scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OLIY TA'LIM MUASSASALARI TALABALARIDA MUOMALA MADANIYATINI RIVOJLANTIRUVCHI METODLAR

Tadjiyeva Nodira Yusupjanovna

Abstract

Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarida muomala madaniyatini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda talabalarning shaxsiy, ijtimoiy hamda kasbiy faoliyatida muomala madaniyatining ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, muloqot jarayonida axloqiy-me’yoriy qadriyatlar, pedagogik muloqot tamoyillari va kommunikativ kompetensiyani shakllantirishga xizmat qiluvchi metodik yondashuvlar asoslab berilgan. Muomala madaniyatini rivojlantirishda interfaol ta’lim texnologiyalari, psixologik treninglar, rolli o‘yinlar, hamkorlikda o‘qitish va refleksiya usullarining samaradorligi ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim tizimida talabalar shaxsini har tomonlama rivojlantirish, ularning ijtimoiy faolligi va madaniy muloqot qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 439 OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARIDA MUOMALA MADANIYATINI RIVOJLANTIRUVCHI METODLAR Tadjiyeva Nodira Yusupjanovna Urganch Davlat universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17586453 Annotatsiya. Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarida muomala madaniyatini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda talabalarning shaxsiy, ijtimoiy hamda kasbiy faoliyatida muomala madaniyatining ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, muloqot jarayonida axloqiy-me’yoriy qadriyatlar, pedagogik muloqot tamoyillari va kommunikativ kompetensiyani shakllantirishga xizmat qiluvchi metodik yondashuvlar asoslab berilgan. Muomala madaniyatini rivojlantirishda interfaol ta’lim texnologiyalari, psixologik treninglar, rolli o‘yinlar, hamkorlikda o‘qitish va refleksiya usullarining samaradorligi ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim tizimida talabalar shaxsini har tomonlama rivojlantirish, ularning ijtimoiy faolligi va madaniy muloqot qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: muomala madaniyati, muloqot, kommunikativ kompetensiya, interfaol metodlar, pedagogik muloqot, talabalar, oliy ta’lim, shaxsiy rivojlanish, axloqiy qadriyatlar, madaniy kompetentlik. Kasbiy shakllanish jarayoni bo‘lajak o‘qituvchi shaxsining yetukligi, ma’naviy-axloqiy sifatlarining takomillashuvi va dunyoqarashining rivojlanishida muhim davr hisoblanadi. Bu davrda talabalar hayotiy prinsiplar tizimi hamda harakatlarning ahamiyatli, mazmunli jihatdan boshqarilishini ta’minlovchi jarayondir. Bo‘lajak o‘qituvchilarning muloqot-muomala madaniyatini shakllantirish metodlari va o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritishdan avval axloqiy ong va dunyoqarashning o‘zaro munosabati haqida to‘xtalish maqsadga muvofiq. Talabalarning muloqot-muomala madaniyatini rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan holatlardan biri ijtimoiy pedagogik nuqtayi nazardan uning samarali yechimini ta’minlaydigan usullar va vositalarni izlab topishdan iborat. Talabalarda muloqot-muomala madaniyatini rivojlantirishning pedagogik metodlari yetarlicha ishlab chiqilmagan. Talabalarda muloqot-muomala madaniyati talablariga amal qilish layoqati, shaxsiy-kasbiy rivojlanish motivlariga egalik, ijtimoiy jihatdan ahamiyatli bo‘lgan kommunikativ kompetensiyaning tizimli tarzda shakllanishi, muloqot-muomala madaniyatiga oid ko‘nikma va malakalar, bo‘lajak o‘qituvchi shaxsining ijtimoiy hamda fuqarolik pozitsiyasining shakllanishi, jamiyat va o‘zi egallayotgan mohiyatini anglash kabilarga alohida e’tibor qaratish talab qilinmoqda. Talabalarning muloqot madaniyatini rivojlantirishda quyidagi metodlar samarali hisoblanadi: o‘qitishning interaktiv metodlari, ishchan o‘yinlar, keys-metodi, ya’ni vaziyatli topshiriqlarga yechim topish, aqliy hujum, debatlar, diskussiya, loyiha metodi kabilar. O‘qitishning intеraktiv mеtod - pedagog bilan ta’lim oluvchining faol tarzdagi birgalikdagi harakatini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi, o‘zaro kollaborativ faoliyat ko‘rsatish imkoniyatini kengaytiruvchi o‘qitish metodi hisoblanadi. bu jarayonda faol tarzdagi muloqot muomala jarayoni amalga oshadi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 440 Kеys-stadi mеtodi (inglizcha sase – aniq vaziyat, study – ta’lim) – aniq vaziyatlarni o‘rganish, tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishishga asoslangan ta’lim metodi. Mazkur metod muammoli ta’lim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni o‘rganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Keys-stadi metodi yangi bilim, ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga emas, o‘qituvchi va ta’lim oluvchilarning umumiy intellekual hamda kommunikativ salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan ligi bilan xarakterlidir. “Aqliy hujum” mеtodi. Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muamolarni hal etishda keng qo‘llaniladigan metod hisoblanib, u mashg‘ulot ishtirokchilarini muammo ustida keng, har tomonlama fikr yuritish hamda o‘z tasavvurlari, g‘oyalaridan ijobiy foydanalish sohasida ma’lum ko‘nikma, malakalarni hosil qilishga rag‘batlantiradi. Bu metod yordamida tashkil etilgan mashg‘ulotlar jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha tabiiy yechimlarni topish imkoniyati tug‘iladi. “Aqliy hujum” metodi tanlab olingan mavzular doirasida ma’lum qadriyatlarni aniqlash va ularga muqobil bo‘lgan g‘oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi [] Dеbatlar – (debat fransuzcha – biror majlis yoki yig‘ilishda fikr almashish, muzokara qilish) ikki qarama-qarshi, o‘zaro musobaqalashayotgan komanda (guruh) ishtirokchilarning oldindan tayyorlangan chiqishlariga asoslangan rasmiy muhokama. DIskussiya – [lotincha discussio – ko‘rib chiqish, tadqiq etish] – biror masalani to‘g‘ri hal qilish uchun matbuot, ilmiy yig‘inlar yoki dars jarayonida o‘tkaziladigan erkin, ommaviy muhokama, munozara. Diskussiya – bahs-munozaraning shunday turiki, uning doirasida muayyan muammo ko‘rib chiqiladi, tadqiq etiladi, muhokama qilinadi. Bu jarayondan ko‘zlanadigan asosiy maqsad o‘zaro kelishuvga asoslangan barcha uchun ahamiyatli bo‘lgan yechimga kelishdan iborat. Diskussiya jarayoni ishtirokchilari muhokama qilinayotgan masala haqida zarur bilimlar va tushunchalarga ega bo‘lishlari lozim. Ular yechimlarni qabul qilish yoki muayyan yechimlar haqida tavsiyalar berish huquqiga ega bo‘lishlari kerak. Loyiha mеtodi. Aniq natijaga erishish maqsadiga yo‘naltirilgan metod bo‘lib, betakror mahsulot yoki ijod namunasini yaratishni nazarda tutadi. loyiha metodi doirasida ishlash jarayonida ta’lim oluvchilar orasida muloqot, kollaborativ faoliyat, o‘zaro bir birini tushunish harakatlari amalga oshiriladi. Ushbu metodlar talabalarning muayyan qadriyatlar bilan bir qatorda kommunikativ xulqatvorning umumiy modellari, axloqiy jihatdan o‘z o‘zini anglash, ishchanlik axloqi, turli tuman shaxsiy hamda kasbiy sifatlar, jumladan, mustaqillik, faollik, nostandart vaziyatlarda qarorlar qabul qilish kabilarni o‘zlashtirishlariga ko‘maklashadi. Amaliy metodlar bilan bir qatorda o‘yinlar ham talabalarning - o‘zaro bir birlarini tushunishlari; - muayyan pedagogik-psixologik shart-sharoitlarni yaratish uchun qulay muhitni vujudga keltirish; - ijobiy muloqot uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash; - kommunikativ jarayon subyektlari orasida o‘zaro kollaborativ munosabatlarni vujudga keltirish; - psixologik jihatdan qulay muhit yaratish; - mashg‘ulotlarni dialog shaklida tashkil etishga erishish; - badiiy, tarixiy, vatanparvarlik hamda ilmiy adabiyotlar va manbalarni o‘rganishga yo‘naltirish; - talabalarda fuqarolik ongini shakllantirish; INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 441 - faollik va ishchanlikka undash imkonini beradi. Pedagogikada shaxsning muloqot-muomala madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodlar o‘zida ko‘p qirrali yondashuvlarni mujassamlashtirib, talabalarda guruhdoshlari va atrofdagilari bilan og‘zaki va yozma shakllarda samarali muloqot o‘rnatish, shaxslararo qadriyatli munosabatlarni vujudga keltirishga xizmat qiladi. Ushbu metodlar kommunikatsiyaning verbal hamda noverbal yo‘nalishlarini o‘zaro mutanosib tarzda qamrab oladi. Shuningdek mazkur metodlar talabalarda tinglash, tushunish, muloqotning turli vaziyatlariga mos tarzda munosabat bildirish, madaniy hamda ijtimoiy kontekstni hisobga olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Husanov B., G‘ulomov, V. (2009). Muomala madaniyati. – Toshkent: Ta’lim nashriyoti. 2. Boyqo‘ziyeva R.K. (2023). Oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirish. Ilmiy xabarlar (Qo‘qon davlat pedagogika instituti jurnali). 3. Mirzakarimova M.M., Uzoqjonova M.D. (2023). O‘qituvchining muomala madaniyati. Science and Education, №3. 4. Turculet A.R. (2019). Politeness Strategies in Higher Education: A Student Approach to the Sense of Humour. Revista Romănească pentru Educaţie Multidimensională, 11(4 Sup1), 302–308. 5. Belomestnova M., Sharafadina K. (2023). Digital Etiquette at the University: Forming Effective Online Interaction. Russian Language in Armenia Journal, №1. 6. Zhu, Jinyao. (2024). Strategies for Cultivating Students’ Intercultural Communication Skills in Higher Vocational English Education. Contemporary Education and Teaching Research, 6(2).