.09.01 – Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar 05.09.04 – Suv ta’minoti. Kanalizatsiya. Suv havzalarini muhofazalovchi qurilish tizimlari 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi 08.00.02 – Makroiqtisodiyot 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti 08.00.06 – Ekonometrika va statistika 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit 08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti 08.00.11 – Marketing 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot 08.00.13 – Menejment 08.00.14 – Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti 08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati Maʼlumot uchun, ОАК Rayosatining 2024-yil 28-avgustdagi 360/5-son qarori bilan “Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxati”ga texnika va iqtisodiyot fanlari bo‘yicha “Muhandislik va iqtisodiyot” jurnali ro‘yxatga kiritilgan. Muassis: “Tadbirkor va ishbilarmon” MChJ Hamkorlarimiz: 1. Toshkent shahridagi G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti 2. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 3. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti 4. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti 5. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 6. Toshkent davlat transport universiteti 7. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 8. Toshkent kimyo-texnologiya universiteti 9. Jizzax politexnika instituti
MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT 2025-yil, noyabr. № 11-son 4 MUNDARIJA СОДЕРЖАНИЕ CONTENTS JAHONDA KREATIV IQTISODIYOTNING RIVOJLANISHINING UMUMIY GLOBAL TENDENSIYALARI .......................................................................................................................................12 Ismailov Azizbek Ruzimaxammatovich CHORVACHILIK MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISH VA EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHDA BOZOR INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY OMILLARI .......................................... 22 Soxadaliyev Abdurashid Mamadaliyevich XORIJIY INVESTITSIYALAR VA IQTISODIY O‘SISH O‘RTASIDAGI O‘ZARO TA’SIR ................................ 30 Madraximova Irodaxon Sherzodbek qizi O‘ZBEKISTON SHAROITIDA XIZMATLAR EKSPORTINING IQTISODIY O‘SISHGA TA’SIRI .................... 35 Sultonov Shodiyor Abduxalilovich, Karshiyeva Charos Mamasoliyevna QASHQADARYO VILOYATIDA ОLIY TА’LIM VА MEHNАT BОZОRI INTEGRАTSIYАSI АSОSIDА YUQОRI MАLАKАLI KАDRLАR TАYYОRLАSHNING HОZIRGI HОLАTI ................................................... 41 Haqqulov Fazliddin Faxriddinovich SOLIQ MA’MURCHILIGIDA XALQARO TAJRIBA ASOSIDA SAMARADORLIKNI OSHIRISH .................... 48 Xodjimatov Xamidullo Mamirjonovich TIJORAT BANKLARI KREDIT PORTFELNI SAMARALI BOSHQARISH: MUAMMO VA TAKLIFLAR ......... 53 Yusupov Shaxzod Maxmatmurodovich KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNING RIVOJLANISHIGA TAʼSIR ETUVCHI ASOSIY OMILLAR VA IQTISODI SAMARADORLIGI TAHLILI.................................................................................................... 59 Axatova Shahnoza SANOATNING “DRAYVER” SOHALARINI RIVOJLANTIRISH .................................................................... 63 Mamurjonova Ruxshonabegim Farxodovna РОЛЬ КРЕАТИВНОЙ ИНДУСТРИИ В РЕГИОНАЛЬНОМ РАЗВИТИИ КАРАКАЛПАКСТАНА .................69 Хошимова Камилла Навфал қизи РОЛЬ ЧЕЛОВЕЧЕСКОГО КАПИТАЛА В ПОВЫШЕНИИ КОНКУРЕНТОСПОСОБНОСТИ ОРГАНИЗАЦИЙ В УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛИЗАЦИИ ....................................................................................79 Тожиева Шахноза Бобомуратовна, Расулова Дилфуза Валиевна АНАЛИЗ ФИНАНСОВОГО СОСТОЯНИЯ ПРЕДПРИЯТИЯ ...................................................................... 86 Файзиев Умуркул Шухратович TIKUV-TRIKOTAJ KORXONALARDA MARKETING FAOLIYATIDA ISTEMOLCHILARNI MOTIVATSIYALASH MASALALARI ............................................................................................................. 