RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA MHXSga MUVOFIQ MOLIYAVIY INVESTITSIYALAR HISOBI VA TAHLILI
Abstract
Ushbu tezis raqamli transformatsiya sharoitida Moliya Hisobi Xalqaro Standartlari (MHXS) asosida moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish va tahlil qilish masalalariga bag‘ishlangan. Tadqiqotning dolzarbligi moliyaviy investitsiyalarning samarali boshqarilishi va hisobotlar ishonchliligini ta’minlash zarurati bilan bog‘liq. Tezisda MHXS 9, 32, 39 standartlari asosida moliyaviy investitsiyalarni turlari, amortizatsiyalanadigan va amortizatsiyalanmaydigan modellar, shuningdek, ularning keyingi baholash usullari tahlil qilingan.
Full text
10 https://www.asr-conference.com V SHO‘BA: Raqamli transformatsiya va ilg‘or boshqaruv tizimlarini joriy etish samaradorligi RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA MHXSga MUVOFIQ MOLIYAVIY INVESTITSIYALAR HISOBI VA TAHLILI Mualliflar: Kenjebayeva Gulfuza Raxmatillayevna 1, Kamolova Ruxshona Temurxon qizi 2 Affiliyatsiya: FDTU, “ Moliya va buxgalteriya hisobi” kafedrasi katta o’qituvchisi 1, FarTU 660-23r”Raqamli iqtisodiyot” yonalishi talabasi 2 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17588828 ANNOTATSIYA Ushbu tezis raqamli transformatsiya sharoitida Moliya Hisobi Xalqaro Standartlari (MHXS) asosida moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish va tahlil qilish masalalariga bag‘ishlangan. Tadqiqotning dolzarbligi moliyaviy investitsiyalarning samarali boshqarilishi va hisobotlar ishonchliligini ta’minlash zarurati bilan bog‘liq. Tezisda MHXS 9, 32, 39 standartlari asosida moliyaviy investitsiyalarni turlari, amortizatsiyalanadigan va amortizatsiyalanmaydigan modellar, shuningdek, ularning keyingi baholash usullari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: moliyaviy investitsiyalar, MHXS, bozor qiymati, raqamli transformatsiya, amortizatsiyalanadigan qiymat, moliyaviy hisobot, investitsiyalarni baholash. KIRISH Raqamli transformatsiya davrida, moliyaviy investitsiyalar korxona faoliyatida muhim o‘rin tutadi. MHXS (Moliya Hisobi Xalqaro Standartlari) moliyaviy investitsiyalarning hisobi va hisobotida yagona qoidalarni belgilaydi. Ushbu standartlar investitsiyalarni boshqarish, ularning samaradorligini baholash va moliyaviy hisobotlarning ishonchlligini ta'minlashga qaratilgan. MHXS 9 "Moliyaviy instrumentlar", MHXS 32 "Moliyaviy instrumentlar: taqdim etish" va MHXS 39 "Moliyaviy instrumentlar: tan olish va baholash" moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish va baholashning asosiy standartlaridir. [1] Ma’lumot uchun: ushbu standart 1-sonli Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti (BHXS) “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish”ning o‘rnini egallaydi. Yangi standart 2027-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kirishi belgilangan bo‘lib, tashkilotlarga standartni ushbu sanadan oldin ixtiyoriy ravishda qo‘llashga ruxsat etilishi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun MHXS matni tan olingan (2022-yil 9-dekabrda ro‘yxatdan o‘tgan, r/r.3400). [5] Mazkur MHXS standarti tashkilotlarning moliyaviy hisobotlarni taqdim etish va oshkor etish bilan bog‘liq masalalarni yaxshilashga, unda foyda yoki zarar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladigan moliyaviy natijalar bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etishga alohida e’tibor qaratilgan.[1] ASOSIY QISM Moliyaviy investitsiyalarbu aktivlar bo‘lib, ular korxona tomonidan dividendlar, foizlar yoki qiymat o‘sishidan daromad olish maqsadida sotib olinadi. Moliyaviy investitsiyalar turlari: “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR”
