SUDLAR MUSTAQILLIGINI TA'MISHLASH BORASIDA PREZIDENT FARMONLARI
Abstract
Ushbu maqolada mamlakatimizda koʻyingi yilllarda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari doirasida sudlarning chinakam mustaqilligini ta'minlashga qaratilgan Prezident farmonlari, ularning mhoiyati xususida soʻz yuritilgan.
Full text
Noyabr, 2025-Yil 129 SUDLAR MUSTAQILLIGINI TAʼMISHLASH BORASIDA PREZIDENT FARMONLARI Odilova Bahora Muzaffarjon qiz Farg‘ona yuridik texnikumi II bosqich “Sud-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 43-24-guruh o‘quvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17584257 Annotatsiya. Ushbu maqolada mamlakatimizda koʻyingi yilllarda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari doirasida sudlarning chinakam mustaqilligini taʼminlashga qaratilgan Prezident farmonlari, ularning mhoiyati xususida soʻz yuritilgan. Kalit so‘zlar: sud-huquq, sud hokimiyati, odil sudlov, qonun ustuvorligi, qonuniylikni mustahkamlash, qonunchilikni liberallashtirish, apelliyatsiya, kassatsiya, taftish. Аннотация. В данной статье рассматриваются указы Президента, направленные на обеспечение подлинной независимости судов в рамках судебно-правовых реформ, проводимых в нашей стране в последние годы, и их значение. Ключевые понятия: This article examines the presidential decrees aimed at ensuring the genuine independence of the courts as part of the judicial and legal reforms carried out in our country in recent years, and their significance. Abstract. судебное право, судебная власть, правосудие, верховенство закона, укрепление законности, либерализация законодательства, апелляция, кассация, ревизия. Key concepts: judicial law, judicial authority, justice, the rule of law, strengthening the rule of law, liberalization of legislation, appeal, cassation, and review. Yurtimizda olib borilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlarning asosiy yoʻnalishlaridan biri sifatida – sud hokimiyatining amalda mustaqilligini taʼminlashga erishish va odil sudlovni samarali taʼminlashdan iborat ekanligini taʼkidlash lozim. Sud-huquq tizimini isloh qilish demokratik islohotlarni amalga oshirish, qonun ustuvorligini taʼminlash va qonuniylikni mustahkamlash, inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, huquqiy tizimni izchil demokratlashtirish va qonunchilikni liberallashtirishni koʻzda tutadi. 1 Prezidentimiz ham sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga bagʻishlangan barcha nutqlarida sudlarning chinakam mustaqilligini taʼminlash eng ustuvor vazifa ekanligi, sudlar faoliyatiga boshqa shaxslarning aralashuviga mutlaqo yoʻl qoʻymaslik lozimligi, shu boisdan ham sud ishlariga aralashgani yoki sudga bosim oʻtkazgani uchun javobgarlikni kuchaytirish talab qilinishi xususida koʻp bora alohida taʼkidlab keladilar. Shu munosabat bilan sud himoyasini taʼminlashdagi ortiqcha byurokratik toʻsiqlar saqlanib qolayotganligi, sud qarorlarini qayta koʻrishning bir-birini takrorlovchi bosqichlari mavjudligi va boshqa qator kamchiliklar sud organlarining amaldagi tuzilishini zamon talablari va xalqaro standartlarga muvofiq qayta koʻrib chiqishni taqozo etganligi, sud amaliyoti sudlarni qatʼiy ixtisoslashtirish va ortiqcha byurokratik harakatlarni qisqartirish hamda sudlarni optimallashtirish orqali ishlarni tezkorlik bilan koʻrib chiqadigan, barcha boʻgʻin sudlari bir xilda faoliyat yuritadigan tizimni shakllantirish zarurati mavjudligidan, sudlovga oid qonunchilikni 1 B.Toshev. Odil sudlovni taʼminlashning institutsional asoslari. https://uzmarkaz.uz/uz/news/odil-sudlovnitaminlashning-institutsional-asoslari.
