TA'LIM-TARBIYANING UMUMIY O'RTA TA'LIM MUASSASALARIDA USTOZ-SHOGIRD AN'ANALARINING OPTIMAL MODELLARINI RIVOJLANTIRISHNING TARIXIY TAJRIBALARI
Abstract
Ushbu maqolada o‘rta ta’lim muassasalarida ustoz-shogird an’analarini ta’lim-tarbiyaning optimal jarayonining ajralmas qismlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu an’analar nafaqat bilim berish, balki tarbiyalash jarayonida ham muhim rol o‘ynaydi. Ustoz-shogird an'analarining tarixiy tajribalari va ularning optimal modellarini tahlil qilish ustivor vazifalardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 383 TA‘LIM-TARBIYANING UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARIDA USTOZ-SHOGIRD AN’ANALARINING OPTIMAL MODELLARINI RIVOJLANTIRISHNING TARIXIY TAJRIBALARI Abdufattoxova Mavzunabegim Baxtiyorjon qizi Qori Niyoziy nomidagi TPMI 2-kurs tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17586237 Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘rta ta’lim muassasalarida ustoz-shogird an’analarini ta’lim-tarbiyaning optimal jarayonining ajralmas qismlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu an’analar nafaqat bilim berish, balki tarbiyalash jarayonida ham muhim rol o‘ynaydi. Ustozshogird an'analarining tarixiy tajribalari va ularning optimal modellarini tahlil qilish ustivor vazifalardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Ta’lim-tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, ustoz-shogird, Optimal modellar, Tarixiy tajribalar, Sharq madaniyati, Ilm-fan, Ulamolar o‘gitlari. Ustoz-shogird an’analari qadim zamonlardan boshlab mavjud bo‘lgan. Sharq madaniyatlarida, xususan, musulmon olamida, bu an'analar o‘zining yuksak darajasiga yetgan. O‘rta asrlarda ilm-fan va madaniyatning rivojlanishida ustozlar va shogirdlar o‘rtasidagi munosabatlar katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ustozlar o‘z bilimlarini shogirdlariga o‘tkazish orqali yangi avlodni tarbiyalagan. Qadim zamonlardanoq Turon, Turkiston xalqi o‘zining ko‘hna tarixi, boy merosi, rang-barang va yuksak madaniyati, urf-odat va an’analari bilan ajralib turgan. Bu xalqning buyuk siymolari milliy va jahon ilm-fani va madaniyatining barcha sohalari rivojiga salmoqli hissa qo‘shib kelganlar. Milliy urf-odat, an’analar va udumlar ming yillar davomida yaratilgan, joriy qilingan va xalqimizning turmush tarziga, kundalik ehtiyojlariga aylanib ketgan. O‘zbek tilining izohli lug‘atida an’ana so‘zi quyidagicha tarif etilgan: “An’ananasldan naslga o‘tuvchi qoida. Hayotda qaror topgan (topayotgan) udum, urf-odat va boshqa amallar 1 . Dunyoning rivojlanish jarayoni, insoniyat taraqqiy etishi ustozlarning beqiyos mehnatlari bilan namoyon bo‘ladi. Dono xalqimiz “Ustozotangdek ulug‘”, “Ustoz ko‘rgan”, “Ustoz ko‘rmagan shogird xar maqomga yo‘rg‘alar”, “Ta’lim bergan ustozinga rahmat”, “Usta bo‘lsang ustozingni unutma ” deb bejiz aytishmagan. Shundak, “Ustoz” so‘zi o‘zbek tilining izohli lug‘atida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi, tarbiyalovchi, murabbiy, rahnamo,o‘qituvchi, muallim, degan ma’nolarni anglatishi yozilgan. Demak ustoz so‘zi keng ma’noli bo‘lib, bu nomga muyassar bo‘lgan kishiga har tomonlama yuksak mas’ulyat yuklaydi. 