scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OLIY TA'LIM MUASSASALARI TALABALARINING DIALOGIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRUVCHI METODLAR

Seytnazarova Gulnara Aytbayevna

Abstract

Mazkur maqolada oliy ta’lim muassaslari talabalarida dialogik madaniyatni rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari va dialogik madaniyatni rivojlantirishda qo‘llaniladigan ta’limiy metodlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 442 OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARINING DIALOGIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRUVCHI METODLAR Seytnazarova Gulnara Aytbayevna Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17586466 Annotatsiya. Mazkur maqolada oliy ta’lim muassaslari talabalarida dialogik madaniyatni rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari va dialogik madaniyatni rivojlantirishda qo‘llaniladigan ta’limiy metodlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: ko‘nikma, strategik, ijtimoiy, intellekt, muloqot, hamkorlik, dialogik madaniyat, ta’lim, rafakkur. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida talabalarda kommunikativ yondashuv asosida dialog madaniyatini rivojlantirish masalasi strategik ahamiyat kasb etadi. Bunday ko‘nikmalarni rivojlantirish yangicha pedagogik tafakkur, muloqot va hamkorlikka asoslangan ta’lim jarayoni talabalarning shaxsiy-kasbiy taraqqiyotini ta’minlaydi, ularning ijtimoiy intellektini rivojlantiradi. Shunga ko‘ra oliy pedagogik ta’lim muassasalarida talabalarda dialog madaniyatini rivojlantirishning metodik asoslarini ishlab chiqish, uning strategiyalarini aniqlash, professor-o‘qituvchining kasbiy faoliyati uchun nihoyatda zarur hisoblanadi. Dialog jarayonida professor-o‘qituvchi bilan talaba orasida hamfikrlilik, o‘quv hamkorligi vujudga keladi. Chunki, dialog shaxslararo muloqotning ma’naviy-axloqi, amaliy yo‘nalishlarini mujassamlashtiradi. Dialog madaniyati talabalarning muloqot jarayonida o‘z fikrlari va qarashlarini aniq ifodalash, suhbatdoshini tinglash va uning fikrlarini anglash, bahs-munozara vaziyatlariga kirishish imkonini beradi. Dialogning falsafiy asoslari Suqrotning “mayevtika” usuli, M. Baxtinning “dialog madaniyati” konsepsiyasi va zamonaviy pedagogikada gumanistik yondashuv nazariyalarida o‘z ifodasini topgan. Insoniyat tomnidan yaratilgan madaniyat boyliklari katta dialog mahsuli hisoblanadi. Baxtinning ta’biricha madaniyatning tarixi xalqlar, sivilizatsiyalar va avlodlar o‘rtasidagi uzluksiz dialog mahsuli hisoblanadi. Masalan, turli davrlarda yaratilgan madaniyat boyliklari ajdodlar tmonidan avlodlarga taqdim etilib, yaxlit tizim shaklida namoyon bo‘ladi va uzluksiz boyib boradi. Shaxslararo dialogining mohiyati shundaki talabalar atrofdagilar bilan o‘zaro dialog jarayonida kasbiy jihatdan shakllanishiga muvaffaq bo‘ladilar. O‘zlik tushunchasi dialogik munosabatlar madaniyatida markaziy o‘rin egallaydi. Monologdan farqli tarzda dialog ochiqlik, turli nuqtayi nazarlarning vujudga kelishi, o‘zaro teng huquqli muloqot muxtining shakllanishidan iborat. Dialog madaniyati alohida pedagogik ahamiyatga ega. Ta’lim jarayoni dialog madaniyati asosida qurilganda, talaba faqat tayyor bilimni qabul qilmaydi, balki mustaqil izlanish va muloqot orqali shaxs sifatida rivojlanadi. Dialog jarayonida talabalarda tanqidiy fikrlash, muloqot madaniyati, mustaqil xulosa chiqarish va qarorlar qabul qilish ko‘nikmalari rivojlanadi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 443 Dialog bo‘lajak o‘qituvchi uchun alohida metodik ahamiyatga ega. Uning metodik asoslar va ahamiyati bir qator prinsiplar bilan izohlanadi. Ular: o‘zaro hamkorlik, faoliyatga va amaliyotga yo‘naltirilganlik, interaktivlik, subyektlik, madaniy-ma’naviy muvofiqlashuv prinsiplaridan iborat. Dialog madaniyati bir qator metodlar yordamida shakllantiriladi: 1. Suqrotona savol-javob metodi, uning tarkibiga talabani mulohazaga undash, talabaning tanqidiy fikrlashga undak kabi usullarni kiritish mumkin. 