97 Jalilov Jamshid G‘anijonovich СТАНДАРТЫ КАЧЕСТВА КАК ФАКТОР ПОВЫШЕНИЯ КОНКУРЕНТОСПОСОБНОСТИ ПИЩЕВОЙ ПРОМЫШЛЕННОСТИ .............................................................................................................103 Ўролова Севара Бехзод қизи BANKLARDA KAPITAL YETARLILIGI VA LIKVIDLIKNI AUDITORLIK BAHOLASH USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH ...........................................................................................................109 Narziyev Hayotjon Azamatovich NATIJAVIYLIKKA YO‘NALTIRILGAN BudjetLASHTIRISH ORQALI FISKAL SAMARADORLIKNI OSHIRISH MASALALARI.............................................................................................................................115 Allakuliyev Akmal Baltayevich AUDITORLIK XULOSALARIDA AUDITORLARNING PROFESSIONAL MULOHAZALARNING ASOSLILIGINI ANIQLASH AHAMIYATI .......................................................................................................120 Parpiyev Jaxongir Ilxomjonovich YASHIL IQTISODIYOTDA YASHIL MOLIYALASHTIRISH: NAZARIY VA AMALIYOT UYGʻUNLIGI ...........126 Xalikov S. X.
MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT2025-yil, noyabr. № 11-son 5 MUNDARIJA СОДЕРЖАНИЕ CONTENTS TURISTIK KORXONALARDA BREND KAPITALINI BAHOLASH ................................................................ 131 Zufarov Akmal Gulamiddinovich AYOLLAR ISH BILAN BANDLIGINI OSHIRISHDA KASANACHILIKNING AHAMIYATI .............................. 141 Eshqobulova Charos O‘roq qizi ПРАВОВОЕ РЕГУЛИРОВАНИЕ ИНВЕСТИЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН ..............................................................................................................................................148 Алимова Дилафруз O‘ZBEKISTON UZUMCHILIK KORXONALARINING EKSPORT MARKETING STRATEGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISHDA YASHIL INNOVATSIYALAR VA TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI ..................... 153 Usmonova Diyora Mahmud qizi RAQAMLI MOLIYAVIY XIZMATLAR TRANSFORMATSIYASI SHAROITIDA SOLIQ BOSHQARUVI SAMARADORLIGINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI ........................................................................................ 161 Radjabov Umurzoq Ablakulovich ЦИФРОВАЯ ТРАНСФОРМАЦИЯ ЭНЕРГЕТИЧЕСКОГО СЕКТОРА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН: РОЛЬ ИНФОРМАЦИОННО-КОММУНИКАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ПОВЫШЕНИИ ЭФФЕКТИВНОСТИ ЭНЕРГЕТИКИ ............................................................................................................165 Аллаева Г.Ж. THE IMPORTANCE OF STRESS TESTING AND ITS IMPLEMENTATION IN COMMERCIAL BANKS OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN ........................................................................................................169 Mamatova Sevara MINTAQADA SANOAT KORXONALARI SALOHIYATI VA RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHNING INNOVATSION KO‘RSATKICHLARI ................................................................................. 175 Nabiyev G‘ulom Abdisalomovich IJTIMOIY SOHA INVESTISIYA LOYIHALARINI DAVLAT–XUSUSIY SHERIKLIK ASOSIDA MOLIYALASHTIRISHDA RISKLARNI BOSHQARISHNING XORIJ TAJRIBALARI .....................................185 Ergashev Axmadjon Maxmudjon o‘g‘li YASHIL BANK MAHSULOTLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH ISTIQBOLLARI .......... 189 Mahmudov Ulugʻbek Davronovich KICHIK BIZNESDA XUSUSIY VA UMUMIY AXBOROT TIZIMLARI INTEGRATSIYASI .............................. 193 Navruz-zoda Layli Baxtiyorovna O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIGA TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI ................................................................. 