O'ZBEKISTONDA ELEKTRON HUKUMAT TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH JARAYONLARI
Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida elektron hukumat tizimini rivojlantirish va takomillashtirish jarayonlari tahlil qilinadi. Elektron hukumatning ahamiyati, davlat xizmatlarini raqamlashtirish orqali samaradorlikni oshirish omillari, shuningdek, aholiga qulay va shaffof xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali”, “my.gov.uz” tizimi hamda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasidagi islohotlar misolida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi.
Full text
10 https://www.asr-conference.com V SHO‘BA: Raqamli transformatsiya va ilg‘or boshqaruv tizimlarini joriy etish samaradorligi O‘ZBEKISTONDA ELEKTRON HUKUMAT TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH JARAYONLARI Mualliflar: Sabirova Dildor Arifovna 1, Odiljon Olimovich Azizov 2 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik universiteti “Sanoatni boshqarish va raqamli texnologiyalar” kafedrasi dotsenti 1, Xalqaro Nordik universiteti Akademik departament bo‘limi Ta’lim platformalari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis 2 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17589824 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida elektron hukumat tizimini rivojlantirish va takomillashtirish jarayonlari tahlil qilinadi. Elektron hukumatning ahamiyati, davlat xizmatlarini raqamlashtirish orqali samaradorlikni oshirish omillari, shuningdek, aholiga qulay va shaffof xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali”, “my.gov.uz” tizimi hamda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasidagi islohotlar misolida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: elektron hukumat, raqamli transformatsiya, davlat xizmatlari, axborot texnologiyalari, ochiqlik va shaffoflik, “Raqamli O‘zbekiston – 2030”, yagona darcha, innovatsion boshqaruv KIRISH Elektron hukumat davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborotkommunikasiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta'minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimidir. Mamlakatimizda elektron hukumat tizimi O‘zbekiston Respublikasining «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va boshqa qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshirib kelinmoqda. Elektron hukumatni tadbiq qilish darajasi har bir mamlakat taraqqiyoti darajasining muhim ko'rsatkichi hisoblanadi va vaqti-vaqti bilan maxsus reyting Elektron hukumat tayyorligi indeksi (E-government Readiness Index)ni tuzadigan BMT ekspertlari tomonidan o'lchanadi. Ushbu global tendentsiya doirasida, bizning mamlakatimiz hukumati tomonidan bir qator hujjatlar qabul qilingan. Jumladan: − O‘zbеkiston rеspublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi «Elеktron hukumat» tizimi doirasida axborot — kommunikatsiya tеxnologiyalari sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida PQ-4328-son qarori; − O‘zbеkiston rеspublikasi Vazirlar mahkamasining “Elеktron hukumat tizimini yanada rivojlantirish, shuningdеk, davlat organlari va tashkilotlarining o‘z “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR”
11 https://www.asr-conference.com V SHO‘BA: Raqamli transformatsiya va ilg‘or boshqaruv tizimlarini joriy etish samaradorligi faoliyati bo‘yicha jamoatchilik oldida elеktron hisobot bеrishi tartibini joriy etish choratadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 16 iyuldagi 444-son qarori. “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasi doirasida 2022 йил 27-avgust kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida “Elektron hukumat” tizimi ma’lumotlarini saqlash va qayta ishlash yagona markazi ishga tushdi. Markazda Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikda 20 peta bayt xotiraga ega tizim tashkil etilgan. 