2. Rolli o‘yinlardan foydalanish metodi. Mazkur metod turli tuman va kasbiy hayotiy va kasbiy vaziyatlarda o‘zaro muloqot o‘rnatish usulini o‘z ichiga oladi. 3. Debat va munozara metodi, bu metod talabalarning dalillar ustida ishlashlarini tashkil etish, dalillarni asoslash va qarshi fikrni rad etish usullarini qamrab oladi. 4. Keys-stadi metodi, ushbu metod doirasida muammoli vaziyatlarni tahlil qilish orqali talabalar orasida amaliy muloqotni tashkil etishga erishiladi. 5. Kichik guruhlarda ishlash usuli, bunda talabalarni pedagogik jarayonning faol ishtirokchisiga aylantirish nazarda tutiladi. Talabalarda dialog madaniyatini shakllantirishda innovatsion texnologiyalar alohida imkoniyatlarga ega. Bunda raqamli tenologiyalar alohida imkoniyatlarga ega. Uning yordamida talabalarning o‘zaro va professor-o‘qituvchilar bilan muloqoti uchun interaktiv maydon yaratiladi. Bu jarayonda ular 1. Onlayn platformalardan foydalanib, forumlar tashkil etadilar talabalar orasidagi savoljavob, bahs-munozara o‘zaro fikr almashish imkoniyatlari kengaytiriladi. Forumlar O‘quv jarayonini boshqarish tizimi (Moodle, Google Classroom) kabilar orqali amalga oshiriladi. Virtual muhokamalar dialog madaniyatining asosi bo‘lgan savol-javob, munosabat bildirish ko‘nikmalarini talabalarda samarali shakllantirish imkonini beradi. 2. Videokonferensiyalar va vebinarlar, bunda Zoom, MS Teams, Google Meet kabi vositalarda talabalar turli hududlarda turib ham to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish imkoniyatiga ega. Bu vositalar faol tinglash, nutq madaniyati va muloqot etikasini rivojlantirishga xizmat qiladi. 3. Onlayn-debatlar va simulyatsiya o‘yinlari. Virtual muhokama klublari yoki debat platformalari ham talablarning dialog madaniyatini rivojlantirishda alohida o‘rin egallaydi natijada talabalarda tanqidiy fikrlash, dalillardan foydalanish va qarshi fikrni tinglash madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Rolli onlayn o‘yinlar orqali talabalar tarixiy yoki ijtimoiy mavzularda dialog kirishsh mashqlarini bajarishga muvaffaq bo‘ladilar. 4. Media va ijtimoiy tarmoqlar. Telegram-chatlar, Facebook-gruppalar, Twitter muhokamalari orqali talabalar fikr bildirish va dialogga kirishish ko‘nikmalarini o‘zlashtiradilar. Bu jarayonda ular qisqa, aniq madaniy muloqot ko‘nikmalari shakllantirishga erishiladi. 5. Ilg‘or ta’lim texnologiyalari (AI, VR, AR) talabalarda dialog madaniyatini shakllantirishda ilg‘or ta’lim texnologiyalari ham o‘ziga xos ahamiyatga ega. Sun’iy intellekt vositasida talabalar dialog mashqlarini muvaffaqiyatli bajarishga erishadilar. 6. Asinxron muloqot imkoniyati. Bu muloqotning bir turi bo‘lib, unda ishtirokchilar bir vaqtning o‘zida emas, balki turli vaqtlarda fikr almashadilar. Ya’ni xabar, fikr yoki topshiriq yo‘llanadi, javob esa keyinroq keladi. Bloglar, podkastlar va video-yozuvlar orqali talabalar o‘z fikrini ifodalab, keyinchalik muloqotdoshlarining fikrlariga javob qaytaradilar. Bu usul dialogda o‘zaro hurmat va fikrlarni chuqur tahlil qilish imkoniyatini oshiradi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 444 Raqamli texnologiyalar talabalarda dialog madaniyatini rivojlantirishda alohida samardorlikka ega. Mazkur texnologiyalar yordamida talabalarda tanqidiy fikrlash, kommunikativ madaniyat, madaniy muloqot ko‘nikmalari, refleksiya, shaxslararo munosabatlar shakllanadi. Ushbu texnologiyalarni qo‘llashdan muayyan natijalarga erishish nazarda tutiladi. Ular: - talabalarning kasbiy kommunikativ kompetensiyalari muvaffaqiyatli shakllanadi; - talabalarda kreativlik hamda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari rivojlanadi; - jamoada ishlash, birgalikda qarorlar qabul qilish ko‘nikmalari takomillashadi. Zamonaviy oliy pedagogik ta’lim jarayonida dialog metodi talabalar va professoro‘qituvchilarlarning shaxsiy-kasbiy nuqtayi nazarini ifodalash, mustaqil fikrlashlari uchun qulay muhit yaratish, bilimlarni kollaborativ tarzda egallash uchun qulay imkoniyat yaratadi. Dialog metodi talabalarni ta’lim jarayoniga faol ishtirok etishi, o‘zaro fikr almashinishlari va muloqot ko‘lamining kengayishini ta’minlaydi. Shunga ko‘ra dialog bilimlarni o‘zlashtirishning ham ta’limiy, ham tarbiyaviy vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Dialog metodi o‘zining muayyan vaifalariga ega. Ular quyidagilar: 1. Bilimlarni faol o‘zlashtirish. Talabalar muloqot jarayonida bilimlarni tayyor holda emas, balki ijodiy o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘ladilar. 2. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish. Talabalarda dialog jarayonida qarama-qarshi fikrlar tahlili orqali tahlil, taqqoslash, baholash ko‘nikmalari shakllanadi. 3. Talabaning subyekt sifatidagi faol nuqtayi nazari. Bu jarayonda talabalar bilimlarni o‘zlashtiruvchi emas, balki uni yaratuvchisi sifatida faoliyat ko‘rsatadilar. 4. Interaktivlik. Dialog “professor-o‘qituvchi – talaba” hamda “talaba – talaba” hamkorligini ta’minlaydi. 5. Bilimlarni o‘zlashtirishga nisbatan kasbiy motivatsiya va qiziqishni rivojlantirish. Talabalarning o‘zaro va professor-o‘qituvchilar bilan muloqot jarayoni ularnin shaxsiy tajribasi va o‘quv faniga nisbatan qiziqishini rivojlantiradi, bu esa kasbiy bilimlarni o‘zlashtirish motivatsiyasini oshiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Abduqodirova D. Dialogik madaniyatni shakllantirishda interfaol metodlarning o‘rni // TDPU ilmiy axborotlari. – Toshkent, 2021. – №2. – B. 45–51. 2. Saidova N. Oliy ta’limda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning pedagogik asoslari. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2022. – 132 b. 3. Kuznetsova H., Panasenko A., Luchkina L., Zenchenko T., Danylchenko I. Dialogic learning as means of forming the communication skills of higher education students // Revista Eduweb. – 2023. – Vol. 17, No. 2. – P. 101–115. 4. Borisenkov V. P., Gukalenko O. V., Tkach L. T. Pedagogical Culture Dialogics as a Factor in Competent Teacher Training // Dialogue of Cultures – Culture of Dialogue: From Conflicting to Understanding. – London: European Publisher, 2020. – Vol. 95. – P. 184– 189. 5. Eremeeva G. R., Ismaeva F. Kh. Dialogic Communication between Teachers and Students as a Condition for Interaction of Subjects of the Higher School Educational Process // International Journal of Higher Education. – 2020. – Vol. 9, No. 8. – P. 46–51. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 445 6. Chaika O. Technology of dialogic interaction as a means of fostering polyculturalism with future foreign language teachers // Humanities Studios: Pedagogy, Psychology, Philosophy. – 2022. – Vol. 10, No. 3. – P. 103–111. 7. Nezdatna A., Savinova N. Analysis of scientific approaches to defining the concept of “dialogical competence” // ScienceRise: Pedagogical Education. – 2025. – No. 3(64). – P. 77–81. 8. Хуторской А. В. Современные педагогические технологии: диалогические формы обучения. – Москва: Академия, 2019. – 248 с. 9. Бахтин М. М. Проблемы речевых жанров. – Москва: Лабиринт, 1996. – 352 с. 10. Muxammadiyev A. A. Pedagogik muloqot va kommunikatsiya madaniyati. – Toshkent: O‘zbekiston milliy universiteti nashriyoti, 2020. – 176 b. 11. Khamidova D., Rakhimova M. Developing students’ dialogical competence in higher education through discussion-based learning // Journal of Language and Education. – 2021. – Vol. 7, No. 4. – P. 55–63. 12. Lantolf J. P., Thorne S. L. Sociocultural Theory and the Genesis of Second Language Development. – Oxford: Oxford University Press, 2006. – 298 p. 13. Vygotsky L. S. Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. – Cambridge, MA: Harvard University Press, 1978. – 159 p. 14. Jalilova M. Talabalarda dialogik madaniyatni rivojlantirishning innovatsion usullari // Namangan davlat universiteti ilmiy jurnali. – 2023. – T. 4, №2. – B. 87–94. 15. Solodkova I., Makarova O. Interactive technologies for developing students’ dialogic culture in higher education // Modern Journal of Language Teaching Methods. – 2021. – Vol. 11, No. 6. – P. 45–52.