197 Mamatkulova Nadira Maxkamovna JAHON AMALIYOTIDA TASHABBUSLI BUDJETLASHTIRISHNING KONSEPTUAL YOʻNALISHLARI...........................................................................................................................................203 Xamidov Xabibullo Xikmatulla oʻgʻli РАЗВИТИЕ УПРАВЛЕНЧЕСКОГО УЧЁТА В УСЛОВИЯХ ЦИФРОВИЗАЦИИ МАЛОГО БИЗНЕСА КАК ФАКТОР ПЕРЕХОДА К “ЗЕЛЁНОЙ” ЭКОНОМИКЕ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН.......................... 210 Бозорова Озода Рахимовна АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ ЦИФРОВИЗАЦИИ ФИНАНСОВЫХ РЫНКОВ ............................................... 214 Шомуродов Равшан Турсункулович TEMIRBETON KO‘RRIKLARDAGI BURDALANGIN BETONDAN OLINGAN CHAQIQ TOSHNI KOMPLEKS TADQIQOT QILISH.................................................................................................................. 222 Salixanov Saidxon Salixanovich, Kenjayev Temurbek Olimjonovich KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKDA YASHIRIN IQTISODIYOTNI ANIQLASH USULLARI VA SOF FOYDA KO‘RSATKICHIDA AKS ETISH YO‘LLARI ......................................................226 Mavlyanov Muzaffar Yusupovich MAMLAKATIMIZ BANKLARIDA FOIZ RISKILARI MUAMMOLARI VA ILMIY-TAHLILI ............................... 230 Isakov.J.Ya
MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT 2025-yil, noyabr. № 11-son 6 MUNDARIJA СОДЕРЖАНИЕ CONTENTS QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINI EKSPORTGA YO‘NALTIRISHDA IQTISODIY BARQARORLIK TUSHUNCHASINING NAZARIY ASOSLARI VA BAHOLASH MEZONLARI .................... 238 Faxriddinov Bahriddin TOʻQIMACHILIK SANOATIDA SUNʼIY VA KIMYOVIY TOLALARNING IQTISODIY AFZALLIKLARI .......... 243 Raximov Furqat Jalolovich BUXORO VILOYATIDA CHARM-POYABZAL TARMOG‘I RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH STRATEGIYASI ............................................................................................................................................249 Rahmonov Xurshid Xayriddinovich, Atoyeva Mehrigiyo Ilhom qizi
MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT 249 2025-yil, noyabr. № 11-son BUXORO VILOYATIDA CHARM-POYABZAL TARMOG‘I RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH STRATEGIYASI Rahmonov Xurshid Xayriddinovich Buxoro davlat texnika universiteti Iqtisodiyot va menejment kafedrasi dotsenti (PhD) ORCID: 0000-0003-2461-2768 Annotatsiya. Maqolada charm va poyabzal mahsulotlari sanoat klasterini tashkil etish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Unda klaster korxonalarini tashkil etishning afzalliklari, ahamiyati, mohiyati va funksiyalari keng yoritilgan. “Charm va poyabzal mahsulotlari” sanoat klasterining iqtisodiy samaradorligi hamda tashkiliy tuzilmasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar taklif etilgan. Shuningdek, maqolada charm-poyabzal va mo‘ynachilik tarmoqlarida raqobatning kuchayishi, tashqi muhit omillarining ta’siri hamda yangi iqtisodiy sharoitda tarmoq korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish zarurati asoslab berilgan. O‘zbekiston charm-poyabzal sanoatini rivojlantirishda davlat siyosatining o‘rni, xususan, Prezident qarorlari orqali tarmoqni modernizatsiya qilish, xomashyoni chuqur qayta ishlash, ishlab chiqarishni kengaytirish va eksport salohiyatini oshirish yo‘nalishlari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: raqobat, chorvachilik, charm, raqobatbardoshlik, qorako‘l, eksport, poyabzal, jun. Abstract. The article presents proposals for the establishment of an industrial cluster for leather and footwear production. It examines the advantages, significance, essence, and functions of organizing cluster enterprises. Indicators reflecting the economic efficiency and organizational structure of the “Leather and Footwear Products” industrial cluster are proposed. The article also substantiates the necessity of enhancing the competitiveness of industry enterprises under conditions of intensified competition in the leather, footwear, and fur sectors, as well as the influence of external environmental factors and the emergence of new economic