scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTONDA BEVOSITA VA BILVOSITA SOLIQQA TORTISH METODOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI

Qodirov Baxodir Qudratovich

Full text

645 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 O‘ZBEKISTONDA BEVOSITA VA BILVOSITA SOLIQQA TORTISH METODOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI Qodirov Baxodir Qudratovich Termiz Davlat universiteti Moliya kafedrasi dotsent, ifn. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17589087 Mamlakatlarining o‘zaro siyosiy-iqtisodiy munosabatlari ziddiyatli tus olayotgan bugungi sharoitda O‘zbekistonning barqaror taraqqiyoti iqtisodiy islohotlarning samaradorligiga bog‘liq bo‘lib, bunda bevosita va bilvosita soliqqa tortish metodologiyasini optimal tashkil etis masalasi muhim ahamiyatga ega. Chunki, daromad va foyda olish maqsadida tashkil etilgan tadbirkorlik sub‘ektlarining moliyaviy faoliyatiga soliqqa tortish tizimi jiddiy ta‘sir qiladi. Shuning uchun, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar soliq bilan bog‘liq munosabatlarini strategik maqsadlarga yo‘naltirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shunga ko‘ra soliq solinadigan daromadlar, mol-mulklar va boshqa aktivlarni hisobini samarali amalga oshirish bilan bir qatorda soliqqa torish metodologiyasini optimmallashtirish maqsadi belgilanadi. O‘zbekistonda isloxotlar davrining ikkinchi to‘lqini boshlangan 2017-2030 yillardagi strategik vazifalarida “xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish” 1 maqsadlari belgilangan. Bu ustuvor vazifalarning ijrosini ta'minlash uchun eng avvalo soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, soliqlarni unifikatsiya qilish, soliqqa tortishni raqamli iqtisodiyot asosida tashkil etish, soliq hisobotlarini qisqartirish, buxgalteriya xisobi va soliq xisobi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlardagi qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni bartaraf etish, soliq to‘lovchilarning buxgalteriya va soliq xisobini yaxlitlashtirish, buxgalteriya va soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish bilan bog‘liq strategic metodologiyani tashkil etish lozim bo‘ladi. Bu vazifalarning ijrosini amalga oshirish uchun tarmoqlar va soxalardagi korxona va tashkilotlarning aktivlari va ularning manbalarini xarakatini hisobini yuritish, tadbirkorlik faoliyatlaridan olingan daromadlar va boshqa soliq solish ob'ektlarining hamda ulardan budjetga to‘lanadigan bevosita va bilvosita soliqlarning buxgalteriya hisobini yuritish talab etiladi. Bu ishlarni samarali tashkil etish uchun raqamli iqtisodiyot asosida elektron dasturiy mahsullaridan oqilona foydalanishga, soliq ma‘muriyatchiligini samaradorligini oshirishga zaruriyat tug‘ilmoqda. 1-rasm O‘zbekiston respublikasi YAIM va budjet daromadlarida bevosita va bilvosita soliqlar tarkibining o‘zgarish dinamikasi 2 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 07-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha xarakatlar strategiyasi to‘g‘risida” PF-4947-son farmon, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son. 2 Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлигининг расмий интернет сайтларидан (openbudget.uz) олинган маълумотлар асосида муаллиф томонидан тайёрланди. 646 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Olib borilgan tadqiqotlarimiz natijalari keltirilgan 1-rasm ma'lumotlaridan ayyon bo‘ladiki, Oʻzbekistonning strategik dasturlari va ustuvor yoʻnalishlariga asosan olib borilgan isloxotlar natijasida 20162024 yillarda xar tomonlama makroiqtisodiy oʻsish roʻy berganligi, bu oʻsish sur'atlari 2025 yilda ham davom etishi kutilayotgani va soliqqa tortish imkoniyatlari kengayib borayotganligi kuzatilmoqda. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, tadbirkorlik sub'ektlarida bevosita va bilvosita soliqlar hisobini yuritishning va byudjetga o‘z vaqtida o‘tkazishning samarali mexanizmlari sifatida buxgalteriya va soliq hisobini elektron dasturiy maxsullarini jadal va samarali tatbiq etilishi istiqbollidir. Bu amaliyot rivojlangan mamlakatlarda allaqachon oqilona qo‘llanib, yuksak natijalarga erishilgan. Endilikda, O‘zbekistonda ham soliq hisobini yuritish amaliyoti bevosita elektron dasturiy hukumatni yaratish va samarali takomillashtirib borish bilan uzviy bog‘liqlikda amalga oshirilmoqda. Hozirgi global lashuv sharoitida, O‘zbekiston iqtisodiyotiga keladigan zararlarni bartaraf etish va barqaror taraqiyot yo‘liga erishish yo‘llarini tezkor aniqlash masalalari elektron dasturiy maxsullarning qay darajada tatbiq etilishiga bog‘liqdir. Xolbuki, soliq qonunchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar mavjud soliq turlarini ixchamlashtirilishga, soliqlarni hisoblash va undirish tartiblarini elektron avtomatlashtirishga va soddalashtirilishga, soliq imtiyozlarini oqilona yaxlitlashtirilishga qaratilgan bo‘lib, bu islohotlar tadbirkorlik sub‘ektlarining daromadlarini va boshqa soliq solinadigan ob‘ektlarini samarali hisobini tashkil etishga bog‘liq jarayondir. Ma'lumki, soliq kodeksiga binoan belgilangan soliq imtiyozlarini amalda tatbiq etish uchun buxgalteriya va soliq hisobining elektron tizimini yaratish va elektron xukumatning dasturiy maxsullarini takomillashtirib borish davlat uchun xam, tadbirkorlik sub'ektlari uchun xam manfaatlidir. Albatta, bu o‘rinda soliq to‘lovchi tadbirkorlik sub'ektlarini va soliq undiruvchi davlatning manfaatlarini uyg‘unlikda ifodalovchi oqilona hisob siyosatini tashkil etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu maqsadda, soliq solinadigan aylanmalar, daromadlar va boshqa ob‘ektlarni buxgalteriya hisobini samarali tashkil etish uchun amaldagi soliq tizimini iqtisodiy mohiyatiga asoslanib tavsiflash lozim. Chunki, solq tizimi iqtisodiy mohiyatiga binoan bevosita soliqlar va bilvosita soliqlarga tavsiflanib, soliq to‘lovchilarga va ularning daromadiga turlicha ta‘sir ko‘rsatadi. Bu ta‘sir darajalari ushbu soliq guruhlarining ta‘riflarida batafsilroq ko‘rinadi. 0% 10% 20% 30% 40% 50% 60% 70% 80% 90% 100% 2016 yil 2017 yil 2018 yil 2019 yil 2020 yil 2021 yil 2022 yil 2023 yil 2024 yil Yalpi ichki mahsulot Budjet daromadi Shundan soliq tushumlari Bilvosita soliqlar Bevosita soliqlar Soliqsiz boshqa daromadlar 647 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Bevosita soliqlar – soliq to‘lovchilarning daromadiga, foydasiga va boshqa soliq solinadigan ob‘ektlariga belgilanib, soliq to‘lovchilarning bevosita daromadga ta‘sir ko‘rsatadi va foydasini kamaytiradi. Bilvosita soliqlar – ishlab chiqarilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlarning realizatsiya qiymatiga ustama tarzda belgilanib, istemolchi va xaridorlardan undirilib, soliqni budjetga to‘liq va o‘z vaqtida o‘tkazib berish majburiyati soliq agenti bo‘lgan korxonalar zimmasiga yuklatiladi. Mazkur ta‘riflardan ko‘rinadiki, bevosita soliqlar – soliq to‘lovchilarning foydasini kamaytirsa, bilvosita soliqlar realizatsiya qiymatiga ustama tarzda belgilanib, xaridorlardan undirilsada, ikki holatda ham soliqlarni budjetga o‘tkazib berish majburiyati va javobgarligi korxonalar zimmasiga yuklatiladi. Bu majburiyatlar tadbirkorlik sub‘ektlari uchun soliq solinadigan ob‘ektlar, jumladan daromadlar va harajatlar hisobining samarali yuritish talabini qo‘yadi. Soliq idoralari tomonidan o‘tkazilgan soliq nazorati tadbirlari natijasining ko‘rsatishicha, tadbirkorlik sub‘ektlarida buxgalteriya va soliq hisobi samarali tashkil etilmaganligi oqibatida katta summalarda soliq solinadigan daromadlarni va boshqa ob‘ektlarni yashirish hamda soliq to‘lashdan bo‘in tovlash huquqbuzarliklari yuz bermoqda. Natijada, tadbirkorlik sub‘ektlari moliyaviy va jinoiy javobgarlikka tortilib, moliyaviy yoqtishlari o‘sib bormoqda. Shuning uchun, moliyaviy faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub‘ektlari tomonidan soliq hisobini samarali yuritish masalasi har doim dolzarb bo‘ib qolaveradi. Shunga ko‘ra, soliq hisobining amaliy jihatlari soliq tizimining iqtisodiy mohiyatiga nisbatan tavsiflanishiga ham bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-599-sonli qonuni bilan qabul qilingan va doimiy ravishda islohiy o‘zgartirishlar asosida takomillashayotgan soliq kodeksi bilan belgilangan amaldagi soliq tizimi iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra tavsiflanishi 2-rasmda keltirilgan. 2-rasm. 2-rasm. O‘zbekiston respublikasi soliq tizimini iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra tasnifi. 