scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SHAXSNING IJTIMOIYLASHUV OMILLARI VA UNING ETNOPSIXOLOGIK JIHATLARI.

Maxmudova, Dilorom

Abstract

This article examines the specific aspects of the ethnopsychological characteristics of a person in interpersonal relationships and the process of socialization in the relationships taking place in relation to her. It is known that a child is not born choosing his homeland or parents. So he is not even born with the ready-made mental characteristics inherent in his nationality. This article examines the specific aspects of the ethnopsychological characteristics of a personality in interpersonal relationships and the process of socialization in the relationships taking place in relation to it. It is known that a child is not born choosing his homeland or parents. So he's not even born with the mental characteristics inherent in him.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 11, 2025 130 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us SHAXSNING IJTIMOIYLASHUV OMILLARI VA UNING ETNOPSIXOLOGIK JIHATLARI. Maxmudova Dilorom Maxamatjon qizi Yangi asr universiteti“Pedagogika va psixologiya” yo’nalishi talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada shaxslararo munosabatlarda shaxsning va unga nisbatan bo`layotgan munosabatlarda ijtimoiylashuv jarayonining etnopsixologik xususiyatlarning o’ziga xos tomonlari haqida so’z boradi. Ma’lumki, bola o’ziga Vatanni yoki ota-onani tanlab tug’ilmaydi. Shunday ekan u o’z millatiga xos bo’lgan tayyor ruhiy xususiyatlar bilan ham tug’ilmaydi. Bola ota-onasidan, avlod-ajdodidan biologik yo’l bilan faqat irqiy xususiyatlarni va ayrim ruhiy xususiyatlarnigina me’ros qilib oladi, xolos. Bola tug’ilish davrida odam bo’lishga nomzod. Lekin yakka ajralgan holda u odam bo’la olmaydi. Jamiyatda yashab u shaxsga aylanadi. Kalit so’zlar: Shaxs,ijtimoiylashuv, jamiyat, individ, makro, mikro muhit, ong, etnik psixologiya, milliy psixologik qiyofa, sotsium, individ, ijtimoiylashuv jarayoni psixologik tavsifi haqida yoritilgan. Аннотация.В данной статье рассматриваются специфические аспекты этнопсихологических особенностей личности в межличностных отношениях и процесса социализации в происходящих по отношению к ней отношениях. Известно, что ребенок не рождается, выбирая себе родину или родителей. Так что он даже не рождается с готовыми психическими характеристиками, присущими его национальности. данной статье рассматриваются специфические аспекты этнопсихологических особенностей личности в межличностных отношениях и процесса социализации в происходящих по отношению к ней отношениях. Известно, что ребенок не рождается, выбирая себе родину или родителей. Так что он даже не рождается с готовыми психическими характеристиками, присущими его Ключевое слово: Освещается психологическое описание личности, социализации, общества, индивида, макро -, микросреды, сознания, этнической психологии, Национального психологического образа, социума, индивида, процесса социализации. Annotation.This article examines the specific aspects of the ethnopsychological characteristics of a person in interpersonal relationships and the process of socialization in the relationships taking place in relation to her. It is known that a child is not born choosing his homeland or parents. So he is not even born with the ready-made mental characteristics inherent in his nationality. This article examines