HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNING SHAKILLANISHIDA, OILANING RO'LI
Abstract
Ushbu maqola huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirish uning huquqiy asoslarini yaratish, jamiyatda fuqarolar ayniqsa yosh avlodning huquqiy bilim va koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan ishlar haqida. Qolaversa huquqiy ong va huquqiy madaniyatning shakllari, ularni vazifalari keltirib oʻtilgan.Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning huquqiy ong va madaniyatini oshirishga qaratilgan amaliy chora tadbirlar keltirib oʻtilgan.
Full text
Noyabr, 2025-Yil 140 HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNING SHAKILLANISHIDA, OILANING RO‘LI To‘lanboyev Islombek Ilhomjon o‘g‘li Farg‘ona yuridik texnikumi “Sud-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 2-bosqich 43-24-guruh o‘quvchisi. Odilova Bahora Muzaffarjon qizi Farg‘ona yuridik texnikumi “Sud-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 2-bosqich 43-24-guruh o‘quvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17584371 Annotatsiya. Ushbu maqola huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirish uning huquqiy asoslarini yaratish, jamiyatda fuqarolar ayniqsa yosh avlodning huquqiy bilim va koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan ishlar haqida. Qolaversa huquqiy ong va huquqiy madaniyatning shakllari, ularni vazifalari keltirib oʻtilgan.Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning huquqiy ong va madaniyatini oshirishga qaratilgan amaliy chora tadbirlar keltirib oʻtilgan. Kalit soʻzlar: Huquq, madaniyat, huquqiy ong, jamiyat, guruh, shaxs, fuqarolik jamiyati, demokratiya, qonun, ijyimoiy-iqtisodiy, islohot, siyosat, shaxsiy mafaat. Аннотация. В данной статье рассматриваются вопросы развития правового сознания и правовой культуры, создания их правовых основ, а также работы, направленные на формирование у граждан, особенно у молодёжи, правовых знаний и навыков. Кроме того, приведены формы и функции правового сознания и правовой культуры. Также отражены практические меры, предпринимаемые в Республике Узбекистан по повышению правового сознания и правовой культуры граждан. Ключевые слова: право, культура, правовое сознание, общество, группа, личность, гражданское общество, демократия, закон, социально-экономические, реформа, политика, личный интерес. Annotation. This article discusses the development of legal awareness and legal culture, the establishment of their legal foundations, and the efforts aimed at forming legal knowledge and skills among citizens, especially the younger generation. It also presents the forms and functions of legal awareness and legal culture. In addition, the article highlights the practical measures implemented in the Republic of Uzbekistan to enhance the legal awareness and legal culture of citizens. Keywords: law, culture, legal awareness, society, group, individual, civil society, democracy, legislation, socio-economic, reform, policy, personal interest. KIRISH Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy sharti sifatida xalqimizning huquqiy bilimi va madaniyatini yuksaltirish, huquqshunos kadrlar tayyorlash tizimini tubdan yaxshilash, qabul qilingan qonun va qarorlarning mazmun-mohiyatini aholiga chuqur anglatishga katta eʻtibor qaratilib kelinmoqda. Bugungi kunda fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida huquqiy madaniyatni yuksaltirishga erishish, tom ma’noda huquqiy ongni yuksaltirish davr talabiga aylandi.
