scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BUYUK MUTAFAKKIR VA SHOIR ALISHER NAVOIY ASARLARIDA MUTAFAKKIR HUKMDOR MIRZO ULUG'BEK IJODIY FAOLIYATINING YORITILISHI

Nasiba Yunusova, Toshkent davlat transport universiteti dotsenti, falsafa fanlari nomzodi

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada tarixda astronom olim sifatida shuhrat qozongan ulug‘ ajdodimiz Mirzo Ulug‘bekning ijodiy faoliyati Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois» tazkirasi ma’lumotlari asosida yoritiladi. Movarounnahr hukmdori Ulug’bek nafaqat astronom olim, matematik, balki shoir, adabiyotshunos va adib ham bo‘lgan. Manbalar Ulug’bekning turli xil ilmlardan xabardor mutafakkir olim bo‘lganini tasdiqlaydi. Kalit so’zlar: Tazkiralar, «Hofizi Qur’on», xamsaxonlik, «Ziji jadidi Ko‘ragoniy», riyoziyot.

Full text

STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 96 BUYUK MUTAFAKKIR VA SHOIR ALISHER NAVOIY ASARLARIDA MUTAFAKKIR HUKMDOR MIRZO ULUG‘BEK IJODIY FAOLIYATINING YORITILISHI Nasiba Yunusova, Toshkent davlat transport universiteti dotsenti, falsafa fanlari nomzodi ANNOTATSIYA Ushbu ilmiy maqolada tarixda astronom olim sifatida shuhrat qozongan ulug‘ ajdodimiz Mirzo Ulug‘bekning ijodiy faoliyati Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois» tazkirasi ma’lumotlari asosida yoritiladi. Movarounnahr hukmdori Ulug’bek nafaqat astronom olim, matematik, balki shoir, adabiyotshunos va adib ham bo‘lgan. Manbalar Ulug’bekning turli xil ilmlardan xabardor mutafakkir olim bo‘lganini tasdiqlaydi. Kalit so’zlar: Tazkiralar, «Hofizi Qur’on», xamsaxonlik, «Ziji jadidi Ko‘ragoniy», riyoziyot. АННОТAЦИЯ В данной научной статье рассматривается творческая деятельность нашего великого предка Мирза Улугбека, прославившегося в истории как астроном и учёный, на основе сведений из тазкира Алишера Навои «Маджолис ун-нафоис». Правитель Мовароуннахра Улугбек был не только астрономом, математиком, но и поэтом, литературоведом и писателем. Источники подтверждают, что Улугбек был вдумчивым учёным, обладавшим знаниями в различных областях. Ключевые слова: Тазкиры, «Хафизи – Коран», хамсаханлик, «Зижи джадиди Курагани», математика. STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 97 ABSTRACT This scientific article examines the creative activity of our great ancestor Mirzo Ulugbek, who became famous in history as a great astronomer and scientist, based on information from Alisher Navoi's «Majolis un-nafois» tazkir. The ruler of Movarounnahr Ulug'bek, was not only an astronomer, mathematician, but also a poet, literary critic and writer. Sources confirm that Ulugbek was a thinker – scientist with knowledge of various sciences. Keywords: Tazkiras, «Hafizi Quran», Hamsa Khan, «Ziji Jadidi Koragoni», mathematics. Kirish. Mutafakkir podshoh Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek (1394-1449) davri (1409 -1449)da Movarounnahrda fan, madaniyat va adabiyot gullab yashnagan. Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy “Majolis un-nafois”da bu haqda shunday yozgan: “Donishmand podshoh erdi. Kamoloti bag‘oyat ko‘p erdi. Yetti qiroat bila Qur’oni majid yodida erdi. Hay’at va riyoziyni xo‘b bilur erdi. Andoqkim, zij bitidi va rasad bog‘ladi va holo aning ziji oroda shoe’dur. Bovujudi bu kamolot goho nazmg‘a mayl qilur erdi”. Albatta, Navoiy “Hofizi Qur’on” Mirzo Ulug‘bekni “kamoloti bag‘oyat ko‘p erdi” deya, uning turli ilmlardan xabardor mutafakkir zot bo‘lganiga urg‘u bergan. Binobarin, Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha, “olim, odil, g‘olib (va) himmatli podshoh Ulug‘bek Ko‘ragon yulduzlar ilmida osmon qadar yuksalib bordi, maoniy ilmida qilni qirq yordi. Uning davrida olimu fozillar martabasi nihoyat cho‘qqisiga ko‘tarildi. (Mirzo Ulug‘bek) handasa ilmida (har qanday) chigallarni yechguvchi, hay’at ilmida Majistiykusho erdi. Fozillaru hakimlarning yakdil fikrlari shulki, islomiyat zamonida, (Iskandar) Zulqarnayn zamonidan shu damgacha Ulug‘bek Ko‘ragondek olim va podshoh saltanat taxtiga o‘ltirmagan. U riyoziyot ilmini shu darajada egallagan erdiki, zamonasining (ulkan) olimlari, chunonchi ulamolar va hakimlar faxri Qozizoda Rumiy hamda G‘iyosiddin Jamshid bilan birgalikda STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 98 yulduzlar ilmiga rasad bog‘ladi. (Lekin) zamonasining bu ikki ulug‘ olimi rasad oxiriga yetmay turib vafot etdilar va sulton (Ulug‘bek) bor himmatini bu ishni oxiriga yetkazmoqqa sarf qildi. Rasadning qolgan qismini mirzoning o‘zi poyoniga yetkazdi. “Ziji sultoniy”ni kashf etib, uni o‘z ismiga ziynatladi. Bukun bu zij hakimlar nazdida mo‘tabar va amaldadir. Ba’zi (olim) lar uni “Ziji Nasiri Elxoniy”dan ortiq ko‘radilar. U otasi Shohrux Bahodir hukmronligi davrida Samarqand va Movarounnahrni qirq yil mustaqil idora etdi. Sulton Ulug‘bek saltanatni boshqarish, adlu insofda maqbul yo‘l tutar edi [3:148]”. Asosiy qism. Valiy shoir Ismatilla Buxoriy “Dar borai Ulug‘bek” qasidasida ham hikmat sohibi bo‘lgan olim temuriyzoda haqida shunday yozgan: Ulug‘bek sultone, ki az haybati boisash, Zaru boh amin cho‘yad, ba har shabihi sheru nar. Chu Suqrotu Buqrot, base chovushu darbon, Chu Xurshedu Jamshidat, base bandavu chokar. Zi bahsi tu dar hay’at Arastu shud mulzam, Zi nutqi tu dar hikmat shud bo‘ Ali mahzar. (Mazmuni: Ulug‘bek shunday sultondirkim, uning haybatidan barcha nafs qullari erkak sherdan qo‘rqqani kabi omonlik tilaydilar. U Suqrot va Buqrot kabi hikmat eshiklarini ochuvchi, uning eshigida Xurshid va Jamshiddek buyuk shohlar ham banda va askar bo‘lishga yaraydi. Uning hay’atidan Arastu mulzam bo‘ldi. Uning hikmatli nutqidan Ibn Sino mahzar bo‘ldi.) G‘iyosiddin Jamshid Koshiy 1417 yili Samarqanddan Koshonga otasiga yozgan maktubida Mirzo Ulug‘bekni “Islom podshohi - donishmand kishidir,” deydi: “Haqiqat shuki, avvalo u kishi Qur’oni Karimning aksariyat qismini yoddan biladi. Tafsirlarni va mufassirlarning har bir oyat haqidagi so‘zlarini aqlda saqlaydilar va yoddan biladilar va arabchada g‘oyat yaxshi yozadilar. Shuningdek, u kishi fiqhdan ancha xabardorlar, mantiq ma’nolarining bayoni va usullaridan STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 99 ham xabardorlar. U kishi riyoziyot fanining barcha tarmoqlarini