the specific aspects of the ethnopsychological characteristics of a personality in interpersonal relationships and the process of socialization in the relationships taking place in relation to it. It is known that a child is not born choosing his homeland or parents. So he's not even born with the mental characteristics inherent in him. Keywords: The psychological description of personality, socialization, society, individual, macro-, microenvironment, consciousness, ethnic psychology, National psychological image, society, individual, and the process of socialization is highlighted. Garchi har bir inson ma’lum darajada mustaqil yashash va faollik ko’rsatishiga ega bo’lsa ham, lekin hayotda u faqat o’z xohishi va tushunchasi bilan yashab qolmay, shuning bilan birgalikda o’zi yashab turgan sotsial muhit va o’zi mansub bo’lgan xalqning tajriba, bilim va e’tiqodlarini ham o’zlashtirib INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 11, 2025 131 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us boradi. Chunki odam o’zi yashab turgan sotsial muhitdan butunlay chiqib ketib yashay olmaydi. Ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy ilm-fanda inson shaxsining jamiyat hayotiga moslashishi va individuallashishi(o’ziga xoslikning ifodalanishi) kabi jarayonlarini o’zaro bog’lab turadi. Shaxsning muayyan bir jamiyatdagi ijtimoiy shart-sharoitlarga moslashuvi va o’zini alohida olingan shaxs sifatida har bir jamiyatda ijtimoiy guruhlar uchun turli-tuman ijtimoiy normalar va ta`qiqlashlardan iborat chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Shaxsning ijtimoiylashuvi bolalar, o’smirlar, o’spirinlarning ruhiy rivojlanishi va shaxs sifatida voyaga yetishiga ta’sir ko’rsatuvchi ko’p sonli shart-sharoitlar zamirida yuzaga keladi. Ijtimoiylashuv shaxsning butun hayoti davomida kechadigan ko’p qirrali jarayondir, u ayniqsa bolalik va o’smirlik davrlarida nihoyatda jadallik bilan kechadi, chunki aynan bolalik davrida asosiy ijtimoiy me’yorlar o’zlashtiriladi. Bolaning ijtimoiylashuvida, ijtimoiy intizom va tartib, madaniyatning mufassal ko’rinishi bo’lgan jamiyatning muhim o’rni bor. Bugungi kunda shaxsning ijtimoiylashuvi o’ziga xos jarayon sifatida, shaxsning hayoti va faoliyatida o’z aksini topadi. Bolaning mustaqil hayotga qadam qo’yishi, uning ijtimoiylashuvi, shaxsning jamiyat hayotiga, uning ijtimoiy ta`sirlariga moslashishi, uning ijtimoiy voqelikni bilish va anglash faoliyatiga bo’lgan muhim ehtiyoji sifatida paydo bo’ladi. Shu bilan birga, bolada yana bir zarur hayotiy ehtiyoj, ya`ni har bir shaxsda o’ziga xoslikni, alohidalikni namoyon etish hissi ham shakllanadi. Bola o’z “Men”ini ro’yobga chiqarish uchun turli usullar va vositalarni qidira boshlaydi va shu orqali uning shaxsiy sifatlari shakllanadi. Shaxsning alohida psixologik, o’ziga xos xislatlari, faqat o’ziga tegishli bo’lgan ijtimoiy faoliyatda namoyon bo’ladi, uning i Bolaning shaxs sifatida jamiyatga qo’shilishi, ya`ni ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: Ota-ona, o’z tengdoshlari va pedagogmurabbiylar bilan o’zaro muloqot, faoliyat turlari(o’yin va o’quv faoliyati, ijodiy faoliyat, sport faoliyati)ni egallash. Shaxsning ijtimoiylashuvi bolalar, o’smirlar, o’spirinlarning ruhiy rivojlanishi va shaxs sifatida voyaga yetishiga ta’sir esa takrorlanmas jihatlarga ega bo’lib boradi. Ijtimoiylashuv jarayoniga tashqi va ichki omillar ta`sir etadi: Tashqi omillar: - megaomillar(mega-ulkan) - koinot, butun yer sharidagi jarayonlar. - makroomillar(makro-katta) - davlat va jamiyatdagi demografik, ijtimoiy-siyosiy, madaniy va ekologik omillar. - mezoomillar(mezo-o’rta) – muayyan hudud va yashash joyidagi ommaviy aloqa tarmoqlari, muayyan guruhlarning ijtimoiylashish shart-sharoitlari. - mikroomillar(mikro-kichik) – alohida shaxslarga ta’sir qiluvchi omillar tizimi(oila, mahalla maskanlari, tengdoshlar guruhi, ta`lim va tarbiya muassasalari, davlat va nodavlat tashkilotlari). Ijtimoiylashuv shaxsning butun hayoti davomida kechadigan ko’p qirrali jarayondir, u ayniqsa bolalik va o’smirlik davrlarida nihoyatda jadallik bilan kechadi, chunki aynan bolalik davrida asosiy ijtimoiy me’yorlar o’zlashtiriladi. Ijtimoiylashuvning ikkilamchi maskanlari ham mavjudki, unga barcha bosqichdagi ta’lim muassasalari, mehribonlik uylari, ixtisoslashgan maxsus maktab-internatlar hamda harbiy bilim yurtlari kiradi, chunki u yerda nisbatan uzoq vaqt mobaynida bola ta`lim oladi va tarbiyalandi, ijtimoiy normalari, qadriyatli yo’nalishlari ta’sirida dunyoqarashi shakllanadi, shaxs bo’lib yetishadi. Shunday qilib, tor ma’noda ijtimoiylashuv shaxsning ijtimoiy muhitga kirib borishi, unda singib ketishi, tashqi ijtimoiy muhit normalarini qabul qilib ularga rioya qilishi yoki qilmasligini tushuntiruvchi jarayondir. Ijtimoiylashuv tushunchasi ma’no jihatdan yaqin bo’lgan “tarbiya” va INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 11, 2025 132 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us “moslashuv” tushunchalari uzviy ravishda bog’liq. Moslashuv esa ijtimoiylashuv jarayonining muayyan bir tarkibiy qismi, uning harakatga keltiruvchi omili sifatida qaralishi mumkin. Ijtimoiypsixologik moslashuv ya’ni, shaxsning ijtimoiy munosabatlarga qadam qo’yishi, ijtimoiy normalarni egallashi, ko’nikishi va moslashishi orqali orttirgan tajribasi umumiy ijtimoiylashuvning bir ko’rinishidir. Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs jamiyatdagi ijtimoiy normalarni o’zlashtiradi, turli rollarni bajarishga o’rganadi, jamoatchilik sharoitida o’zini tutish ko’nikmalarini hosil qiladi. Shaxsning ijtimoiylashuvi uning ijtimoiy ta`sirlarni qabul qilishi, ijtimoiy borliqni bilishi va anglashiga asoslanadi. Yana bir muhim ijtimoiylashuv muhiti – bu mehnat jamoalaridir. Bu muhitning ahamiyati va o’ziga xosligi shundaki, bu yerga shaxs odatda ancha aqli pishib qolgan, ma’lum tajribaga ega bo’lgan, hayot haqidagi tasavvurlari shakllangan paytda keladi. Ijtimoiylashuv sohalari: Shaxsning egallagan mutaxassisligi, olgan bilimlari, ko’nikma va amaliy mehnat malakalari, hayotiy faoliyat uchun juda muhim bo’lib, shu muhitdagi ijtimoiy normalar xarakteriga ta’sir qiladi, shaxsning kimlar bilan, qanday o’zaro munosabatda ekanligi, uning qaysi muhit ta’sirida ekanligi uning yetuklik davridagi ijtimoiylashuvining muhim mezoni sanaladi. Ishga kirishdagi asosiy motivlardan biri – o’sha jamoaning qanday ekanligi, bu yerdagi o’zaro munosabatlar, rahbarning kimligi va uning jamoaga munosabati bo’lib, ko’pincha oylik-maosh masalasi ana shulardan keyin o’rganiladi. Shuning uchun mehnat jamoalarida yaxshi, sog’lom ma’naviy muhit, adolat va samimiyatga asoslangan munosabatlar har bir inson taqdirida katta rol o’ynaydi. Katta yoshdagi ijtimoiylashuvning o’ziga xosligi shundaki, unda individualizatsiya jarayoni aniqroq, sezilarliroq kechadi, chunki katta yoshdagi odam