Noyabr, 2025-Yil 141 Fuqarolarda yuksak huquqiy tafakkur shakllanmas ekan, turli xil nomutanosibliklar kelib chiqaveradi. Huquqiy madaniyatni shakllantirish va shu orqali qonun ustuvorligiga erishish nafaqat jamiyatning, balki oʻsib kelayotgan yoshlar uchun ham qimmatlidir. Huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurishning zarur sharti qonunlarga soʻzsiz itoat etishdir. Mamlakatimizda yosh avod tarbiyasi davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Shuningdek, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash ham muhim vazifalar sirasiga kiradi. Huquqiy demokratik davlat qurishda oʻsib kelayotgan yosh avlodning huquqiy bilimlarni mukammal egallaganligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mukammal ta’lim-tarbiya olgan avlod hech qanday huquqbuzarlik yoki jinoyatlar koʻchasiga kirmaydi. Shuningdek, turli yot gʻoyalar ta’siriga tushmaydi. ASOSIY QISM Huquqiy ong va huquqiy madaniyat — shaxs va jamiyatning huquqiy tizimga nisbatan bo'lgan munosabatlaridir. Ushbu tushunchalar, insonlarning qonunlar va huquqlarini anglashida, shuningdek, ijtimoiy hayotda qanday muomala qilish kerakligini bilishida muhim ahamiyatga ega. Oilaning bu jarayondagi roli esa, alohida e'tiborga molikdir. Oila, shaxsning birinchi ta'lim muassasasi sifatida, huquqiy ongni shakllantirishda va huquqiy madaniyatni rivojlantirishda asosiy o'rin tutadi. Huquqiy ong — shaxsning huquqiy tizim, qonunlar va ularning ahamiyati to'g'risidagi tushunchasi, shuningdek, o'z huquqlari va majburiyatlarini anglashidir. Bu, shaxsning huquqiy masalalar bo'yicha fikr yuritishi va qarorlar qabul qilishi uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalardir. Huquqiy madaniyat esa, jamiyatda huquqiy normalarning qabul qilinishi, hurmat qilinishi va ularga amal qilinishi bilan bog'liqdir. Huquqiy madaniyat, shuningdek, jamiyatda qonunlarga bo'lgan umumiy munosabatni ifodalaydi. Huquqiy madaniyat yuqori bo'lgan jamiyatlarda qonunlarga amal qilish, ijtimoiy tartib va barqarorlik yuqori darajada bo'ladi. Oilaning huquqiy ong va madaniyatni shakllantirishdagi roli bir qator jihatlarda namoyon bo'ladi: 1. Ta'lim va Tarbiya: Oila, bolalar uchun birinchi ta'lim muassasasi hisoblanadi. Bolalar oilada huquqiy normalar, axloqiy qadriyatlar va ijtimoiy mas'uliyatlarni o'rganadilar. Oila a'zolari o'zaro munosabatlarda qonunlarga amal qilishlari, bolalarga huquqiy tushunchalarni o'rgatadi. 2. O'ziga Xos Misol: Oila a'zolari o'zaro munosabatlarda qanday muomala qilishlari bolalarga misol bo'ladi. Agar ota-onalar qonunlarga amal qilishsa va ijtimoiy mas'uliyatni his qilsalar, bolalar ham ularni o'rganadilar. Bu, ularda huquqiy ongni shakllantiradi. 3. Huquqiy Muammolarni Hal Qilish: Oila ichidagi muammolar va ularni hal qilish jarayonlari bolalarga huquqiy tushunchalarni o'rgatadi. Masalan, nizolarni tinch yo'l bilan hal qilish, huquqiy maslahat olish va o'z huquqlarini talab qilish kabi ko'nikmalar oilada shakllanadi. 4. Ijtimoiy Qadrlar: Oila, shaxsning ijtimoiy qadriyatlarini shakllantirishda muhim rol o'ynaydi. Oila ichida olingan ta'lim va ko'nikmalar, jamiyatda huquqiy madaniyatning rivojlanishiga yordam beradi. 5. Jamiyatda Kattaroq Ta'sir: Oila, shaxsning huquqiy ongini shakllantiribgina qolmay, balki jamiyatning huquqiy madaniyatini ham belgilaydi. Oila ichida olingan ta'lim va ko'nikmalar jamiyatda huquqiy normalarning hurmat qilinishiga olib keladi.