2 Ustozshogirdlik qadriyatlari asoslaridan biri bo‘lib kelgan birdamlik bilan o‘z qaramog‘i ostiga olgan shogirdlarini yaxlidlikka, hamnafaslikka insoniy oliy qadriyatlarni unutmaslikka va anglashga yordam beradi. Ustoz-shogird an'analarining ta’lim-tarbiya ahamiyati. Ustoz-shogird an'analari ta'lim jarayonida bir qancha muhim funksiyalarni bajaradi: 1 O‘zbek tilining izohli lug‘ati “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent-2020-y,8-bet 2 O‘zbek tilining izohli lug‘ati “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat iliy nashriyoti. Toshkent-2020-y, 302bet.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 384 1. Bilim va ko‘nikmalarni uzatish: Ustozlar o‘z bilim va tajribalarini shogirdlarga etkazish orqali ularning intellektual rivojlanishiga hissa qo‘shadilar. 2. Tarbiyaviy jihatlar: Ustozlar shogirdlarning shaxsiyati, axloqi va ijtimoiy ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. 3. Motivatsiya va ilhomlantirish: Ustozlar shogirdlarni o‘qishga va o‘z maqsadlariga erishishga ilhomlantiradilar. Ma’lumki, yetuk inson, avvalo o‘zining ilimliligi bilan namoyon bo‘ladi. Islom musulmonlarini taraqqiyot sari undagan, insonlarni ilm olishga yo‘llagan. Chunki inson shaxsi, jamiyat ilm bilan kamolga yetadi. Kishilarni ilmga qiziqtirish uchun “Qur’on” ning “Zumar” surasi 9oyatida shunday deyiladi. Ayting: “Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo‘lurmi?!”. Darhaqiqat, faqat aql egalarigina pand-nasixat olurlar. 3 Ilm bergan ustozni bejizga halqimiz otangdek ulug‘ deb aytishma.gan Ilmga e’tiborsizlik va nodonlik (jaholat) ning avj olishi jamiyatning inqiroziga olib keladi, deyiladi. Shuday ekan, “Ilmga amal va rioya qiluvchi bo‘linglar, Uni faqat hikoya qiluvchi bo‘lmanglar”, - deyiladi. 637-hadisda. 4 Umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiyani rivojlantirishning yangi bosqichida olib chiqish yuzasidan tajribali ustozlar va yosh o‘qituvchilar orasida Ustoz-shogird an'analarini samarali tashkil etish uchun bir nechta optimal modellar mavjud: 1. Mentorlik modeli: Bu modelda maktabdagi tajribali ustozlar yosh o‘qituvchilarga nafaqat bilim, balki hayotiy tajribalarini ham ulashadi. Ustoz shogirdning rivojlanishini doimiy ravishda kuzatib boradi va kerakli maslahatlar beradi. 2. Hamkorlik modeli: Ushbu modelda ustoz va shogird o‘rtasidagi munosabatlar tengdoshlar kabi quriladi. Shogird faol ishtirok etadi va o‘z fikrlarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 3. Interaktiv ta'lim modeli: Bu modelda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari tajribali ustozlari va yosh o‘qituvchilar o‘rtasida interaktiv muloqot mavjud bo‘ladi. Ustoz darslarni qiziqarli va samarali o‘tkazish uchun turli metodlardan foydalanadi. Ustoz-shogirlik qadriyatlarining yuksak bosqichiga chiqish davlari X asrdan boshlab Movourounnaxr va Xurosonda mustaqil feodal davlatlarTohiriylar, Samoniylar, Qorahoniylar, F‘aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshoxlar davlatlarining paydo bo‘lishi ham madaniy hayotning yanada ravnaq topishiga olib kelgan. Samoniylar davrida Rudakiy, Firdavsiy, al-Xorazmiy, alFarg‘oniy, al-Farobiy, Abu Rahxon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolar ustoz-shogirdlik an’analarini yoyilishiga sababchi va tutrki bo‘lganlar. Sharq “Uyg‘onish davri ” da ilm-fan rivojlanishi uch yo‘nalishda bo‘ldi. Birinchi yo‘nalish matematika-tibbiyot yo‘nalishi bo‘lib, bularga matematika, astronomiya, kimyo, geodeziya, mineralogiya, tibbiyot, farmakologiya va boshqa shularga turdosh fanlar