580 ta server, umumiy elektr quvvati 5 megavattli dizel generatorlar tizimning uzluksiz ishlashini ta’minlaydi. Interaktivlik orqali foydalanuvchi moddiy, maʻnaviy, ijtimoiy, iqtisodiy, axboriy va ishlab chiqarishning turli manbalaridan ko‘riladigan manfaat mavjud bo‘lsa, unga interaktiv xizmat qilingan deb tushuniladi. Yaʻni, kompyuter dasturlari orqali foydalanuvchiga interaktiv xizmat tashkil etilgan deb tushuniladi. Hozirgi vaqtda, hukumatimiz tomonidan interaktiv xizmatlarni shakllantirish, tashkil etish va ularni boshqarishga katta eʻtibor berilmoqda. Interaktiv xizmatlarni tashkil etishning eng tez va yaxshi yo‘li, bu, ularni internet tarmoqlari orqali amalga oshirish hisoblanadi. ASOSIY QISM Elektron hukumat tizimini joriy etishga masʻul organ va muassasalar: − O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi - elektron hukumat sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʻminlaydi. − O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi - elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ bo‘lib, elektron hukumat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi. − “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi — Elektron hukumat” tizimi loyihalarini amalga oshirishning meʻyoriy-metodik taʻminlanishini tashkil qilish, davlat organlarida foydalanilayotgan axborot tizimlari, axborot resurslari va maʻlumotlar bazalarini ishlab chiqish va integrasiyalashni taʻminlaydi. Davlat organlari elektron hukumat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi. Turli xil onlayn xizmatlar orqali fuqarolar va tadbirkorlar davlat veb-saytlariga kirishlari va ko'plab shakllarni to'ldirishlari, uchrashuvga yozilishlari, ish qidirishlari mumkin va hokazo. Maʻlumotlarni qayta ishlovchi boshqa davlat xizmatlari litsenziyalar va ruxsatnomalarni olish imkoniyati, soliq deklaratsiyalarini topshirish va ijtimoiy nafaqalar olish uchun ariza berish imkoniyatini beradi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.Gov.Uz). Ochiq maʻlumotlar portali (data.Gov.Uz). Meʻyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portal. (Regulation.Gov.Uz). “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi (license.Gov.Uz). “Yagona darcha” markazlari faoliyatini avtomatlashtirish bo‘yicha axborot tizim (birdarcha.Uz). 1-chizma. Elektron hukumat tizimida amalga oshirilgan loyihalar
12 https://www.asr-conference.com V SHO‘BA: Raqamli transformatsiya va ilg‘or boshqaruv tizimlarini joriy etish samaradorligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil, 29 dekabrda Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida 2021-yilning oxiriga qadar elektron davlat xizmatlarini 60 taga ko‘paytirib, ularni 300 taga, masofaviy xizmatlar ulushini esa kamida 60 foizga yetkazish zarurligi taʻkidlangandi. 1 Shundan kelib chiqib hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonining 24 hamda 25-ilovasiga muvofiq, «2021 yilda davlat xizmatlarini ustuvor ravishda elektron shaklga o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi» taqdim etildi. Mazkur topshiriqni amalga oshirish maqsadida vazirlik tomonidan mavjud davlat xizmatlari tahlil qilinib, 2021-yilda YaIDXP orqali davlat xizmatlarini ustuvor ravishda elektron shaklga o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur dastur loyihasi bilan davlat boshqaruvi organlari, vazirlik va idoralar tomonidan ananaviy tarzda yoki boshqa manbalar orqali elektron ko‘rsatilayotgan talabgorligi yuqori bo‘lgan davlat xizmatlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish belgilangan. Bular quyidagi xizmatlar: − Fuqarolikka qabul qilish uchun ariza yuborish; − avtomobilni texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun onlayn to‘lovlarini amalga oshirish; − oliy taʻlim to‘g‘risidagi dublikat hujjatlarini berish; − tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining doimiy joylashgan joyi (yashash joyi) faktini rasmiy tasdiqlash; − ish daromadlari to‘g‘risidagi maʻlumotnoma olish; − shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i holati haqida maʻlumot olish; − oliy o‘quv yurtlariga hujjatlarni qabul qilish; − avtotransport vositalarini onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish; − avtotransport vositasining davlat raqami va texnik pasportini o‘zgartirish uchun ariza yuborish; − oliy taʻlim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarini topshirish;. − mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish; − saylov uchastkasini aniqlash yoki o‘zgartirish va h. Ushbu dastur bilan davlat xizmatlarini to‘liq masofadan ko‘rsatish bo‘yicha jarayonlarni avtomatlashtirish va xizmat ko‘rsatish bosqichlarin maksimal darajada optimallashtirish nazarda tutilmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining elektron hukumat boʻyicha yangi 2022 yil tadqiqotida O`zbekiston 193 davlat orasida 69-oʻrinni egalladi. 2 Elektron hukumat elementlarining joriy etilishi davlat boshqaruvi samaradorligini, davlat protseduralarining shaffofligini oshirishi va ehtimol, davlat xizmatchilari safidagi korrupsiya darajasining sezilarli pasayishiga olib kelishi kutilmoqda. Jamiyatning rivojlanish darajasi, davlat sektorida IT sohasining rivojlanishiga bevosita bog'liq. Bugungi kunda dunyoning aksariyat davlatlari o'z oldiga turli 1 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 29.12.2020 2 https://www.spot.uz/ru/2022/09/29/e-gov-survey/