mukammal egallagan va shunday jiddiy mahorat ko‘rsatganlarki, kunlardan bir kuni otda ketayotib, 818 yil rajab oyining o‘ninchi va o‘n beshinchi kunlari orasidagi (milodiy 1415 yil 15-20 sentyabr) dushanba kuni yil mavsumining qaysi kuniga munosib kelishini aniqlashni aytadilar. Shunga ko‘ra otda ketayotib, xayoliy hisob bilan quyoshning taqvimi o‘sha kuni bir daraja va ikki daqiqa ekanligini topdilar. Keyin otdan tushgach, hisob to‘g‘riligini bu bandai bechora (Koshiy)dan so‘rab, aniqlab oldilar... Qisqa qilib aytmoqchimanki, u kishi bu fan sohasida g‘oyat katta mahoratga erishganlar, yulduzshunoslikka taalluqli amallarni yaxshi bajaradilar va chuqur dalillar bilan xuddi keragidek isbotlaydilar. “Tazkira” va “Tuhfa”dan shu qadar zo‘r dars o‘tadilarki, ularga hech qanday qo‘shimcha qilishning hojati qolmaydi”. Ulug‘bek davrining olimlari she’r ham yozishgan. Chunonchi, mutafakkir temuriy shahzoda Ulug‘bek Mirzo Navoiy aytganidek, ba’zan she’rlar ham yozib turgan. Quyidagi bayt Mirzo Ulug‘bekka nisbat berib kelingan: Harchand mulki husn ba zeri nigini tust, Sho‘xy makun ki chashmi badon dar kamini tust. (Mazmuni: Go‘zallik mulki qo‘l ostingda bo‘lsada, sho‘xlik qilmag‘ilki, yomonlarning ko‘zi seni kuzatmoqdalar). Binobarin, manbalarda Ulug‘bekning she’riyat ilmidan yaxshi xabardorligi, shoir Ismatillo Buxoriydan aruz vaznini o‘rganganligi hamda o‘zi ham she’rlar yozganligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bu birinchidan. Ulug‘bekning ijodi serqirra bo‘lib, u tarix, she’riyat va musiqa bobida ham qalam tebratgan. “Temur va Ulug‘bek davri tarixi” kitobida yozilishicha, “Afsuski, she’rlarining matnlari so‘nggi davrlargacha noma’lum bo‘lib qolayotir. Faqatgina birgina davrimizga yaqin zamonda yashagan shoir uning she’rlaridan namuna keltiradi. Shunisi diqqatga sazovorki, Ulug‘bekning buyuk zamondoshlari adiblar Mavlono Sakkokiy va Mavlono Lutfiy Mirzoning shoirlik mahoratini yuqori STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 100 baholaganlar”. Adabiyotshunos Vohid Zohidovga ko‘ra, “Ulug‘bek she’r yozish bilan mashg‘ul bo‘lsa-da, adabiyotni sevsa-da, lekin asosan, aniq fanlarni (astronomiya, matematika va h.k.) atroflicha egallaydi, zamonining mashhur astronomlaridan ko‘plarini o‘z qo‘lida saqlaydi, ularga juda katta ham shohona, ham olimona iltifot va muhabbat ko‘rsatadi”. Natija va muhokama. Mirzo Ulug‘bek atrofida shoirlarni to‘plab, adabiy majlislar o‘tkazishni yoqtirgan. Mavlono Badaxshiy, Ismatillo Buxoriy, Sakkokiy va boshqa ko‘plab saroy shoirlari Ulug‘bek Mirzoning “firdavsmonand” majlislarida doimiy qatnashishgan va o‘z she’rlarini ushbu yig‘inlarda o‘qishgan. Mavlono Sakkokiyning quyidagi baytlari bunga yaqqol misoldir: Falak yillar kerak sayr etsayu keltursa ilkingga, Meningtek shoiru turkiyu saningtek shohi dononi. Hamisha majlising bo‘lsun, behishtu guluston rashki, Nisor etsun qadumungda falak lu-lu loloni. Adabiy va tarixiy manbalarda temuriy shahzoda huzurida o‘tkazilgan adabiy yig‘ilishlar haqida ma’lumot olishimiz mumkin. Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro”sida Mirzo Ulug‘bek adabiy majlislarining mazmunmohiyati to‘g‘risida shunday yozilgan: “Ulamoyu fuzalo Sayfiddin Isfarangiy devonini Ulug‘bek ko‘ragon majlislarida o‘qir, uning so‘zlarini Asiriddin Axsikatiy so‘zlaridan ortiq ko‘rar edilar”. “Bundan ma’lum bo‘ladiki, Mirzo Ulug‘bek saroyidagi adabiy majlislarda Sayfiddin Isfarangiy va Asiriddin Axsikatiy asarlari bir – biriga muqoyasa qilib o‘qilgan va bu ikki shoirdan qaysi biri mahorat bobida ustunligi haqida fikr – mulohazalar aytilgan. Shunisi diqqatga sazovorki, biron – bir shoir ijodi haqida ko‘p hollarda Ulug‘bekning o‘z mustaqil fikri bo‘lib, u o‘sha davrdagi umum fikri yoki boshqa adabiyot muxlislarining mulohazalariga doim ham mos kelavermagan. Bundan tashqari, Davlatshoh Samarqandiy she’rlari Ulug‘bek majlislarida o‘qilgan, ota va o‘g‘il shoirlar: Jamoliddin va Kamoliddin Isfahoniylar haqida shunday yozgan: “Malik ul – fuzalo STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 101 Jamoliddin Muhammad Abdurazzoq Isfahoniy Isfahonning akobir va ulamolaridin turur. Shoiri xushgo‘y erdi, johu martaba va qabuli tamomi bor erdi va Kamoliddin Ismoil aning o‘g‘li turur. Sultoni said Ulug‘bek Ko‘ragon Jamoliddin Muhammadning suxanini Kamoliddin Ismoilning suxanig‘a tarjih qilur erdi va borho aytur erdi: “Manga ajab ko‘rinurkim, bovujudi otaning suxani pokizaroq va shoironaroq turur”. Mirzo Ulug‘bek saroyida “Xamsaxonlik” va “Shohnomaxonlik” o‘tkazish an’anaga aylangan edi. Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro”sidagi ma’lumotlarga asoslansak, Boysunqur Mirzo Dehlaviyning, Ulug‘bek esa Nizomiyning “Xamsa”sini xush ko‘rgan. Binobarin, G‘ulom Karimiyga ko‘ra, “Tabiiyki, shahzodalar o‘rtasida adabiyotga doir bahs va tortishuvlar bo‘lib turgan. Bu haqda Davlatshoh quyidagicha yozadi: “Amirzoda Boysung‘ur Amir Xusrav Dehlaviyning “Xamsa”sini Shayx Nizomiyning “Xamsa”siga tarjih qilur erdi va xoqoni mag‘fur Ulug‘bek bahodir bu ma’nini qabul qilmas erdi va Shayx Nizomiyg‘a mu’taqid erdi va bu ikki podshohning orasida karrotu marrot taassub hosil bo‘lg‘on, har birlari bir shoirg‘a himoyat bo‘lg‘on erdi”. Ushbu jumlalarni Muhammad Rafe’ bir oz o‘zgartirib tarjima qilgan bo‘lsa-da, umumiy mazmun buzilmagan. Biroq Bo‘riboy Ahmedovning “Davlatshoh Samarqandiy” risolasida oxirgi jumla tarjimasida bir qancha xatolarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lib, u o‘quvchida aka – uka shahzodalar haqida noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otadi: “Shu sababdan bu ikki podshoh o‘rtasida ranjish va jirkanish voqe bo‘lgan va ularning har biri bir shoirga himoyat qilgan edi”. Holbuki, asar asliyatida “ranjish” va “jirkanish” so‘zlari umuman mavjud emas. Muqoyasa uchun ushbu jumla asliyatini keltiramiz: “Mobayni in du shahzodayi fozil ba karrot jihati in da’vo taassub dast doda, bayt – bayt “Xamsatayn” ro boham muqobil kardaand”. So‘zma – so‘z tarjimasi: “Bu ikki fozil shahzoda o‘rtasida ushbu da’vo yuzasidan ko‘p bora qattiq tortishuvlar yuz berib, ular birgalikda ikkala “Xamsa”ni baytma – bayt qiyoslab chiqdilar”. Demak, ulug‘ ajdodlarimiz haqidagi nodir ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan mo‘tabar manbalarni tadqiq va tarjima qilish ishlariga halollik va mas’uliyat bilan STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 102 yondashmog‘imiz zarur”. Ulug‘bekning ukasi Boysung‘ur Mirzo “Shohnoma”ning turli nusxalarini to‘plab, asarning ilmiy – tanqidiy matnini tuzdirgan bo‘lsa, Mirzo Ulug‘bek saroyida “Shohnomaxonlik” o‘tkazilgan. “Latofatnoma”da yozilishicha, “Said Imod Xubonziy fozil va xushta’b kishi erdi. U mana bularni hikoya qiladi: “Mirzo Ulug‘bekning majlislaridan birida Firdavsiyning “Shohnoma”si o‘qildi. Mirzo undagi ba’zi she’rlarning ma’nosini(echishni) ahli majlisga havola qildi. Movarounnahrlik bir kishi “Shohnoma”ni mirzoga, uning yaqinlari va mahramlariga xush kelmaydigan bir ohangda o‘qidi. Mirzo taajjublandilar va men (Xubonziy)ga murojaat qilib, “ushbu so‘z aslida qaerdin chiqqan?”,deb so‘radilar. ”Xurosondin chiqqan”,-deb javob qildim, movarounnahrliklar mening ziddimni olib, “ha, xurosonliklar o‘z majlislarida (bu lafzni) shunday talaffuz qiladilar”,- dedilar. Men so‘zimni davom etib, “Xurosonda biron she’rni yoki boshqa narsani o‘qiganlarida buzib o‘qiydilar, masalan, “zafar askan” (“zafar maskani”) “so‘zini zafarboz” (“zafar o‘yini”) deb o‘qiydilar”- dedim. Mirzo javobimdan mamnun bo‘ldilar va kaminaga xos choponlarni in’om qilib, “minba’d mening huzurimda “Shohnoma” bunaqa buzib o‘qilmasin!” –deb amr qildilar”. Tarixchi A.Ahmedov Mirzo Ulug‘bek qalamiga mansub ilmiy asarlar sonini to‘rtta, deb keltirgan. Ikkinchidan, Ulug‘bekning ana shunday ilmiy asarlaridan biri - 1425 yili yozib tamomlangan “To‘rt ulus tarixi” (“Tarix-i arba’ ulus”) asaridir. Bu tarixiy risola tom ma’noda butun temuriylar saltanati egallagan mamlakatlar tarixini ifodalagan. Akademik Bo‘riboy Ahmedovning yozishicha, ““Tarix-i arba’ ulus” Ulug‘bek yaratgan asarlar orasida alohida o‘rin tutadi. Mashhur tarixchilardan biri Mirzo Muhammad Haydar ham Ulug‘bekning tarix ilmi sohasida ham samarali mehnat qilganligini aytadi. Masalan, uning “Tarix-i Rashidiy” nomli yirik kitobida bu haqda mana bularni o‘qiymiz: “Donishmand podshoh Mirzo Ulug‘bek bir tarixiy asar yozdi va unga “Ulus-i arba’” deb nom qo‘ydi. Ulug‘bekning shunday asar yozganligini Xondamir va STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 103 Mahmud Vali ham tasdiqlaydilar. “Tarix-i arba’ ulus”ning nusxalari juda kam. Asarning to‘liq nusxasi hali topilganicha yo‘q. Bugungi kunda uning qisqartirilgan to‘rtta nusxasi saqlangan bo‘lib, uning ikkitasi Angliyada, bir nusxasi Hindistonning Bankipur shahri kutubxonasida, to‘rtinchi nusxasi AQShning Xarvard universitetida saqlanadi”. Asarda nazmiy parchalar ham keltirilgan. Kamondori turkon ba tiri xadang, Zirihro kushoda zi ham chashmi tang. (Mazmuni: Turk kamondorlar xadang o‘qi bilan, Sovutning tor ko‘zini ochdilar [4:8].) Bundan tashqari, “Tavorixi guzida nusratnoma” (“Saylanma solnomalar, g‘alaba kitobi) kitobini yozgan noma’lum muallif o‘z risolasini bitishda Ulug‘bek Mirzo nomidan yozilgan “Muntaxab at-tavorixi shohiy” risolasidan saralab, foydalanganini aytgan. Uchinchidan, Ulug‘bek ibratli voqealarni