challenges. Furthermore, the role of state policy in the development of Uzbekistan’s leather and footwear industry is analyzed — particularly through presidential decrees aimed at modernizing the industry, deep processing of raw materials, expanding production, and increasing export potential. Keywords: competition, livestock breeding, leather, competitiveness, karakul, export, footwear, wool. Аннотация. В статье представлены предложения по созданию промышленного кластера кожевенно-обувной продукции. Рассмотрены преимущества, значение, сущность и функции организации предприятий кластера. Предложены показатели экономической эффективности и организационная структура промышленного кластера «Кожевенно-обувная продукция». В статье также обоснована необходимость повышения конкурентоспособности предприятий отрасли в условиях усиления конкуренции в кожевенно-обувной и меховой промышленности, влияния факторов внешней среды и появления новых экономических вызовов. Проанализирована роль государственной политики в развитии кожевенно-обувной промышленности Узбекистана, в частности направления модернизации отрасли, глубокой переработки сырья, расширения производства и повышения экспортного потенциала посредством указов Президента. Ключевые слова: конкуренция, животноводство, кожа, конкурентоспособность, каракуль, экспорт, обувь, шерсть. Atoyeva Mehrigiyo Ilhom qizi Buxoro davlat texnika universiteti Iqtisodiyot va menejment kafedrasi o‘qituvchi-stajyori ORCID: 0009-0000-1252-650X
MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT 250 2025-yil, noyabr. № 11-son KIRISH Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida raqobatning kuchayishi, uni boshqarishning innovatsion shakllari va usullarining paydo bo‘lishi, shuningdek, tashqi muhit ta’sirining ortib borishi natijasida tarmoqlarda yangi iqtisodiy muammolar yuzaga kelmoqda. Bunday sharoitda korxonalar faoliyatining samaradorligini oshirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki hamda tashqi bozorlarda barqaror mavqega ega bo‘lish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, charm-poyabzal va mo‘ynachilik tarmoqlarida jadal islohotlarni amalga oshirish, teri mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash samaradorligini oshirish, shuningdek, raqobatbardoshlikni mustahkamlash orqali jahon bozorida o‘z o‘rnini topish uchun uzoq muddatli strategik tadbirlarni amalga oshirish zarur. O‘zbekiston Respublikasida charm-poyabzal sanoatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PQ–3693-son qarori1 — “Charmpoyabzal va mo‘ynachilik sohalarini rivojlantirish hamda eksport salohiyatini oshirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjat sohada yangi bosqichni boshlab berdi. Mazkur qarorga muvofiq, “O‘zbekcharmpoyabzal” uyushmasi qayta tashkil etilib, uning o‘rnida “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tashkil etildi. Uyushmaning asosiy vazifalari sifatida quyidagi yo‘nalishlar belgilab berilgan: • chorva mollarini so‘yish va teri tayyorlashdan tortib, xomashyoni chuqur qayta ishlash, charm-poyabzal, charm-attorlik, mo‘yna, qorako‘l va jundan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlarning barcha bosqichlarida korxonalarga har tomonlama ko‘maklashish; • korxonalarda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, xalqaro standartlar talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimini tatbiq etishni rag‘batlantirish hamda uyushma a’zosi bo‘lgan tashkilotlarni modernizatsiya va texnik jihatdan qayta jihozlashda qo‘llab-quvvatlash; • ichki bozorda import o‘rnini bosuvchi, yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; • charm, mo‘yna xom ashyosi va junni chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan korxonalar, chorvachilik xo‘jaliklari, furnitura hamda butlovchi buyumlar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida ichki va tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish; • charm-poyabzal, mo‘yna va qorako‘l mahsulotlari hamda jundan tayyorlangan