11 https://www.asr-conference.com V SHO‘BA: Raqamli transformatsiya va ilg‘or boshqaruv tizimlarini joriy etish samaradorligi ✓ Qimmatli qog‘ozlar (aktsiyalar, obligatsiyalar) ✓ Ustav kapitalidagi ulushlar ✓ Qarz berilgan mablag‘lar ✓ Sotilgan moliyaviy aktivlar MHXS ga muvofiq moliyaviy investitsiyalar ikki guruhga bo‘linadi: Amortizatsiyalanadigan moliyaviy investitsiyalar - bu MHXS 9 ga muvofiq maqsadli foydalanish usuli aniq bo'lgan va bozori mavjud bo'lmagan moliyaviy aktivlardir. Ular dastlabki qiymatida hisobga olinadi va zarar yuzaga kelganida amortizatsiya hisoblanadi. [2] Amortizatsiyalanmaydigan moliyaviy investitsiyalar - bu MHXS 9 ga muvofiq faol bozori mavjud bo'lgan va sotish maqsadida yoki qisqa muddatda foyda olish uchun sotib olingan moliyaviy aktivlardir. Ular doimiy ravishda bozor qiymatida baholanadi. [2] MHXS 9 ga muvofiq, moliyaviy investitsiyalar dastlabki tan olishda oddiy qiymat asosida baholanadi. Oddiy qiymatga quyidagilar kiradi: ✓ Xarid narxi ✓ Xarajatlar (komissiyalar, bojlar, vositachilik xizmatlari) [3] Misol: Korxona 1000 ta aktsiyani har biri 50$ dan sotib oldi. Broker xizmati 500$. Dastlabki tan olish qiymati: 1000 × 50$ + 500$ = 50,500$ Moliyaviy investitsiyalarning keyingi baholashi - bu investitsiyalarning dastlabki tan olinganidan keyingi davrlarda qiymatini aniqlash va hisobga olish jarayonidir. MHXS 9 "Moliyaviy instrumentlar" ga muvofiq, moliyaviy investitsiyalarning keyingi baholashi ikkita asosiy model asosida amalga oshiriladi. 1. Amortizatsiyalanadigan qiymat modeli Amortizatsiyalanadigan qiymat - bu moliyaviy aktiv dastlabki tan olingan qiymatidan buzilish (impairment) yo'qotilishlari hisoblagichiga ajratilgan summalar ayrilgandan keyingi qiymatidir. Amortizatsiyalanadigan qiymat modeli asosan uzoq muddatli strategik ahamiyatga ega bo‘lgan moliyaviy investitsiyalarga nisbatan qo‘llaniladi. Bu modelning qo‘llanilish doirasi quyidagi holatlarni o‘z ichiga oladi: Maqsadli foydalanish - muayyan maqsadda sotib olingan investitsiyalar. Amortizatsiyalanadigan qiymat modeli kompaniya tomonidan ma'lum bir strategik maqsadda sotib olingan investitsiyalarga nisbatan qo‘llaniladi. Bunga misol qilib, kompaniyaning o'z faoliyati bilan bevosita bog'liq bo'lgan va uzoq muddatda ushlab turish niyatida sotib olingan investitsiyalarni keltirish mumkin. Masalan, asosiy faoliyati bilan chambarchas bog'liq bo'lgan va kelajakda korxona rivojiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan sanoat korxonalaridagi ulushlarni ko'rsatishimiz mumkin. [4] Bozori mavjud bo'lmagan - faol bozori yo'q qimmatli qog'ozlar. Bu model, ayniqsa, faol savdo bozori mavjud bo'lmagan moliyaviy investitsiyalar uchun qo'llaniladi. Bunga misol qilib, ochiq birjalarda savdosi amalga oshmaydigan, xususiy kompaniyalardagi ulushlar yoki bozor kotirovkalari muntazam ravishda mavjud bo'lmagan qimmatli qog'ozlarni keltirishimiz mumkin. Bunday hollarda, investitsiyalarning bozor qiymatini aniq aniqlash qiyin bo'lgani sababli, amortizatsiyalanadigan qiymat modeli eng maqbul yechim hisoblanadi. Uzoq muddatli strategik - kompaniya faoliyati bilan bevosita bog'liq investitsiyalar. Amortizatsiyalanadigan qiymat modeli kompaniya faoliyati bilan bevosita bog'liq bo'lgan uzoq muddatli strategik investitsiyalar uchun mos keladi. Bunga misol qilib, kompaniyaning asosiy faoliyatini ta'minlovchi xom ashyo yetkazib beruvchi korxonalardagi ulushlar, texnologik hamkorlik uchun sotib olingan