3 O‘zbekistonda 2016-2024 yillarda soliq hisobini yuritilishi bo‘yicha qabul qilingan buxgalteriya va soliq qonunchiligi me'yorlari tahliliy ko‘rib chiqilganda, amalga oshirilayotgan iqtisodiy isloxotlarga mutanosib holda soliqqa tortish hisobi takomillashib borayotganligi, bu jarayonda bevosita va bilvosita soliqlarning hisobini yuritish va budjetga undirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muxim rol o‘ynayotgani kuzatiladi. Xususan, tadbirkorlik sub'ektlarining daromadlari va xarajatlarini buxgalteriya xisobini yuritish, bevosita va bilvosita soliqlarni xisoblash, buxgalteriya va soliq xisobotlarini soliq idoralariga taqdim etish va soliqlarni budjetga to‘lash amaliyoti elektron dasturiy maxsullar asosida onlayn tartibida amalga oshirilmoqda. 3 Soliq kodeksiga asoslangan holda muallif tomonidan tayyorlangan. O ‘zbekiston respublikasining soliq tizimi Bebosita soliqlar Bilvosita soliqlar Foyda solig ‘i Jismoniy shaxslard an olinadig an Ijtimoiy soliq Aylanma dan olinadiga n soliq Molmulk solig‘i Yer solig‘i Suv resursla ridan foydala nganlik uchun soliq Yer qa‘ridan foydalan ganlik uchun soliq Qo‘shil gan qiymat solig‘i Aksiz solig‘i Bojxona boji 648 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Shunday bo‘lsada, bevosita va bilvosita soliqlar hisobini yuritish va byudjetga o‘z vaqtida to‘lash borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish, samarali elektron dasturiy maxsullarni tatbiq etish ishlarini yanada yuksaltirish talab etiladi. Keyingi yillarda buxgalteriyaga oid elektron dasturiy maxsullarni yaratilishi va takomillashtirilishi buxgalteriya va soliq hisobini samarali yuritish imkonini berdi. Xususan, soliq hisobotlarini elektron tuzilishi va onlayn tarzida soliq idorasiga topshirilishi soliq hisobini yuritishning elektron tizimini yanada takomillashtirib borish va rivojlangan mamlakatlar darajasiga erishish talabini qo‘ymoqda. Hisob tizimini elektron dasturiy maxsullarda tashkil etish va yanada takomillashtirib borish natijalari tadbirkorlik sub'ektlari uchun samarali va arzon hisob tizimini shakllanishiga olib kelishi bilan bir qatorda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlanishiga, soliqqa tortiladigan daromadlarni ko‘payishiga va o‘z navbatida budjetga soliqlarni barqaror tushishiga olib keladi. Xulosa va takliflar. O‘zbekistonda investitsiyaviy jozibadorlikni ta‘minlash uchun bevosita va bilvosita soliqqa tortish metodologiyasini optimal tashkil etishga yo‘nasltirilgan strategic islohotlarni amalga oshirish, bu yo‘nalishda quyidagi tizimli choralarni ko‘rish maqsadga muvlfiq, deb xisoblaymiz: -Bevosita va biolvosita soliqqa tortishni optimal tashkil etish metodologiyasining 2025-2050 yillarda mo‘ljallangan strategiyasini belgilash; -Elektron hukumat tizimini rivojlantirish kontseptsiyasi loyihasi doirasida bevosita va bilvosita soliqlarni hisoblash va undirishning raqamli dasturiy mahsullarini yanada takomillashtirish; - Bevosita va bilvosita soliqlarni elektron hisoblash va undirish mexanizmlarida davlat, aholi va biznesning samarali o‘zaro hamkorligini ta'minlash, jahonning elektron makoniga integratsiyalashlash, yagona milliy elektron tizimini shakllantirish va bu ishlarni istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash; -Elektron dasturiy maxsullar asosida soliqqa tortiladigan daromadlarni va mulklarni to‘liq ro‘yxatga olinishi va soliqqa tortilishini dasturiy shaffovligini ta'minlash; - soliqqa oid axborotlarni to‘plash, qayta ishlash, saqlash, uzatish borasidagi yangi usullar generatsiyasiga hamda raqamli kompyuter texnologiyalariga asoslangan bevosita va bilvosita soliqqa tortishning oqilona tizimini shakllantirish va boshqalar. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 07-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha xarakatlar strategiyasi bevositasida”gi PF-4947-sonli farmoni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi to‘g‘risida»gi PF-5486-sonli farmoni. 3. O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi soliq Kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-599-qonuni. 4. Davlat soliq qo‘mitasining soliq.uz rasmiy sayti. 5. Iqtisodiyot va moliya vazirligining imv.uz sayti.