13 https://www.asr-conference.com V SHO‘BA: Raqamli transformatsiya va ilg‘or boshqaruv tizimlarini joriy etish samaradorligi ijtimoiy institutlar o'rtasidagi munosabatlarni maksimal darajada axborotlashtirish vazifasini qo'ymoqda. Elektron hukumat tizimining shakllantirilishi davlat boshqaruvi va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini, fuqarolik jamiyati va biznesning davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligini, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish imkonini beradi. Janubiy Koreyani haqli ravishda “Elektron hukumat” tizimini joriy etish sohasida - namuna deyish mumkin. 2017-yilda Janubiy Koreyaning elektron hukumati o‘zining 50 yilligini nishonladi. Bu davr mobaynida mamlakatda fuqarolar istalgan joyda va istalgan vaqtda onlayn xizmatlardan foydalanishlari uchun barcha ishlar amalga oshirildi. Barchaga ayonki O`zbekistonda ham bugun aloqa, axborotlashtirish va IT texnologiyalari sohasini rivojlantirish davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Aytish mumkinki, “Elektron hukumat”ning aholi o‘rtasida faol qo‘llanilishini ta’minlash borasida allaqachon ko‘p ishlar qilingan. Shu bilan birga, elektron hukumat tizimini rivojlantirishning uslub va yondashuvlarini yanada takomillashtirish masalalari dolzarbligicha qolmoqda. Bugungi kunda ushbu savollarga yechim topish zarur: -Mamlakatimiz elektron hukumatni rivojlantirish indeksi bo‘yicha dunyo mamlakatlari yetakchilaridan farqini yo‘qotish uchun qanday muammolarni yengib o‘tishi kerak? -Elektron hukumat davlat xizmatlari sifatini oshirishning yetakchi omiliga aylanishi uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rilishi kerak? Ushbu muammolarni hal qilish: − BMT metodologiyasi va elektron hukumat indeksi ko‘rsatkichlarini; − elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro reytingda yetakchi o‘rinlarni egallagan Daniya, Estoniya, Janubiy Koreya, AQSH va boshqalar kabi ilg‘or mamlakatlar, shuningdek, ushbu sohada jadal rivojlanayotgan MDH davlatlarining tajribasini chuqur tahlil qilishni talab qiladi. XULOSA O‘zbekiston Respublikasida elektron hukumat tizimini takomillashtirish jarayonlari davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish va raqamli transformatsiyani chuqurlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Elektron hukumatning joriy etilishi orqali davlat xizmatlari sifati oshib, fuqarolar uchun qulay, tezkor va shaffof muhit yaratilmoqda. Shu bilan birga, infratuzilmani rivojlantirish, kadrlar salohiyatini oshirish va axborot xavfsizligini ta’minlash jarayonlari ham izchil davom etmoqda. Kelgusida elektron hukumat tizimini yanada takomillashtirish uchun xalqaro tajribalarni joriy etish, integratsiyalashgan ma’lumotlar bazasini yaratish va fuqarolarning raqamli savodxonligini oshirish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Davlat sektorida IT vositalaridan malakali foydalanish, davlat xizmatlarining shaffofligi, tezkorligini ta’minlashi, shuningdek fuqarolarning muammolarini samarali hal etishini ta’minlashi zarur. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. “Elektron hukumat” to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi qonuni, 2015yil 9-dekabr, O‘RQ-395-son;
14 https://www.asr-conference.com V SHO‘BA: Raqamli transformatsiya va ilg‘or boshqaruv tizimlarini joriy etish samaradorligi 2. «Elеktron hukumat» tizimi doirasida axborot — kommunikatsiya tеxnologiyalari sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida PQ-4328-son qarori; 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (PF–6079-son, 05.10.2020 y.) 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 5. Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasi. 2020-yil 29 dekabr 6. gov.uzOʼzbekiston Respublikasi hukumati portali. 7. my.gov.uz -Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali. 8. lex.uzO‘zbekiston respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi 9. ictnews.uz/28/08/2017/e-gov-4/ 10. www.spot.uz