hikoya qiluvchi rivoyatlar jamlangan risola yozganligi haqida ham ma’lumotlar mavjud. To‘rtinchidan, “Zij”dan tashqari temuriy olim matematik asar - “Bir darajali sinusini aniqlash haqida risola” ham yozgan. Beshinchidan, uning astronomiyaga oid “Risolai Ulug‘bek” deb atalgan asari hozir Hindistondagi Aligarx kutubxonasi qo‘lyozmalar fondida saqlanadi, lekin u haligacha tadqiq etilmagan. Oltinchidan, mashhur “Ziji Ko‘ragoniy” (“Ziji Ulug‘bek”, “Ziji jadidi Gurogoniy”) asarida 1080 ta yulduz o‘rni o‘ta aniqlik bilan aks ettirilgan. Samarqand rasadxonasida olib borilgan kuzatishlar natijasida Ulug‘bek 1437 – yili “Ziji Ko‘ragoniy” risolasini yozib tugatadi. Asar nazariy qism hamda rasadxonadagi tadqiqotlar yakuni – Ulug‘bek taqvimidan iborat. Uning bitta qo‘lyozmasi O‘zRFA Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. Ashraf Ahmadning yozishicha, “Mirzo Ulug‘bek bu asarini qariyb 30 yillik mashaqqatli ilmiy tadqiqotlar va astranomik kuzatishlardan so‘ng 1444 STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD Vol. 4 No. 2 (2025) 104 yili yozib tugatgan. Olim o‘zining asarga yozgan muqaddimasida “Zij”ni yozishda unga hamkorlik qilgan va yordam ko‘rsatganlarni quyidagi iliq so‘zlar bilan eslatib o‘tgan: “Ishlarning boshlanishi hazrat ustozim va sayyidim olamda alloma, fazilat va hikmatlar bayrog‘ini o‘rnatuvchisi, tahqiqot va tadqiqot malaklaridan yurguvchi Qozi Zoda Rumiy deb mashhur bo‘lgan Mavlono Saloh al-Milla vad-din Musa (Unga Allohning rahmati va g‘afroni bo‘lsin) va hazrat mavlono al-a’zam, olamdagi hukamolar iftixori, qadimgi ilmlarning kamoloti, mas’alalar mushkilliklarini kashf etuvchisi, Mavlono G‘iyos al-Milla vad-din Jamshid (Alloh taolo uning qabrini nurafshon qilsin) yordamida bo‘ldi. Ular har birining nurli aql – zakovati donishmandlar aqllari sham’lariga barobar, balki olamdagi insonlar fazilatini akslantiruvchi oynadek edi. Ahvol boshida hazrat Mavlono mag‘furi mabrur G‘iyosiddin Jamshid (Joyi jannatda bo‘lsin), “Ajibu da’i-Llah” nidosini eshitib, itoatkorlik bilan ijobat etib, bu dunyo dorulg‘ururidan u dunyo dorussururiga rixlat etdi. Ish holati asnosida, bu muhim kitob bajarilib tugatilishidan avval hazrat ustozim Qozi Zoda (Alloh taoloning rahmatlari bo‘lsin), parvardigor rahmatiga yaqinlashib payvasta bo‘ldi. Ammo, ittifoqo farzandi arjumand Ali ibn Muhammad Qushchi umrining yosh yillaridan va gullagan yigitlik fasllaridan beri ilmu fan zamirida ilg‘orlab borayapti va uning tarmoqlari birla mashg‘uldir. Qattiq ishonch va muhaqqiq umid bordurki, buning natijasida uning shuhrati yaqin zamonlarda va eng tez onlarda jahonning atrofu aknoflariga va mamlakatlariga yoyilib, tarannum bo‘lur, insho Alloh al-aziz. Ilohiy inoyat yordami va uning benihoya fayzu fazilati tufayli bu muhim va mo‘tabar asar oxiriga yetkazildi. Yulduzlarning ahvolidan kuzatilgan va imtihon bilan ma’lum bo‘lgan jam’iki narsalar ushbu to‘rt maqoladan iborat kitobga kiritilib, subut tutildi [4:3-4]”. Hazrat Alisher Navoiy Samarqand shahrida bo‘lganda, “Ziji Ko‘ragoniy”ni mutolaa qilgan. Vohid Abdullaevning yozishicha, “Navoiyning Ulug‘bek haqida