Noyabr, 2025-Yil 142 Huquqiy ong va huquqiy madaniyatning shakllanishida oilaning roli juda muhimdir. Oila, shaxsning birinchi ta'lim muassasasi sifatida, huquqiy tushunchalar va qadriyatlarni o'rgatishda asosiy vazifani bajaradi. Oilada olingan ta'lim va etika, shaxsning huquqiy ongini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi va bu, o'z navbatida, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Shunday qilib, oilaning ahamiyatini inkor etish mumkin emas, chunki u huquqiy ong va madaniyatning asosiy manbai hisoblanadi. Yurtimizda huquqiy demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618sonli “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida»gi farmoni qabul qilindi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini yanada takomillashtirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar bilan uygʻun ravishda huquqiy bilimlarini oshirib borishning zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, aholini, ayniqsa, yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish boʻyicha mustahkam huquqiy immunitetni shakllantirish maqsadida: 1. Quyidagilar jamiyatdahuquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning asosiy vazifalari etib belgilandi: aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil yetkazish tizimini shakllantirish, fuqarolar ongida “Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish ‒ demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!” degan hayotiy gʻoyani mustahkamlash; jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, ta’limtarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida eʻtibor qaratish, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuqur singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni saqlash gʻoyalarini keng targʻib qilish; yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odobaxloq normalarini chuqur singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga bolaligidan boshlab oʻrgatish; aholi oʻrtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish boʻyicha huquqiyma’rifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini oʻrgatish bilan uygʻun holda tashkil qilish, shuningdek, har bir fuqaroda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuygʻularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirish; davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, ularda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining manzilli huquqiy targʻibotni amalga oshirish borasidagi oʻzaro hamkorligini mustahkamlash; jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga doir tadbirlarni tashkil etishda ijtimoiy sheriklik prinsiplaridan keng va unumli foydalanishni tizimli asosda yoʻlga qoʻyish; ommaviy axborot vositalarining huquqiy axborot bilan ta’minlashdagi rolini oshirish,
Noyabr, 2025-Yil 143 huquqiy targʻibotning innovatsion usullaridan keng foydalanish, shu jumladan, vebtexnologiyalarni qoʻllashni kengaytirish; yuridik ta’limni takomillashtirish, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish; jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini chuqur tadqiq etish. 2. “Yuksak huquqiy madaniyat — mamlakat taraqqiyoti kafolati” degan konseptual gʻoya asosida aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega boʻlishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qoʻllay olishlari uchun tizimli va keng qamrovli huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish davlat organlari va tashkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilansin. 3. Belgilab qoʻyildiki, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish “shaxs — oila — mahalla — ta’lim muassasasi — tashkilot — jamiyat” prinsipi boʻyicha tizimli va uzviy tashkil etiladi. Huquqiy davlatning eng muhim belgilaridan yana biri — qonun ustuvorligini ta’minlash va yuksak darajadagi huquqiy ong va madaniyatga ega boʻlgan barkamol avlodni tarbiyalash mazkur islohotlarning oʻzagini tashkil etadi. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, mamlakatimiz aholisi va yoshlari ongida qonunlarga hurmat ruhini singdirish masalalari juda muhim. Inson oʻzini huquqiy jihatdan yetuk, bilimli deb hisoblashi uchun birinchi navbatda unda jamiyatda oʻrnatilgan huquq normalariga nisbatan hurmat ruhi shakllangan boʻlishi lozim. Oʻtgan yillar mobaynida oʻtkazilayotgan islohotlarning qonuniy zamiri yaratildi. Ijtimoiysiyosiy hayotning huquqiy asoslari izchillik bilan mustahkamlandi. Vatanimizning rivojlanishi va islohotlarning muvaffaqiyati koʻp jihatdan xalqning xuquqiy ongi hamda madaniyati darajasiga bogʻliq. Yuksak huquqiy madaniyat demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim yetukligining ifodasidir. U jamiyatdagi hayotiy jarayonlarga faol ta’sir koʻrsatuvchi, fuqarolarning barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga koʻmaklashuvchi, jamiyatning yaxlitligi hamda batartibligini ta’minlovchi omildir. Huquqiy ong - bu qonunga, davlat organlari faoliyatiga, shuningdek, shaxslarning huquqiy tartibga solish sohasida sodir etilgan harakatlariga munosabatni ifodalovchi gʻoyalar, gʻoyalar, his-tuygʻular, his-tuygʻular yigʻindisidir. Huquqiy ongning ijtimoiy ong shakli sifatidagi oʻziga xosligi uning odamlarning ijtimoiy va individual hayotining intellektual ifodasi ekanligida namoyon boʻladi. Huquqiy ong huquq tizimining quyidagi elementlari bilan chambarchas bogʻliq: huquqiy normalar, huquqiy tamoyillar, huquqiy munosabatlar, huquq ijodkorligi jarayonlari va boshqalar. Huquqiy madaniyat - huquqiy ongni amalga oshirish. Boshqacha qilib aytganda, huquqiy madaniyat - bu huquq ijodkorligi faoliyati natijalarida (qonunlarning sifati va asosliligi), huquqni qoʻllash jarayonida (huquqni muhofaza qilish va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xulq-atvor madaniyati) ifodalangan obʻektivlashtirilgan huquqiy ongdir. ), yuridik institutlarning (sud, prokuratura va boshqalar) faoliyatida, shuningdek, oddiy fuqarolarning xattiharakatlarida. Huquqiy madaniyatning turlari uning tashuvchisiga qarab ajratiladi: 1) Jamiyatning huquqiy madaniyati;
Noyabr, 2025-Yil 144 2) Guruhning huquqiy madaniyati; 3) Shaxsning huquqiy madaniyati. Jamiyatning huquqiy madaniyati - bu butun jamiyatning huquqiy faolligi va ong darajasini bildiruvchi umumiy madaniyatning ma’lum bir qismi. Keng ma’noda jamiyatning huquqiy madaniyatini ma’lum bir davr uchun toʻplangan barcha huquqiy bilim va tajribalar yigʻindisi sifatida belgilash mumkin. Jamiyat huquqiy madaniyatining rivojlanish darajasini koʻrsatuvchi koʻrsatkichlar: Qonunchilikning rivojlanish darajasi Huquqiy normalarni talqin qilish sifati Aholining huquqiy faoliyati Huquqiy bilimlarga talab darajasi va mavjudligi Huquq normalarida umuminsoniy va milliy tamoyillarning oʻzaro bogʻliqligi Qonun hujjatlari talablariga subyektlar tomonidan rioya qilish darajasi Ijtimoiy guruhning huquqiy madaniyati - bu ma’lum bir ijtimoiy guruhning huquqiy ongi va huquqiy xulq-atvori darajasining holati. Ijtimoiy guruhlarning huquqiy madaniyati quyidagi xususiyatlar bilan ajralib turadi: Qonunchilik va qonunchilikni bilish Qonunga rioya qilish Kerakli narsalarni bajarish qobiliyati huquqiy hujjatlar Xalq va qonun tomonidan berilgan kuchdan foydalanish qobiliyati Fuqarolarning huquqiy tarbiyasi Shaxsning huquqiy madaniyati - bu yakka shaxs, shaxs madaniyati. U quyidagi elementlardan iborat: Qonunni bilish va tushunish Qonunga rioya qilish va qonuniy inson xatti-harakati Huquqiy xulq-atvor darajasi Huquqiy psixologiya va mafkura Shaxs va guruhning huquqiy madaniyati sifati va darajasini quyidagi mezonlar orqali baholash mumkin: Huquqiy ong va ta’lim darajasi Huquqiy ongning sifat xususiyatlari Amaliy xulq-atvorning sifat xususiyatlari, uning qonuniyligi va foydalilik darajasi. XULOSA Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, “Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish - demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!”. Shunday ekan, qonunlarning samarali ishlashi uchun fuqarolarning huquqiy ongini, huquqiy madaniyatini, huquqiy mafkurasini yuksaltirish juda muhim. Aholining barcha tabaqalari, ayniqsa yosh avlodning huquqiy bilim saviyasini yuqori darajaga koʻtarish bilan biz qonun buzilishlari, adolatsizliklar, jinoyatlarning oldini olgan boʻlamiz. Zero, har bir fuqaro iqtisodiy va siyosiy islohotlar jadal oʻtkazilayotgan hozirgi davrda qayerda ishlamasin, xizmat qilmasin, oʻqimasin, har qadamda huquqiy bilimga ehtiyoj sezishi tayin.
Noyabr, 2025-Yil 145 Zamonaviy davrda insonlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini barqaror rivojlanish yoʻliga olib chiqish uchun huquqiy ongning umumiy darajasini koʻtarish fuqarolarning huquqiy nigilizimini engishga qaratilgan chora-tadbirlarni qabul qilish va amalga oshirish zarurati va ehtiyojini keltirib chiqaradi. Biz jamiyatda qonun va qonunga hurmat har bir insonning shaxsiy ishonchiga aylanishi uchun harakat qilishimiz zarur. Huquqiy jamiyatda bosqichma-bosqich shakllanib boradigan shaxsning ehtiyojlari va manfaatlarini maqsadga muvofiq ravishda shakllantirish, qonun ustuvorligini va qonuniylikni mustahkamlashning samarali vositalaridan biri sifatida ushbu tadbirlar orasida huquqiy madaniyat va huquqiy ong, huquqiy ta’lim alohida oʻrin tutishi kerak. Huquqiy tarbiyaning maqsadi qonunlarga hurmatni shakllantirish boʻlishi kerak. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y. 2. Davlat va Huquq nazariyasi: O.Qoriyev 2018-yil 3. Mamuriy huquq: B.Musayev, D.Artikov, B.Qosimov 2020-yil 4. http://www.my.gov.uz 5. http://www.lex.uz