kiritilib, Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniylar o‘z shogirdlari yordamida matematikaga oid, Zakaryo ar-Roziy kimyo va tibbiyotga oid, ibn Sino, Jurjoniy tibbiyot va falsafa, Abu Rauhon Beruniy tibbiyotga oid yirik asarlar yaratdilar. Ikkinchi yo‘nalish - Ijtimoiy-falsafiy yo‘nalish bo‘lib, bunda, falsafa, tarix, mantiq, fiqh, ruhshunoslik, notiqlik va boshqa fanlar bo‘lib bu sohada ustoz-shogirdlik an’analariga rioya qilgan holda buyuk olimlar Farobiy, al-Kindiy, ibn Sino, zahiriddin Bayhakiy, Muhammad Narshaxiy va boshqalar faoliyat ko‘rsatganlar. Yuqorida sanalib o‘tilgan qomusiy olimlar o‘z 3 Quroni Karim. O‘zbekcha izohli tarjima. Tarjima va izohlar muallifi Alouddin Mansur. Toshkent. G‘ ofur Gulom nomidagi nashriyot.1992, 339-bet. 4 Muhammad payg‘ambar qissasi. Hadislar. Toshkent, “Kamalak”., 1991, 100 bet
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 385 shogirdlari bilan nafaqat o‘z sohalarida ish olib borganlar balki boshqa bir qancha fanlarga doir ham tadqiqotlar olib borganlar. Uchunchi yo‘nalishta’limiy-axloqiy yo‘nalish bo‘lib, bu sohada qomusiy olimlar o‘z qarashlarini ijtimoiyfalsafiy va ilmiy asarlari tarkibida yoki axloqiy asarlarida bayon etsalar, adib va tarbiyashunos olimlar ta’limiy-didaktik asarlarida ifodalaganlar. Sharq Uyg‘onish davri falsafasi va pedagogikasi ta’limiy-axloqiy yo‘nalish muhim ahamiyat kasb etdi. Tarbiya va axloq masalasi barcha buyuk mutaffakirlarning e’tibor markazida bo‘ldi. Shu davrda ta’limiy-axloqiy risolalar paydo bo‘ldi, axloqning ham nazariy, ham amaliy masalalari tahlil etildi. “Fozil odamlar shahri”, “Baxt soadatga erishuv haqida”, “Axloq haqida risola”, “Ishq risolasi”, “Axloqi Muhsiniy”, “Hibatul-xaqoyiq”, “Qobusnoma”, “Guliston”, “Bo‘ston ”, “Mahbub ul-qulub”, kabi Farobiy ibn Sino, Yusuf hos Hojib, Axmad Yugnakiy, Tusiy, Davoniy, Qoshifiy, Qayqovus,Sa’ diiy, Jomiy, Alisher Navoiylarning ta’limiy-axloqiy asarlari inson shaxsini ma’naviy-axloqiy shakillantirish muammosini hal etishda sof pedagogik asarlar sifatida muhim ahamiyatga ega. Ilmiy bilimga asoslanuvchi metod shakillandi, natijada aqliy tarbiya olimlar diqqat markazida bo‘ldibuni buyuk olimlarimiz asoslab berishgan. Xulosa qilib aytkanda ta’lim-tarbiya jarayonida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ustoz-shogird an'analarining optimal modellarini ishlab chiqish va ularni amaliyotda qo‘llash ta'lim jarayonini yanada samarali qilishga yordam beradi. Tarixiy tajribalar asosida yaratilgan modellardan foydalanish, nafaqat bilim berish, balki shaxsiy rivojlanishga ham katta hissa qo‘shadi. O‘rta ta’lim muassasalarida ushbu an’analarni rivojlantirish, yosh avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. O‘zbek tilining izohli lug‘ati “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent-2020-y,8-bet 2. O‘zbek tilining izohli lug‘ati “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat iliy nashriyoti. Toshkent-2020-y, 302-bet. 3. Quroni Karim. O‘zbekcha izohli tarjima. Tarjima va izohlar muallifi Alouddin Mansur. Toshkent. G‘ ofur Gulom nomidagi nashriyot.1992, 339-bet. 4. Muhammad payg‘ambar qissasi. Hadislar. Toshkent, “Kamalak”., 1991, 100 bet 5. Sulaymonova F. Sharq madaniyati Ispaniyada va uning Ovro‘paga ta’siri. “O‘zbekiston ovozi”.1994 19 yanvar 6. https://biztv.uz/posts/jadidlar-merosini-organish-anglash-ildizi-baquvvat-daraxtga-aylanishimkonidir