nafaqat tashqi ta’sirlarni o’zlashtiradi, balki o’zidagi hayotiy tajriba, bilim amaliy ko’nikma va malakalari bilan boshqalarga ham tarbiyaviy ta’sir etadi, shaxsiy o’rnak ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’ladi. Shu nuqtai nazaridan, keksalik davrining ijtimoiy mohiyati shundaki, ota-bobolarimiz, onaxonlarimiz asosan o’zlaridagi mavjud ijtimoiy tajribani boshqalarga (farzandlar, nabiralar, mahalladagi yoshlar va hokazo) uzatish bilan shug’ullanadilar va bu narsa ayniqsa, sharq xalqlarida juda e’zozlanadi. Hozirgi kundagi ijtimoiylashuv mexanizmlari yoshlarida yangicha tafakkur shakllanishiga, yurtga sadoqat, Vatan hissini shakllantirishga o’z hissasini qo’shadi. Shaxs ijtimoiylashuvining eng asosiy mahsuli — bu uning hayotda o’z o’rnini topib, jamiyatga manfaat keltiruvchi faoliyatlarda ishtirok etishidir. Etnopsixologiya bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan, ya’ni, uning eng yaqin hamkori bo‘lgan fan – bu ijtimoiy psixologiyadir. Ijtimoiy psixologiya – odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni davomida ularda hosil bo‘ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, g‘oyalar, histuyg‘ular, kechinmalar, turli xulq-atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fan, shaxs va jamiyat o‘zaro bog‘liqligida sodir bo‘ladigan psixologik xodisalarni tahlil etuvchi ilmiy yo‘nalishdir. Demak, har bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning ijtimoiy normalariga rioya qilgan holda o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan o‘rnatadigan murakkab o‘zaro munosabatlari va ularning ta’sirida hosil bo‘ladigan hodisalarning psixologik tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib berish – ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifasidir. Bola faqat milliy muhitda yashab turgandagina shu millat va elatga xos bo’lgan xususiyatlarni egallab, ayni millat vakili bo’la oladi. Bolaning ontogenetik taraqqiyoti davrida tashqi xatti-harakatlarni “aqliy” xususiyatlarga aylanishi davrida unda milliy psixologik qiyofa asoslari shakllana boshlaydi. Milliy tilni bilmaslik, etnik muhitdagi jarayonlarni, tilda ifodalanayotgan holat va hodisalarning mohiyatlarini anglab olishga to’sqinlik qiladi. Chunki fikr ifodasi uchun ishlatiladigan so’zlarda milliy o’ziga xoslik bo’ladi. Tafakkur bilan til va nutq o’zaro bog’liq INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 11, 2025 133 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us bo’lganligi uchun, ruscha tili chiqqan bolalarning fikrlash malakasi ham ruscha bo’lib o’zbeklarnikidan farqlanadi. Chunki insonning tafakkur tarzi nutqida, tilda reallashadi, moddiylashadi. Ular o’zbekcha gaplashishga o’rganganlaridan keyin ham, ruscha fikrlab, o’zbekcha gapirishga harakat qiladi. Ruscha tafakkur tarzi bilan o’zbekcha gapirish juda qiyin. Boshqa millat vakili voqelikni o’zbekning ko’zi bilan ko’rib o’zbekona tafakkur tarzi bilan idrok eta olgandagina, u chinakamiga o’zbekcha fikr yuritib, o’zbekcha gapira boshlaydi. Individning ijtimoiylashishi, milliylashishi ona tilini o’zlashtirish bilan boshlanadi. Inson sotsial zot sifatida ma’lum milliy muhitda shakllanib borar ekan, shu sotsial muhitda mavjud bo’lgan munosabatlarni, milliy xususiyatlarni o’z-o’zidan stixiyali ravishda o’zlashtirmasdan, balki shu jamiyatda qabul qilingan ma’lum ta’lim-tarbiya tizimi orqali, sekin-asta o’zlashtirib boradi. Har bir avlod vakillari