JINOYAT PROTSESSIDA DASTLABKI ESHITUV INSTITUTI
Abstract
Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni bilan qonunchilikka kiritilgan oʻzgarish – dastlabki eshituv institutining mohiyati hamda protsessual tartibi xususida soʻz yuritilgan.
Full text
Noyabr, 2025-Yil 132 JINOYAT PROTSESSIDA DASTLABKI ESHITUV INSTITUTI Xusanov Diyorbek Ismatilla o‘g‘li Farg‘ona yuridik texnikumi II bosqich “Sud-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 43-24-guruh o‘quvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17584285 Annotatsiya. Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24iyuldagi PF-6034-sonli “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni bilan qonunchilikka kiritilgan oʻzgarish – dastlabki eshituv institutining mohiyati hamda protsessual tartibi xususida soʻz yuritilgan. Kalit so‘zlar: dastlabki eshituv, sud-huquq islohotlari, surishtiruv, dastlabki tergov, ajrim, raislik qiluvchi, himoyachi, ayblanuvchi. Аннотация. В данной статье рассматривается сущность и процессуальный порядок института предварительного слушания - изменения, внесенного в законодательство Указом Президента Республики Узбекистан от 24 июля 2020 года No УП-6034 "О дополнительных мерах по дальнейшему совершенствованию деятельности судов и повышению эффективности правосудия." Ключевые понятия: предварительное слушание, судебно-правовые реформы, дознание, предварительное следствие, определение, председательствующий, защитник, обвиняемый. Abstract. This article examines the essence and procedural order of the preliminary hearing institution, a change introduced into the legislation by Presidential Decree No. UP-6034 dated July 24, 2020, "On Additional Measures to Further Improve the Activities of Courts and Enhance the Efficiency of Justice." Key concepts: preliminary hearing, judicial and legal reforms, inquest, preliminary investigation, determination, presiding judge, defense attorney, and accused. Mamlakatimizda olib borilayotgan sud-huquq islohotlari natijasida bir qator oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonunlarni imzoladi. Mazkur qonunga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalarning asosiy qismi sud tizimining qayta ixtisoslashuvi, sud qarorlarini qayta koʻrish institutining takomillashtirilishi bilan bogʻliq boʻldi. Xususan, “Jinoyat ishlari boʻyicha sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun bilan kodeksga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar asosan qator oʻziga xos jihatlarda namoyon boʻldi. Ushbu Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan yangi oʻzgarishlarga koʻra, shaxsning aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilgan jinoyatlar boʻyicha jazo tayinlash, koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish, uning asoslari va tartibi, kelib tushgan jinoyat ishi boʻyicha sudyaning harakatlari ifodalab berilgan.
Noyabr, 2025-Yil 133 Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessal kodeksi 491-bob bilan toʻldirilib, jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv deb nomlandi hamda ushbu bobda dastlabki eshituvning mohiyatini, asoslari, oʻtkazish tartibini belgilab beradigan bir qator moddalar oʻz ifodasini topdi. Dastlabki eshituv – surishtiruv va dastlabki tergov organlari faoliyati ustidan bevosita sud nazorati shakllaridan biri hisoblanadi. Jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash bosqichida jinoyat ishining kelgusi harakati masalalarini tortishuv prinsipiga koʻra hal etilishini koʻzda tutadi. 1 Kodeksining 4053-moddasida jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni oʻtkazish uchun asoslar koʻrsatib oʻtilgan boʻlib, unga koʻra, dastlabki eshituv quyidagilar uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda oʻtkaziladi: 1) jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turish; 2) jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni tugatish; 3) jinoyat ishini ayblov dalolatnomasini, ayblov xulosasini yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlagan prokurorga yuborish; 4) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishlarini birlashtirish; 5) nomaqbul dalillarni ishdan chiqarib tashlash toʻgʻrisida taraflardan birining iltimosi mavjud boʻlsa, ushbu dalillarni chiqarib tashlash. Demak modda mohiyatidan anglashiladiki, ushbu asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, sud taraflarning iltimosiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazadi. Qonunchilikka kiritilgan oʻzgarishga muvofiq, jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv sudya tomonidan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni tayinlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan paytdan eʼtiboran besh sutkadan kechiktirmay boshlanishi, lekin dastlabki eshituvni oʻtkazish davomiyligi dastlabki eshituv boshlangan kundan eʼtiboran oʻn sutkadan oshmasligi kerakligi belgilandi. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 4056-moddasida jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni oʻtkazish tartibi bilan bogʻliq normalar mustahkamlandi. Mazkur modda talabidan kelib chiqib, dastlabki eshituv sudya tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda, taraflar ishtirokida oʻtkaziladi. Bunda taraflarni sud majlisiga chaqirish toʻgʻrisidagi bildirish dastlabki eshituv oʻtkaziladigan kunga qadar kamida uch sutka oldin yuborilgan boʻlishi kerak. Sud majlisida ayblanuvchi, uning himoyachisi, qonuniy vakili va davlat ayblovchisi ishtirok etishi shart. Dastlabki eshituv ayblanuvchi yoʻqligida uning iltimosiga koʻra yoki basharti sud muhokamasini sudlanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan va sudga kelishdan boʻyin tovlagan, uning yoʻqligi ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga monelik qilmagan taqdirda yoki ayblanuvchi qonun normalariga asosan sud majlisi zalidan chiqarib yuborilgan boʻlsa, taraflardan birining iltimosiga koʻra oʻtkazilishi mumkin. Oʻz vaqtida xabardor qilingan jabrlanuvchining va uning vakilining, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgarning hamda ular vakillarining sud majlisiga kelmaganligi dastlabki eshituvni 1 S.Raxmonova. Dastlabki eshituv instituti qanday samara beradi? https://docs.yandex.ru/docs/view?tm
Noyabr, 2025-Yil 134 oʻtkazish uchun monelik qilmaydi. Oʻz navbatida raislik qiluvchi dastlabki eshituv boʻyicha sud majlisini belgilangan vaqtda ochadi. Raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, kimlar davlat ayblovchisi, himoyachi, sud majlisining kotibi ekanligini eʼlon qiladi. Raislik qiluvchi ayblanuvchining shaxsini aniqlaydi. Keyin raislik qiluvchi, agar jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishda ishtirok etayotgan boʻlsa, ayblanuvchining qonuniy vakilining, jabrlanuvchining, uning vakilining shaxsini aniqlaydi. Raislik qiluvchi sud majlisi ishtirokchilariga ularning sudyani, davlat ayblovchisini, sud majlisi kotibini va sud majlisining boshqa ishtirokchilarini rad qilish huquqlarini tushuntiradi. Raislik qiluvchi ayblanuvchidan, shuningdek sud majlisiga chaqirilgan shaxslardan iltimoslari bor-yoʻqligini soʻraydi. Dastlabki eshituvni oʻtkazish raislik qiluvchining maʼruzasi bilan boshlanadi, maʼruzadan keyin u sud majlisida hozir boʻlganlarni eshitadi. Soʻngra jinoyat ishiga doir materiallar tekshiriladi. Agar bir taraf nomaqbul dalilni chiqarib tashlash toʻgʻrisida iltimosnoma bergan boʻlsa, sudya boshqa tarafdan unda mazkur iltimosnomaga qarshi eʼtirozi bor-yoʻqligini surishtiradi. Eʼtirozlar mavjud boʻlmagan va dalillarni nomaqbul deb eʼtirof etish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda sudya iltimosnomani qanoatlantiradi. Taraflarning qoʻshimcha dalillarni talab qilib olish toʻgʻrisidagi iltimosnomalari, agar ushbu dalillar ish uchun ahamiyatli boʻlsa, qanoatlantirilishi kerak. Shundan soʻng davlat ayblovchisining va himoyachining dastlabki eshituvda hal etilayotgan masalalar yuzasidan fikri eshitiladi. Davlat ayblovchisining va himoyachining fikrini eshitgach, raislik qiluvchi ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi, ushbu ajrim sud majlisida oʻqib eshittirilishi kerak. Dastlabki eshituv natijalari boʻyicha sudya quyidagi masalalar yuzasidan ajrim chiqaradi: yaʼni, jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisida; jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni tugatish haqida; jinoyat ishini ayblov dalolatnomasini, ayblov xulosasini yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlagan prokurorga yuborish toʻgʻrisida; ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishlarini birlashtirish yoki ajratish haqida; dalilni nomaqbul deb topish va chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirish toʻgʻrisida yoki qanoatlantirishni rad etish haqida. Dastlabki eshituv jarayonida sud majlisi kotibi tegishli tartibda bayonnoma yuritadi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, qonunchiligimizda ushbu institutning joriy etilishi bilan jinoyat ishini sudda har tomonlama va xolisona koʻrilishiga toʻsqinlik qiluvchi holatlarni bartaraf etish masʼuliyati sudyaning zimmasida boʻlsada, lekin uni amalga oshirish uchun real vakolati yoʻqligi sababli jinoyat ishining nuqsonlarini koʻra bila turib sud muhokamasiga “oʻtkazish” majburiyatidan ozod boʻladi. Dastlabki eshituv institutini milliy jinoyat ishlari yurituviga tatbiq etish hozirda sud yurituvida mavjud boʻlgan jiddiy muammolarni hal etishning optimal yechimi hisoblanadi. Shu munosabat bilan dastlabki eshituv joriy etilishi sudning protsessual vakolatlarini mustahkamlash va yanada kengaytirishga, natijada esa, sud, dastlabki tergov organlari hamda fuqarolarning vaqti va saʼiharakatlarining tejalishi, jinoyat ishlari yurituviga jalb etilgan shaxslarning buzilgan huquqlari tez fursatda tiklanishini taʼminlaydi.
Noyabr, 2025-Yil 135 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y. 2. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksi. 3. https://lex.uz/docs/111460 4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni. https://lex.uz/docs/4910826. 5. S.Raxmonova Dastlabki eshituv instituti qanday samara beradi? 6. https://docs.yandex.ru/docs/view?tm.