12 https://www.asr-conference.com V SHO‘BA: Raqamli transformatsiya va ilg‘or boshqaruv tizimlarini joriy etish samaradorligi investitsiyalar yoki bozor pozitsiyasini mustahkamlash maqsadidagi sanoatdagi raqobatchilardagi ulushlarni keltirishimiz mumkin. Bu investitsiyalar kompaniyaning asosiy biznes strategiyasining ajralmas qismi bo'lib, ularni qisqa muddatli bozor o'zgarishlariga qarab baholash maqsadga muvofiq emas. [4] Hisobga olish tartibi Amortizatsiyalanadigan qiymat = Dastlabki qiymat - Buzilish yo'qotilishlari+ Qayta tiklangan summalar Buzilish testi. Har hisobot sanasida investitsiyalarning buzilish belgilari mavjudligi tekshiriladi: ✓ Qarz oluvchining moliyaviy qiyinchiliklari ✓ To'lovlarni kechiktirish ✓ Iqtisodiy sharoitlarning yomonlashuvi 2. Bozor qiymat modeli - bu ma'lum bir sana dagi bozor ishtirokchilari o'rtasida tartibli bitim asosida aktiv sotish yoki majburiyatni bajarish uchun olinadigan narx. MHXS 13 ga muvofiq bozordagi qiymat 3 darajali ierarxiyaga ega[6] 1-daraja - Identifikatsiyalangan bozor narxlari ✓ Faol bozorlardagi kotirovkalar ✓ Birja narxlari 2-daraja - Bilvosita kuzatiladigan ma'lumotlar ✓ O'xshash aktivlar narxlari ✓ Kuzatiladigan bozor ma'lumotlari ✓ Korxilatlar va narx ko'rsatkichlari 3-daraja - Kuzatilmaydigan ma'lumotlar ✓ Kompaniyaning o'z baholash modellari ✓ Ehtimollik asosidagi baholar ✓ Mutaxassislik baholashlari Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish metodlari Bozor qiymat usuli. Qimmatli qog'ozlar bozor qiymatida baholanadi, o'zgarishlar moliyaviy natijaga ta'sir etadi. [7] Kapital qatnashishi usuli. Ustav kapitalidagi ulushlar 20-50% bo'lganda qo'llaniladi. Investitsiya dastlabki qiymatida hisobga olinadi va ulush foiziga muvofiq korxonaning sof foydasiga moslashtiriladi. Samarali foiz stavkasi usuli. Qarz qimmatli qog'ozlari (obligatsiyalar) uchun qo'llaniladi. Foiz daromadlari samarali foiz stavkasi asosida hisoblanadi. Moliyaviy investitsiyalar tahlili quyidagi ko'rsatkichlar asosida amalga oshiriladi: Rentabellik ko'rsatkichlari Investitsiyalarning umumiy rentabelligi = (Investitsiyadan olingan daromad / O'rtacha investitsiyalar qiymati) × 100% Investitsiyalarning sof rentabelligi = (Investitsiyadan olingan sof daromad / O'rtacha investitsiyalar qiymati) × 100% Risk ko'rsatkichlari ✓ Investitsiyalarning diversifikatsiya darajasi ✓ Investitsiyalarning likvidlik darajasi ✓ Valyuta riski darajasi Samaradorlik ko'rsatkichlari ✓ Investitsiyalarning aylanish tezligi ✓ Investitsiyalarning daromadliligi
13 https://www.asr-conference.com V SHO‘BA: Raqamli transformatsiya va ilg‘or boshqaruv tizimlarini joriy etish samaradorligi MHXS ga muvofiq, moliyaviy investitsiyalardagi o'zgarishlar quyidagicha hisobga olinadi: [7] ✓ Bozordagi qiymat o'zgarishi - moliyaviy natijaga ta'sir etadi ✓ Valyuta kursi o'zgarishi - moliyaviy natijaga ta'sir etadi ✓ Investitsiyalarning buzilishi (impairment) - zarar sifatida hisobga olinadi Investitsiyalarning qayta baholanishi - kapitalda qayta baholash zaxirasiga o'tkaziladi. XULOSA Raqamli transformatsiya davrida, MHXS moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish va tahlil qilishda aniq qoidalarni belgilaydi. Ushbu standartlar hisobotning ishonchliligini oshiradi, investitsiyalarning haqiqiy qiymatini aks ettiradi va qaror qabul qilish jarayonida yordam beradi. Korxonalar MHXS talablariga qat'iy rioya qilgan holda moliyaviy investitsiyalarini samarali boshqarishlari mumkin. Xulosa qilib aytganda, amortizatsiyalanadigan qiymat modeli kompaniyaning uzoq muddatli strategik manfaatlariga xizmat qiladigan, bozor qiymatini aniq aniqlab bo'lmaydigan va ma'lum bir biznes maqsadlari uchun sotib olingan investitsiyalarni hisobga olishda qo'llaniladi. Bu model kompaniyaga investitsiyalarning haqiqiy iqtisodiy qadrini va ularning biznes strategiyasidagi o'rnini to'g'ri aks ettirish imkoniyatini beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. "Moliya Hisobi Xalqaro Standartlari (MHXS)" - Xalqaro Moliya Hisobi Standartlari Kengashi (IASB), 2023 yil nashri 2. MHXS 9 "Moliyaviy instrumentlar" 3. MHXS 32 "Moliyaviy instrumentlar: taqdim etish" 4. MHXS 39 "Moliyaviy instrumentlar: tan olish va baholash" 5. "Moliyaviy hisob va hisobot" - O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, 2022 6. PwC "IFRS and US GAAP: Similarities and Differences" - 2023 7. "Korxona moliyasi" - O'zbekiston iqtisodiyot universiteti darsligi, 2021