scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARIGA ERISHISHDA ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH YO'NALISHLARI

O'razaliyev Javlonbek O'rinboyevich; To'xtaboyev Bobur Ulug'bek o'g'li

Abstract

Ushbu maqola mamlakat taraqqiyotini ta’minlash jarayonida atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqaror taraqqiyotni ta’minlash, shu jumladan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va yashil texnologiyalarni joriy etish masalalariga bag‘ishlangan. Xususan, Oʻzbekiston sharoitida, urbanizatsiya va aholi ko‘payishi natijasida resurslarga bosim ortganligi, ekologik siyosat va qonunchilikning mustahkamlanayotganligi, yashil iqtisodiyot yo‘lida amalga oshirilayotgan qadamlar ko‘rib chiqiladi. Maqolada, shuningdek, talaba-yoshlar hamda kelgusida o‘z biznesini boshlash arafasida turganlar uchun aniq tavsiyalar beriladi.

Full text

10 https://www.asr-conference.com IV SHO‘BA: Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik barqaror taraqqiyotni ta’minlash BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARIGA ERISHISHDA ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH YO‘NALISHLARI Mualliflar: O‘razaliyev Javlonbek O‘rinboyevich 1, To‘xtaboyev Bobur Ulug‘bek o‘g‘li2 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik universiteti katta o‘qituvchisi 1, Xalqaro Nordik universiteti 3-bosqich talabasi2 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17586954 ANNOTATSIYA Ushbu maqola mamlakat taraqqiyotini ta’minlash jarayonida atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqaror taraqqiyotni ta’minlash, shu jumladan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va yashil texnologiyalarni joriy etish masalalariga bag‘ishlangan. Xususan, Oʻzbekiston sharoitida, urbanizatsiya va aholi ko‘payishi natijasida resurslarga bosim ortganligi, ekologik siyosat va qonunchilikning mustahkamlanayotganligi, yashil iqtisodiyot yo‘lida amalga oshirilayotgan qadamlar ko‘rib chiqiladi. Maqolada, shuningdek, talaba-yoshlar hamda kelgusida o‘z biznesini boshlash arafasida turganlar uchun aniq tavsiyalar beriladi. Kalit so‘zlar: barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM), ekologik xavfsizlik, atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil iqtisodiyot, ekologik boshqaruv, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, bioxilma-xillikni saqlash, ekologik innovatsiyalar. KIRISH Bugungi kunda global miqyosda atrof‑muhitni muhofaza qilish va ekologik barqaror taraqqiyotni ta’minlash g‘oyasi nafaqat nazariy muammo, balki amaliy zaruratga aylangan. Iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, yer degradatsiyasi va tabiiy muvozanatning buzilishi davlatlar oldida yangi mummolar keltirib chiqarmoqda. Masalan, O’zbekistonda hududiy sharoitlar tufayli iqlim o‘zgarishiga bo‘lgan zaiflik aniq kuzatilmoqda: issiq yozlar, qurg‘oqchilik va suv yetishmovchiligi tabiiy muhit va aholi hayotiga ta’sir qilmoqda [1]. Shu bois, O‘zbekistonda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yashil texnologiyalarni joriy etish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash strategik vazifa sifatida belgilangan. Maqolaning asosiy qismiga o‘tishdan oldin, mazkur soha vakili bo‘lmagan hamda bu sohada yetarlicha bilimlarga ega bo‘lmaganlar uchun ayrim, nazariyuslubiy bilimlarni keltirib o‘tishni joiz deb topdik: ✓ Iqlim o‘zgarishiga moslashuv - iqlimdagi salbiy o‘zgarishlarga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish [2]. ✓ Ekologik barqarorlik - tabiiy resurslardan shunday foydalanish kerakki, u hozirgi va kelajak avlod ehtiyojlarini qondirishi kerak. ✓ Ekologik xavfsizlik - inson va tabiiy tizimlarni havfli omillardan himoya qilish va barqaror rivojlanishni ta’minlash. “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR” 11 https://www.asr-conference.com IV SHO‘BA: Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik barqaror taraqqiyotni ta’minlash Yashil texnologiyalar - energiya samaradorligi, chiqindilarni kamaytirish, ularni qayta ishlash va atrof-muhitni ifloslanishini oldini olishga xizmat qiluvchi texnologiyalar. ASOSIY QISM Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi nafaqat tabiatga, balki jamiyat va iqtisodiyotga ham jiddiy ta’sir qilmoqda. Masalan, Jahon Bankining “Uzbekistan Climate Adaptation and Resilience Assessment” (2024). hisobotida mamlakatdagi tabiiy resurslar bosimi oshgani va iqlim‑sharoitlarining keskinlashgani qayd etilgan. Shu hisobotga ko‘ra, O‘zbekistonda suv yetishmasligi kuchayayotganini ko‘rishimiz mumkin, chunki qor va muzliklardan keladigan suv resurslari kamaymoqda, qurg‘oqchilik xavfi ortmoqda [3]. Bu holatlar iqlim o‘zgarishiga moslashuv va ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalalarini yanada dolzarb muommolalardan biriga aylantirmoqda. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha O‘zbekistonda bir qator choratadbirlar amalga oshirilmoqda. Masalan, irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish orqali qishloq xo‘jaligi samaradorligi oshirilmoqda va yanada kuchaytirish rejalashtirilmoqda [4]. Shuningdek, sanoat va energiya sektorlarida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha loyihalar mavjud, bu esa resurslarni tejash va ekologik barqarorlikni ta’minlashga yordam beradi. Yashil texnologiyalar va ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasida ham odimlar otilmoqda. O‘zbekiston “Yashil iqtisodiyot” strategiyasi doirasida quyosh va shamol energetikasi loyihalarini yanada kengaytirmoqda, shuningdek, ekologik toza ishlab chiqarish usullarini rivojlantirmoqda. Ekologik xavfsizlikni mustahkamlash maqsadida muhit monitoringi, havo va suv sifatini nazorat qilish tizimlari ham joriy etilmoqda, bu esa o‘z o‘rnida tejamkorlikni yanada kuchaytirishga sabab bolmoqda. Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga bir qator muammolar ham to‘sqinlik ko’rsatmoqda [5]. Ular orasida moliyalashtirishning yetishmasligi, texnologik imkoniyatlarning cheklanganligi va ijtimoiy bilimning pastligi eng dolzarb hisoblanadi. Shu sababli, ekologik barqaror taraqqiyot va yashil texnologiyalarni joriy etish borasida strategik reja va aholining keng jalb qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu holatlar O‘zbekiston tajribasini global tendensiyalar bilan solishtirishga imkon beradi va talaba-yoshlar hamda biznes subyektlari uchun aniq tavsiyalar ishlab chiqishga yo‘l ochadi. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi oqibatlari: suv resurslarining kamayishi, qurg‘oqchilik va issiq yozlar nafaqat tabiat, balki jamiyat va iqtisodiyotga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Mazkur holatlarning oldini olish yohud salbiy ta’sirini kamaytirish ustida olib borgan tadqiqotlarimiz asosida quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqdik: ➢ suv resurslarini tejash va boshqarish: irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish, qurg‘oqchilikka chidamli ekinlarni ko‘paytirish va suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish. ➢ yashil texnologiyalarni kengaytirish: quyosh va shamol energetikasi loyihalarini rivojlantirish va ko’paytirish, sanoatda energiya samaradorligini oshirish, chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlash. 12 https://www.asr-conference.com IV SHO‘BA: Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik barqaror taraqqiyotni ta’minlash ➢ ekologik xavfsizlikni mustahkamlash: muhit monitoringi tizimini rivojlantirish, havo va suv sifatini nazorat qilish hamda ijtimoiy bilimni oshirish bo‘yicha ta’lim va targ‘ibot ishlarini olib borish. ➢ moliyaviy va texnologik resurslarni jalb qilish: ekologik loyihalarni moliyalashtirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish uchun davlat va xususiy sektor hamkorligini mustahkamlash. ➢ yoshlar va jamiyatning ishtirokini oshirish: ekologik bilimni shakllantirish va yoshlarni ekologik tashabbuslarda faol ishtirok etishini rag‘batlantirish. Ushbu tavsiyalarni amalga oshirish orqali O‘zbekiston BMT tomonidan belgilab berilgan barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida mustahkam qadamlar qo‘yishi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishi va yashil texnologiyalarni samarali joriy etishi mumkin. Bu esa joriy va kelajak avlod uchun sog‘lom va xavfsiz ekologik muhit yaratadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. https://hydromet.uz/uz/node/609 2. https://senat.uz/articles/post-1079 3. https://www.undp.org/uzbekistan/environment-and-climate-action 4. https://parliament.gov.uz/articles/493 5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.02.2020 yildagi “Ekologik xavfsizlik toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi VM95-sonli qarori 6. O‘razaliyev J.O‘. Yapon menejmentida Kayzen boshqaruv tizimi. “Ёшлар ва илм-фан” ТошДШИ Мустақил тадқиқотчи, магистрант ва бакалаврларнинг илмий-амалий конференцияси тезис ва мақолалар тўплами, Т.:2018й. 17-20 бет 7. https://www.adaptation-undp.org/explore/europe-and-centralasia/uzbekistan 8. https://www.un.int/uzbekistan/news/uzbekistans-contribution-global-fightagainst-climate-change 9. https://www.iea.org/reports/renewable-energy-market-update-june-2024