buyumlar segmentlarida marketing tadqiqotlarini tizimli ravishda olib borish, eksport salohiyatini kengaytirish va brendlashni rivojlantirish; • ishlab chiqarishda ilg‘or axborot texnologiyalarini, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini hamda innovatsion modellashtirish usullarini keng joriy etish; • malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy salohiyatni oshirish va ishlab chiqarish–ta’lim–fan integratsiyasini mustahkamlash orqali ekologik toza xomashyo va materiallardan foydalanishga asoslangan barqaror ishlab chiqarishni tashkil etish. Mazkur chora-tadbirlar charm-poyabzal tarmog‘ining jadal rivojlanishini, xalqaro bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishni hamda tarmoqning eksport salohiyatini izchil oshirishni ta’minlashga qaratilgan. MAVZUGA OID ADABIYOTLAR SHARHI So‘nggi yillarda charm-poyabzal sanoatida raqobatbardoshlikni oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalari bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan. L.E. Morozova, O.A. Bortnik va I.S. Kravchuk (2009) korxonalar salohiyatini baholashda innovatsion yondashuvlarning ahamiyatini asoslagan. T.V. Sergievich (2021) biznes innovatsiyalari va klaster mexanizmlarining samaradorligini ta’kidlagan. FAO ekspertlari H. Steinfeld va J. Maki-Hokkonen esa “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini charm ishlab chiqarishga tatbiq etish zarurligini ko‘rsatgan. X.X. Rahmonov tarmoqda klasterlashuv raqobat ustunligini ta’minlashini asoslagan. Umuman olganda, mavjud adabiyotlar tarmoq raqobatbardoshligini oshirishda klasterlashuv, innovatsiyalar va ekologik texnologiyalar muhim omillar ekanini ko‘rsatadi. TADQIQOT METODOLOGIYASI Ushbu tadqiqotda Buxoro viloyatida charm-poyabzal tarmog‘ining raqobatbardoshligini oshirish masalalari tizimli ravishda o‘rganilib, ilmiy asosda tahlil qilindi va baholandi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — tarmoqni innovatsion yondashuvlar, klaster tizimini rivojlantirish hamda ilg‘or boshqaruv mexanizmlarini joriy etish orqali uning samarali va barqaror rivojlanish yo‘llarini aniqlashdan iborat. 1 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror, 03.05.2018 yildagi PQ-3693-son https://lex.uz/docs/-3720454
MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT 251 2025-yil, noyabr. № 11-son TAHLIL VA NATIJALAR So‘nggi yillarda raqobatning kuchayishi charm-poyabzal va mo‘ynachilik tarmoqlarini boshqarish tizimining samaradorligini oshirish, xomashyoni chuqur qayta ishlash, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlarini diversifikatsiyalash hamda eksport hajmini kengaytirish orqali sohaning jadal rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishni talab etmoqda. O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishda bir qator muhim chora-tadbirlar amalga oshirilgan va izchil davom ettirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-fevraldagi “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida teri xomashyosini chuqur qayta ishlash orqali yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor charm-poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishni jadallashtirish maqsadida 2026-yilgacha charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlari eksportini 2,8 barobar oshirish belgilangan. Shuningdek, 2023-yil 11-oktyabrdagi PQ–331-son qaror2 bilan hududlarda xomashyoni to‘liq yig‘ib olish va qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish, terini qayta ishlovchi korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash, 2024–2026-yillarda esa xorijiy brendlar bilan hamkorlikni kengaytirish, “Xomashyodan tayyor mahsulotgacha” tamoyili asosida klaster loyihalarini amalga oshirish vazifalari belgilab berilgan. Bugungi kunda ushbu hujjatlar ijrosi doirasida charm-poyabzal xomashyo resurslaridan samarali foydalanish, mahsulot sifatini oshirish, kichik sanoat zonalarini tashkil etish, tashqi bozorlarda marketing faoliyatini kuchaytirish