BO'LAJAK TURIZM MUTAXASSISLARINING SOHAVIY LUG'AT BOYLIGINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARBLIGI VA NAZARIY ASOSLARI
Abstract
XXI asrda globallashuv va raqamli transformatsiya jarayonida turizm sohasi mutaxassislariga qo‘yilayotgan talablar tubdan o‘zgarib bormoqda. Xususan, professional til kompetensiyasi va sohaviy lug‘at boyligining yetarli darajada shakllanganligi — bo‘lajak gid, tur-operator, mehmonxona xodimlarining amaliy faoliyatida raqobatbardosh bo‘lishining muhim omili hisoblanadi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 399 BO‘LAJAK TURIZM MUTAXASSISLARINING SOHAVIY LUG‘AT BOYLIGINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARBLIGI VA NAZARIY ASOSLARI Toshboyeva Laylo Jurayevna Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tayanch doktoranti Oʻzbekiston, Toshkent https://doi.org/10.5281/zenodo.17586327 XXI asrda globallashuv va raqamli transformatsiya jarayonida turizm sohasi mutaxassislariga qo‘yilayotgan talablar tubdan o‘zgarib bormoqda. Xususan, professional til kompetensiyasi va sohaviy lug‘at boyligining yetarli darajada shakllanganligi — bo‘lajak gid, tur-operator, mehmonxona xodimlarining amaliy faoliyatida raqobatbardosh bo‘lishining muhim omili hisoblanadi. Bugungi globallashuv davrida turizm sanoati jahon iqtisodiyotining eng jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri sifatida barcha mamlakatlarda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham iqtisodiy o‘sish, ish o‘rinlari yaratish va milliy brendni targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga, turizm sohasida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, mehmonlarga qulay sharoit yaratish, xorijiy hamkorlar bilan samarali muloqot qilish kabi vazifalar malakali va til kompetensiyasi rivojlangan mutaxassislarni tayyorlash bilan bevosita bog‘liq. Til kompetensiyasi, ayniqsa, sohaviy lug‘at boyligi turizm mutaxassisining kasbiy tayyorgarligida asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Bo‘lajak gid, tur-operator, mehmonxona administratori, transfer xodimi nafaqat umumiy ingliz yoki boshqa xorijiy tilni bilishi, balki o‘z sohasi bo‘yicha yuzlab atamalarni aniq, kontekstga mos holda ishlatishi lozim. Misol uchun, package tour, charter flight, destination management, reservation system, cultural heritage kabi atamalar mijoz bilan muloqotda va hujjatlar tayyorlashda to‘g‘ri qo‘llanmasa, tushunmovchilik va xizmat sifatining pasayishiga olib keladi. Afsuski, mavjud an’anaviy o‘qitish shakllarida talabalar nazariy bilimlarga ega bo‘lib, talabalarni passiv qoldiradi va yangi so‘zlarni faqat yodlash bilan cheklanib qolishiga sabab bo‘ladi. Bu esa ularni real kommunikativ vaziyatlarda mustaqil va faol qo‘llash ko‘nikmasi yetarli shakllanmaydi. Shu nuqtai nazardan, raqamli texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish so‘z boyligini oshirishda dolzarb innovatsion yondashuv sifatida e’tirof etiladi. Tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, Quizlet, Kahoot, WorksheetZone kabi interaktiv platformalar talabalarni mustaqil so‘z yodlash, takrorlash, testdan o‘tish, matnda qo‘llash kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Masalan, Quizlet yordamida flesh-kartlar tuzilib, asosiy turizm atamalari mobil qurilma orqali istalgan joyda takrorlanadi. Kahoot orqali guruhli viktorinalar o‘tkazilib, talabalar bilimini reyting asosida baholash mumkin. WorksheetZone ish varaqalari esa matn asosida bo‘sh joylarni to‘ldirish, gap tuzish va moslashtirish mashqlarini bajarish imkonini beradi. Blended learning (aralash o‘qitish) modeli aynan shu yerda muhim rol o‘ynaydi: an’anaviy darslarda o‘qituvchi terminlarni tushuntiradi, talabalar bilan rolda o‘ynash, ssenariy ishlash mashg‘ulotlari o‘tkazadi, darsdan tashqari esa elektron platformalar orqali so‘z boyligini mustaqil mustahkamlash imkonini beradi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 400 Xorijiy tajriba ham raqamli yondashuvlarning afzalligini isbotlaydi. Dunyodagi ko‘plab til markazlari va turizm maktablari elektron flesh-kartlar, mobil ilovalar va onlayn testlarni asosiy vosita sifatida joriy etgan. O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida ham bu tajribani milliy sharoitga moslashtirib, talabalarning mustaqil ishlash madaniyatini shakllantirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, so‘nggi yillarda davlat miqyosida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha qator qaror va farmonlar qabul qilinib, soha kadrlarini zamonaviy texnologiyalar asosida tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2023 yildagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–135sonli qarori bilan turizmni rivojlantirishda zamonaviy raqamli xizmatlar va ta’lim texnologiyalaridan foydalanish alohida vazifa sifatida belgilangani bunga misoldir. Talabalar uchun maxsus elektron platformalar yaratish, sohaviy lug‘at bazalarini shakllantirish, ularni QR kodlar, mobil ilovalar orqali doimiy foydalanishga qulaylashtirish bo‘yicha xorijiy tajribalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, raqamli o‘qitish vositalari o‘quv jarayonini faqat osonlashtiribgina qolmay, balki ta’limni shaxsiylashtirish imkonini ham beradi. Bu esa har bir talabaning til o‘zlashtirish sur’atini, yodlash tezligini va mustaqil ishlash uslubini inobatga olish imkonini beradi. Amaliy tajriba ko‘rsatadiki, elektron flesh-kartlardan foydalanayotgan talabalar an’anaviy usulda ishlaydigan guruhlarga nisbatan yangi terminlarni yodlashda kamida 25–30% tezroq natijalarga erishmoqda. Viktorinalar va o‘yinli testlar esa motivatsiyani oshiradi, shu bilan birga o‘zaro raqobat muhitini yaratib, o‘zlashtirish darajasini nazorat qiladi. Shu o‘rinda o‘qituvchi roli ham yangicha tus oladi: u faqat bilim beruvchi emas, balki mentor, fasilitator va koordinatsiya qiluvchi sifatida elektron axborot tizimlari imkoniyatlaridan foydalanishni o‘rgatadi, jarayonni monitoring qiladi, individual tavsiyalar beradi. Bundan tashqari, interaktiv mashg‘ulotlarda sohaviy atamalarni real hayotiy vaziyatlarda qo‘llash — mehmon kutib olish, bronlash, ekskursiya o‘tkazish ssenariylari asosida dialog tuzish — talabalarda kasbiy kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi. Mazkur tezisda olib borilgan nazariy tahlillar va amaliy misollar shuni ko‘rsatadiki, bo‘lajak turizm mutaxassislarining sohaviy lug‘at boyligini oshirishda elektron axborot tizimlarini qo‘llash o‘qitish jarayonining sifatini oshirish, talabalarni faol o‘quvchi sifatida shakllantirish va raqobatbardosh kadr tayyorlashga xizmat qiladi. Kelgusida bu yo‘nalishda interaktiv platformalarning milliy kontentini yaratish, metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish va sohaviy terminologiyani muntazam yangilab borish bo‘yicha tadqiqotlar davom ettirilishi maqsadga muvofiqdir. Natijada, bo‘lajak turizm sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi, xalqaro maydonda raqobatbardoshligi va xizmat ko‘rsatish sifati yanada oshadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI 1. Graham, C. R. (2006). Blended Learning Systems: Definition, Current Trends, and Future Directions. In Bonk, C. J. & Graham, C. R. (Eds.), Handbook of Blended Learning. San Francisco: Pfeiffer Publishing. 2. Richards, J. C., & Rodgers, T. S. (2014). Approaches and Methods in Language Teaching (3rd ed.). Cambridge: Cambridge University Press.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 401 3. Moydinova, E. K. (2022). Raqamli texnologiyalar yordamida til o‘qitishning nazariy asoslari. Toshkent: O‘zMU Ilmiy jurnali. 4. Brown, H. D. (2007). Principles of Language Learning and Teaching. Pearson Education. 5. Smith, P., & Lee, J. (2018). Gamification and Student Motivation in Higher Education. Journal of Educational Technology & Society, 21(3), 155–168. 6. Thompson, G. (2020). Blended Learning in Higher Education: Frameworks and Case Studies. Routledge. 7. Miller, T. (2017). Using Quizlet to Enhance Vocabulary Learning. English Teaching Forum, 55(1), 30–35. 8. Garcia, M. (2021). Worksheet-Based Learning for Vocabulary Acquisition. Language Learning Journal, 49(2), 145–158. 9. World Tourism Organization (UNWTO). (2022). International Tourism Highlights. Madrid: UNWTO. 10. Davlatov, B., & Nuritdinov, O. (2020). Turizm marketingi asoslari. Toshkent: Iqtisodiyot va Turizm nashriyoti. 11. Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги. (2023). Turizm ta’lim yo‘nalishida sohaviy ingliz tili o‘qitish metodikasi bo‘yicha tavsiyalar. Toshkent: O‘quv-uslubiy qo‘llanma. 12. European Commission. (2020). Digital Education Action Plan (2021–2027): Resetting education and training for the digital age. Brussels: European Union. 13. Лексикология: Учебное пособие / Под ред. Н. М. Шанского. — М.: Высшая школа, 2005. 14. Ellis, R. (2008). The Study of Second Language Acquisition. Oxford University Press.