ajdodlarining turmush tajribalarini, til va madaniy xususiyatlarini o’zlashtirib, millat uchun umumiy bo’lgan shart-sharoitlar ostida o’sib, tarbiyalanib borishi natijasida ularning barchasida shu millatga xos bo’lgan umumiy psixologik hislatlar shakllanadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, ijtimoiy informatsiyalarni yosh avlod tomonidan o’zlashtirib borilishi, faqat ongli ravishda, ta’lim-tarbiya berish jarayonidagina bo’lib qolmasdan, shuningdek, individning o’zi bilmagan va o’zlashtirish jarayonini anglab yetmagan holda ham yuz beradi. Bu taqlid va ta’sirlanish orqali amalga oshadi. Individning taraqqiyoti - u bevosita yoki bavosita munosabatga kirishgan boshqa individlarning taraqqiyoti bilan belgilangan bo’ladi va bir-biri bilan munosabatga kirishadigan turli avlod vakillari o’zaro bog’langan, keyingi avlodlarning jismoniy mavjudligi esa o’tmishdoshlari tomonidan belgilangan bo’ladi. Ilg’or fan nomoyondalari insoniyat bu sotsial hodisa ekanligini allaqachon isbotlab berishgan. Shu jumladan konkret bir kishi ham avvalo sotsial munosabatlar mevasidir. Shuning uchun ham hatti-harakatlari mohiyatini biologik yoki irqiy xususiyatlar bilan emas, balki sotsial qonunlar bilan belgilash kerak. Inson ruhiyаti faqat uni o’rab turgan tashqi muhit sharoitlariga moslashib va uning xususiyatlarini aks ettirib qolmasdan, shuningdek, doimiy taraqqiy etib turish xarakteriga ega bo’lgan iqtisodiy - ijtimoiy hodisalarning o’zgarib turishiga ham moslashib turadi. Insonning individual hayotining son-sanoqsiz holatlaridan tashqari, bolaning etnik-madaniy oʻziga xosligining shakllanishi va namoyon boʻlishiga ijtimoiy muhit va guruhlararo munosabatlarning xususiyatlari bilan belgilanadigan bir qator omillar ta’sir koʻrsatadi. Eng muhim psixologlar orasida quyidagilarni ajratib koʻrsatishadi: 1) ijtimoiy-siyosiy sohadagi global oʻzgarishlar va ular bilan bogʻliq millatlararo munosabatlardagi oʻzgarishlar; 2) etnik muhitning geterogenligi/bir xilligi. Birinchi guruh omillariga kelsak, ijtimoiy sohadagi muhim voqealar butun bir xalqning etnik-madaniy oʻziga xosligini faollashtirishga yordam berishi mumkin. 1 Xulosa qilib shuni ta’kidlashimiz mumkinki, etnik identiklik ijtimoiy oʻziga xoslik elementlaridan biri boʻlib, “koʻplab etnik guruhlarga nisbatan ijtimoiy makonda shaxsning oʻzini oʻzi belgilashining kognitiv-emotsional jarayonining natijasidir”. Bu nafaqat xabardorlik, balki oʻzining etnik jamoaga mansubligini idrok etish, tushunish, baholashdir. Shaxs ijtimoiylashuvining eng asosiy mahsuli — bu uning hayotda o’z o’rnini topib, jamiyatga manfaat keltiruvchi faoliyatlarda ishtirok etishidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1 SHAXSDA ETNIK IDENTIKLIKNING SHAKLLANISHIDA OILANING OʻRNI. Nuraliyeva Dildora Mamurjonovna Farg‘ona davlat universiteti psixologiya kafedrasi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa dokori (PhD). https://orcid.org/0000-0003-2975-6840 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 11, 2025 134 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us 1. E.G’oziyev. Umumiy psixologiya. Т.2010. 2. Abdullayeva D., Yarqulov R., Atabayeva N. Oila psixologiyasi. T.:”Tafakkur Bo’stoni”. 2015. 3. Shaxsda etnik identiklikning shakllanishida oilaning oʻrni. Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar (2023 йил № 8) 4. “Etnologiya”. Uchebnik dlya visshix uchebnix zavedeniy. Pod red. A.P Sadoxina. - M., 2000.