va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha amaliy ishlar faol olib borilmoqda. O‘zbekiston hozirda Markaziy Osiyoda terini chuqur qayta ishlash, charm va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yirik sanoat markaziga aylanib bormoqda. Klaster asosida loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, hozirda 10 dan ortiq korxona — “Peng Sheng Charm”, “Orient Technology”, “Premium Leather”, “Angren Sharm Invest”, “Hamkor Nur Savdo”, “Nafis Charm”, “Ravon Taraqqiyot Orzusi”, “Buxoro Qorako‘l Klaster” kabi subyektlar faoliyat yuritmoqda. Ushbu korxonalarda ishlab chiqarishning to‘liq texnologik zanjiri shakllantirilmoqda. Biroq hozircha “charm-poyabzal mahsulotlari” sanoatida xalqaro brendlar bilan to‘liq integratsiyalashgan, ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlaydigan va MDH mamlakatlari xomashyosidan kompleks foydalanadigan klaster mavjud emas. Shu sababli, tarmoqda klaster loyihalarini amalga oshirishning asosiy maqsadi — ishlab chiqarish zanjiridagi ishtirokchilar o‘rtasidagi sinergetik samarani kuchaytirishdir. Bu jarayon xomashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda tannarxni pasaytirish va tarmoq korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi. Xalqaro klasterlashtirish yondashuvi yuqori qo‘shilgan qiymatli, eksportbop va raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi, logistika muammolarini kamaytiradi hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmalaridan samarali foydalanish uchun qulay sharoitlarni ta’minlaydi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, charm-poyabzal sohasida xalqaro klaster yaratishda Mo‘g‘uliston tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 2024-yil 23–26-iyun kunlari Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning O‘zbekistonga ilk davlat tashrifi davomida ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilib, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 14 ta hujjat imzolandi. Ushbu tashrif natijasida tovarlar, kapital, inson resurslari va texnologiyalar harakatini erkinlashtiruvchi qulay iqtisodiy makon shakllandi. Bu esa ilgari murakkab deb hisoblangan ko‘plab loyihalarni yanada qulay va amalga oshirish mumkin bo‘lgan holatga keltirdi. Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va “Frontier Securities” ekspertlari Mo‘g‘ulistonni qisqa muddatda eng tez rivojlanayotgan davlatlardan biri sifatida e’tirof etmoqda. Jahon banki prognozlariga ko‘ra, Mo‘g‘uliston iqtisodiyotining o‘sish sur’ati kelgusi o‘n yillikda yiliga o‘rtacha 15 foizni tashkil etadi. So‘nggi yillarda mamlakatda to‘qimachilik, jun, mato, qo‘y terisi va charm mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati jadal rivojlanmoqda. Mo‘g‘uliston 1997-yilda Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lgan. Bugungi kunda Mo‘g‘uliston charm-poyabzal sanoati millionlab katta va kichik shoxli chorva mollari terisini to‘liq qayta ishlaydi. Teri eksport qilinishi bilan birga, mahalliy korxonalar poyabzal, po‘stin va boshqa charm buyumlar ishlab chiqarishda faol foydalanmoqda. Ayni paytda xorijda talab yuqori bo‘lgan mo‘ynali dublyonkalar ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilgan. Mamlakatda 35 ta yirik va 100 dan ortiq kichik charmni qayta ishlovchi korxonalar faoliyat yuritmoqda. Eng yirik ishlab chiqaruvchilar ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy jihozlardan foydalanib, mahsulotlarining 20 foizini xalqaro standartlar asosida eksport qilmoqda. Mo‘g‘ulistonning “Mongolian Brands”, “LeMon”, “Montulga” va “Darxan Nexiy” kabi brendlari yuqori sifatli charm aksessuarlar, poyabzal, ofis buyumlari, san’at mahsulotlari va modaga oid charm mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha jahon miqyosida tan olingan. Ushbu brendlar tajribasidan xalqaro klaster yaratish jarayonida foydalanish O‘zbekiston uchun samarali natijalar beradi. 2 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror, 03.05.2018 yildagi PQ-3693-son https://lex.uz/docs/-3720454