Noyabr, 2025-Yil 130 takomillashtirish, sud hokimiyatini toʻliq amalga oshirish mexanizmlarini joriy etish, odamlarni sudga ishonchini yanada oshirish asosiy vazifalardan kelib chiqib Prezidentimiz tomonidan oxirgi besh yillikda koʻplab farmonlar qabul qilindi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator farmonlari qabul qilindi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabrdagi PF-4850sonli “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6127-sonli “Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish choratadbirlari toʻgʻrisida”gi, 3 2023-yil 16-yanvardagi PF-12-sonli “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 4 , 2023-yil 16yanvardagi PF-11-sonli “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 5 , 2024-yil 10iyun PF-89-sonli “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 6 2025-yil 21-avgustdagi PF-141-sonli “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni 7 larini aytib oʻtish mumkin. Ushbu qabul qilingan farmonlar oʻz mazmun-mohiyati bilan sudga hurmatsizlik qilish va sud ishiga aralashish holatlarining oldini olish boʻyicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish mezonlarini koʻrsatib berdi. Sud qarorlarining ijrosini taʼminlashda davlat organlari va mahalliy hokimliklarning masʼuliyatini oshirilib, xalqining odil sud va davlatdan rozi boʻlishiga alohida eʼtibor qaratilayotganligidan dalolat beradi deyish mumkin. Ayniqsa, tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiyada koʻrilgan ishlarni viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarida apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida qayta koʻrib chiqish vakolati berilgani sud qarorlari qonuniy va adolatli qabul qilinganini tekshirishning qulay va soddalashtirilgan tartibini belgilab berganligini, birinchi instansiya sudining qaror yoki hukmidan norozi taraflar viloyat sudiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat qilib, ularning ham natijasidan qoniqmasa, ushbu ish mazkur sudlarda taftish tartibida qayta koʻrib 2 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabr PF-4850-sonli “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/3050491. 3 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6127-son “Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni. https://lex.uz/docs/5146554. 4 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 yanvardagi PF-12-son “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/6358913. 5 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvar PF-11-son “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/6358976. 6 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyun PF-89-sonli “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni https://lex.uz/docs/6964387. 7 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustda PF-141-son “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/7696594.
Noyabr, 2025-Yil 131 chiqilishi, sud ishidan yana norozi boʻlgan taqdirda viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar taftish tartibida koʻrib chiqqan ishlar Oliy sudning sudlov hayʼatlarida taftish tartibida qayta koʻrib chiqilishining belgilanganligi, oʻz-oʻzidan yuqori instansiya sudlariga yanada katta masʼuliyat yuklab, ishni yangidan koʻrish uchun quyi sudlarga yuborish tartibining bekor qilinayotgani ham sud hujjatidan norozi shaxsning yuqori instansiya sudlariga ishonchini mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Xulosa oʻrnida, inson qadr-qimmatini ulugʻlashga qaratilgan ushbu farmonlarda sudyalarning chinakam mustaqilligi taʼminlanishi, ularning ishiga har qanday aralashuv qatʼiy jazolanishi, sudyalarning xavotirsiz ishlashi uchun davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilishi belgilangani ham sud-huquq islohotlarini yangi va sifatli bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Eng asosiysi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishning huquqiy kafolatlari yanada kuchaytirilib, ish boʻyicha barcha holatlar sud tomonidan har tomonlama va toʻliq tekshirilishi, dalillarga xolisona baho berilishi, huquq-tartibot idoralarining tamomila yangicha ishlashi va xalqimizning sudlarga boʻlgan qatʼiy ishonchini oshirishda muhim oʻrin tutadi. 8 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabr PF-4850-sonli “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/3050491. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6127-son “Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni. https://lex.uz/docs/5146554. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 yanvardagi PF-12-son “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/6358913. 4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvar PF-11-son “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/6358976. 5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustda PF-141-son “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/7696594. 6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyun PF-89-sonli “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni https://lex.uz/docs/6964387. 7. B.Toshev. Odil sudlovni taʼminlashning institutsional asoslari. https://uzmarkaz.uz/uz/news/odil-sudlovni-taminlashning-institutsional-asoslari. 8. O.Karimov. Odil sudlov – insonparvarlik va adolat ustuni https://uza.uz/uz/posts/odilsudlov-insonparvarlik-va-adolat-ustuni_447134. 8 O.Karimov. Odil sudlov – insonparvarlik va adolat ustuni https://uza.uz/uz/posts/odil-sudlov-insonparvarlik-vaadolat-ustuni_447134.